25.12.2025
23.02.2026
0
0
0
OʻzMSt 530:2025 ga 1-son o‘zgartish | “Yengil avtomobillar uchun bosma va bosma-payvandli metall detallar. Umumiy texnik shartlar”
|
O‘zbekiston Standartlar Institutining ______________________________________ son qarori bilan tasdiqlandi.
Amalga kiritish sanasi _______________
Standartlarga havolalar bo’limi quyidagilar bilan to’ldirilsin
1. ГОСT 9.402-2004. Единая система защиты от коррозии и старения. Покрытия лакокрасочные. Подготовка металлических поверхностей к окрашиванию.
2. ГОСТ 12.1.004-91 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования.
3. ГОСТ 12.4.011-89 Система стандартов безопасности труда. Средства защиты работающих. Общие требования и классификация.
4. ГОСТ 31993-2024 (ISO 2808:2019) Материалы лакокрасочные. Определение толщины покрытия.
5. ГОСТ 10354-82 Пленка полиетиленовая. Технические условия.
6. ГОСТ 18321-73 Статистический контрол качества. Методы случайного отбора выборок штучной продукции.
7. ГОСТ29329-92 Весы для статистического взвешивания. Общие технические требования.
Texnik talablar bo`limining 3.2.1 bandi yangi tahrirda bayon etilsin.
Detallarning asosiy ko‘rsatkichlari va tavsiflari korxonaning texnik konstruktorlik hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos kelishi kerak.
Texnik talablar bo`limining 3.2.6 bandi yangi tahrirda bayon etilsin. Korxonaga tegishli boʻlgan boʻyalishi kerak boʻlgan butlovchi qismlarni yuzalari payvandlangandan so‘ng GMW 14671 bo‘yicha qora rangga bo‘yalishi talab etiladi.
Texnik talablar bo`limining 3.7 bandidagi “Qadoqlash” kichik bo`limi nomi “Tamg`alash” ga, 3.8 bandi “Joylash” kichik bo`limi nomi “O‘rab joylash” ga o‘zgartirilsin.
“Tamg`alash” bo‘limiga quyidagilar yangi tahrirda bayon etilsin.
3.7.1 Tayyor mahsulot holatida saqlash omborida ichki bozor uchun tamg‘alash palletaga o‘rnatilgan qog‘oz yorliqda quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish orqali bajariladi:
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va manzili;
qabul qiluvchi korxona nomi;
mahsulotning nomi va shartli belgilanishi;
ushbu standartning belgilanishi;
to‘p raqami;
ishlab chiqarilgan sanasi (yil, kun, oy);
palletadagi mahsulot birligining soni, dona;
brutto (detallarning palettasi bilan og‘irligi);
sifatni va standartlarga rioya etishni nazorat qilish bo’limining qabul qilganlik qaydi;
3.7.2 Tayyor mahsulot xolatida saqlash omborida eksport uchun va xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarga yetkazib berishda tamg‘alash taraga o‘rnatilgan qog‘oz yorlig‘ida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish orqali bajariladi:
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va manzili;
mahsulotning nomi va shartli belgilanishi;
ushbu standartning belgilanishi;
to‘p raqami;
ishlab chiqarilgan sana (yil, kun, oy);
palettadagi mahsulot birligining soni, dona;
sifatni va standartlarga rioya etishni nazorat qilish bo‘limining qabul qilganlik qaydi;
saqlash sharoitlari ̶ (+20±25) ºC, muddati ̶ 14 ish kunigacha;
mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi xududida sotish uchun “O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CНIQARILGAN” yozuvi;
mahsulotni eksportga jo‘natishda “MADE IN UZBEKISTAN” yozuvi;
OʻzDSt 5.8 bo‘yicha muvofiqlik belgisi;
shtrix kodi va uning ro‘yxatga olingan raqami (zarur bo‘lganda).
Har bir bakning oldi tomonida to‘p raqami va ishlab chiqarilgan sanasi tushirilgan LABEL yopishtiriladi.
3.7.3 Mahsulot yorlig‘ida ГОСТ 14192 bo‘yicha «Верх» manipulyatsion belgilarini tushirish kerak.
“Qabul qilish qoidalari bo`limi” keltirilgan talablar “Texnik talablar” bo`limida quydagi keltirilgan talablarga muvofiqlashtirilsin.
har bir ehtiyot qismlar to‘pi ishlab chiqaruvchining texnik nazorat b‘limi tomonidan qabul qilinishi hamda 3.2.4; 3.2.7 va 3.3.1 talablar bajarilishi natijalar jurnalda va qabul qilish varog‘ida qayd etilishi talab etiladi.
“Qabul qilish qoidalari bo‘limi” da keltirilgan “partiya” so‘zlari “to‘p” so‘ziga, 5.4 bandidagi “qabul qilish testlari” so‘zlari “qabul qilish qoidalari” so‘zlariga almashtirilsin.
“Qabul qilish qoidalari bo‘limi” 5.3 bandidagi “sertifikatlashtirish” so‘zi hamda 5.6 bandi olib tashlansin.
© Standart ilova portali. All rights reserved.