08.06.2026
07.08.2026
0
0
0
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Fermentlangan sut mahsulotlari
Texnik shartlar
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
So‘zboshi
1 TQ-29 “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi bilan hamkorlikda “ZAFARXON” MCHJ tomonidan ISHLAB CHIQILDI
2 O‘zbekiston standartlar institutining __________ 2026- yildagi ________-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.
3 DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI
Ushbu milliy standartni va unga boʻlgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston hududida amalga kiritish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi
O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli
II
1. Qo‘llanish doirasi ………………………………………………………………………...... | 1 |
2. Standartlarga havolalar …………………………………………………………………….. | 1 |
3. Atamalar va ta’riflar…………………………………………………………………........... | 6 |
4. Tasniflanishi………………………………………………………………………………... | 7 |
5. Texnik talablar ……………………………………………………………………………... | 7 |
6. Xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish talablari ……………………………………... | 12 |
7. Qabul qilish qoidalari ……………………………………………………………………… | 12 |
8. Nazorat usullari …………………………………………………………………………….. | 13 |
9. Transportda tashish va saqlash ………………………………………………….................. | 14 |
10. Ishlab chiqaruvchi kafolatlari …………………………………………………………….. | 14 |
11. Bibliografiya......................................................................................................................... | 15 |
12. Bibliografik ma’lumotlar...................................................................................................... | 16 |
III
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Fermentlangan sut mahsulotlari
Texnik shartlar
Кисломолочная продукция
Технические условия
Fermented milk products
Technical specifications
1 Qo‘llanish doirasi
Ushbu milliy standart bevosita iste’mol qilish va chakana savdo tarmog‘i orqali sotish uchun mo‘ljallangan, suv, tuz va boshqa ozuqaviy ta’m beruvchi mahsulotlarni qo‘shib yoki qo‘shmasdan, sut va/yoki sut mahsulotlaridan ishlab chiqariladigan, fermentlangan sut mahsulotlariga (qurtoba, shubat (qumron) va qimiz) taalluqlidir (keyinchalik matnda – mahsulot).
2 Standartlarga havolalar
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanildi.
ГОСТ 12.0.004-2015 | Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Организация обучения безопасности труда. Общие положения |
ГОСТ 12.1.005-88 | Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны |
ГОСТ 12.2.003-91 | Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности |
ГОСТ 12.2.061-81 | Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности к рабочим местам |
ГОСТ 12.3.002-2014 | Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Процессы производственные. Общие требования безопасности |
ГОСТ 12.3.009-76 | Система стандартов безопасности труда. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности |
ГОСТ 12.4.021-75 | Система стандартов безопасности труда. Системы вентиляционные. Общие требования |
ГОСТ 17.2.3.02-2014 | Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями |
ГОСТ ISO 707-2013 | Молоко и молочные продукты. Руководство по отбору проб |
Rasmiy nashr
ГОСТ 1770-74 | Посуда мерная лабораторная стеклянная. Цилиндры, мензурки, колбы, пробирки. Общие технические |
ГОСТ 3622-68 | Молоко и молочные продукты. Отбор проб и подготовка их к испытанию |
ГОСТ 3623-2015 | Молоко и молочные продукты. Методы определения пастеризации |
ГОСТ 3624-92 | Молоко и молочные продукты. Титриметрические методы определения кислотности |
ГОСТ ISO 3890-2-2013 | Молоко и молочные продукты. Определение остаточного содержания хлорорганических соединений (пестицидов). Часть 2. Методы очистки экстракта и подтверждение |
ГОСТ 5867-2023 | Молоко и продукты переработки молока. Методы определения жира |
ГОСТ ISO 8260-2013 | Молоко и молочные продукты. Определение хлорорганических пестицидов и полихлорированных бифенилов. Метод с использованием капиллярной газожидкостной хроматографии с электронно-захватным детектированием |
ГОСТ 9225-84 | Молоко и молочные продукты. Методы микробиологического анализа |
ГОСТ ISO 11866-1-2017 | Молоко и молочная продукция. Подсчет презумптивных Escherichia coli. Часть 1. Метод подсчета наиболее вероятного количества с применением 4-метилумбеллиферил-бета-D-глюкуронида (MUG) |
ГОСТ ISO 11866-2-2017 | Молоко и молочная продукция. Подсчет презумптивных Escherichia coli (кишечная палочка). Часть 2. Метод подсчета колоний при температуре 44 °C с применением мембран |
ГОСТ 13830-97 | Соль поваренная пищевая. Общие технические условия |
ГОСТ 14192-96 | Маркировка грузов |
ГОСТ 17151-2025 | Посуда хозяйственная из листового алюминия. Общие технические условия |
ГОСТ ISO/TS 22113/ IDF/RM 204-2014 | Молоко и молочные продукты. Определение титруемой кислотности молочного жира |
ГОСТ 23327-98 | Молоко и молочные продукты. Метод измерения массовой доли общего азота по Кьельдалю и определение массовой доли белка |
ГОСТ 23452-2015 | Молоко и молочные продукты. Методы определения остаточных количеств хлорорганических пестицидов |
ГОСТ 23454-2016 | Молоко. Методы определения ингибирующих веществ |
ГОСТ 24297-2013 | Верификация закупленной продукции. Организация проведения и методы контроля |
ГОСТ 25179-2014 | Молоко и молочные продукты. Методы определения массовой доли белка |
ГОСТ 25951-83 | Пленка полиэтиленовая термоусадочная. Технические условия |
ГОСТ 26381-84 | Поддоны плоские одноразового использования. Общие технические условия |
ГОСТ 26669-85 | Продукты пищевые и вкусовые. Подготовка проб для микробиологических анализов |
ГОСТ 26754-85 | Молоко. Методы измерения температуры |
ГОСТ 26809.1-2014 | Молоко и молочная продукция. Правила приемки, методы отбора и подготовка проб к анализу. Часть 1. Молоко, молочные, молочные составные и молокосодержащие продукты |
ГОСТ 26927-86 | Сырье и продукты пищевые. Методы определения ртути |
ГОСТ 26929-94 | Сырье и продукты пищевые. Подготовка проб. Минерализация для определения содержания токсичных элементов |
ГОСТ 26930-86 | Сырье и продукты пищевые. Метод определения мышьяка |
ГОСТ 26931-86 | Сырье и продукты пищевые. Методы определения меди |
ГОСТ 26932-86 | Сырье и продукты пищевые. Методы определения свинца |
ГОСТ 26933-86 | Сырье и продукты пищевые. Методы определения кадмия |
ГОСТ 26934-86 | Сырье и продукты пищевые. Метод определения цинка |
ГОСТ 30347-2016 | Молоко и молочная продукция. Методы определения Staphylococcus aureus |
ГОСТ 30711-2001 | Продукты пищевые. Методы выявления и определения содержания афлатоксинов B1 и M1 |
ГОСТ 31502-2012 | Молоко и молочные продукты. Микробиологические методы определения наличия антибиотиков |
ГОСТ 32161-2013 | Продукты пищевые. Метод определения содержания цезия Cs-137 |
ГОСТ 32163-2013 | Продукты пищевые. Метод определения содержания стронция Sr-90 |
ГОСТ 32856-2014 | Укроп свежий. Технические условия |
ГОСТ 33601-2015 | Молоко и молочная продукция. Экспресс-метод определения афлатоксина М1 |
ГОСТ 34269-2017 | Перец стручковый острый свежий. Технические условия |
O‘z DSt CODEX STAN 1:2021 (CODEX STAN 1-1985, IDT) | Qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash uchun umumiy standart |
O‘z DSt 8.022:2002 | O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Har qanday turdagi o‘ramlarda qadoqlangan tovarlarning miqdoriga umumiy metrologik talablar va ularning muvofiqligi ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi |
O‘zMSt 133:2024 | Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish |
O‘z DSt CODEX STAN 150:2026 | Oziq-ovqat toifasidagi tuz standarti |
O‘zMSt 635:2025 | Qurtlar. Texnik shartlar |
O‘zMSt ISO 707:2024 | Sut va sut mahsulotlari – Namuna olish bo‘yicha qo‘llanma |
O‘z DSt ISO 972:2021 | Urug‘ ko‘rinishida yoki yanchilgan (kukunsimon) chili va bulgʻor qalampiri. Texnikaviy shartlar |
O‘zMSt ISO 973:2024 | Pimento (ziravorlar) [Pimenta dioica (L.) Merr.], butun yoki yanchilgan – spetsifikatsiya |
O‘z DSt 1091:2017 | Yodlangan osh tuzi. Texnik shartlar |
O‘z DSt 3036:2015 | Chakka. Texnik shartlar |
O‘zMSt ISO 3890-1:2024 | Sut va sut mahsulotlari. Xlororganik birikmalarning (pestitsidlarning) qoldiq tarkibini aniqlash. 1-qism. Umumiy qoidalar va ekstraktsiya usullari |
O‘z DSt ISO 3890-2:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Xlororganik birikmalarining (pestitsidlarning) qoldiq tarkibini aniqlash. 2-qism: Ekstraktni tozalash va tasdiqlash uchun sinov usullari |
O‘z DSt ISO 5738:2021 | Sut va sut mahsulotlari – Mis tarkibini aniqlash – Fotometrik usul (nazorat usuli) |
O‘z DSt ISO 7208:2021 | Yog‘siz sut, zardob va ayron – Yog‘ miqdorini aniqlash – Gravimetrik usul (nazorat usuli) |
O‘z DSt ISO 7540:2021 | Yanchilgan qalampir (Capsicum annuum L.). Texnik shartlar |
O‘z DSt ISO 8260:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Xlororganik pestitsid va polixlorbifenillarni aniqlash. Detektor elektrotutqichli kapilyar gaz-suyuqlik xromatografi yasi usulidan foydalanish |
O‘z DSt ISO 8968-1:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Azot miqdorini aniqlash. 1-Qism: Kejel tamoyili va xom oqsil miqdorini hisoblash |
O‘z DSt ISO 8968-4:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Azot miqdorini aniqlash. 4-qism: Oqsilli va oqsilsiz azot miqdorini aniqlash va oqsil miqdorini haqiqiy hisoblash (etalon usuli) |
O‘z DSt ISO 11816-1:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Ishqoriy fosfataza faolligini aniqlash.1-qism: Sut va sutli ichimliklar uchun fluorimetrik usul |
O‘z DSt ISO 11866-1:2021 | Sut va sut mahsulotlari – Escherichia coli mavjudligini aniqlash. |
O‘z DSt ISO 11866-2:2021 | Sut va sut mahsulotlari – Escherichia coli mavjudligini aniqlash- 2-qism: Membranalar yordamida 44 °C da koloniyalarni hisoblash usuli. |
O‘z DSt ISO 11869:2021 | Fermentlangan sut mahsulotlari. Titrlanadigan kislotalikni aniqlash. Potensiometrik usul |
O‘z DSt ISO 11870 / IDF 152:2021 | Sut va sut mahsulotlari – Yog‘ miqdorini aniqlash – Butirometrik usullardan foydalanish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma |
O‘zMSt ISO 21803:2024 | Quritilgan ukrop – Spetsifikatsiya |
O‘zMSt ISO 22113:2024 | Sut va sut mahsulotlari – Sut yog‘ining titrlanadigan kislotaligini aniqlash |
O‘z DSt ISO 22935-2:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Hissiy tahlil. 2-qism. Hissiy baholashning tavsiya etilgan usullari |
O‘z DSt ISO 22935-3:2021 | Sut va sut mahsulotlari. Hissiy tahlil. 3-qism. Organoleptik xususiyatlar bo‘yicha mahsulottexnik shartlariga muvofiqligini ballar bilan baholash uchun qo‘llanma
|
ISO 707:2008 | Sut va sut mahsulotlari – Namuna olish bo‘yicha tavsiyalar (Milk and milk products – Guidance on sampling) |
ISO 1042:1998 | Laboratoriya shisha idishlari – bitta belgi qo‘yilgan o‘lchov kolbalari (Laboratory glassware – One-mark volumetric flasks) |
ISO 3890-1:2009 | Sut va sut mahsulotlari. Xlororganik birikmalarning (pestitsidlar) qoldiq miqdorini aniqlash. 1-qism: Umumiy mulohazalar va ekstraksiya usullari (Milk and milk products – Determination of residues of organochlorine compounds (pesticides). Part 1: General considerations and extraction methods |
ISO 3890-2:2009 | Sut va sut mahsulotlari. Xlororganik birikmalarning (pestitsidlarning) qoldiq miqdorini aniqlash. 2-qism. Ekstraktni tozalash usullari va tasdiqlash (Milk and milk products – Determination of residues of organochlorine compounds (pesticides). Part 2: Test methods for crude extract purification and confirmation) |
ISO 4788:2005 | Laboratoriya shisha idishlari – O‘lchov silindrlari (Laboratory glassware – Graduated measuring cylinders) |
ISO 5738:2004 | Sut va sut mahsulotlari – Mis miqdorini aniqlash – Fotometrik usul (etalon usuli) (Milk and milk products – Determination of copper content – Photometric method (Reference method)) |
ISO 8260:2008 | Sut va sut mahsulotlari – Xlororganik pestitsidlar va polixlorli bifenillarni aniqlash – Elektron ushlovchi detektorli kapillyar gaz-suyuqlik xromatografiyasi usuli (Milk and milk products – Determination of organochlorine pesticides and polychlorobiphenyls – Method using capillary gas-liquid chromatography with electron-capture detection) |
ISO 8968-1:2014 | Sut va sut mahsulotlari. Azot miqdorini aniqlash. 1-Qism: Kejel tamoyili va xom oqsil miqdorini hisoblash (Milk and milk products – Determination of nitrogen content. Part 1: Kjeldahl principle and crude protein calculation) |
ISO 8968-4:2016 | Sut va sut mahsulotlari. Azot miqdorini aniqlash. 4-qism: Oqsilli va oqsilsiz azot miqdorini aniqlash va oqsil miqdorini haqiqiy hisoblash (etalon usuli) (Milk and milk products – Determination of nitrogen content. Part 4: Determination of protein and non-protein nitrogen content and true protein content calculation (Reference method)) |
ISO 11816-1:2024 | Sut va sut mahsulotlari – Ishqoriy fosfataza faolligini aniqlash. 1-qism: Sut va sutga asoslangan ichimliklar uchun fluorimetrik usul (Milk and milk products – Determination of alkaline phosphatase activity Part 1: Fluorimetric method for milk and milk-based drinks) |
ISO 11866-1:2005 | Sut va sut mahsulotlari – Escherichia coli mavjudligini aniqlash. |
ISO 11866-2:2005 | Sut va sut mahsulotlari – Escherichia coli mavjudligini aniqlash- 2-qism: Membranalar yordamida 44 °C da koloniyalarni hisoblash usuli (Milk and milk products – Enumeration of presumptive Escherichia coli. Part 2: Colony-count technique at 44 degrees C using membranes) |
ISO 11869:2012 | Fermentlangan sut mahsulotlari. Titrlanadigan kislotalikni aniqlash. Potensiometrik usul (Fermented milks – Determination of titratable acidity – Potentiometric method) |
ISO 11870:2009 | Sut va sut mahsulotlari – Yog‘ miqdorini aniqlash – Butirometrik usullardan foydalanish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma (Milk and milk products – Determination of fat content – General guidance on the use of butyrometric methods) |
ISO 21803:2019 | Quritilgan ukrop – Spetsifikatsiya (Dried dill – Specification) |
ISO 22113:2012 | Sut va sut mahsulotlari – Sut yog‘ining titrlanadigan kislotaligini aniqlash (Milk and milk products – Determination of the titratable acidity of milk fat) |
ISO 22935-2:2023 | Sut va sut mahsulotlari. Hissiy tahlil. 2-qism. Hissiy baholashning tavsiya etilgan usullari (Milk and milk products – Sensory analysis. Part 2: Methods for sensory evaluation) |
ISO 22935-3:2023 | Sut va sut mahsulotlari. Hissiy tahlil. 3-qism. Organoleptik xususiyatlar bo‘yicha mahsulottexnik shartlariga muvofiqligini ballar bilan baholash uchun qo‘llanma (Milk and milk products – Sensory analysis. Part 3: Method for evaluation of compliance with product specifications for sensory properties by scoring) |
CODEX STAN 150:1985 | Oziq-ovqat toifasidagi tuz standarti |
Izoh – Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu milliy standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.
3 Atamalar va ta’riflar
Ushbu milliy standartda tegishli ta’riflar bilan quyidagi atamalar qo‘llanilgan:
3.1 achitqi (tomizg‘i): maxsus tanlab olingan va sutni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan nopatogen, notoksik mikroorganizmlar va/yoki mikroorganizmlar uyushmalari (ko‘proq sut kislotali);
3.2 qimiz: achitqi mikroorganizmlar (bolgar va atsidofil sut kislotasi tayoqchalari) va xamirturushdan foydalangan holda, biya sutini aralash (sut kislotali va spirtli) bijg‘itish yo‘li orqali ishlab chiqarilgan, fermentlangan sut mahsuloti;
3.3 qurtoba: suv, osh tuzini qo‘shib yoki ularni qo‘shmasdan, ta’m beruvchi-xushbo‘ylashtiruvchi qo‘shimchalarni qo‘shib yoki ularsiz, achitqi mikroorganizmlar (termofil sut kislotasi streptokokklari, bolgar sut kislotasi tayoqchasi) va xamirturushdan foydalangan holda, aralash (sut kislotali va spirtli) bijg‘itish yo‘li orqali ishlab chiqarilgan, fermentlangan sut mahsuloti;
3.4 ozuqaviy qo‘shimchalar: ishlab chiqarish, qadoqlash, transportda tashish yoki saqlash jarayonida oziq-ovqat mahsulotlariga texnologik maqsadlarda, ularga istalgan xususiyatlarni, masalan, muayyan xushbo‘y is (xushbo‘ylashtirgichlar), rang (bo‘yoqlar), saqlanish davomiyligi (konservantlar), ta’m, konsistentsiya va hokazolarni berish uchun qo‘shiladigan moddalar;
3.5 shubat (qumron): bolgar va atsidofil sut kislotasi tayoqchalarinining achitqi mikroorganizmlari va xamirturush bilan tuya sutini ivitib tayyorlanadigan, aralash sut kislotali va spirtli bijg‘itilgan, yuqoriroq yog‘lilikka (8 foizdan boshlab) ega bo‘lgan, tuya sutidan fermentlangan sut ichimligi.
4 Tasniflanishi
4.1 Qo‘llaniladigan boshlang‘ich xom ashyolariga ko‘ra mahsulot quyidagilarga bo‘linadi:
- qimiz;
- qurtoba;
- shubat (qumron).
4.2 Yog‘ning massa ulushiga ko‘ra mahsulot quyidagicha ishlab chiqariladi:
- yog‘ining massa ulushi 2,8 dan 6,0 % gacha bo‘lgan qimiz;
- yog‘ining massa ulushi 4,0 dan 8,9 % gacha bo‘lgan qimiz;
- yog‘ining massa ulushi 0,5 % dan kamroq bo‘lgan qurtoba;
- yog‘ining massa ulushi 0,5 dan 3,9 % gacha bo‘lgan qurtoba;
- yog‘ining massa ulushi 2,8 dan 6,0 % gacha bo‘lgan qurtoba;
- yog‘ining massa ulushi 4,0 dan 8,9 % gacha bo‘lgan qurtoba;
- yog'ining massa ulushi 8 % dan kamroq bo'lgan shubat (qumron).
4.3 Ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibi va xom ashyo kombinatsiyalari, o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan tasdiqlangan, retsepturalarga asosan aniqlashtiriladi.
4.4 Ishlab chiqaruvchi korxonaning marketing siyosatiga ko‘ra mahsulotga savdo nomlari o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
5 Texnik talablar
5.1 Fermentlangan sut mahsulotlari ushbu milliy standartning talablariga muvofiq bo‘lishi hamda [1] va [2] sut sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, retsepturalar va texnologik yo‘riqnoma bo‘yicha ishlab chiqarilishi kerak.
5.2 Tavsiflari
5.2.1 Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mahsulot 1-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
1-jadval – Mahsulotning organoleptik ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlarning nomlari | Tavsiflari | ||
qimiz | qurtoba | shubat (qumron) | |
1 Tashqi ko‘rinishi va konsistentsiyasi | Suyuqlikning buzilgan yoki buzilmagan quyqasi bilan bir turda. Achitqini qo‘llash bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun gaz hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (qimiz uchun – yog‘ning parchalari va to‘planib qolgan qumoqlarisiz, suyuq, bir turdagi, gazlangan ozgina ko‘piradigan shaffof bo‘lmagan suyuqlik) | ||
2 Ta’mi va hidi | Toza nordon sutga xos, ozgina taxir ta’m yoki qo‘shilgan komponentlari bilan shartlangan ta’m va hid. Achitqi qo‘llash bilan tayyorlangan mahsulotlar uchun achitqi ta’mi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. | ||
3 Rangi | Bir tekis, sutdek oq yoki qo‘shilgan komponentlar bilan shartlangan | ||
5.2.2 Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mahsulot 2-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
2-jadval – Mahsulotning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlarning nomlari | Yog‘ning quyidagi massa ulushi bilan mahsulot uchun qiymatlar, % | |||
kamida 0,5 | 0,5 dan 3,9 gacha | 2,8 dan 6,0 gacha (qaymog‘i olinmagan sutdan) | 4,0 dan 8,9 gacha | |
1 Oqsilning massa ulushi (suv qo‘shilmagan mahsulotda), %, kam emas |
2,8 |
2,6 | ||
2 Oqsilning massa ulushi (suv va tuz qo‘shilmagan mahsulotda), %, kam emas |
1,4 |
1,3 | ||
3 Kislotaliligi, ºТ | 17,0 dan 80,0 gacha | |||
4 Korxonadan chiqarilishida harorati, ℃ | 4±2 | |||
5 Fosfataza | mavjud emas | |||
Izoh – qimiz fermentlangan sut ichimligida etil spirtining izlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. | ||||
5.2.3 Mahsulotdagi toksik elementlar, mikotoksinlar, antibiotiklar, pestitsidlar, GMO, radionuklidlar miqdori va mikrobiologik ko‘rsatkichlar, [2] da belgilangan, yo‘l qo‘yiladigan me’yorlardan oshmasligi kerak.
5.3 Xom ashyo va materiallarga talablar
5.3.1 Mahsulotni ishlab chiqarish uchun ГОСТ 24297 ga asosan kirish nazoratidan o‘tkazilgan hamda ularning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi, tegishli hujjatlarga ega bo‘lgan, quyidagi xom ashyo va materiallar qo‘llaniladi:
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha tuya suti (quyidagi sut qabul qilinmaydi: laktatsiya davrining dastlabki 15 kunida (og‘iz suti) va laktatsiya davrining oxirgi 15 kunida (kech sog‘ilgan) urg‘ochi tuyadan olingan; neytrallashtiruvchi va ingibitor moddalar (antibiotiklar, dezinfektsiyalovchi va konservatsiyalovchi moddalar) qo‘shilgan; kimyoviy moddalar va neft mahsulotlarining hidi bo‘lgan; o‘simliklar va hayvonlarni himoyalash kimyoviy moddalarining qoldiq miqdori bo‘lgan; chirigan, taxir, achchiq, bo‘rsigan, mog‘or bosgan, metall ta’mi va yaqqol ifodalangan yem (piyoz, sarimsoqpiyoz, shuvoq) ta’mi va hidi bo‘lgan; kasal yoki kasallikda gumon qilingan urg‘ochi tuyalardan;
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha biya (urg‘ochi ot) suti (quyidagi sut qabul qilinmaydi: laktatsiya davrining dastlabki 10 kunida va oxirgi 10 kunida biyalardan olingan; neytrallashtiruvchi va ingibitor moddalar (antibiotiklar, dezinfektsiyalovchi va konservatsiyalovchi moddalar) qo‘shilgan; kimyoviy moddalar va neft mahsulotlarining hidi bo‘lgan; taxir, bo‘rsigan, yog‘li ta’m hamda yaqqol ifodalangan yem (piyoz, shuvoq, sarimsoqpiyoz) ta’mi va hidi bo‘lgan; kasal yoki kasallikda gumon qilingan biyalardan;
- O‘zMSt 635 bo‘yicha qurt;
- O‘z DSt 3036 bo‘yicha suzma (chakka);
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha zichligi kamida 1022 kg/m3 bo‘lgan, kislotaliligi ko‘pi bilan 80ºT bo‘lgan tvorogni ishlab chiqarishdan olingan, sut zardobi;
- ГОСТ 32856 bo‘yicha yangi ukrop yoki O‘z MSt ISO 21803 yoki ISO 21803 bo‘yicha yoki boshqa amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha quritilgan ukrop;
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha yangi yoki quritilgan rayhon;
- ГОСТ 34269 bo‘yicha yoki boshqa amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha achchiq garmdori;
- O‘z DSt ISO 7540, O‘z DSt ISO 972 bo‘yicha yoki boshqa amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha tuyilgan qizil qalampir;
- O‘zMSt ISO 973 bo‘yicha yoki boshqa amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha qora murch;
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha stabilizator;
- O‘z DSt 1091, ГОСТ 13830, O‘zMSt CODEX STAN 150, CODEX STAN 150 bo‘yicha osh tuzi;
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha termofil yoki mezofil streptokokk va bolgar sut kislotasi tayoqchasining tomizg‘ilari va bakterial kontsentratlari;
- O‘zMSt 133 bo‘yicha ichimlik suvi.
5.3.2 Boshqa aynan o‘xshash, shu jumladan chet muvofiqlik sertifikatlari bo‘yicha elda ishlab chiqarilgan, xom ashyo va materiallardan foydalanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
5.3.3 Muvofiqlik sertifikati bo‘yicha chet elda ishlab chiqarilgan xom ashyo va ozuqaviy qo‘shimchalar ishlatilishi mumkin.
5.3.4 Toksik elementlarining qoldiq miqdori, mikotoksinlari, pestitsidlari, antibiotiklari, GMO, radionuklidlarining miqdori va mikrobiologik ko‘rsatkichlari, [2] da belgilangan, yo‘l qo‘yiladigan darajalardan oshadigan xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishga qo‘yilmaydi.
5.4 Qadoqlash
5.4.1 Mahsulot quyidagi iste’mol tarasiga qadoqlanadi:
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polietilentereftalat (PET), polipropilen yoki boshqa materiallardan tayyorlangan 100 dan 1000 g (ml) gacha sig‘imli butilkalar;
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polistirol yoki polipropilendan 100 dan 500 g (ml) gacha sig‘imli stakanchalar;
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polistirol yoki polipropilendan 0,5 dan 1,0 (kg) dm3 gacha sig‘imli chelakchalar, stakanchalar, vannachalar va/yoki konteynerlar.
Polimer materiallardan tayyorlangan qopqoqlar bilan berkitiladi;
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polistirol, polimetilstirol, polipropilen yoki polivinilxlorid rulonlardan tayyorlangan (bevosita mahsulotni qadoqlashdan oldin qadoqlash avtomatlarida), 100 dan 1000 g (ml) gacha massali (hajmli) stakanchalar, vannachalar va konteynerlar;
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan 250 dan 1000 g (ml) gacha massali (hajmli), kombinatsiyalangan materiallar, alyumin folga, karton (qog‘oz) va polietilen asosidagi yarim tayyor mahsulotlardan har xil turdagi paketlar;
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan 0,25; 0,45; 0,5; 1,0 (kg) dm3 sig‘imli qog‘oz kombinatsiyalangan materiallardan qirqmalar;
Quyidagi transport tarasiga:
- amaldagi nomativ hujjatlar bo‘yicha 38 litr (dm3) sig‘imli metall flyagalar, 10 litr (dm3) sig‘imli ГОСТ 17151 bo‘yicha bidonlar.
5.4.2 Polimer taralar quyidagicha tiqinlanadi:
- 100 dan 1000 g (ml) gacha sig‘imli butilkalar amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polimer qopqoqlar bilan;
- 100 dan 500 g (ml) gacha sig‘imli stakanchalar amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan termolak qoplamali alyumin folgadan platinka (qirqma) bilan;
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan ko‘p qavatli to‘siqli polimer plyonkadan platinka (qirqma) bilan;
Polimer stakanlarni tiqinlash usuli – termik payvandlab germetizatsiya qilish. Alyumin folga yoki ko‘p qavatli to‘siqli polimer plyonkadan platinka bilan germetik tiqinlangan stakanchalarning ustidan qo‘shimcha himoyaviy surilma qopqoqcha “naxlobuchka” o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
- 100 dan 500 g (ml) gacha sig‘imli stakanchalar, ustidan ochilishidan saqlash uchun taraning devori va korpusini qamrab oladigan nakleyka yopishtirilgan, amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polimer qopqoqlar bilan germetik tiqinlanadi.
- 0,6 dan 1,0 (kg) dm3 gacha sig‘imli chelakchalar, stakanchalar, vannachalar va/yoki konteynerlar amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan polimer qopqoqlar bilan germetik tiqinlanadi;
- mahsulotni qadoqlashdan oldin bevosita qadoqlash avtomatlarida tayyorlangan 100 dan 1000 g (ml) gacha massali (hajmli) stakanchalar, vannachalar va konteynerlar amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan alyumin folga yoki ko‘p qavatli to‘siqli polimer plyonka rulonlaridan tayyorlangan (mahsulotni qadoqlashdan oldin) qopqoqlar bilan termik payvandlab germetik tiqinlanadi;
- qirqmalar, qadoqning germetikligi va mahsulotning but saqlanishini ta'minlaydigan, tegishli usulda payvandlab yopishtirilishi kerak.
Germetizatsiya qilish usuli – induktsion payvandlash.
5.4.3 Qadoq, uni ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va sotish jarayonida mahsulotning sifati, xavfsizligi va but saqlanishini ta’minlashi kerak. Qadoqlash materiallari [3] talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
5.4.4 Mahsulotning nominal hajmdan (yoki netto massa) yo‘l qo‘yiladigan salbiy og‘ishlarini chegaralari O‘z DSt 8.022 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
5.4.5 Iste’mol tarasidagi mahsulot bilan stakanlar quyidagi transport tarasiga joylanadi:
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha mahalliy yoki chet elda ishlab chiqarilgan gofrlangan kartondan qutilar;
- amaldagi normativ hujjatlar bo‘yicha polimer materiallardan yashiklar;
- keyinchalik ГОСТ 26381 bo‘yicha yassi tagliklarga joylashtirish bilan ГОСТ 25951 bo‘yicha termik kichrayadigan plyonkaga.
5.4.6 Transport paketining joylashtirilishi, kamida bitta iste’mol tarasining tamg‘asi ko‘rinadigan qilib, amalga oshiriladi.
5.4.7 Ruxsat etilgan hamda transportda tashish va saqlashda mahsulotning but saqlanishini ta’minlaydigan, qadoqlash va qadoq materiallarining boshqa turlaridan foydalanilishga yo‘l qo‘yiladi.
5.5 Tamg‘alash
5.5.1 Mahsulotning tamg‘alanishi O‘z DSt CODEX STAN 1 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
5.5.2 Qadoqqa tamg‘a yuvilib ketmaydigan, hidi bo‘lmagan, notoksik bo‘yoq bilan tushiriladi.
Iste’mol tarasi, bevosita qadoq materiallari yoki etiketkalarga tushirilgan, rangdor rasmlar va yozuvlar bilan bezatilishi mumkin.
5.5.3 Mahsulot bilan iste’mol tarasining har bir birligiga tushiriladigan axborot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va (yoki) tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili (yuridik va ishlab chiqarish), telefoni;
- mahsulotning nomi;
- yog‘ning massa ulushi;
- netto massasi (hajmi), g (cm3);
- mahsulotning tarkibi;
- 100 g mahsulotdagi ozuqaviy va energetik qiymat to‘g‘risida ma’lumot;
- ishlab chiqarilgan sana (kun, oy, yil);
- yaroqlilik muddati (oy, yil);
- saqlash sharoitlari;
- sertifikatlashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar;
- ushbu milliy standartning belgilanishi;
- ro‘yxatga olingan nomeri bilan shtrix kodi (zarurat bo‘lganda);
- ichki bozorda sotishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”, mahsulotni eksportga yetkazib berishda “Made in Uzbekistan” yozuvlari.
5.5.4 Transport tamg‘alanishi “Беречь от солнечных лучей”, “Скоропортящийся груз” va “Ограничение температуры” manipulyatsion belgilarini ko‘rsatish bilan ГОСТ 14192 bo‘yicha amalga oshiriladi.
5.5.5 Transport tamg‘asi yuvilib ketmaydigan va hidga ega bo‘lmagan bo‘yoq bilan trafaret yoki shtampda aniq bosib iz tushirish yoki yorliq yopishtirish yo‘li orqali tushiriladi.
5.5.6 Transport tarasining har bir birligiga mahsulotni quyidagicha tavsiflovchi tamg‘a tushiriladi:
- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va (yoki) tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili (yuridik va ishlab chiqarish), telefoni;
- mahsulotning nomi;
- yog‘ning massa ulushi;
- iste’mol tarasi birligidagi mahsulotning netto massasi;
- qadoq birliklarining soni, dona;
- ishlab chiqarilgan sana (kun, oy, yil);
- yaroqlilik muddati (kun, oy, yil);
- saqlash sharoitlari;
- ushbu milliy standartning belgilanishi;
- sertifikatlashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar;
- ro‘yxatga olingan nomeri bilan shtrix kodi (zarurat bo‘lganda);
- ichki bozorda sotishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”, mahsulotni eksportga yetkazib berishda “Made in Uzbekistan” yozuvlari.
5.5.7 Tamg‘alash ma’lumotlari davlat tilida tushirilishi kerak. Iste’molchi bilan kelishuv bo‘yicha tamg‘alash ma’lumotlarini boshqa tillarda tushirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
5.5.8 Mahsulotning ozuqaviy va energetik qiymati to‘g‘risidagi axborot texnologik yo‘riqnomada ko‘rsatiladi.
6 Xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish talablari
6.1 Texnologik uskunalar [1] xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga, ГОСТ 12.2.003 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
6.2 Uskunalarning joylashtirilishi va o‘rnatilishi xavfsizlik, barqarorlik, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulayligi, texnologik operatsiyalar ketma-ketligiga rioya qilinishini ta’minlashi kerak.
6.3 Mahsulotni ishlab chiqarishda ГОСТ 12.2.061 ga muvofiq xavfsizlik talablariga rioya qilinishi kerak.
6.4 Ishlab chiqarish bo‘yicha ishga ГОСТ 12.0.004 ga muvofiq mehnat xavfsizligi texnikasi bo‘yicha o‘qitilgan, stajyorlik va instruktaj o‘tgan shasxlar qo‘yiladi.
6.5 Ishlab chiqarish jarayonlariga umumiy xavfsizlik talablari ГОСТ 12.3.002 bo‘yicha.
6.6 Ishlab chiqarish xonalari, ish mutihi havosining ГОСТ 12.1.005 va [4] ga muvofiq holatini ta’minlaydigan, ГОСТ 12.4.021 bo‘yicha umumalmashinuvchi oqib kelish-so‘rish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
6.7 Ishlar jarayonida ishlatiladigan texnologik uskunalardan hosil bo‘ladigan shovqin, tebranish, agregatdan harorat – zararli ishlab chiqarish omillari sanitariya-gigiyena qoidalari va me’yorlariga ([5], [6]) muvofiq bo‘lishi kerak.
6.8 Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablar ГОСТ 17.2.3.02 ga muvofiq.
6.9 Ortish-tushirish ishlarida ГОСТ 12.3.009 ga muvofiq xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi kerak.
6.10 Ishlab chiqarishda ishlatilmaydigan chiqindilarni utilizatsiya qilish [7] bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
7 Qabul qilish qoidalari
7.1 Qabul qilish qoidalari ГОСТ 26809.1 bo‘yicha. Mahsulot to‘plarda qabul qilinadi. Korxona tomonidan bir smena davomida ishlab chiqarilgan va sifat to‘g‘risidagi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan, bir hil netto massali (hajmli), bir xil qadoqdagi bir xil ko‘rinish va nomli, bir turdagi mahsulot birliklarining yig‘indisi to‘p hisoblanadi.
7.2 Sifat to‘g‘risidagi hujjat quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va tovar belgisi, manzili, telefoni;
- to‘pning netto va brutto massasi (hajmi);
- ishlab chiqarilgan sana (kun, oy, yil);
- smena nomeri;
- yaroqlilik muddati;
- ushbu milliy standartning belgilanishi;
- sertifikatlashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar (zarurat bo‘lsa);
- mahsulot tahlili natijalarining ma’lumotlari.
7.3 Toksik elementlari, mikotoksinlari, antibiotiklari, radionuklidlari, GMO, pestitsidlarining miqdori va mikrobiologik xavfsizlik mezonlarini nazorat qilish kamida uch oyda bir marotaba ishlab chiqarish nazorati tartibida korxonaning laboratoriyasi tomonidan, u mavjud bo‘lmasligida esa akkreditlangan sinov laboratoriyasi bilan shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.4 Tayyor mahsulotning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish har bir to‘pda amalga oshiriladi.
7.5 Ko‘rsatkichlardan bittasi bo‘yicha bo‘lsa ham tahlilning qoniqarsiz natijalari olinishida, u bo‘yicha mahsulotning aynan o‘sha to‘pidan olingan tanlanmaning ikki hissa hajmida takroriy tahlil o‘tkaziladi. Takroriy tahlilning natijalari yakuniy hisoblanadi va butun to‘pga taalluqli bo‘ladi.
Ko‘rsatkichlardan bittasi bo‘yicha bo‘lsa ham tahlilning qoniqarsiz natijalari olinishida, butun to‘p yaroqsiz deb topiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
8 Nazorat usullari
8.1 Namunalarni tanlash va tahlilga tayyorlash – ГОСТ 3622, ГОСТ 26809.1 bo‘yicha, toksik elementlarini aniqlash uchun namunalarni minerallashtirish – ГОСТ 26929 bo‘yicha, mikrobiologik tahlillar uchun namunalarni tanlash – ГОСТ 9225, ГОСТ ISO 707, O‘zMSt ISO 707 yoki ISO 707 bo‘yicha, mikrobiologik tahlillar uchun namunalarni tayyorlash – ГОСТ 26669 bo‘yicha.
8.2 Tashqi ko‘rinishi, konsistentsiyasi, rangi, qadoqlanish sifati va tamg‘alanishi to‘g‘riligi ko‘z bilan ko‘rib, ta’mi va hidi – organoleptik usulda yoki O‘z DSt ISO 22935-2 yoki O‘z DSt ISO 22935-3 yoki ISO 22935-2, ISO 22935-3 bo‘yicha aniqlanadi.
8.3 Korxonadan chiqarilishida haroratini aniqlash ГОСТ 3622, ГОСТ 26754 bo‘yicha.
8.4 Hajmini aniqlash ГОСТ 1770 yoki ISO 1042 yoki ISO 4788 bo‘yicha o‘lchovli silindr yordamida amalga oshiriladi.
8.5 Yog‘ning massa ulushini aniqlash ГОСТ 5867 yoki O‘z DSt ISO 11870 / IDF 152 yoki ISO 11870 yoki O‘z DSt ISO 7208 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.6 Kislotaliligini aniqlash ГОСТ 3624 yoki O‘zMSt ISO 22113 yoki ISO 22113 yoki ГОСТ ISO/TS 22113 yoki O‘z DSt ISO 11869 yoki ISO 11869 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.7 Oqsilning massa ulushini aniqlash ГОСТ 23327 yoki ГОСТ 25179 yoki O‘z DSt ISO 8968-1, O‘z DSt ISO 8968-4 yoki ISO 8968-1, ISO 8968-4 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.8 Fosfatazani aniqlash ГОСТ 3623 yoki O‘z DSt ISO 11816-1 yoki ISO 11816-1 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.9 Mikrobiologik ko‘rsatkichlarini aniqlash ГОСТ 9225, ГОСТ 30347, ГОСТ ISO 11866-1, O‘z DSt ISO 11866-1, ГОСТ ISO 11866-2, O‘z DSt ISO 11866-2, ISO 11866-1, ISO 11866-2 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.10 Pestitsidlarini aniqlash ГОСТ 23452 yoki ГОСТ ISO 8260 yoki ISO 8260 yoki O‘z DSt ISO 8260 yoki ГОСТ ISO 3890-2 yoki O‘zMSt ISO 3890-1, O‘z DSt ISO 3890-2 yoki ISO 3890-1, ISO 3890-2 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.11 Toksik elementlarini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
- simobni aniqlash – ГОСТ 26927 bo‘yicha;
- margimushni aniqlash – ГОСТ 26930 bo‘yicha;
- misni aniqlash – ГОСТ 26931, O‘z DSt ISO 5738, ISO 5738 bo‘yicha;
- qo‘rg‘oshinni aniqlash – ГОСТ 26932 bo‘yicha;
- kadmiyni aniqlash – ГОСТ 26933 bo‘yicha;
- ruxni aniqlash – ГОСТ 26934 bo‘yicha.
8.12 Mikotoksinlarni (M1 aflatoksini) aniqlash ГОСТ 30711 yoki ГОСТ 33601 bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.13 Antibiotiklarni aniqlash ГОСТ 31502, ГОСТ 23454 bo‘yicha yoki o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan uslubiyatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
8.14 Genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) tarkibini aniqlash – O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq.
8.15 Radionuklidlarini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi: seziy Cs-137 ni – ГОСТ 32161 bo‘yicha, strontsiy Sr-90 ni – ГОСТ 32163 bo‘yicha; yoki o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, boshqa uslubiyatlar bo‘yicha.
8.16 Sinovlarning ishonchli natijalari olinishini ta’minlaydigan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, boshqa uslubiyatlar bo‘yicha, shuningdek, xalqaro standartlar bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
9 Transportda tashish va saqlash
9.1 Mahsulot, transportning muayyan turlarida amalda bo‘lgan, tez ayniydigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq ixtisoslashtirilgan transportda tashiladi.
9.2 Mahsulotni kimyoviy moddalar va o‘tkir hidli mahsulotlar yoki materiallar bilan birgalikda tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9.3 Mahsulotni saqlash tez ayniydigan mahsulotlar uchun amaldagi sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
9.4 Mahsulot quruq, toza, sovutiladigan omborxonalarda saqlanadi. Omborxonadagi havoning nisbiy namligi ko‘pi bilan 75 %, havoning harorati plyus 2 dan plyus 6 ℃ gacha bo‘lishi kerak.
10 Ishlab chiqaruvchi kafolatlari
10.1 Iste’molchi tomonidan saqlash va transportda tashish shartlariga rioya qilinishida, ishlab chiqaruvchi korxona ushbu milliy standartning talablariga tayyor mahsulotning sifati muvofiqligini kafolatlaydi.
10.2 Mahsulotning yaroqlilik muddatlari, ishlab chiqarish texnologik jarayonining o‘ziga xos jihatlari, qo‘llaniladigan qadoqlash materiallariga ko‘ra, hamda ishlatiladigan xom ashyolarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi va texnologik yo‘riqnomada ko‘rsatiladi.
Bibliografiya
[1] | SanQvaM 0039-22 | Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari |
[2] | SanQvaM 0366-19 | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini gigiyenik normativlari |
[3] | UzTR.109:2025 | “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament |
[4]
| SanQvaM 0294-11 | Gigiyenik normativlar. Ish zonasining havosidagi zararli moddalarning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari |
[5] | SanQvaM 0324-16 | Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya-gigiyena me’yorlari |
[6] | SanQvaM 0111-26 | Ish joylarida shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari |
[7] | SanQvaM 0300-11 | O‘zbekiston sharoitlarida sanoat chiqindilarini to‘plash, xatlovdan o‘tkazish, tasniflash, zararsizlantirish, saqlash va utilizatsiya qilishni tashkil etishning sanitariya qoidalari va me’yorlari |
Bibliografik ma’lumotlar
SMT 67.100.10
Muhim so‘zlar: fermentlangan sut mahsulotlari, qimiz, qurtoba, shubat (qumron), massa ulush, texnik talablar, xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish talablari, qabul qilish qoidalari, nazorat usullari, transportda tashish va saqlash, ishlab chiqaruvchi kafolatlari.
© Standart ilova portali. All rights reserved.