12.03.2026
11.05.2026
0
0
0
TEXNIK SHARTLAR
НАЦИОНАЛЬНЫЙ СТАНДАРТ УЗБЕКИСТАНА
ХИТИН ИЗ КУКОЛОК ТУТОВОГО ШЕЛКОПРЯДА
ТЕХНИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ
Toshkent
MILLIY STANDART
TUT IPAK QURTI g‘umbagIDAN XITIN
Texnik shartlar
Rasmiy nashr
О‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
SО‘Z BOSHI
1. “Qishloq xо‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish” bо‘yicha texnik qо‘mita va О‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan ishlab chiqildi va tasdiqlashga taqdim etildi.
2. О‘zbekiston standartlar institutining 2026 yil _____sanasidagi № ____ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi.
3. Dastlabki amalga kiritilishi.
Ushbu milliy standartni va unga bо‘lgan о‘zgartishlarni О‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta kо‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bо‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot kо‘rsatkichlarida chop etiladi.
Ushbu standartni О‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi О‘zbekiston standartlar institutiga tegishli
MUNDARIJA
1 | Qо‘llanish doirasi | 5 |
2 | 5 | |
3 | Texnik talablar | 7 |
4 | Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari | 9 |
5 | Qabul qilish qoidalari | 10 |
6 | Nazorat usullari | 11 |
7 | Transportda tashish va saqlash | 12 |
8 | Ishlab chiqaruvchi kafolatlari | 12 |
| Bibliografik ma’lumotlar |
|
| Axborot ma’lumotlari |
|
______________________________О‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI_________________
TUT IPAK QURTI g‘umbagIDAN XITIN
Texnik shartlar
ХИТИН ИЗ КУКОЛОК ТУТОВОГО ШЕЛКОПРЯДА
Технические условия
XITIN FROM MULBERRY SILKWORM PUPPELS
Technical specifications
Amalga kiritish sanasi «____» _________ 2026 y.
1 QО‘LLANISH DOIRASI
Ushbu milliy standart tut ipak qurti g‘umbagidan olingan xitinga (keyingi o‘rinlarda xitin deb yuritiladi) taalluqli bo‘lib, xitinning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga, nazorat usullariga, saqlash sharoitlariga talablar va me’yorlarni belgilaydi.
Xitin tirik organizmlarda muhim funktsiyalarni bajaradigan tabiiy polisaxariddir. U ipak qurti g‘umbaklarining ekzoskeletining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, ularni kuch va himoya bilan ta’minlaydi.
Xitin tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi mumkin. Ipak qurti g‘umbaklaridan ajratib olingan xitin xitozan ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Rasm. 1. Хitin tuzilish formulasi
2 STANDARTLARGA HAVOLALAR
Ushbu milliy standartda quyidagi meyoriy hujjatlarga havolalar keltirilgan:
Meyoriy hujjatning belgilanishi | Meyoriy hujjatning nomlanishi |
ГОСТ 12.1.004-91 | Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования |
ГОСТ 12.1.005-2004 | Система стандартов безопасности труда. Общие санитарногигиенические требования к воздуху рабочей зоны |
ГОСТ 12.2.003-91 | Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности |
ГОСТ 12.3.002-2014 | Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Процессы производственные. Общие требования безопасности |
ГОСТ 12.4.011-89 | Система стандартов безопасности труда. Средства защиты работающих. Общие требования и классификация |
ГОСТ 12.4.013-85 | Система стандартов безопасности труда. Очки защитные. Общие технические условия |
ГОСТ 12.4.041-2001 | Система стандартов безопасности труда. Средства индивидуальной защиты органов дыхания фильтрующие. Общие технические требования |
ГОСТ 12.4.103-2020 | Система стандартов безопасности труда. Одежда специальная защитная, средства индивидуальной защиты ног и рук. Классификация |
ГОСТ 12.4.121-2015 | Система стандартов безопасности труда. Средства индивидуальной защиты органов дыхания. Противогазы фильтрующие. Общие технические условия |
ГОСТ 17.2.3.02-2014 | Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями |
ГОСТ 17.4.3.05-86 | Охрана природы. Почвы. Требования к сточным водам и их осадкам для орошения и удобрения. |
ГОСТ 2263-79 | Натр едкий технический. Технические условия |
ГОСТ 3118-77 | Реактивы. Кислота соляная. Технические условия |
ГОСТ 6709-72 | Вода дистиллированная. Технические условия |
ГОСТ 10900-84 | Иониты. Методы определения гранулометрического состава |
ГОСТ 12302-2013 | Пакеты из полимерных пленок и комбинированных материалов. Общие технические условия |
ГОСТ 14192-96 | Маркировка грузов |
ГОСТ 14870-77 | Продукты химические. Методы определения воды |
ГОСТ 19814-74 | Кислота уксусная синтетическая и регенерированная. Технические условия |
ГОСТ 20010-93 | Перчатки резиновые технические. Технические условия |
ГОСТ 21560.1-82 | Удобрения минеральные. Метод определения гранулометрического состава |
ГОСТ 22567.5-93 | Средства моющие синтетические и вещества поверхностно-активные. Методы определения концентрации водородных ионов |
ГОСТ 25336-82 | Посуда и оборудование лабораторные стеклянные. Типы, основные параметры и размеры |
ГОСТ 29329-92 | Весы для статического взвешивания. Общие технические требования |
ГОСТ 32521-2013 | Мешки из полимерных пленок. Общие технические условия |
ГОСТ 33757-2016 | Поддоны плоские деревянные. Технические условия |
ГОСТ 33781-2016 | Упаковка потребительская из картона, бумаги и комбинированных материалов. Общие технические условия |
O‘z DSt 8.022:2002 | Государственная система обеспечения единства измерений Республики Узбекистан. Общие метрологические требования к количеству фасованных товаров в упаковках любого вида и порядок осуществления государственного метрологического контроля и надзора за их соответствие |
O‘z Dst 2299:2011 | Отходы кокономотального производства. Технические условия. |
O‘zMSt 133:2024 | Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish |
Izoh – Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish bо‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot kо‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni О‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (о‘zgartirilgan) bо‘lsa, unda ushbu milliy standartdan foydalanishda almashtirilgan (о‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bо‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bо‘lmagan qismida qо‘llaniladi.
3 TEXNIK TALABLAR
3.1 Ipak qurti g‘umbaklaridan xitin ushbu milliy standart va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik reglament talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak.
3.2 Asosiy ko‘rsatkichlar va tavsiflar
3.2.1. Ipak qurti g‘umbaklaridan olingan xitin 1-jadvalda keltirilgan organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
1-jadval
Kо‘rsatkich nomlanishi | Тavsif va meyor
| Nazorat usullari bandlari |
1.Tashqi ko‘rinishi, rangi | Har xil shakl va o‘lchamdagi zarrachalar, rangi ochiq jigarrang | 6.1 b. |
2. Hidi | Hidsiz | 6.2 b. |
3. Namlik %, ko‘pi bilan (ortiq emas) | 15 | 6.3 b. |
4. Kul miqdori, %, ko‘pi bilan (ortiq emas) | 5 | 6.4 b. |
5. Azot miqdori, %, kamida (kam emas) | 6 | 6.5 b. |
6. pH qiymati, 1% suvli suspenziya uchun, ko‘pi bilan (ortiq emas) | 7,5 | 6.6 b. |
3.3 Xom ashyo va materiallarga talablar
3.3.1 Xitin ishlab chiqarishda quyidagi turdagi xom ashyo va materiallardan foydalanish kerak:
Pillachilik chiqindilari va ularni qayta ishlash mahsulotlari - O‘z DSt 2299;
Natriy gidroksidi - ГОСТ 2263;
Sirka kislotasi - ГОСТ 19814 bo‘yicha;
Sintetik xlorid kislotasi - ГОСТ 3118 bo‘yicha texnik rusumli.
3.4 Qаdoqlаsh
3.4.1 Tayyor mahsulotlar ГОСТ 32521 bo‘yicha polimer plyonkalardan qoplarga yoki ГОСТ 12302 bo‘yicha birlashtirilgan materiallardan tayyorlangan haltalarga 0,05 dan 1 kg gacha bo‘lgan og‘irlikda qadoqlanadi. Zarurat bo‘lganda, foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga ГОСТ 33781 bo‘yicha karton qutilarga joylashga yo‘l qo‘yiladi.
Iste’molchi bilan kelishilgan holda, tashish va saqlash vaqtida xitin xavfsizligini ta’minlaydigan boshqa turdagi transport qadoqlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
3.4.2 Qadoqlangan xitinning sof og‘irligi 0,05 dan 1 kg gacha (0,05 kg oraliqda).
Iste’molchi o‘ramida ko‘rsatilgan aniq og‘irlikdan ruxsat etilgan og‘ish O‘zDSt 8.022 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
Iste’molchi bilan kelishilgan holda, Iste’mol o‘ramiga sof og‘irligi 1 kg dan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni qadoqlashga yo‘l qo‘yiladi.
3.4.3 Iste’molchi bilan kelishilgan holda, xitinni tashish va saqlash vaqtida preparatning xavfsizligi ta’minlangan taqdirda, boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa turdagi transport qadoqlarida tashish mumkin.
3.4.4 Bitta transport paketining brutto og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
3.5 Tаmg‘аlаsh
3.5.1 Prepаrаt qаdoqlаngаn iste’molchi qаdog‘igа bosmаxonа usuldа quyidаgi tаmg‘аlаsh rekvizitlаri bosilgаn qog‘oz shaklida tаmg‘аlаsh yorlig‘i yopishtirilgаn yoki biriktirilgаn bо‘lishi kerаk:
- mаhsulotning nomlаnishi vа belgilаngаn mаqsаdi;
- ishlаb chiqаruvchi korxonаning nomlаnishi vа uning mаnzili (haqiqiy vа yuridik);
- tо‘p vа о‘rin rаqаmi;
- netto mаssаsi (hаjmi), kg;
- brutto mаssаsi; kg;
- ishlаb chiqаrilgаn sаnаsi (oy, yil);
- kаfolаtlаngаn sаqlаsh muddаti (oy, yil);
- sаqlаsh shаroitlаri;
- ushbu texnikаviy shаrtlаrning belgilаnishi;
- sertifikаtlаshtirish hаqidа mа’lumot;
- qо‘llаsh bо‘yichа yо‘riqnomа;
- “Germetik qаdoq”, “Hаrorаtni chegаrаlаsh”, “Tepаgа” yozuvlari kо‘rsаtilgаn ГОСТ 14192 bо‘yichа mаnipulyasion belgilаr;
- “Ehtiyot bо‘ling”, “Bolаlаrdаn sаqlаng”, “Kо‘z vа terigа tegishgа yо‘l qо‘ymаng” yozuvlari kо‘rsаtilgаn ogohlаntiruvchi belgilаr;
- «O’zbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvi - Respublikа hududidа sotilgаndа;
-«Made in Uzbekistan» yozuvi (yoki import qiluvchi dаvlаt tilidа) – eksport uchun mо‘ljаllаngаn mаhsulot uchun;
- rо‘yhаtga olish rаqаmi bilаn shtrix-kodi (zаruriyat bо‘lgаndа).
4 Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari
4.1 Atrof-muhitni muhofaza qilish ГОСТ 17.2.3.02 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
4.1.1 Ipak qurti g‘umbaklaridan xitin ishlab chiqaruvchi korxonada mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlar tashkil etilishi kerak. Umumiy mehnat xavfsizligi talablari ГОСТ 12.4.011 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
4.1.2. Xitin ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish ob'ektlari ГОСТ 12.1.005 ga muvofiq ish joyidagi havo sifatini ta’minlaydigan ta’minot va egzoz ventilyatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
4.1.3 Xitin ishlab chiqarishda ГОСТ 12.2.003 ga muvofiq xavfsizlik talablariga rioya qilish kerak.
4.2 Mehnatni muhofaza qilish
4.2. 1 Uskunalarni joylashtirish va o‘rnatish xavfsizligi, barqarorligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulayligi, texnologik jarayonning ketma-ketligiga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarish joylari xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha plakatlar bilan ta’minlanishi kerak.
Ish joyidagi havosidagi xitinning REChK miqdori 6 mg/m3 (0,006 kg/m3) dan oshmasligi kerak.
4.2.3 Xitinni izolyatsiyalash va sifatini nazorat qilishda maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak:
- ko'zlar uchun - ГОСТ 12.4.013 bo‘yicha himoya ko'zoynaklari;
- nafas olish organlari uchun - ГОСТ 12.4.041 bo‘yicha respirator;
- qo'llar uchun - ГОСТ 20010 bo‘yicha rezina qo'lqoplar.
4.2.4 Xitinni ishlab chiqarish va ishlatishda ГОСТ 12.1.004 ga muvofiq uchinchi sinf uchun ehtiyot choralari va yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilish kerak, xususan:
- ish joyi yaqinida ochiq olovga yo‘l qo'yilmaydi;
- xitinga konsentrlangan mineral kislotalar va kuchli oksidlovchi moddalarning ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- elektr isitish moslamalarigacha bo‘lgan masofa kamida 1 metr bo‘lishi kerak;
- yong‘inga qarshi vositalar: ko‘pikli yong'inga qarshi vositalar, qum, namat mavjud bo‘lishi kerak. Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalariga o‘tadigan yo‘l to‘siqli bo‘lmasligi kerak.
- binolarni tozalash o‘z vaqtida amalga oshirilishi kerak
4.3 Mahsulot xavfsizligi
4.3.1 Qayta ishlash mumkin bo'lmagan chiqindilar SanPiN 0300-11 ga muvofiq yo‘q qilinadi [1].
4.3.2 Mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlashga faqat mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish, amaliyot va yo‘riqnomadan o'tgan shaxslar ruxsat etiladi.
4.4 Yong‘inni o'chirish
Yong‘in o‘chirish vositalari: namlovchi vosita bilan purkaluvchi suv, yong‘inga qarshi kompozitsiyalar (agentlar), karbonat angidrid, ko‘pik, PF yong‘inga qarshi kukun, qum, namat. Yong‘in o‘chirilishida ГОСТ 12.4.121 bo‘yicha B tipidagi gaz niqoblaridan foydalanish kerak.
4.5 Qayta ishlash mumkin bo'lmagan chiqindilar SanPiN 0300-11 ga muvofiq yo‘q qilinadi.
4.6. Oqava suvlarni ifloslanishdan himoya qilishga qo'yiladigan talablar - ГОСТ 17.4.3.05 bo‘yicha.
4.7. Ishlab chiqarish ob’ektlari O‘zMSt 133 ga muvofiq ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kerak.
5 QABUL QILISH QOIDALARI
5.1 Mahsulot to‘plab qabul qilinadi.
To‘p (partiya) deb - bir smenada ishlab chiqarilgan va bir xil sifatli, quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sifati haqidagi yagona hujjat bilan rasmiylashtirilgan, massasi ko‘pi bilan 10 kg bo‘lgan xitin miqdoriga aytiladi:
- mаhsulotning nomlаnishi vа belgilаngаn mаqsаdi;
- ishlаb chiqаruvchi korxonаning nomlаnishi vа uning mаnzili (haqiqiy vа yuridik);
- tо‘p rаqаmi;
- to‘pdagi o‘rinlar soni;
- netto mаssаsi (hаjmi), kg;
- brutto mаssаsi; kg;
- ishlаb chiqаrilgаn sаnаsi (oy, yil);
- kаfolаtlаngаn sаqlаsh muddаti (oy, yil);
- ushbu texnikаviy shаrtlаrning belgilаnishi;
- sertifikаtlаshtirish hаqidа mа’lumot;
- qabul qilish sinovlari natijalari yoki mahsulotning ushbu texnik shartlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar
5.2 Mahsulotlarning ushbu standart talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun korxona quyidagi sinov turlarini o‘rnatishi kerak:
- qаbul qilish-topshirish;
- dаvriy;
- sertifikаtlаshtirish
5.3 Qаbul qilish-topshirish sinovlаri
5.3.1 Qabul qilish sinovlari tayyor mahsulotlarning har bir partiyasi uchun 3.2.1, 1-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (1-7 ko‘rsatkichlar).
5.4 Davriy sinovlar
5.4.1 Davriy sinov kamida 6 oyda bir marta 3.2.1, 1-jadval talablariga muvofiqligi uchun qabul qilish sinovlaridan o'tgan mahsulotlarda amalga oshiriladi.
5.4.2 Qadoqlash va etiketkaning to'g'riligini baholash uchun partiyaning 10%, lekin kamida 3 ta qadoqlash birligi tanlanadi.
5.4.3 Sifatni nazorat qilish uchun har bir tanlangan qadoqlash birligidan o'rtacha namunalar olinadi.
Birlashtirilgan o'rtacha namunaning hajmi kamida 0,5 kg bo‘lishi kerak
5.4.4 Belgilangan talablardan kamida bittasi uchun qoniqarsiz natija olinsa, ushbu ko‘rsatkich uchun bir xil partiyadan ikki baravar ko'p namunalar bo‘yicha takroriy sinovlar o'tkaziladi.
Takroriy sinovlar natijalari yakuniy hisoblanadi va butun to‘pga joriy etiladi.
"Tashqi ko‘rinish" va "massa" ko‘rsatkichlari bo‘yicha takroriy sinovlardan o‘tmagan mahsulotlarni rad etishga yo‘l qo‘yiladi.
5.5 Sertifikаtlаshtirish sinovlаri
5.5.1 Sertifikatlash sinovlari ushbu standart talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyada o‘tkaziladi.
6 NАZORАT USULLАRI
6.1 Xitinning tashqi ko‘rinishi, rangi tabiiy yorug‘likda, asboblardan yoki maxsus yorug‘likdan foydalanmagan holda, vizual tarzda aniqlanadi.
6.2 Hidi organoleptik usulida aniqlangan.
6.3 ГОСТ 14870 bo‘yicha namlikning massa ulushi aniqlanadi.
6.4 Umumiy kulning massa ulushini aniqlash [2] bo‘yicha quyidagi qo‘shimchalar bilan amalga oshiriladi.
Namunaning tortilgan qismi (0,1-0,5 g) oldindan kuydirilgan va tortilgan chinni tigelga solinadi, u ehtiyotkorlik bilan 500 ºC ga qizdiriladi. Namuna doimiy massaga qadar kuydiriladi. Kuygandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tortiladi.
Namunadagi kul miqdori (Z) formula yordamida hisoblab chiqiladi
Z (%) = mх100/g,
bu erda m - yonishdan keyingi moddaning massasi, g; g - namunaning og‘irligi, g.
6.5. Xitin namunalaridagi azot miqdori [3] Dyuma usuli bo‘yicha aniqlanadi: namunaning og‘irligi (5-10 mg)ni kvarts trubkasida CO2 oqimida yondirish va ajralib chiqqan azot hajmini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Namunadagi azot miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
X = [mх(V — V´)х100]/g,
bu yerda m - berilgan harorat va bosimdagi 1 ml azotning massasi;
V - ajratilgan azotning hajmi, ml;
V´ - gaz hisoblagichni kalibrlashda ma'lum hajm uchun tuzatish, ml;
g - namunaning og‘irligi, mg.
6.6 Suvli suspenziyaning pH qiymatini aniqlash ГОСТ 22567.5 bo‘yicha amalga oshiriladi.
6.6.1 Uskunalar, reagentlar, eritmalar
- ГОСТ 25336 bo‘yicha 100 ml shisha stakan
- ГОСТ 29329 bo‘yicha ikkinchi aniqlik sinfidagi laboratoriya tarozilari, eng katta tortish chegarasi 200 g.
- ГОСТ 6709 bo‘yicha distillangan suv
- Eritmaning kislotaligi pH-150 MI ion o'lchagichda 0,1 birlikdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchov xatoligi bilan aniqlandi.
6.6.2 Tahlil
1 g xitin analitik tazozida tortiladi (aniqlik 0,0001), tarkibida karbonat angidrid bo‘lmagan 100 ml suv solingan stakanga solinadi, magnit aralashtirgichda 1 soat davomida aralashtiriladi va pH moslama uchun ko‘rsatmalarga muvofiq o‘lchanadi. Tahlil natijasi sifatida ikkita parallel o‘lchov natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi, ular orasidagi mutlaq nomuvofiqlik P = 0,95 ishonchlilik ehtimoli bilan 0,1 pH birligiga teng yo‘l qo‘yilgan tafovutdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
7 TRANSPORTDA TASHISH VA SAQLASH
7.1 Xitin barcha turdagi yopiq transport vositalarida ushbu transport turiga nisbatan qo‘llaniladigan tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
7.2 Xitin ГОСТ 33757 bo‘yicha kimyo sanoati uchun mo‘ljallangan tagliklarga joylashtiriladi. Xitin to‘g'ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilishni ta’minlaydigan yopiq qadoqda, quruq omborda, isitish moslamalaridan kamida 1 m uzoqlikda, nisbiy namlik 65% dan ko‘p bo‘lmagan, harorat minus 10 ° C dan plyus 4 gacha bo‘lgan sharoitda saqlanishi kerak.
Xitinni oziq-ovqat mahsulotlari, qaytaruvchi moddalar, organik birikmalar, mineral kislotalar va boshqa moddalar bilan birga saqlash va tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
ISHLAB CHIQARUVCHI KAFOLATLARI
8.1. Ishlab chiqaruvchi mahsulot - xitinning ushbu texnik shartlar talablariga muvofiqligini saqlash va tashish shartlariga rioya qilinganda kafolatlaydi.
8.2. Xitinning kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oy
Bibliografiya
1. СанПиН №0300-11 Санитарние правила и нормы организации сбора, инвентаризации, классификации, обезвреживания, хранения и утилизации промышленних отходов в условиях Узбекистана. (Sanitariya qoidalari va me’yorlari, O‘zbekiston sharoitida sanoat chiqindilarini yig‘ish, inventarizatsiya qilish, tasniflash, zararsizlantirish, saqlash va utilizatsiya qilish tartibi)
2. ГФ XI, Т.2, С.24,1989. Определение зольности
3. ГФ ХI, С.180,1987. Определение азота в органических соединениях
SUT 24 4310 |
|
BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR
Muhim so‘zlar: xitin, ipak qurti g‘umbagi, texnik shartlar, xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari, qabul qilish qoidalari, nazorat usullari, tashish va saqlash
© Standart ilova portali. All rights reserved.