26.05.2026
25.07.2026
0
0
0
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Texnik shartlar
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
SO‘ZBOSHI
“CHORI PLAST” MChJ TOMONIDAN ISHLAB CHIQILDI.
O‘zbekiston Standartlar institutining 2026 yil ____ ________dagi ____/MSt- sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.
DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni Oʻzbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi Oʻzbekiston standartlar institutiga tegishli
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI |
CHAQALOQLAR UCHUN BIR MARTALIK IDENTIFIKATSIYA BRASLETI Texnik shartlar
ОДНОРАЗОВЫЙ ИДЕНТИФИКАЦИОННЫЙ БРАСЛЕТ ДЛЯ НОВОРОЖДЕННЫХ Технические условия
DISPOSABLE IDENTIFICATION BRACELET FOR NEWBORNS Specifications |
Amalga kiritish sanasi __________2026 yil
QO‘LLANISH DOIRASI
Ushbu milliy standart tug‘ruqxona, perinatal markaz va boshqa tibbiyot muassasalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan chaqaloqlar uchun bir martalik identifikatsiya brasletiga (keyingi matn bo‘yicha – braslet) qo‘yilgan talablarni belgilaydi.
2 STANDARTLARGA HAVOLALAR
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:
ГОСТ Р 12.3.047-2012 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность технологических процессов. Общие требования. Методы контроля;
ГОСТ 12.1.003-2014 Система стандартов безопасности труда. Шум. Общие требования безопасности;
ГОСТ 12.1.005-88 Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны;
ГОСТ 12.1.007-76 Система стандартов безопасности труда. Вредные вещества. Классификация и общие требования безопасности;
ГОСТ 12.1.012-2004 Система стандартов безопасности труда. Вибрационная безопасность. Общие требования;
ГОСТ 12.1.030-81 Система стандартов безопасности труда. Электробезопасность. Защитное заземление;
ГОСТ 12.2.003-91 Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности;
ГОСТ 12.3.002-2014 Система стандартов безопасности труда. Процессы производственные. Общие требования безопасности;
ГОСТ 12.4.021-75 Система стандартов безопасности труда. Системы вентиляционные. Общие требования;
ГОСТ 17.2.3.02-2014 Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями;
ГОСТ 166-89 Штангенциркули. Технические условия;
ГОСТ 9142-2014 Ящики из гофрированного картона. Общие технические условия;
ГОСТ 12302-2013 Пакеты из полимерных пленок и комбинированных материалов. Общие технические условия;
ГОСТ 14192-96 Маркировка грузов;
Rasmiy nashr
ГОСТ 15150-69 Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категории, условия эксплуатации, хранения и транспортирования в части воздействия климатических факторов внешней среды;
ГОСТ 18321-73 Статистический контроль качества. Методы случайного отбора выборок штучной продукции;
ГОСТ 24297-2013 Верификация закупленной продукции. Организация проведения и методы контроля;
ГОСТ ISO 10993-10-2023 Изделия медицинские. Оценка биологического действия медицинских изделий. Часть 10. Исследования сенсибилизирующего действия;
ГОСТ ISO 10993-11-2021 Изделия медицинские. Оценка биологического действия медицинских изделий. Часть 11. Исследования общетоксического действия;
ГОСТ ISO 11737-2-2011 Стерилизация медицинских изделий. Микробиологические методы. Часть 2. Испытания на стерильность, проводимые при валидации процессов стерилизации;
O‘zMSt 133:2024 Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish.
Izoh - Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu milliy standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.
3 TEXNIK TALABLAR
3.1 Braslet ushbu standart talablariga va ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan texnologik hujjatlar bo‘yicha ishlab chiqarilishi kerak.
3.2 Asosiy ko‘rsatkichlari va tavsiflari
3.2.1 Brasletning konfiguratsiyasi, tarkibiy qismalari va asosiy o‘lchamlari
A ilovasida ko‘rsatilganlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
3.2.2 Braslet mexanik shikastlanishlar va uning funktsional xususiyatlariga ta’sir
qiluvchi begona qo‘shimchalarsiz bo‘lishi kerak.
3.2.3 Braslet steril bo‘lishi kerak.
3.2.4 Braslet zaharli bo‘lmasligi kerak.
3.2.5 Braslet qo‘zgʻatuvchi ta’sirga ega bo‘lmasligi kerak.
3.3 Xomashyo va materiallarga qo‘yiladigan talablar
3.3.1 Braslet amaldagi normativ hujjat bo‘yicha tibbiy polivinilxlorid, silicon yoki boshqa biomoslashuvchan polimer materiallardan ishlab chiqariladi.
3.3.2 Brasletni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar
ГОСТ 24297 talablari bo‘yicha kirish nazoratidan o‘tishi kerak.
3.4 Butliligi
Brasletning butliligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
- braslet (qog’oz birkasi bilan) 1 dona;
- alohida (iste’mol) qadogʻi (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan) 1 dona.
3.5 Qadoqlash
3.5.1 Braslet ГОСТ 12302 bo‘yicha paketga qadoqlanishi lozim. Brasletni amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq boshqa iste'mol qadogʻiga qadoqlashga yo‘l qo‘yiladi..
3.5.2 Iste'mol tarasiga qadoqlangan brasletlar ГОСТ 9142 bo‘yicha gofrokarton qutiga yoki aynan shu kabi talablarga muvofiq keluvchi boshqa qutiga joylangan bo‘lishi kerak.
3.6 Tamgʻalash
3.6.1 Iste'mol qadogʻi tamgʻasi quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va (yoki) uning tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili, telefoni, elektron manzili;
mahsulot nomi;
ishlab chiqarilgan sana (oy va yil);
seriya (oy va yil) (ishlab chiqarilgan sana bilan birlashtirilishiga ruxsat etiladi);
kafolat muddati (oy va yil);
saqlash sharoitlari;
qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma;
sterillash usuli;
qadoq holati to'g'risida ogohlantirish;
shtrix kod yoki QR-kod (agar mavjud bo‘lsa);
ushbu standartining belgilanishi;
mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishda "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" yozuvi;
eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar uchun "Made in Uzbekistan" yozuvi.
Barcha ma’lumotlar tegishli grafik belgilari yoki yozuv bilan ifodalanishiga ruxsat etiladi.
Iste'mol qadogʻiga boshqa, jumladan qonunchilikka zid bo‘lmagan reklama ma'lumotlarini joylashtirishga ruxsat etiladi.
3.6.2 Transport tamgʻasida kuyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va (yoki) uning tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili, telefoni, elektron manzili;
mahsulot nomi;
mahsulot soni;
ishlab chiqarilgan sana (oy va yil);
seriya (oy va yil) (ishlab chiqarilgan sana bilan birlashtirilishiga ruxsat etiladi);
kafolat muddati (oy va yil);
saqlash sharoitlari;
sterillash usuli;
shtrix kod yoki QR-kod (agar mavjud bo‘lsa);
ushbu standartining belgilanishi;
mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishda "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" yozuvi;
eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar uchun "Made in Uzbekistan" yozuvi.
Barcha ma’lumotlar tegishli grafik belgilari yoki yozuv bilan ifodalanishiga ruxsat etiladi.
3.6.3 Tamgʻalash davlat tilida, eksportga yetkazib berishda esa - yetkazib berish shartnomasida (bitimda) belgilangan tilda amalga oshirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq tilda (davlat va chet tillarida) tamgʻalashga ruxsat etiladi.
3.6.4 Transport tarasini tamgʻalash ГОСТ 14192 talablariga muvofiq ogohlantiruvchi belgilarini qo‘llash bilan amalga oshirilishi yoki ushbu ogohlantiruvchi belgilarda ifodalangan iboralar davlat tilida yozilishi kerak.
4 HAVFSIZLIK VA ATROF MUHITNI MUXOFAZA QILISH TALABLARI
4.1 Brasletni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan zararli moddalar ГОСТ 12.1.007 bo‘yicha kam xavfli (xavflilik klassi IV) moddalar jumlasiga kiradi.
4.2 Brasletni ishlab chiqarishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
ishlab chiqarish xonalari [1] va ГОСТ 12.4.021 larga muvofiq ishlab turgan tortib chiqaradigan ventilyatsiya bo‘lgan xolda, [2] talablariga javob berishi kerak. Zararli moddalar ajralishi mumkin bo‘lgan joylar xavo tortish moslamalari bilan jihozlanishi kerak;
texnologik jarayonlar [3] va ГОСТ 12.3.002 talablariga javob berishi kerak;
ish joylaridagi shovqin darajasi ГОСТ 12.1.003, tebranish havfsizlik ГОСТ 12.1.012 talablariga javob berishi kerak;
xonalar mikroiqlimi [4] va ГОСТ 12.1.005 talablariga javob berishi kerak;
yongʻin havfsizligi talablari ГОСТ Р 12.3.047 talablariga javob berishi kerak;
elektr havfsizlik talablari ГОСТ 12.1.030 talablariga javob berishi kerak;
ishlab chiqarish asbob-uskunalari havfsizligi talablari ГОСТ 12.2.003 talablariga javob berishi kerak;
yorugʻlik [5] talablariga javob berishi kerak;
ishlab chiqarish xonalari O‘zMSt 133 ga muvofiq ichimlik suv bilan ta'daqiqalanishi kerak;
ishchilarning individual himoya vositalari amaldagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
4.3 Atrof muhit muxofazasi [6] va ГОСТ 17.2.3.02 bo‘yicha chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan otilmalarga (ChYQO) rioya etilishi ustidan nazorat bilan ta'daqiqalanishi kerak.
4.4 Yerni maishiy va ishlab chiqarish chiqindilaridan muhofaza qilish [7] ga muvofiq.
5 QABUL QILISH QOIDALARI
5.1 Sinovlar ГОСТ 15150 bo‘yicha quyidagi iqlim sharoitlarida o‘tkazilishi kerak:
- harorat plyus (25 + 10) °C;
- havoning nisbiy namligi 45 % dan to 80 % gacha;
- atmosfera bosimi 84,0 dan to 106,7 kPa gacha (630 dan to 800 mm Hg).
5.2 Ushbu standart talablariga muvofiqligini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchi korxona quyidagi sinov toifalari bo‘yicha sinovlar o‘tkazishi lozim:
qabul qilish-topshirish;
davriy;
malakaviy;
namunaviy.
5.3 Qabul qilish - topshirish sinovlari
5.3.1 Braslet to‘plarda qabul qilinadi. To‘p deb, bir oy davomida ishlab chiqarilgan va bir sifat hujjati bilan rasmiylashtirilgan braslet miqdori hisoblanadi.
5.3.2 Qabul qilish-topishirish sinovlaridan statistik nazorat usulida brasletning har to‘pi o‘tkaziladi.
5.3.3 Sinov uchun namunalarni tanlash ГОСТ 18321 bo‘yicha “ko‘r-ko‘rona” eng ko‘p obyektivlik usulida o‘tkaziladi.
5.3.4 Qabul qilish-topshirish sinovlari ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ushbu standartning 3.2.1 va 3.2.2 bandlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini sinash bilan amalga oshiriladi.
5.3.5 Agar sinovlarda ushbu standart talablarining tekshirilayotgan bandlaridan bittasi bo‘yicha bo‘lsa ham brasletning nomuvofiqligi aniqlansa, unda sinovlarning natijalari qoniqarsiz hisoblanadi va namunalarning ikki hissa miqdorida takroriy sinovlar o‘tkaziladi.
5.3.6 Takroriy sinovlarning natijalari yakuniy deb hisoblanadi, agar takroriy sinovlar natijasi ushbu standart talablariga muvofiq emasligi aniqlansa, ushbu to‘p yaroqsiz deb topiladi.
5.4 Davriy sinovlar
5.4.1 Qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tgan brasletga ushbu standartning barcha talablariga muvofiqligini tekshirish uchun davriy sinovlar bir yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
5.4.2 Agar davriy sinovlar davomida ushbu standart talablari bo‘yicha kamida bitta nomuvofiqlik aniqlansa, sinov natijalari qoniqarsiz deb hisoblanadi va ikki karra miqdordagi namunalarning takroriy sinovlari o‘tkaziladi.
5.4.3 Takroriy sinov natijalari yakuniy hisoblanadi.
5.4.4 Takroriy sinovlar natijasi salbiy bo‘lganda, nuqson sabablari aniqlanmaguncha va bartaraf etilmagunga qadar braslet sotuvga chiqarilmaydi.
5.4.5 Brasletni sotuvga chiqarish faqat ijobiy natijalar bilan davriy sinov bayonnomasi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
5.5 Malakaviy va namunaviy sinovlar
5.5.1. Malakaviy sinovlar seriyali ishlab chiqarish boshlanishidan oldin uskunalar, jihozlar va belgilangan texnologik jarayon rejimining tayyorligini baholash maqsadida brasletning belgilangan to‘pi (birlamchi sanoat) namunalarida o‘tkaziladi.
5.5.2. Sinovlar hajmi va ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov dasturi bilan belgilanadigan nazorat rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
5.5.3 Sinov natijalari sinov bayonnomasi bilan rasmiylashtirilishi kerak. Iste’molchining talabiga ko‘ra sinov bayonnomalari unga taqdim etilishi mumkin.
5.5.4. Namunaviy sinovlar brasletning parametrlari yoki texnik xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan konstruksiya, materiallar yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Sinovlar ushbu standartning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
6 NAZORAT USULLARI
6.1 Brasletning hujjatlar to‘plamiga muvofiqligini (3.1 b.) tekshirish, ushbu
standart va texnologik hujjatlar bilan taqqoslash yo‘li orqali o‘tkaziladi.
6.2 Brasletning konfiguratsiyasi, tarkibiy qismalari va asosiy o‘lchamlari (3.2.1 b.) quyidagicha tekshiriladi:
6.2.1 Konfiguratsiya ushbu standartning A ilovasi bilan taqqoslash yo‘li orqali tekshiriladi.
6.2.2 Brasletning asosiy o‘lchamlari amaldagi normativ bo‘yicha chizgʻich yoki ГОСТ 166 bo‘yicha shtangensirkul bilan o‘lchanadi.
6.3 Brasletda mexanik shikastlanishlar va uning funktsional xususiyatlariga ta’sir qiluvchi begona qo‘shimchalar mavjudligi (3.2.2 b.) vizual tarzda tekshiriladi.
6.4 Brasletning sterilligi (3.2.3 b.) ГОСТ ISO 11737-2 bo‘yicha tekshiriladi.
6.7 Brasletning zaharliligi (3.2.4 b.) ГОСТ ISO 10993-11 bo‘yicha tekshiriladi.
6.8 Brasletning qo‘zgʻatuvchi ta’siri (3.2.5 b.) ГОСТ ISO 10993-10 bo‘yicha tekshiriladi.
7 TRANSPORTDA TASHISH VA SAQLASH
7.1 Braslet transportning barcha turlarida amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tashilishi mumkin.
7.2 Brasletni iqlim omillarining taʻsiri bo‘yicha transportda tashish shartlari
ГОСТ 15150 ning 5 (OJ4) guruhiga muvofiq minus 50 °C dan 50 °C gacha bo‘lgan harorat oraligʻida belgilanadi.
7.3 Ishlab chiqaruvchi korxonaning qadogʻidagi braslet omborxonalarda minus 5 °C dan 40°C gacha bo‘lgan harorat oraligʻida, ГОСТ 15150 bo‘yicha 1 (L) saqlash sharoitida va havoning nisbiy namligi 80 foiz bo‘lgan hamda shamollatiladigan xonalarda saqlanishi kerak. Transport qadoqlaridagi Braslet maxsus tagliklarda saqlanadi.
8 ISHLAB CHIQARUVCHINING KAFOLATLARI
Brasletning ushbu standartda belgilangan transportda tashish, saqlash va qo‘llash shartlari bajarilganda, uning kafolatlan muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 5 yil.
A ilova
(tavsiyaviy)
Brasletning konfiguratsiyasi, tarkibiy qismlari va asosiy o‘lchamlari
Ko‘rsatilgan o‘lchamlarning ±5% me’yoridagi ogʻishlarga yo‘l qo‘yiladi.
Birkada chaqaloqning quyidagi ma’lumotlari ko’rsatilishi kerak: F.I.SH., jinsi, vazni, bo’yi, tugilgan sanasi va vaqti, boshqa ma’lumotlar.
Izoh – Brasletni ushbu milliy standartda belgilangan xavfizlik talablariga rioya etgan holda boshqa konfiguratsiya va o‘lchamlarda ishlab chiqarishga ruxsat etiladi.
BIBLIOGRAFIYA
[1] | Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.04.05-2022 | Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash |
|
|
|
[2] | Shaharsozlik normalari va qoidalari ShNQ 2.09.02-23 | Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari |
|
|
|
[3] | Cанитарные нормы, правилы и гигиенические нормативы СанПиН № 0273-09 | Гигиенические требования к производству и переработке синтетических полимерных материалов |
|
|
|
[4] | Cанитарные нормы, правилы и гигиенические нормативы СанПиН № 0324-16 | Санитарно - гигиенические нормы микроклимата производственных помещений |
|
|
|
[5] | Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.01.05-2024 | Tabiiy va sun’iy yoritish |
|
|
|
[6] | Cанитарные нормы, правилы и гигиенические нормативы СанПиН № 0053-23 | «Ўзбекистон ҳудудидаги аҳоли яшаш пунктларининг атмосфера ҳавосидаги зарарли моддалар, продуцент микроорганизмлар, бактериал препаратлар, уларнинг таркибий қисмлари ва аэроионларнинг рухсат этилган концентрацияларининг гигиеник меъёрлари» |
|
|
|
[7] | Cанитарные нормы, правилы и гигиенические нормативы СанПиН № 0300-11 | Санитарные правила и нормы организации сбора, инвентаризации, классификации, обезвреживания, хранения и утилизации промышленных отходов в условиях Узбекистана |
BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR
MUT 97.190
SMT 97.200.50
Muhim so‘zlar: Braslet, tamgʻalash, qadoqlash, xavfsizlik talablari va atrof-muhitni muxofaza qilish, qabul qilib olish qoidalari, nazorat usullari, transportda tashish va saqlash.
© Standart ilova portali. All rights reserved.