main-logo

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida STQ 26 “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

139

Muhokamaga chiqarish sanasi

12.03.2026

Yakunlanish sanasi

11.05.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

"TUPROQ SIFATI - ORGANIK VA UMUMIY UGLERODNI QURUQ YOQISH USULI BILAN ANIQLASH (ELEMENTAR TAHLIL) "

(ISO 10694:1995)

Rasmiy nashr

O‘zbekiston standartlar instituti

Toshkent

So‘z boshi

1. “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi tomonidan ISHLAB CHIQILDI VA TASDIQLASHGA TAQDIM ETILDI.

2. O‘zbekiston standartlar institutining 2025- yil ____________ dagi ____-son  buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.

3. Ushbu standart ISO 10694:1995 Soil quality - Determination of organic

and total carbon after dry combustion (elementary analysis):

4. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha  milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.

Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy

tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli.

II

Kirish

ISO  (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) bu standartlashtirish bo‘yicha milliy organlarning xalqaro federatsiyasi (ISO a’zo organlari) hisoblanadi. Xalqaro standartlarni tayyorlash ishlari odatda ISO ning texnik qo‘mitalari orqali amalga oshiriladi. Texnik qo‘mitaga taalluqli mavzu bilan qiziquvchi Yevropa Ittifoqining har bir a’zo davlat organi mazkur qo‘mitada o‘z vakiliga ega bo‘lish huquqiga ega. ISO bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, hukumat va nodavlat tashkilotlar ham bu ishda ishtirok etmoqda. Elektrotexnik standartlashtirish bo‘yicha barcha masalalarda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) bilan ISO yaqin hamkorlik olib boradi.

Texnik qo‘mitalar tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar loyihalari a’zo organlarga ovoz berish uchun yuboriladi. Xalqaro standart sifatida nashr etish ovoz beruvchi a’zo organlarning kamida 75 foizi tomonidan ma’qullanishini talab qiladi..

ISO 10694 xalqaro standarti ISO/TC 190 texnik qo‘mitasi, Tuproq sifati, SC 3 kichik qo‘mitasi, Kimyoviy usullar va tuproq xususiyatlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu Xalqaro standartning A va B ilovalari faqat ma’lumot uchun mo‘ljallangan.

Barcha huquqlar himoyalangan. Agar alohida ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, ushbu nashrning biror qismi noshirning yozma ruxsatisiz hech qanday shaklda yoki usulda, xoh elektron, xoh mexanik yo‘l bilan, jumladan nusxa ko‘chirish va mikrofilmga olish orqali qayta ishlab chiqarilishi yoki foydalanilishi mumkin emas.

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

TUPROQ SIFATI - ORGANIK VA UMUMIY UGLERODNI QURUQ YOQISH USULI BILAN ANIQLASH (ELEMENTAR TAHLIL)

КАЧЕСТВО ПОЧВЫ — ОПРЕДЕЛЕНИЕ ОРГАНИЧЕСКОГО И ОБЩЕГО УГЛЕРОДА МЕТОДОМ СУХОГО СЖИГАНИЯ (ЭЛЕМЕНТАРНЫЙ АНАЛИЗ)”

SOIL QUALITY - DETERMINATION OF ORGANIC

AND TOTAL CARBON AFTER DRY COMBUSTION (ELEMENTARY ANALYSIS 

Amalga kiritish sanasi _________-y

1 Qo‘llash doirasi

Ushbu xalqaro standart tuproqlardagi organik uglerod va umumiy uglerodni quruq yoqish (elementar tahlil) yordamida aniqlash usulini belgilaydi. Namunada mavjud bo‘lgan karbonlarga tuzatish kiritilgandan so‘ng, organik uglerod miqdori shu tarkib asosida hisoblanadi. Agar karbonlar oldindan chiqarib tashlansa, organik uglerod miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchanadi.

Ushbu xalqaro standart barcha turdagi havo bilan quritilgan tuproq namunalariga tatbiq etiladi.

2 Standartga havolalar

Quyidagi Standartlar ushbu matndagi havolalar orqali mazkur Xalqaro standartning qoidalarini tashkil etuvchi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Nashr etilgan paytda ko‘rsatilgan nashrlar haqiqatan ham amal qilayotgan edi. Barcha kelishuv Tomonlari standartlarni qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lib, ushbu Xalqaro Standartga asoslangan quyida keltirilgan Standartlarning eng so‘nggi nashrlaridan foydalanish imkoniyatini o‘rganish tavsiya etiladi. XEK va ISO a’zolari amalda bo‘lgan xalqaro standartlarning ro‘yxatini yuritadi.

ISO 3696: 1987  Analitik laboratoriyalarda foydalanish uchun suv -Spetsifikatsiya va sinov usullari.

ISO 10390:1994, Tuproq sifati - pH ni aniqlash.

ISO 10693:19951 Tuproq sifati - Karbonatlar miqdorini aniqlash - Hajm usuli.

ISO 11464:1994 Tuproq sifati. Fizik-kimyoviy tahlil uchun namunalar tayyorlash.

ISO 10693:1993 Tuproq sifati. Karbonat miqdorini aniqlash.

3 Tamoyil

Tuproqdagi uglerod, kislorod oqimida 9000C dan yuqori haroratgacha qizdirilganda, karbonat angidrid (CO2) gazigacha oksidlanadi. So‘ngra ajralib chiqayotgan karbonat angidrid miqdori titrimetriya, gravimetriya, onduksion tornetografiya, gaz xromatografiyasi yoki infraqizil deteksiya usullari bilan o‘lchanadi. Tuproq harorati kamida 9000C ga yetganda, undagi barcha karbonatlar to‘liq parchalanib ketadi. Organik uglerod miqdorini aniqlash uchun, avvalo tuproqdagi mavjud karbonatlar xlorid kislota bilan ishlov berish orqali yo‘qotiladi., Agar tekshirilayotgan namunalardagi karbonatlar miqdori ma’lum bo‘lsa va organik uglerod tarkibida mavjud karbonatlar uchun мuqobil ravishda tegishli tuzatishlar kiritilsa.

Izoh 1: pH-CaCl2 qiymati 6,5 dan past bo‘lganda karbonatlarning mavjudligi ehtimoldan uzoq. Masalan, pH darajasining pastligi va karbonatlarning mavjudligi kabi bunday uyg‘unlik faqatgina yaqinda ohaklatilgan tuproqlardagina kuzatilishi mumkin.

4 Reaktivlar

Barcha eritmalar uchun faqat tan olingan analitik sifatdagi reaktivlardan hamda distillangan yoki deionizatsiyalangan suvdan foydalaning.

4.1 250C haroratda elektr o‘tkazuvchanligi 0,2 mS/m dan yuqori bo‘lmagan suv (ISO 3696 standarti bo‘yicha 2-navli suv).

4.2 Kalibrlovchi moddalar, masalan, atsetanilid (C8H9NO), atropin (C17H23N03), kalsiy karbonat (CaCO3), grafitning spektrografik kukuni (C) va kaliy gidroftalat (C8H5KO4).

4.3 Xlorid kislota, c (HCI) = 4 mol/l. Karbonat shaklida mavjud; yoki 340 ml konsentrlangan xlorid kislotani (p = 1,19 g/ml) 1000 ml gacha suv bilan aralashtiring (4.1).

Izoh-2: Qo‘llaniladigan aniqlash usuliga qarab, yonish gazlarini qaytarish, oksidlash, olib tashlash va/yoki mustahkamlash uchun reagentlar va/yoki katalizatorlar talab etilishi mumkin. Bu jarayonlar tahlilga aralashishi mumkin.Qurilmadan foydalanish uchun ishlab chiqaruvchining yo‘riqnomasiga murojaat qilish lozim.

5 Uskunalar

5.1. Standart laboratoriya idishlari.

5.2 Analitik tarozi (0,l mg gacha aniqlikda torta oladigan) yoki mikrotarozi (0,01 mg gacha aniqlikda torta oladigan).

5.3 Namunalarni 9000C dan kam bo‘lmagan haroratda yoqish yo‘li bilan karbonat angidridning umumiy miqdorini aniqlash uchun apparatura, shu jumladan hosil bo‘lgan karbonat angidridni o‘lchash uchun detektor.

Izoh-3: Hozirgi vaqtda quyidagi aniqlash usullari mavjud: titrimetriya, gravimetriya, konduktometriya, gaz xromatografiyasi va infraqizil o‘lchash.

Izoh-4:  Ba’zi zamonaviy asboblar organik va noorganik uglerodni alohida aniqlay oladi, bu jarayon bir yo‘la amalga oshirilib, haroratni asta-sekin oshirish orqali uglerod dioksidini uzluksiz o‘lchash yo‘li bilan bajariladi.

Izoh-5: Ba’zi asboblar tuproqlardagi umumiy azot, umumiy azotni va umumiy uglerodni bir vaqtning o‘zida aniqlanishini ta’minlashga qodir.

5.4 Turli o‘lchamdagi chinni, kvars, kumush, qalay yoki nikeldan tayyorlangan tigellar.

Izoh-6: Tunuka yoki nikel tigellar kislotalarga chidamsiz bo‘ladi.

6 Laboratoriya namunasi

ISO 11464 ga muvofiq oldindan ishlov berilgan havoda qurigan tuproq namunalarining fraksiyasi 2 mm dan kichik zarrachalardan foydalaning. ISO 11465 bo‘yicha suv miqdorini va agar kerak bo‘lsa, ISO 10693 bo‘yicha karbon miqdorini aniqlash uchun laboratoriya namunasining bir qismidan foydalaning.

7 Jarayon

Jarayon quyidagilarni aniqlashdan iborat:

a) uglerodning umumiy tarkibi, shu jumladan karbonat shaklida mavjud bo‘lgan uglerod; yoki

b) karbonat chiqarib yuborilgandan keyingi organik uglerod miqdori

Izoh-7: Organik uglerodning umumiy miqdori uglerodning umumiy miqdorini aniqlash va undan karbonat shaklida mavjud bo‘lgan uglerodni ayirish orqali hisoblanishi mumkin, u ISO 10693 ga muvofiq aniqlanadi.

7.1 Apparat kalibrovkasi

Apparatni tegishli qo‘llanmada bayon qilinganidek kalibrlang. Kalibrlash yoki kalibrlash grafigini tuzish uchun 4.2-bo‘limda ko‘rsatilgan moddalardan birini qo‘llang.

7.2 Umumiy uglerod miqdorini aniqlash

Tahlil uchun olingan sinov qismining miqdori kutilayotgan umumiy uglerod tarkibiga va foydalaniladigan uskunaga bog‘liq bo‘ladi. Havoda quritilgan namunadan ml g miqdorini tigelda (5.4) tortib oling. Tahlillarni qurilma uchun ishlab chiqaruvchining qo‘llanmasiga muvofiq ravishda amalga oshiring. 

Organik uglerod tarkibini aniqlashda birinchi navbatda mavjud karbonatlar chiqarib tashlanishi kerak.Bunday holda, 7.3-bandda tavsiflangan tartibga rioya qiling.

7.3 Organik uglerod miqdorini aniqlash

Havoda quritilgan tuproqning tortilgan miqdori solingan tigelga (7.2 ga qarang) ortiqcha miqdorda xlorid kislota (4.3) qo‘shing va aralashtiring. 4 soat kutiladi va tigel 600C dan 700C gacha haroratda 16 h davomida quritiladi. So‘ngra apparatda ishlab chiqaruvchi qo‘llanmasiga muvofiq tahlilni amalga oshiring.

Izoh-8:Qo‘shilishi lozim bo‘lgan xlorid kislotasi miqdori sinov namunasining tortilgan miqdoriga va uning karbonat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha holatlarda, tahlil qilinadigan namunaning 100% karbonatlardan iborat deb taxmin qilingan miqdoriga asoslanib, ortiqcha miqdordagi xlorid kislotasi qo‘shilishi kerak.

Xavfsizlik choralari - foydalaniladigan tigellar xlorid kislotasi qo‘shilgan namunalar solingan tigellarni tashish vaqtida muammolar yuzaga kelmasligi uchun yetarlicha katta hajmda bo‘lishi lozim.

8 Hisoblashlar

8.1 Umumiy uglerod miqdori

Quyidagi tenglamadan foydalanib, pechda quritilgan tuproq namunanisidagi umumiy uglerod miqdorini hisoblandi:

Wc,t  1000 x M2 /M1 x 0,272 7x100+WH2O /100 

bu yerda

Wc,t - uglerodning umumiy miqdori, gramm hisobida kilogramm, pechda quritilgan tuproq asosida;

M1- sinov qismining g massasi;

M2-tuproq namunasidan ajralib chiqqan karbonat angidridning g massasi;

0,272 7 - CO ni C ga o‘tkazish koeffitsienti;

wH20 - bu quruq massa asosida massa bo‘yicha foizda ifodalangan suv miqdori bo‘lib, u ISO 11465 standarti bo‘yicha aniqlanadi.

8.2 Organik uglerod miqdori

8.2.1 Organik uglerod miqdori (bilvosita aniqlash)

Pechda quritilgan tuproq namunasida organik uglerod miqdorini quyidagi tenglama yordamida hisoblang:

Wc,o = Wc,t – (0,12 x Wcaco3)

bu yerda

Wc,o pechda quritilgan 1kg tuproqning  uchun g hisobida organik uglerod miqdoridir;

Wc,t - pechda quritilgan 1 kg tuproqda g hisobida ifodalangan umumiy uglerod miqdori bo‘lib, u 8.1-bandga muvofiq hisoblanadi;

0,12 - konversion koeffitsiyent;

Wcaco3 - bu tuproqdagi karbonatlar miqdori bo‘lib, pechda quritilgan tuproq asosida kalsiy karbonat ekvivalenti sifatida g/kg birligida ifodalangan va ISO 10693 standartiga muvofiq aniqlanadigan ko‘rsatkichdir. di.

8.2.2 Organik uglerod miqdori (bevosita aniqlash)

Agar karbonatlar oldindan olib tashlansa (7.3-bandda tavsiflangan tartibga muvofiq), organik uglerod miqdori 8.1-bandga ko‘ra aniqlanadi.

8.3 Organik modda miqdori

Tuproq namunasidagi organik moddalar miqdorini organik uglerod miqdoridan foydalanib quyidagi tenglama orqali hisoblash mumkin:

Wom = f x WC,0

bu yerda

Wom - tuproqning organik modda miqdori, 1 kg quritilgan tuproq uchun g hisobida;

WC,0 - quritilgan tuproq asosida 1 kg uchun g hisobidagi organik uglerod miqdori;

f - bu konversiya koeffitsientidir.

Izoh-9:Konversiya koeffitsiyenti organik moddalarning turiga bog‘liq bo‘lib, qishloq xo‘jaligi tuproqlari uchun u 1,7 dan 2,0 gacha o‘zgarishi mumkin

9. Takrorlanuvchanlik

Uglerod miqdorini aniqlashning takroriylik darajasi ketma-ket bajarilgan ikkita alohida

o‘lchov natijalariga ko‘ra 1-jadvalda keltirilgan shartlarga mos kelishi kerak.

1-jadval - Takrorlanish

Uglerod miqdori

g/kg

 

Maqbul

Variatsiya

dan katta

gacha va shu jumladan

0,0

2,5

7,5

2,5

7,5

0,25 g/kg mutlaq

10% nisbiy

7,5 g/kg mutlaq

Beshta tuproq namunasidagi umumiy uglerod va organik uglerod miqdorini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan laboratoriyalararo sinovlar natijalari A ilovada keltirilgan.

10 Sinov hisobot

Sinov bayonnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

a) ushbu Xalqaro standartga havola;

b) foydalanilayotgan usulga havola;

c) Namunani to‘liq identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar;

d) umumiy uglerod va/yoki organik uglerod miqdorini aniqlash natijasi, pechda quritilgan tuproq asosida gramm/kilogrammda hisoblab chiqilgan; organik uglerod miqdori aniqlanganida, karbonatlar miqdori aniqlanganmi yoki karbonatlar aniqlashdan oldin chiqarib tashlanganmi ko‘rsatilishi kerak;

e) ushbu Xalqaro standartda ko‘rsatilmagan yoki ixtiyoriy deb hisoblangan har qanday operatsiya tafsilotlari, shuningdek, natijalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday omil.

A ilova

(ma’lumot uchun)

Laboratoriyalararo tajriba natijalari

1993-yilda Niderlandiyaning Vageningen qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan ushbu Xalqaro Standartda belgilangan tartib-qoidalarni tekshirish maqsadida laboratoriyalararo sinov tashkil etildi.

Ushbu laboratoriyalararo tajriba uchun beshta tuproq namunasidagi organik va umumiy uglerod miqdorini aniqlash to‘qqizta laboratoriya tomonidan amalga oshirildi. Organik uglerod va umumiy uglerod bo‘yicha sakkizta laboratoriyadan natijalar olindi.

Foydalaniladigan tuproq turlari va ularning kelib chiqishi A.l. jadvalda keltirilgan.

Laboratoriyalar tomonidan olingan tahlil natijalarining takrorlanuvchanligi (r) va tiklanuvchanligi (R) A.2 va A.3 jadvallarda keltirilgan.

Qiymatlar quyidagicha hisoblangan:

ISO 5725-2: 1994, O‘lchash usullari va natijalarining aniqligi (to‘g‘riligi va aniqligi) - 2-qism: Asosiy takroriylikni aniqlash usuli va reproducibility of a Standard measuremen t method.

A.l-jadval  Laboratoriyalararo sinov uchun qo‘llanilgan tuproq turlari va ularning kelib chiqishi

Tuproq raqami

Tuproq turi

Kelib chiqish

1

2

3

4

5

Balchiqli tuproq

Ando tuproq

Bog‘ning tuprog‘i

O‘rmon ostidagi les tuproq

Qumli tuproq

Polsha

Indoneziya

Niderlandiya

Shveysariya

Mali

A.2-jadval - Tuproqdagi organik uglerod miqdorini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalararo sinov natijalari

Ko‘rsatkich

Natijalar

Tuproq raqami

1

2

3

4

5

Chetki qiymatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng qolgan laboratoriyalar soni

Chetki qiymatlar (laboratoriyalar) soni

Qabul qilingan natijalar soni

O‘rtacha qiymat (g/kg quruq tuproq)

Takrorlanishning standart og‘ishi (sr)

Takrorlanishning nisbiy standart chetlanishi (%)

Takrorlanish chegarasi (r = 2,8 x sr)

Qayta ishlab chiqarishning standart chetlanishi (sr)

Takrorlanish nisbiy standart og‘ishi (%)

Takrorlanish chegaras (R = 2,8 x +sr)

7

 

-

-

410,42

4,318

 

1,052

12,090

 

127,413

11,087

45,505

8

 

-

-

63,3

1,225

 

1,935

3,43

 

11,957

18,888

33,48

8

 

-

-

83,88

4,275

 

5,096

11,969

 

19,376

23,098

54,253

8

 

-

-

41,537

1,045

 

2,515

2,925

 

5,523

13,297

15,465

8

 

-

-

2,47

0,272

 

10,998

0,761

 

1,555

62,92

4,355

A.3-jadval - Tuproqdagi umumiy uglerodni aniqlash bo‘yicha laboratoriyalararo tajriba natijalari

Ko‘rsatkich

Natijalar

Tuproq raqami

1

2

3

4

5

Chetki qiymatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng qolgan laboratoriyalar soni

Chetki qiymatlar (laboratoriyalar) soni

Qabul qilingan natijalar soni

O‘rtacha qiymat (g/kg quruq tuproq)

Tiklanuvchanlikning standart og‘ishi (sr)

Takroriylikning nisbiy standart chetlanishi (%)

Tiklanuvchanlik chegarasi (r = 2,8 x sr)

Qayta ishlab chiqarishning standart chetlanishi (sr)

Tiklanuvchanlik nisbiy standart og‘ishi (%)

Takroriylik chegaras (R = 2,8 x +sr)

8

 

-

-

439,46

6,622

 

1,507

18,544

 

25,246

5,744

70,69

8

 

-

-

72,86

1,314

 

1,803

3,679

 

5,92

8,124

16,577

8

 

-

-

98,56

2,387

 

2,422

6,686

 

9,483

9,620

26,552

8

 

-

-

45,61

1,131

 

2,481

3,169

 

2,387

5,234

6,685

8

 

-

-

2,63

0,127

 

4,833

0,356

 

1,391

52,751

3,895

B ilova

(ma’lumot uchun)

Bibliografiya

[1] NELSON, D. V. va SOMMERS, L. E. (1982) Umumiy uglerod, organik uglerod va organik moddalar, Seil usullari Tahlil, 2-qism (ikkinchi nashr) Page va boshqalar. (tahrirlar), Seil Sei. Sek. Amer., Madison, Viskonsin, AQSH, pp. 574-577.


© Standart ilova portali. All rights reserved.