04.06.2026
03.08.2026
0
0
0
LOYIHA
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Tasniflash va baholash usullari
Rasmiy nashr
Oʻzbekiston standartlar instituti
Toshkent
SOʻZ BOSHI
1. Energiya samaradorligi Milliy agentligi huzurida STQ 34 “Energiya samaradorligi” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi va STQ-21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida ISHLAB CHIQILDI VA TASDIQLASHGA TAQDIM ETILDI.
2. Oʻzbekiston standartlar institutining 2026-yil _________-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.
3. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI
Ushbu milliy standartni va unga boʻlgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston hududida amalga kiritish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni Oʻzbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi Oʻzbekiston standartlar institutiga tegishli
SOʻZ BOSHI
Ushbu milliy standart qurilish materiallarining energosamaradorlik koʻrsatkichlarini baholash, tasniflash va markirovkalash sohasida yagona yondashuvni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Milliy standartning asosiy maqsadi binolar va inshootlarda qoʻllaniladigan qurilish materiallarining energiya tejamkorlik xususiyatlarini baholash, toifalash, energiya sarfini kamaytirish, issiqlik yoʻqotilishini cheklash hamda qurilish sohasida zamonaviy energosamarador yechimlarni joriy etishga qaratilgan.
Mazkur milliy standartni ishlab chiqishda xalqaro va Yevropa standartlashtirish amaliyoti keng oʻrganildi hamda asos sifatida qabul qilindi.
Shu bilan birga, standart talablarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining iqlim sharoitlari, tashqi havo haroratining yuqori amplitudasi, yozgi yuqori issiqlik yuklamalari, qishki ekspluatatsiya xususiyatlari, mahalliy qurilish materiallari bozori va amaldagi qurilish amaliyoti hisobga olindi.
Standartda qurilish materiallari uchun energosamaradorlik sinflarini belgilashning milliy tizimi joriy etilgan boʻlib, materiallarning issiqlik-texnik xususiyatlarini baholashning tavsiyaviy mezonlari belgilangan.
Ushbu milliy standart:
- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari;
- loyihalash tashkilotlari;
- sinov laboratoriyalari;
- sertifikatlash organlari;
- qurilish tashkilotlari;
- energiya samaradorligi sohasidagi mutaxassislar
uchun moʻljallangan.
Standart talablarini qoʻllash qurilish sohasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, binolarning ekspluatatsion samaradorligini oshirish va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu standart tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlib, qurilish materiallarining energosamaradorligini baholashda milliy normativ asos sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Oʻzbekiston MILLIY standarti
Qurilish materiallarining energosamaradorlik sinflari
Tasniflash va baholash usullari
Классы энергоэффективности строительных материалов
Классификatsiя и методы оценки
Energy efficiency classes of building materials
Classification and assessment methods
Amalga kiritish sanasi: ________2025y.
1 Qoʻllanish doirasi.
Ushbu milliy standart bino va inshootlarda qoʻllaniladigan qurilish materiallarini energosamaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha toifalash, baholash va markirovkalash talablarini belgilaydi.
Ushbu standart quyidagi qurilish materiallariga taalluqlidir:
- termoizolyatsiya materiallari;
- sendvich va koʻp qatlamli panellar;
- devorbop bloklar;
- keramik va silikat gʻishtlar;
- qurilish oyna paketlari;
- deraza konstruksiyalari;
- eshiklar;
- fasad materiallari;
- tom materiallari va boshqa turdagi energiya tejamkor qurilish materiallari.
2 Standartlarga havolalar.
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:
ISO 6946:2017 | Строительные компоненты и элементы зданий — Тепловое сопротивление и теплопередача — Методы расчета |
ISO 9869-1:2014 | Теплоизоляция — Строительные элементы — Измерение теплового сопротивления и теплопередачи на месте Часть 1: Метод теплового потока |
ISO 10456:2007 | Строительные материалы и изделия — Гигротермические свойства — Табличные расчетные значения и процедуры определения заявленных и расчетных тепловых значений |
ISO 13788:2012 | характеристики строительных компонентов и элементов — Температура внутренней поверхности для предотвращения критической влажности поверхности и образования конденсата в межслойном пространстве — Методы расчета |
ISO 21930:2017 | Экологичность в строительстве и гражданском строительстве — Основные правила для экологической декларирования строительных изделий и услуг. |
EN 673:2024 | Стекло в строительстве — Определение коэффициента теплопередачи (U-значения) — Метод расчета |
EN 771-1:2011+A1:2015
| Спецификация на кладочные блоки - Часть 1: Глиняные кладочные блоки |
EN 771-2:2011+A1:2015
| Спецификация на кладочные блоки - Часть 2: Кладочные блоки из силиката кальция |
EN 771-3:2011+A1:2015
| Спецификация на кладочные блоки - Часть 3: Бетонные кладочные блоки с заполнителями (плотные и легкие заполнители) |
EN 771-5:2011+A1:2015 | Спецификация на кладочные блоки - Часть 5: Искусственные каменные кладочные блоки |
EN 771-6:2011+A1:2015 | Спецификация на кладочные блоки - Часть 6: Кладочные блоки из натурального камня |
EN 998-1:2016 | Спецификация на раствор для каменной кладки - Часть 1: Штукатурный и оштукатуривающий раствор |
EN 998-2:2016 | Спецификация на раствор для кладки - Часть 2: Раствор для кладки |
EN 1996-1-1:2022 | Еврокод 6 - Проектирование каменных конструкций - Часть 1-1: Общие правила для железобетонных и неармированных каменных конструкций |
EN 1996-1-2:2024 | Еврокод 6 - Проектирование каменных конструкций - Часть 1-2: Проектирование конструкций с учетом пожарной безопасности |
EN 1996-2:2024 | Еврокод 6 - Проектирование каменных конструкций - Часть 2: Проектные соображения, выбор материалов и выполнение работ |
EN 1996-3:2023 | Еврокод 6 - Проектирование каменных конструкций - Часть 3: Упрощенные методы расчета неармированных каменных конструкций |
EN 12114:2000 | Тепловые характеристики зданий - Воздухопроницаемость строительных элементов и конструкций - Метод лабораторных испытаний |
EN 13499:2003 | Теплоизоляционные материалы для зданий - Композитные системы наружной теплоизоляции (ETICS) на основе вспененного полистирола - Спецификация |
EN 13500:2003 | Теплоизоляционные материалы для зданий - Композитные системы наружной теплоизоляции (ETICS) на основе минеральной ваты - Спецификация |
EN 13172:2024 | Теплоизоляционные материалы - Общие правила оценки |
EN 14509:2013 | Самонесущие двухслойные теплоизоляционные панели с металлическим покрытием - Изделия заводского производства - Технические характеристики |
ГОСТ EN 13163-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия из экспандированного полистирола (EPS). Технические условия |
ГОСТ 32310-2012 (EN 13164:2008) | Изделия из экструзионного пенополистирола XPS теплоизоляционные промышленного производства, применяемые в строительстве. Технические условия |
ГОСТ EN 13165-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия из жесткого пенополиуретана (PU). Технические условия |
ГОСТ EN 13166-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия из пенопласта на основе фенольных смол (PF). Технические условия |
ГОСТ EN 13167-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия из пеностекла (CG). Технические условия |
ГОСТ EN 13168-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия древесностружечные (WW). Технические условия |
ГОСТ EN 13169-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия из вспученного перлита (EPB). Технические условия |
ГОСТ EN 13170-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия из экспандированной пробки (ICB). Технические условия |
ГОСТ EN 13171-2015 | Материалы теплоизоляционные для зданий и сооружений. Изделия древесноволокнистые (WF). Технические условия |
O‘z DSt EN 14351-1:2020 (EN 14351-1-2016, IDT) | Derazava eshiklar. Mahsulot standarti, ishlash ko'rsatkichlari. 1-qism: Derazava tashqi o'tish eshiklari |
O‘z DSt EN 14351-2:2020 (EN 14351-2-2019, IDT) | Derazalar va eshiklar. Mahsulot standarti, ishlash xususiyatlari. 2-qism: o‘tish eshiklari |
O‘z DSt EN 1026:2020 (EN 1026:2016, IDT) | Derazalar va eshiklar - Havo o’tkazuvchanlik - Sinov usuli |
O‘z DSt EN 1027:2020 (EN 1027:2016, IDT) | Deraza va eshiklar- Suv o’tkazmasligi- Sinov usullari |
O‘z DSt EN 410:2021 (EN 410:2014, IDT) | Shisha vа shisha mahsulotlar. Optik xususiyatlarni aniqlash usullari |
O‘z DSt EN 15804:2021 (EN 15804:2019, IDT) | Qurilish ishlarining barqarorligi – Ekologik mahsulotlarga deklaratsiyalar – Qurilish mahsulotlari mahsulot toifasi uchun asosiy qoidalar |
O‘z DSt ISO 14025:2016 | Экологические этикетки и декларации. Экологические декларации типа III. Принципы и процедуры. |
O‘z DSt 15978:2021(EN 15978:2011, IDT) | Qurilish ishlarining barqarorligi- Binolarning ekologik samaradorligini baholash - Hisoblash usuli |
OʻzMSt ISO 52000-1:2024 (ISO 52000-1:2017, IDT) | Binolarning energiya samaradorligi. EPB ni kompleks baholash. 1-qism. Umumiy asos va protseduralar |
OʻzMSt ISO 52016-1:2024 (ISO 52016-1:2017, IDT) | Binolarning energiya samaradorligi — isitish va sovutish uchun energiya talablari, ichki haroratlar va issiqlik yuklari — 1-qism: Hisoblash tartiblari |
OʻzMSt EN 771-4:2024 (EN 771-4:2011+A1:2015, IDT)
| Devor bloklari uchun texnik shartlar 4-qism: avtoklavlangan gazbetondan yasalgan tosh bloklari |
Izoh - Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlariga muvofiq standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (oʻzgartirilgan) boʻlsa, unda ushbu milliy standartdan foydalanishda almashtirilgan (oʻzgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan boʻlsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.
Ushbu milliy standartda tegishli taʼriflar bilan quyidagi atamalar qoʻllanilgan:
3.1 energosamaradorlik
Bino yoki qurilish materiali tomonidan belgilangan ekspluatatsiya sharoitida minimal energiya sarfi bilan talab etilgan funksional koʻrsatkichlarni taʼminlash xususiyati.
3.2 energosamarador qurilish materiali
Issiqlik energiyasi yoʻqotilishini kamaytirish va binoning energiya sarfini pasaytirishga xizmat qiluvchi qurilish materiali.
3.3 energosamaradorlik sinfi
Qurilish materialining ushbu standartda belgilangan energiya samaradorligi koʻrsatkichlari asosida aniqlanadigan toifasi.
3.4 issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti
Material orqali issiqlik oqimining oʻtish intensivligini tavsiflovchi fizik kattalik.
Belgilanishi — λ.
Oʻlchov birligi — W/(m·K).
3.5 issiqlik qarshiligi
Konstruksiya yoki materialning issiqlik oʻtishga qarshilik koʻrsatish qobiliyati.
bu yerda:
— issiqlik qarshiligi, m²·K/W;
— material qalinligi, m;
— issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, W/(m·K).
3.6 issiqlik uzatish koeffitsiyenti
Konstruksiya orqali tashqi va ichki muhit oʻrtasidagi umumiy issiqlik uzatilishini tavsiflovchi koʻrsatkich.
Belgilanishi — U.
Oʻlchov birligi — W/m²K.
3.7 termoizolyatsiya materiali
Issiqlik yoʻqotilishini kamaytirish uchun moʻljallangan past issiqlik oʻtkazuvchanlikka ega material.
3.8 sendvich panel
Ikki tashqi qoplama va ular orasidagi issiqlik izolyatsiya qatlamidan tashkil topgan koʻp qatlamli qurilish konstruksiyasi.
3.9 devorbop blok
Bino devorlarini qurish uchun qoʻllaniladigan yirik oʻlchamli qurilish elementi.
3.10 qurilish oyna paketi
Ikki yoki undan ortiq shisha qatlamlari orasida germetik havo yoki gaz qatlami hosil qilingan shaffof konstruksiya.
3.11 havo oʻtkazmaslik
Konstruksiyaning nazorat qilinmagan havo oqimini cheklash xususiyati.
3.12 germetiklik
Konstruksiya tutashmalaridan havo, namlik yoki gaz oʻtishini cheklash qobiliyati.
3.13 laboratoriya sinovi
Qurilish materialining belgilangan koʻrsatkichlarini standartlashtirilgan sharoitlarda aniqlash jarayoni.
3.14 namuna
Sinov oʻtkazish uchun tanlab olingan qurilish materiali yoki konstruksiyaning qismi.
4 Energosamaradorlik sinflari
4.1 Qurilish materiallarining energosamaradorlik sinflari ularning issiqlik-texnik ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi.
4.2 Energosamaradorlik sinfi materialning energiya tejash xususiyatini ifodalaydi va ushbu standartda belgilangan mezonlarga muvofiq aniqlanadi.
4.3 Qurilish materiallari quyidagi energosamaradorlik sinflariga ajratiladi:
Sinf | Tavsif |
A | Juda yuqori energosamarador |
B | Yuqori energosamarador |
C | Yaxshi energosamarador |
D | Qoniqarli energosamarador |
E | Past energosamarador |
4.4 A sinfiga energiya tejash ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan materiallar kiritiladi.
4.5 E sinfiga issiqlik-texnik samaradorligi past bo‘lgan materiallar kiritiladi.
4.6 Energosamaradorlik ko‘rsatkichlari materialning turi, tuzilishi va funksional vazifasidan kelib chiqqan holda baholanadi.
4.7 Qurilish materiallarining energosamaradorlik sinflari bo‘yicha talablar A-ilova keltirilgan.
5 Texnik talablar
5.1 Umumiy talablar
5.1.1 Qurilish materiallari binolar va inshootlarning energiya samaradorligini taʼminlashga qaratilgan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob berishi lozim.
5.1.2 Qurilish materiallarining energiya samaradorligi quyidagi asosiy parametrlar boʻyicha baholanadi:
issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti;
issiqlik qarshiligi;
issiqlik uzatish koeffitsiyenti;
havo oʻtkazmaslik;
namlik taʼsirida barqarorlik;
kondensat hosil boʻlishiga chidamlilik;
germetiklik;
uzoq muddatli ekspluatatsion barqarorlik.
5.1.3 Qurilish materiallarining energiya samaradorligini baholash OʻzMSt ISO 52000-1, OʻzMSt ISO 52016-1 va ISO 52018-1 talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
5.1.4 Materiallarning issiqlik-texnik koʻrsatkichlari ISO 6946 va ISO 10456 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
5.1.5 Materiallarni baholashda Oʻzbekiston Respublikasining iqlim sharoitlari, tashqi havo harorati va mavsumiy ekspluatatsiya xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
5.2 Issiqlik-texnik talablar
5.2.1 Qurilish materiallarining issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti λ laboratoriya sinovlari orqali aniqlanishi lozim.
5.2.2 Issiqlik qarshiligi quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bu yerda:
— issiqlik qarshiligi, m²·K/W;
— material qalinligi, m;
— issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, W/(m·K).
5.2.3 Koʻp qatlamli konstruksiyalar uchun umumiy issiqlik qarshiligi ISO 6946 talablariga muvofiq hisoblanishi lozim.
5.2.4 Namlik taʼsirida issiqlik-texnik koʻrsatkichlarning oʻzgarishi ISO 137882 talablariga muvofiq baholanishi kerak.
5.2.5 Joyida oʻlchash orqali issiqlik qarshiligini aniqlash ISO 9869-1 talablari boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
5.3 Termoizolyatsiya materiallariga qoʻyiladigan talablar
5.3.1 Termoizolyatsiya materiallari O‘zMSt EN 13162, ГОСТ EN 13163, ГОСТ 32310, ГОСТ EN 13165, ГОСТ EN 13166, ГОСТ EN 13167, ГОСТ EN 13168, ГОСТ EN 13169, ГОСТ EN 13170, ГОСТ EN 13171 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
5.3.2 Termoizolyatsiya materiallari quyidagi xususiyatlarni taʼminlashi kerak:
past issiqlik oʻtkazuvchanlik;
geometrik barqarorlik;
namlikka chidamlilik;
uzoq muddatli ekspluatatsion barqarorlik.
5.3.3 Issiqlik izolyatsiya materiallarining deklaratsiya qilingan λ qiymatlari EN 13172 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
5.3.4 Tashqi issiqlik izolyatsiya kompozit tizimlari EN 13499 va EN 13500 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
5.4 Devorbop materiallarga qoʻyiladigan talablar
5.4.1 Devorbop materiallar EN 771-1, EN 771-2, EN 771-3, OʻzMSt EN 771-4, EN 771-5, EN 771-6 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
5.4.2 Devorbop materiallarning issiqlik-texnik xususiyatlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
energiya tejamkorlik;
mexanik mustahkamlik;
namlikka barqarorlik;
uzoq xizmat qilish muddati.
5.4.3 Qorishmalar va terish ishlari uchun qoʻllaniladigan materiallar EN 998-1 va EN 998-2 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
5.4.4 Devor konstruksiyalarini loyihalash EN 1996-1-1, EN 1996-1-2, EN 1996-2 va EN 1996-3 talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
5.5 Oyna va deraza konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar
5.5.1 Deraza va tashqi eshik bloklari O‘z DSt EN 14351-1 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
5.5.2 Ichki eshik konstruksiyalari O‘z DSt EN 14351-2 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
5.5.3 Havo oʻtkazmaslik O‘z DSt EN 1026 talablariga muvofiq sinovdan oʻtkazilishi lozim.
5.5.4 Suv oʻtkazmaslik O‘z DSt EN 1027 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
5.5.5 Oynalarning quyosh energiyasini oʻtkazish xususiyatlari O‘z DSt EN 410 talablariga muvofiq baholanishi lozim.
5.5.6 Oyna paketlarining issiqlik uzatish koeffitsiyenti EN 673 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
5.6 Sendvich panellarga qoʻyiladigan talablar
5.6.1 Sendvich panellar EN 14509 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
5.6.2 Panel konstruksiyalari:
issiqlik yoʻqotilishini minimallashtirishi;
germetiklikni taʼminlashi;
namlik yigʻilishini cheklashi lozim.
5.6.3 Panel tutashmalarining havo oʻtkazmasligi EN 12114 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
5.7 Ekologik va barqarorlik talablari
5.7.1 Qurilish materiallari atrof-muhitga taʼsirini baholash O‘z DSt EN 15804 va O‘z DSt ISO 14025 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5.7.2 Binolarning hayotiy sikl boʻyicha ekologik bahosi O‘z DSt 15978 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
5.7.3 Qurilish mahsulotlarining ekologik deklaratsiyalari ISO 21930 talablariga muvofiq tayyorlanishi lozim.
5.8 Ekspluatatsion barqarorlik talablari
5.8.1 Qurilish materiallari ekspluatatsiya davomida oʻzining energiya samaradorlik koʻrsatkichlarini saqlab qolishi lozim.
5.8.2 Materiallarning issiqlik-texnik xususiyatlari namlik, harorat oʻzgarishi va tashqi iqlim taʼsirida meʼyoriy chegaralardan chiqmasligi kerak.
5.8.3 Energosamaradorlik koʻrsatkichlarining barqarorligi ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik hujjatlarda tasdiqlanishi lozim.
sifat toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, pasport) bilan tasdiqlanishi kerak.
5.9 Energosamaradorlik markirovkasi
5.9.1 Markirovka mahsulot qadogʻida, texnik pasportida yoki mahsulotning oʻzida joylashtirilishi lozim.
5.9.3 Energosamaradorlik sinfi mazkur milliy standartning 4.3-bandiga muvofiq toifalanadi
5.9.4 Qurilish materiallarining energosamaradorlik boʻyicha markirovkasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
- energosamaradorlik sinfi;
- λ qiymati;
- mahsulot turi;
- sinov standarti.
5.9.5 Markirovka namunasi:
“Bazalt matosi, A-sinf, λ = 0.034 W/(m·K), OʻzMSt EN 13162”
5.9.6 Qurilish materiallarini energosamaradorligi boʻyicha toiflashda qoʻllanililadigan markirovka namunasi B-ilovada keltirilgan.
5.9.10 Markirovka mahsulot qadogʻida, texnik pasportda, mahsulotning oʻzida yoki elektron texnik hujjatlarda joylashtirilishi mumkin.
6. Sinov usullari va energosamaradorlik sinfi boʻyicha markirovkalash
6.1 Umumiy qoidalar
6.1.1 Qurilish materiallarining energosamaradorlik sinfi ushbu standartda belgilangan sinov usullari asosida aniqlanishi lozim.
6.1.2 Sinovlar akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda amalga oshirilishi kerak.
6.1.3 Sinov natijalari asosida materialga tegishli energosamaradorlik sinfi beriladi.
6.1.4 Markirovka mahsulotning haqiqiy issiqlik-texnik koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlishi lozim.
6.1.5 Sinov natijalari ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik hujjatlarda rasmiylashtirilishi kerak.
6.1.6 Sinovlar standart harorat: 23±2^∘ C, nisbiy namlik: 50±5% hamda namuna quruq holatda boʻlgan sharoitlarda amalga oshirilishi lozim.
6.2 Termoizolyatsiya materiallari uchun issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti — λ aniqlash tegishliligi bo‘yicha ISO 10456, EN 13172, O‘zMSt EN 13162, ГОСТ EN 13163, ГОСТ 32310, ГОСТ EN 13165, ГОСТ EN 13166, ГОСТ EN 13167, ГОСТ EN 13168, ГОСТ EN 13169, ГОСТ EN 13170, ГОСТ EN 13171 standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6.3 Devorbop bloklar uchun sinov usullari issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, oʻrtacha zichlik, namlikda barqarorlik koʻrsatkichlarini aniqlash tegishliligi bo‘yicha ISO 6946, ISO 9869-1, EN 771-1, EN 771-2, EN 771-3, OʻzMSt EN 771-4, EN 771-5, EN 771-6 standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Namunalar toʻliq geometrik shaklda, yoriq va nuqsonlarsiz, konditsiyalangan holatda boʻlishi lozim.
6.4 Gʻisht materiallari uchun sinov usullari issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentini aniqlash boʻyicha EN 771-1, EN 771-2, ISO 10456 standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6.5 Sendvich panellar uchun sinov usullari umumiy issiqlik qarshiligi, havo oʻtkazmaslik, tutashmalar germetikligi aniqlash boʻyicha EN 14509:2013; EN 12114:2000; ISO 6946:2017 standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Issiqlik qarshiligi hisoblash quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
6.6 Oyna va deraza konstruksiyalari uchun sinov usullari issiqlik uzatish koeffitsiyenti U; havo oʻtkazmaslik; suv oʻtkazmaslik; quyosh energiyasini oʻtkazish koeffitsiyentini aniqlash boʻyicha O‘z DSt EN 14351-1, O‘z DSt EN 1026, O‘z DSt EN 1027, O‘z DSt EN 410, EN 673 standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6.7 Eshiklar uchun sinov usullari issiqlik uzatish koeffitsiyenti; havo oʻtkazmaslik; germetiklikni aniqlash boʻyicha O‘z DSt EN 14351-2, O‘z DSt EN 1026; O‘z DSt EN 1027 standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6.8 Sinov natijalarini rasmiylashtirish
Sinov protokolida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
- mahsulot nomi;
- ishlab chiqaruvchi;
- namuna identifikatsiyasi;
- sinov sanasi;
- sinov sharoiti;
- oʻlchangan koʻrsatkichlar;
- berilgan energosamaradorlik sinfi.
6.8.2 Sinov natijalari kamida 5 yil saqlanishi maqsadga muvofiq.
A-ilova
Qurilish materiallarining energosamaradorlik sinflari
А.1 Termoizolyatsiya materiallarining energosamaradorlik sinflari
А.1.1 Termoizolyatsiya materiallari issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha tasniflanadi.
А.1.2 Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti λ orqali belgilanadi va W/(m·K) da ifodalanadi.
А.1.3 λ qiymati qancha kichik bo‘lsa, materialning energosamaradorligi shuncha yuqori hisoblanadi.
А.2 Devorbop bloklarning energosamaradorlik sinflari
А.2.1 Devorbop bloklar issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha baholanadi.
А.2.2 Devorbop bloklarni baholashda materialning o‘rtacha zichligi ham hisobga olinishi mumkin.
А.3 G‘isht materiallarining energosamaradorlik sinflari
А.3.1 Keramik va silikat g‘ishtlar issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha tasniflanadi.
А.4 Sendvich panellarning energosamaradorlik sinflari
А.4.1 Sendvich panellar umumiy issiqlik qarshiligi bo‘yicha baholanadi.
Issiqlik qarshiligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda:
— issiqlik qarshiligi, m²·K/W;
— panel qalinligi, m;
— issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, W/(m·K).
А.5 Oyna va deraza konstruksiyalarining energosamaradorlik sinflari
А.5.1 Oyna va deraza konstruksiyalari issiqlik uzatish koeffitsienti bo‘yicha baholanadi.
А.5.2 Issiqlik uzatish koeffitsienti U orqali belgilanadi va W/m²K da ifodalanadi.
А.5.3 U qiymati qancha kichik bo‘lsa, konstruksiyaning energosamaradorligi shuncha yuqori hisoblanadi.
А.6 Eshiklarning energosamaradorlik sinflari
А.6.1 Eshik konstruksiyalari quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:
issiqlik uzatish koeffitsienti;
havo o‘tkazmaslik;
germetiklik.
A.1-jadval.
Sinf | Термоizolyatsiya materiallari | Devorbop bloklar | G‘isht materiallari | Sendvich panellar | Oyna va deraza konstruksiyalari | Eshiklar |
A | ≤ 0.035 | ≤ 0.12 | ≤ 0.20 | ≥ 5.0 | ≤ 1.0 | ≤ 1.4 |
B | 0.036 – 0.045 | 0.121 – 0.18 | 0.21 – 0.35 | 4.0 – 4.9 | 1.1 – 1.5 | 1.5 – 2.0 |
C | 0.046 – 0.055 | 0.181 – 0.30 | 0.36 – 0.50 | 3.0 – 3.9 | 1.6 – 2.0 | 2.1 – 2.8 |
D | 0.056 – 0.070 | 0.31 – 0.45 | 0.51 – 0.70 | 2.0 – 2.9 | 2.1 – 2.8 | 2.9 – 3.5 |
E | > 0.070 | > 0.45 | > 0.70 | < 2.0 | > 2.8 | > 3.5 |
B-ilova
Qurilish materiallarini energosamaradorligi boʻyicha toiflashda qoʻllanililadigan markirovka namunasi
Markirovka elementlari va maʼnosi
1. Standart belgisi va nomi
Mahsulotning ushbu milliy standart talablariga muvofiqligini hamda qaysi sohada qoʻllanilishini bildiradi.
2. Mahsulot turi
Qurilish materiali yoki konstruksiyasining turi koʻrsatiladi.
Masalan:
termoizolyatsiya materiali;
devorbop blok;
oyna paketi;
eshik konstruksiyasi.
3. Energosamaradorlik sinfi
Mahsulotning energiya tejamkorlik darajasini ifodalaydi.
Sinflar:
A — juda yuqori samarador;
B — yuqori samarador;
C — yaxshi samarador;
D — qoniqarli;
E — past samarador.
4. Asosiy koʻrsatkich
Materialning asosiy issiqlik-texnik parametri koʻrsatiladi.
Masalan:
λ — issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti;
U — issiqlik uzatish koeffitsiyenti;
R — issiqlik qarshiligi.
5. Qoʻshimcha xususiyatlar
Mahsulotning ekspluatatsion va funksional xususiyatlari haqida maʼlumot beradi.
Jumladan:
issiqlik samaradorligi;
havo oʻtkazmaslik;
namlikka chidamlilik;
ekologik xavfsizlik;
uzoq muddatli barqarorlik.
6. Mahsulot maʼlumotlari
Quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
ishlab chiqaruvchi nomi;
model yoki marka;
mahsulot identifikatsiya raqami;
sertifikat raqami;
ishlab chiqarilgan sana.
7. QR-kod
Mahsulot haqidagi qoʻshimcha texnik maʼlumotlar, sertifikatlar va sinov natijalariga elektron havola vazifasini bajaradi.
8. Milliy moslik belgisi
Mahsulotning milliy standart talablari asosida baholanganligini va markirovkadan oʻtganligini bildiradi.
Markirovkada qoʻllaniladigan asosiy belgilar
| |
Belgi | Izoh |
λ | Issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti |
U | Issiqlik uzatish koeffitsiyenti |
R | Issiqlik qarshiligi |
W/(m·K) | Issiqlik oʻtkazuvchanlik birligi |
W/m²K | Issiqlik uzatish birligi |
m²·K/W | Issiqlik qarshiligi birligi |
BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR
SMT 27.015; 91.100
Muhim soʻzlar: termoizolyatsiya materiallari, sendvich va koʻp qatlamli panellar, devorbop bloklar, keramik va silikat gʻishtlar, qurilish oyna paketlari, deraza konstruksiyalari, eshiklar, fasad materiallari, tom materiallari, energiya tejamkor qurilish materiallari, energiya samaradorlik
© Standart ilova portali. All rights reserved.