01.12.2025
30.01.2026
0
0
0
Bahor 60% suvli eritma holatdagi preparat.
Texnik talablari
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
So‘z boshi
1. O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan ISHLAB CHIQILDI.
2. O‘zbekiston Standartlar institutining 2025-yil “___” “_______” _________-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.
3. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarida chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishlidir.
Mundarija
1 | Qoʻllanish doirasi | 1 |
2 | Standartlarga havolalar | 1 |
3 | Texnik talablar | 2 |
4 | Xavfsizlik talablari | 10 |
| Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablar | 11 |
| Qabul qilish qoidalari | 11 |
| Nazorat usullari | 12 |
| Tashish va saqlash | 14 |
| Ekspluatatsiya bo'yicha ko'rsatma | 14 |
| Ishlab chiqaruvchining kafolati | 15 |
| Bibliografiya | 16 |
| Bibliografik ma'lumotlar | 17 |
| O'zgarishlarni ro'yxatga olish varag'i | 18 |
|
| |
|
| |
|
| |
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
“Bahor” 60% suvli eritma holatdagi preparat.
Texnik talablari
“Бахор” – препарат в виде 60% водного раствора.
Технические условия
“Bahor” – a preparation in the form of a 60% aqueous solution.
Technical specifications
___________________________________________________________________________________
Amalga kiritish sanasi_______________ 2025-y.
1 Qo‘llanish doirasi
Ushbu standart paxta chigitini gommoz va ildiz chirish kasalliklariga qarshi hamda kuzgi g‘alla urug‘ini chang va qattiq korakuy kasalligiga qarshi ekishdan oldingi dorilash uchun ishlatiladigan, tarkibi 2-oksibenzoy kislotaning ammoniyli tuzidan iborat spirtda, suvda yaxshi eriydigan “Bahor” 60% suvli eritma holatdagi preparatga taalluqlidir.
2 Standartlarga havolalar
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanildi:
ГОСТ 12.1.004-91 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования
ГОСТ 12.1.007-76 Система стандартов безопасности труда. Вредные вещества. Классификация и общие требования безопасности
ГОСТ 12.1.044-2018 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Пожаровзрывоопасность веществ и материалов. Номенклатура показателей и методы их определения
ГОСТ 12.2.003-91 Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности
ГОСТ 12.4.296-2015 Система стандартов безопасности труда. Средства индивидуальной защиты органов дыхания. Респираторы фильтрующие. Общие технические условия
ГОСТ 12.4.021-75 Система стандартов безопасности труда. Системы вентиляционные. Общие требования
ГОСТ 12.4.034-2017 Система стандартов безопасности труда. Средства индивидуальной защиты органов дыхания. Классификация и маркировка
ГОСТ 14189-81 Пестициды. Правила приемки, методы отбора проб, упаковка, маркировка, транспортирование и хранение
ГОСТ 14192-96 Маркировка грузов
ГОСТ 17.2.3.02-2014 Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями
ГОСТ 18995.1-73 Продукты химические жидкие. Методы определения плотности
______________________________________________________________________Rasmiy nashr
Izoh - Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agar havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.
3 Qisqartmalar va belgilanishlar
3.1 Ushbu milliy standartda quyidagi qisqartmalar va belgilanishlardan foydalanildi.
KBS - kislorodning biologic sarflanishi;
LD50 – o‘ldiruvchi dozaning yarmi;
SFM – sirt faol modda
YQYM – yo‘l qo‘yiluvchi yuqori miqdor;
MPM – maksimal ruxsatli miqdor.
4 Texnikaviy talablar
4.1 Umumiy talablar
4.1.1 “Bahor” 60% suvli eritma holatidagi preparate ushbu milliy standartning talablariga muvofiq bo‘lishi va o‘rnatilgan tasdiqlangan texnologiya reglamenti asosida sanitariya qoida va me’yorlarga amal qilgan holda ishlab chiqarilishi kerak.
4.2 Asosiy tavsiflar va ko‘rsatkichlar
4.2.1 Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha preparat 1-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga va me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
1-jadval
Ko‘rsatkich nomi | Me’yori |
1 Tashqi ko‘rinishi | To‘q qizil rangli suvli eritma |
2 Vosita tarkibidagi 2-oksibenzol kislotaning ammoniyli tuzining miqdori, % kam emas | 60% |
3 Zichligi, kg/dm3, kam emas | 1,125 |
4.2.2 Formulalari:
Empirik formulasi: C7O3H9N
Tuzilish formulasi:
Molekulyar massasi: 155,15
4.2.3 Ta’sir etuvchi modda 2-oksibenzoy kislotaning ammoniyli tuzi suvda (20°C 100g/ml), spirtda (20°C 28.8 g/100 ml) yaxshi eriydi.
4.3 Hom-ashyo materiallarga talablar
4.3.1 Preparatni ishlab chiqarishda ishlatilayotgan hom-ashyo va materiallar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat Sanitariya Boshqarmasi tomonidan ishlatishga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak. Hom-ashyo va materiallarning sifati amaldagi me’yoriy hujjatlarning talablari asosida bo‘lishi va muvofiqlik sertifikati bo‘yicha tasdiqlanishi kerak.
4.3.2 Preparatni ishlab chiqarishda quyidagi hom-ashyo va mahsulotlardan foydalaniladi:
- 2-oksibenzoy kislotaning ammoniyli tuzi – xorijda ishlab chiqarilgan muvofiqlik sertifikati yoki amaldagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha;
- bo‘yoq xorijda ishlab chiqarilgan muvofiqlik sertifikati yoki amaldagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha;
KMTS kleiy yoki boshqa sirt faol modda (SFM) xorijda ishlab chiqarilgan muvofiqlik sertifikati yoki amaldagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha.
4.4 Qadoqlash
4.4.1 Preparatni 20 L va 40 L hajmdagi amaldagi me’yoriy hujjat asosida ishlab chiqilgan polimer kanistrlarga quyilib, chakana savdo tarmoqlari orqali savdoga chiqariladi.
4.5 Tamg‘alash
4.5.1 Qadoqlangan idishining har biriga quyida ko‘rsatilgan E-ilovaga muvofiq tamg‘a tushirilgan yoki tipografik usulda tushirilgan yorliq yopishtirilgan bo‘lishi kerak:
- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi, uning tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), yuridik manzili, telefoni;
- preparatning nomi va qo'llanilishi;
- ushbu tashkilotning standarti belgilanishi;
- tur rakami;
- hajmi, L;
- ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);
- saqlash muddati (oy, yil);
- saqlash sharoitlari;
- ГОСТ 14192 talablari bo‘yicha “Quyosh nuridan saqlansin” manipulyatsion belgisi bo‘lishi kerak;
- qo‘llanilishi haqidagi qisqacha ma’lumot (har bir iste’mol qadog‘iga qo‘llanilishi haqidagi yo‘riqnoma ilova qilinishi ruxsat etiladi, bunda yorliqqa “Qo‘llanilishi haqidagi yo‘riqnoma ilova qilinadi” degan yozuv yoziladi);
- O‘zbekiston Respublikasida sotilganda – “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”, eksportga jo‘natilganda – “Made in Uzbekistan” yozuvlari yoziladi.
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish talablari
5.1 Zaharli moddalarning ГОСТ 12.1.007 bo‘yicha me’yoriga ko‘ra va gigiena me’yorlariga ko‘ra pestitsidlarning zaharliligi, SanPiN 0213 talablari bo‘yicha xavfliligiga ko‘ra preparat 3-sinf – “o‘rta xavfli“ moddalar sinfiga kiradi. Preparatni organizmga ta’sir etish me’yori, zaharli xususiyatlari:
- Ishchi zonasi havosidagi yo‘l qo‘yiladigan miqdor - 5,0 mg/m³
- МРМ oziq-ovqat mahsulotlarida – “ruxsat etilmaydi”
- Og‘iz orqali yuborilganda ЛД₅₀;
- Sichqonlar uchun - 1275 (1499-1051) mg/kg
- Kalamushlar uchun - 1700 (2133-1266) mg/kg
- Quyonlar uchun - 2100 mg/kg.
Preparat teriga kuchsiz ta’sir etadi, ko‘z shilliq qavatiga o‘rtacha ta’sir qiladi. Kuchsiz kumulyativ birikmalar qatoriga kiradi, sensibilizatsiya xususiyatiga ega emas. Preparatning uzoq vaqt oshqozon orqali eksperiment qilingandagi zaharli dozasi – 10 mg/kg, yuqori ta’sir qilmaydigan dozasi – 0,1 mg/kg ga teng.
Zaharlanish alomatlari – hushni yo‘qotish, nafas olishning qiyinlashuvi, ko‘ngil aynishi.
5.2 Preparatni tayyorlashda va qadoqlashda ГОСТ 12.1.004 va ГОСТ 12.1.044 ga asosan yong‘in xavfsizligining umumiy talablariga qat’iyan rioya qilinishi kerak.
5.3 Yong‘inni o‘chirish vositalari
5.3.1 Preparat alangalanib ketgan hollarda OU tipidagi o‘t o‘chirgichdan, maxsus ko‘pik hosil qiluvchilar asosidagi mexanik ko‘pikdan, mayda sochuvchi suvdan, xlodonlardan, ABSE va VSE tipdagi kukunlardan iborat o‘t o‘chirgichlardan foydalanish zarur.
5.4 Ehtiyot choralari
5.4.1 Preparat bilan ishlashda individual himoya vositalari: rezina qo‘lqoplar, rezina etiklar, PO-2 yoki ZP-2-80 turidagi himoya ko‘zoynaklari, ГОСТ 12.4.004 bo‘yicha RU-60M yoki RPG-67А rusumli patronli yoki ГОСТ 12.4.034 bo‘yicha BKF universal retseptorlardan foydalangan holda ish yuritilishi kerak.
5.4.2 Ishdan so‘ng qo‘l va yuz sovunlab yuvilib, dush qabul qilinadi va kiyim almashtiriladi.
5.4.3 Shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. Ish joyida oziq-ovqat saqlash va iste’mol qilish, ichimlik ichish, chekish ta’qiqlanadi. Preparat bilan ishlovchilar SanPiN 0150 ga qat’iy rioya qilishlari kerak.
5.4.4 Preparatni tayyorlash, qadoqlash ishlari olib boriladigan ishlab chiqarish xonalari
ГОСТ 12.4.021 bo‘yicha so‘ruvchi-tortma ventilyatsiya tarmog‘i bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Preparatni tayyorlashda va qadoqlashda “Xavfsizlikning umumiy talablari”ga qat’iy rioya qilinishi kerak. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari ГОСТ 12.2.003 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
5.4.5 Ish vaqtida kiyilgan maxsus kiyimlar 3,5 % sovun va 3,5 % sodadan iborat bo‘lgan eritma bilan yuviladi, so‘ngra qaynoq, iliq va sovuq suvda chayiladi, siqib olib quritiladi. Kiyimlar kamida haftada bir marta yuvilishi kerak.
5.4.6 Rezina etiklar, qo‘lqoplar oqar suvda yuviladi, 3% yoki 5 %-li kalsiynirlangan soda
(1 chelak suvda 300 g soda) eritmasi yoki ohakli suv bilan chayiladi, so‘ngra yana bir necha marta oqar suv bilan yuviladi.
5.4.7 Zaharlanish holatlari ro‘y berganda birinchi yordam A-ilovada keltirilgan qo‘llanmaga asosan ko‘rsatilishi kerak.
6 Xavfsizlik talablari
6.1 Preparatni ishlab chiqarishda ishlatiladigan zaharli moddalarning ta’siridan atrof-muhitni himoya qilish uskuna va idishlarning germetik mustahkamligi bilan ta’minlanadi.
6.2 Preparatni qo‘llash joylarida ГОСТ 17.2.3.02 talablariga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi kerak.
6.3 Havo muhitini nazorati korxona va hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat Markazlari tomonidan olib boriladi.
Ta’sir etuvchi moddalar uchun gigienik me’yorlar:
Ko‘rsatkich | Me’yor |
Atmosfera havosidagi YQYM | 0,5 mg/m³ |
Tuproqdagi ODK | 0,5 mg/m |
Suv havzalaridagi YQYM | 0,5 mg/dm³ |
FNP | 0,15 |
Ishlangan maydonga chiqish vaqti | 1 kun |
Sanitar-himoya zonasi | 50 m |
6.4 Dorilangan urug‘lardan qishloq xo‘jaligi hayvonlarini oziqlantirishda foydalanish mumkin emas.
6.5 Atrof-muhit muhofazasi ГОСТ 17.2.3.01 va SanPiN 0293 bo‘yicha aholi punktlari havo sifatini nazorat qilish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
6.6 Oqova suvlarga talablar ГОСТ 17.4.3.05 bo‘yicha.
7 Qabul qilish qoidalari
7.1 Preparat to‘p bilan qabul qilinadi. To‘p deb bir xil qadoqlangan, bir xil turdagi va nomdagi, bir xil hajmdagi, bir sikl jarayonida tayyorlangan va sifatini tasdiqlaydigan bitta hujjat bilan rasmiylashtiriladigan bir turdagi mahsulot yig‘indisi tushuniladi.
7.2 To‘pning hajmi 10 tonnadan oshmasligi kerak. Sifati haqidagi hujjatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
- to‘p miqdori;
- tayyorlovchi korxonaning nomi yoki uning tovar belgisi, manzili;
- mahsulot nomi;
- ushbu standartni belgilanishi;
- ishlab chiqarilgan sana;
- to‘p rakami;
- saqlash sharoitlari;
- kafolatlangan saqlanish muddati;
- sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumot;
- laboratoriya sinov natijalari.
7.3 Preparatning ushbu standartga mos kelishini aniqlash uchun qabul qilish – topshirish, davriy va sertifikatlashtirish sinovlari o‘tkaziladi.
7.4 Qabul qilish – topshirish sinovlari preparatning organoleptik ko‘rsatkichlari, to‘p hajmi, qadoqlash va tamg‘alash talablarining to‘g‘riligi bo‘yicha qilinadi.
7.5 Davriy sinovlar 1-jadvaldagi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajariladi va har olti oyda o‘tkaziladi.
7.6 Agar tekshirish natijalariga ko‘ra standartning birorta ko‘rsatkichi bo‘yicha qoniqarsiz natija olinsa, unda qayta tekshirish uchun namuna olingan to‘pdan ikki baravar ko‘p miqdordagi namunada olib boriladi. Qayta tekshiruv natijalari butun to‘p mahsulotiga taalluqli bo‘lib va oxirgisi hisoblanadi.
7.7 Sertifikatlashtirish sinovlari quyidagi standartda keltirilgan barcha ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimi me’yoriy hujjatlari bo‘yicha olib boriladi.
8 Nazorat usullari
8.1 Preparatning tashqi ko‘rinishini aniqlash ГОСТ 25336 bo‘yicha oq fonda olib boriladi.
8.2 Qadoqlanishi va yorliqlanishi vizual amalga oshiriladi.
8.3 2-oksibenzoy kislotasi ammoniyli tuzining massa miqdorini aniqlash МИП 25389499-002:2016 tasdiqlangan uslub bo‘yicha aniqlanadi.
8.4 Preparatning zichligi ГОСТ 18995.1 bo‘yicha o‘tkaziladi.
9 Transportda tashish va saqlash
9.1 Preparatni transportda tashish va saqlash ГОСТ 14189 bo‘yicha olib boriladi.
9.2 Preparat pestitsidlarni saqlash uchun maxsus mo‘ljallangan zaharli ximikatlar omborxonalarida saqlanadi. Saqlashning harorat rejimi 0°C dan + 30°C gacha.
Ta’sir qiluvchi moddasining yuqori konsentratsiyada (60% dan kam emas) bo‘lganligi sababli preparatni 20°C dan past haroratda uzoq saqlaganda ko‘p miqdordagi kristall cho‘kma hosil bo‘ladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llashdan oldin issiq xonada saqlab, cho‘kma to‘liq erib ketgunga qadar tez chayqatib turish kerak.
10 Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
10.1 Preparat ko‘rsatma bo‘yicha va ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p bo‘lmagan miqdorda paxta chigitini va tezlashtiruvchi, hosildorlikni oshiruvchi va qator kasalliklarga qarshi kurashuvchi vosita sifatida urug‘larni ekishdan oldingi markazlashtirilgan holatda dorilash uchun mo‘ljallangan stimulyator va fungitsid sifatida qo‘llanilishi kerak.
10.2 Preparatni qo‘llanilishi agrokimyo mutaxassisi nazorati ostida olib borilishi kerak.
11 Ishlab chiqaruvchining kafolati
11.1 Ishlab chiqaruvchi korxona, iste’molchi tomonidan ushbu standartda belgilangan vositani transportda tashish, saqlash va qo‘llash qoidalariga rioya qilganda, preparatni ushbu standarti talablariga mos kelishini kafolatlaydi.
11.2 Preparatning kafolatli saqlash muddati preparat tayyorlangan kundan e’tiboran - 3 yil.
Bibliografik
Bibliografik ma‘lumotlar
SUT 65.100.10
___________________________________________________________________________________
Muhim so‘zlar: urug‘ dorilagich, suvli eritma, paxta chigiti, bug‘doy urug‘i, titrlash, indicator, gidroksi-fenilenkarboksi-ammoniy, salitsil kislotasi, zaharlilik, foydalanish, qadoqlash, tamg‘alash, transportda tashish va saqlash, yaroqlilik muddati.
___________________________________________________________________________________
© Standart ilova portali. All rights reserved.