12.03.2026
11.05.2026
0
0
0
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Tuproq sifati - DTPA bufer eritmasi yordamida mikroelementlarni ajratib olish
(ISO 14870:2001)
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
So‘z boshi
1. “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi tomonidan ISHLAB CHIQILDI VA TASDIQLASHGA TAQDIM ETILDI.
2. O‘zbekiston standartlar institutining 2025- yil ____________ dagi ____-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.
3. Ushbu standart ISO 14870:2001 “Soil quality — Extraction of trace elements by buffered DTPA solution”:
4. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy
tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli.
II
ISO – (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) bu standartlashtirish bo‘yicha milliy organlarning xalqaro federatsiyasi (ISO a’zo organlari) hisoblanadi. Xalqaro standartlarni tayyorlash ishlari odatda ISO ning texnik qo‘mitalari orqali amalga oshiriladi. Texnik qo‘mitaga taalluqli mavzu bilan qiziquvchi Yevropa Ittifoqining har bir a’zo davlat organi mazkur qo‘mitada o‘z vakiliga ega bo‘lish huquqiga ega. ISO bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, hukumat va nodavlat tashkilotlar ham bu ishda ishtirok etmoqda. Elektrotexnik standartlashtirish bo‘yicha barcha masalalarda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) bilan ISO yaqin hamkorlik olib boradi.
Xalqaro standartlar ISO/MEK Direktivalarining 3-qismida keltirilgan qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik qo‘mitalar tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar loyihalari a’zo organlarga ovoz berish uchun yuboriladi. Xalqaro standart sifatida nashr etish ovoz beruvchi a’zo organlarning kamida 75 foizi tomonidan ma’qullanishi talab qiladi.
ISO 14870 ning ushbu qismining ba’zi elementlari patent huquqi predmeti bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratiladi. ISO bunday patent huquqlarining birortasini yoki barchasini aniqlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
ISO 14870 xalqaro standarti ISO/TC 190 "Tuproq sifati" texnik qo‘mitasining SC 3 "Tuproqning kimyoviy usullari va xususiyatlari" kichik qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan.
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
“TUPROQ SIFATI - DTPA BUFER ERITMASI YORDAMIDA MIKROELEMENTLARNI AJRATIB OLISH”
“КАЧЕСТВО ПОЧВЫ — ИЗВЛЕЧЕНИЕ МИКРОЭЛЕМЕНТОВ БУФЕРНЫМ РАСТВОРОМ ДТПА”
“SOIL QUALITY – EXTRACTION OF TRACE ELEMENTS BY BUFFERED DTPA”
Amalga kiritish sanasi _________-y
1 Qo‘llash doirasi
Ushbu Xalqaro standartda tuproq namunalaridan mikroelementlarni dietilentriaminpentauksus kislotasining (DTPA) bufer eritmasi yordamida ajratib olish usuli ko‘rsatilgan. Bu usul asosan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning mis, temir, marganes va rux bilan ta’minlanishini aniqlashda qo‘llaniladi. Uni pH darajasi 6 dan yuqori bo‘lgan tuproqlarga qo‘llash maqsadga muvofiq. Ekstraktlarda kadmiy, xrom, nikel, qo‘rg‘oshin kabi potensial zaharli elementlar ham aniqlanishi mumkin. Ushbu elementlardan bir yoki bir nechtasi yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan tuproqlarda, bu elementlardan birortasini ajratib olish samaradorligi DTPA kompleks hosil qilish qobiliyatining oshib ketishi tufayli pasayishi mumkin.
Ushbu Xalqaro standart ekstraktlardagi mikroelementlarni o‘lchash usullarini belgilamaydi.
2 Standartga havolalar
Quyidagi me’yoriy hujjatlar ushbu matnda havola qilingan qoidalarni o‘z ichiga oladi, bu qoidalar mazkur Xalqaro standartning qoidalariga aylanadi. Sanali havolalar, keyingi o‘zgartirish yoki tuzatishlar ushbu nashrlarning hech biriga nisbatan qo‘llanilmaydi. Biroq, ushbu Xalqaro standartga asoslangan bitimlar tomonlariga quyida ko‘rsatilgan me’yoriy hujjatlarning eng so‘nggi tahrirlarini qo‘llash imkoniyatini o‘rganish tavsiya etiladi. Havola sanasi bo‘lmagan taqdirda, havola qilinayotgan normativ hujjatning oxirgi tahriri qo‘llaniladi. ISO va IEC a’zolari amaldagi xalqaro standartlar reestrini yuritadilar.
ISO 3696:1987, Analitik laboratoriyada foydalanish uchun suv - Spetsifikatsiya va sinov usullari.
ISO 11464:1994, Tuproq sifati - Fizik-kimyoviy tahlil o‘tkazish uchun namunalarni dastlabki tayyorlash.
ISO 11465:1993, Tuproq sifati - Quruq modda va suv miqdorini massa bo‘yicha aniqlash - Gravimetrik usuli.
3 Tamoyil
Tuproq namunasi aniq silkitish sharoitida 20 °C haroratda ekstraksiya qilinadi, bunda tuproq nisbati: mikroelementlarning eruvchan shakllarini ajratib olish uchun bufer eritmada (pH = 7,3) aralashgan 1:2 (m/V) nisbatdagi eritmaning tarkibiga, trietanolamin (0,1 mol·l−1), kalsiy xlorid (0,01 mol·l−1) va dietilentriaminpentauksus kislotasi (DTPA, 0,005 mol·l−1) kiradi.
Izoh-1: Ekstraktlardagi mikroelementlarni aniqlash alanga yoki elektrotermik atom-absorbsion spektrometriya, induktiv bog‘langan plazmali atom-emission spektrometriya yoki boshqa mos keladigan usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Izoh-2: Ekstraksiya nisbatining nisbatan yuqori bo‘lishi tufayli, yuqori singdirish qobiliyatiga ega tuproqlardan yetarli miqdorda ekstraksion eritma olish qiyinlashishi mumkin.
4 Reagentlar.
Faqat sifati tan olingan analitik reagentlar va ISO 3696 ga muvofiq tozaligi 2-darajali distillangan yoki deionlangan suvdan foydalaning.
4.1 Trietanolamin (TEA), C6H15NO3.
4.2 Dietilentriaminpentauksus kislotasi (DTFK), C14H23N3O10.
4.3 Kalsiy xlorid digidrat, CaCl2 2H2O.
4.4 Xlorid kislota, HCI, 6 mol l-1
4.5 Ekstraksiyalovchi eritma, CTEA= 0,1 mol·l−1, CCaCl2= 0,01 mol·l−1;
CDTPA =0,005 mol·l-1.
Kimyoviy stakanga ketma-ket 14,92 g TEA (4.1), 1,967 g DTPA (4.2), 1,470 g kalsiy xlorid digidrati (4.3) solinadi. Suv qo‘shib, barcha tuzlarni to‘liq eritmoq uchun aralashtiring. Eritmani taxminan 800 ml gacha suv bilan suyultiring. Xlorid kislota yordamida pH ni 7,3 ± 0,2 gacha yetkazing (4.4). Miqdorini 1000 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga o‘tkazing. Hajmi 1000 ml ga yetkaziladi va gomogenlashtiriladi. Ekstraksiya uchun eritma 20 °C ± 2 °C haroratda saqlanishi va shu haroratga yetmaguncha ishlatilmasligi kerak.
5 Uskunalar va shishadan ishlangan idishlar
Tarkibida mikroelementlar bo‘lgan rezina tiqinlar taqiqlangan. Aniqlanadigan mikroelementlardan xoli bo‘lgan plastmassa tiqinlar yoki boshqa istalgan tiqinlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Barcha laboratoriya shisha va plastmassa idishlari kamida 0,5 h davomida
4 mol·l-1 HNO3 ga botirilishi, uch marta distillangan suv bilan va bir marta ekstraksion eritma bilan (4.5)yuvilishi, kerak.
Uskunalar va shishadan ishlangan idishlarning aniqlanishi kerak bo‘lgan mikroelementlarni ajratib chiqarmasligini muntazam nazorat qilish va tekshirish.
5.1 Germetik yopilishi mumkin bo‘lgan 100 ml hajmli konteynerlar.
5.2 20 °C ± 2 °C haroratda termostatlangan kameraga joylashtirilgan aylanish tezligi (30 ± 3) ayl/min bo‘lgan ag‘darish tebratgichi.
5.3 Sentrifuga.
5.4 Sentrifuga probirkasi.
5.5 Germetik yopilishi mumkin bo‘lgan polietilen butilkalar.
5.6 G‘ovaklarining o‘lchami 0,45 mkm bo‘lgan, tarkibida aniqlanadigan mikroelementlar bo‘lmagan membranali filtrlar.
5.7 pH-metr.
5.8 Plastik shpatel.
5.9 20 ml dozalash imkoniyatiga ega bo‘lgan pipetka yoki avtomatik dozator.
6 Jarayon
6.1 Laboratoriya namunasi
ISO 11464 ga muvofiq oldindan ishlov berilgan va 2 mm teshikli elakdan o‘tkazilgan havoda quritilgan tuproq namunalarining fraksiyasidan foydalaning. Suv miqdorini aniqlash uchun ISO 11465 standartiga muvofiq namunaning alohida qismini ishlatish lozim.
6.2 Ajratib olish tartibi
Plastmassa shpatel (5.8) yordamida 10,00 g laboratoriya namunasini (6.1) tortib oling va 100 ml sig‘imli idishga (5.1) o‘tkazing. Pipetka yoki dozator (5.9) yordamida 20,0 ml ekstraksion eritma (4.5) qo‘shing. Idishni mahkam yoping va 20 °C ± 2 C haroratda 2 h davomida vibrator yordamida silkiting (5.2). Ekstraktning bir qismini sentrifuga probirkasiga (5.4) quying va 3000 g da 10 min davomida sentrifugalang. Cho‘kma ustidagi suyuqlikni filtr (5.6) yordamida filtrlang. Fazalar ajratilgandan so‘ng ekstraktni polietilen butilkaga (5.5) yig‘ing va 48 ht davomida tahlil qiling.
Har bir tahlil partiyasi bilan tuproq namunasisiz, xuddi shu usulda erkin ekstraksiyalarni o‘tkazish kerak.
7 Tahlil hisoboti
Tahlillar to‘g‘risidagi hisobot analitik o‘lchashlar to‘g‘risidagi hisobot bilan birga ixtiyoriy ravishda tuzilishi mumkin. Ekstraksiya sinovlari bayonnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) ushbu Xalqaro standartga havola;
b) hisob-kitob uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar (ma’lumotlar to‘plamining to‘liq identifikatsiyasi);
c) ushbu Xalqaro standartda ko‘rsatilmagan yoki majburiy bo‘lmagan har qanday jarayon tafsilotlari, shuningdek natijalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday omillar.
Bibliografiya
[1] ADAMS J.F., KISSEL D.E. Ifloslangan tuproqdan DTPA yordamida eritish va ekstraksiya qilish orqali aniqlanadigan rux, mis va nikel mavjudligi. Tuproqshunoslik aloqalari. O‘simlik tahlili, 20, 1989, 138-158-betlar. Plant Anal., 20, 1989.
[2] BRAUN P.X., DUNEMANN L., SHYULS R., MARSHNER X. Redoks-potensial va o‘simlik turlarining tuproqdan nikel va kadmiyni o‘zlashtirishiga ta’siri. Z. Pflanzennerner. Bodenk., 49, 1989, 382-398-betlar.
[3] MUSTE C., TAUZIN J. Turli o‘g‘itlardagi kadmiyning biologik qabul qilinishi taqqoslanishi. C.R. Acad. Agric. Fr., 3, 1992, 71-79-betlar.
[4] LINDSAY W.L., NORWELL W.A. Rux, temir, marganets va misni aniqlash uchun DTPA yordamida tuproq testini ishlab chiqish. Tuproqshunoslik Jamiyati Am. J., 42, 1978, 421-423-b.
[5] ROCA J., POMARES F. Oqova suvlar cho‘kindisi bilan o‘zgartirilgan tuproqda oltita kimyoviy ekstragent yordamida og‘ir metallarning mavjudligini bashorat qilish. Tuproq fanlari va o‘simliklar tahlili bo‘yicha aloqa, Soil Sci 22-son, 1991-yil, 2119-2136-betlar.
[6] STREET J.J., LINDSAY W.L., SABEY B.R. Kadmiy va oqova suvlar cho‘kindisi bilan boyitilgan tuproqlarda o‘simliklar tomonidan kadmiyning eruvchanligi va o‘zlashtirilishi. J. Environ. Qual., 6, 1977, 72-77-betlar.
[7] BCR, sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi hisobot, havola mavjud bo‘lganda
© Standart ilova portali. All rights reserved.