main-logo

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzurida STQ 32 “Tog‘-kon sanoati va geologiya” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

328

Muhokamaga chiqarish sanasi

06.11.2026

Yakunlanish sanasi

05.01.2027

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI

Texnik shartlar

Rasmiy nashr

Oʻzbekiston standartlar instituti

Toshkent

Soʻz boshi

1. STQ 32 “Tog‘-kon sanoati va geologiya” Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ TOMONIDAN ISHLAB CHIQILDI.

2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan 2026 yil_ _____ № _____-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.

3. ГОСТ 12601–2005 OʻRNIGA AMALGA KIRITILDI.

4. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.

Ushbu standartni Oʻzbekiston xududida tarqatish mutlaq xuquqi
 
Oʻzbekiston standartlar institutiga tegishli

II

OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI

Rux kukuni

Texnik shartlar

Цинковый порошок

Технические условия

Zinc powder

Technical specifications

Amalga kiritish sanasi: ____________2026 y.

1 Qoʻllanish doirasi

Ushbu milliy standart quyidagi tarmoqlarda qoʻllaniladigan rux kukuniga tatbiq etiladi:

-elektrotexnika sanoatida - kimyoviy tok manbalari (batareyalar, akkumulyatorlar) ishlab chiqarish uchun;

-kimyo sanoatida - rongalit, gidrosulfit natriу, benzidin va uning analoglari, tioindiqoid boʻyoqlari ishlab chiqarish uchun;

-metallurgiya sanoatida - termodiffuzion ruxalash uchun;

-farmatsevtika sanoatida;

-lakboʻyoq sanoatida - korroziyaga qarshi pigment sifatida (ASTM D520 talablariga muvofiq);

-Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining boshqa ehtiyojlari va eksport uchun.

2 Standartlarga havolalar

Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:

ГОСТ 12.1.004–91 ССБТ. Пожарная безопасность. Общие требования

ГОСТ 12.1.005–88 ССБТ. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны

ГОСТ 12.1.010–76 ССБТ. Взрывобезопасность. Общие требования

ГОСТ 12.3.009–76 ССБТ. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.4.021–75 ССБТ. Системы вентиляционные. Общие требования

ГОСТ 12.4.028–76 ССБТ. Респираторы ШБ-1 "Лепесток". Технические условия

ГОСТ 3640–94 Цинк. Технические условия

ГОСТ 6613–86 Сетки проволочные тканые с квадратными ячейками. Технические условия

ГОСТ 6709–72 Вода дистиллированная. Технические условия

ГОСТ 14192–96 Маркировка грузов

ГОСТ 19251.0–79 Цинк. Общие требования к методам анализа

ГОСТ 19251.1–79 Цинк. Метод определения железа

ГОСТ 19251.2–79 Цинк. Метод определения свинца и кадмия

ГОСТ 19251.3–79 Цинк. Метод определения меди

ГОСТ 19251.4–79 Цинк. Метод определения мышьяка

ГОСТ 19251.5–79 Цинк. Методы определения олова

ГОСТ 19251.6–79 Цинк. Методы определения сурьмы

ГОСТ 19433.1–2010 Грузы опасные. Классификация

ГОСТ 22397–77 Порошок цинковый. Метод спектрального анализа

________________________________________________________________________

Rasmiy nashr

ГОСТ 23957.1–2003 Цинк. Атомно-абсорбционный метод определения свинца, кадмия, сурьмы, железа и меди

ГОСТ 23957.2–2003 Цинк. Атомно-абсорбционный метод определения олова

ГОСТ 24104–2001 Весы лабораторные. Общие технические требования

ГОСТ 26319–2020 Грузы опасные. Упаковка

ГОСТ ISO 5725-6–2003 Точность (правильность и прецизионность) методов и результатов измерений. Часть 6. Использование значений точности на практике

ASTM D520-00 Standard Specification for Zinc Dust Pigment (ma'lumot sifatida)

ASTM D521 Test Methods for Chemical Analysis of Zinc Dust - Metallic Zinc Powder (ixtiyoriy)

ASTM B214 Test Method for Sieve Analysis of Granular Metal Powders (ixtiyoriy)

ASTM E40 Test Methods for Chemical Analysis of Slab Zinc - Spelter (ixtiyoriy)

ASTM D185 Test Methods for Coarse Particles in Pigments, Pastes, and Paints (ixtiyoriy)

OʻzMSt ISO 3310-1-2002 Сита контрольные. Часть 1. Сита контрольные из металлической проволочной ткани. Технические требования и испытанияжелеза;

Izoh – Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlariga muvofiq standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amаl qilinishi tekshirilishi kerak. ASTM standartlari Ushbu hujjatda maʻlumot va ixtiyoriy muqobil sifatida koʻrsatilgan; ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida akkreditlangan laboratoriyalar tomonidan ishchi sinov metodikasi (ISM) tariqasida qoʻllanilishi mumkin.

3 Texnik talablar

3.1 Umumiy talablar

3.1.1. Rux kukuni (RК) ushbu standart talablari va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik reglament asosida ishlab chiqariladi.

3.1.2. Rux kukunining rangi och kulrang yoki kulrang boʻlishi kerak.

3.1.3. Rux kukunida (RК) begona aralashmalar (metall boʻlaklari, keramika, izgʻor) saqlamasligi kerak.

3.1.4. Rux kukuni RК (A sinfi uchun 0315K elak orqali, B sinfi uchun 063K elak orqali) oʻtkazilganida ГОСТ 6613 boʻyicha donador, granula yoki oʻtirish shakllari saqlamasligi kerak.

3.1.5. ASTM D520-00 talabi: Rux kukuni quruq, erkin oquvchi (free-flowing) konsistensiyada boʻlishi va qabul qilingan namunada koʻrinadigan namlik belgilari boʻlmasligi kerak.

3.2 Kimyoviy tarkib (ГОСТ va ASTM talablari birlashtirilgan)

Rux kukunining kimyoviy tarkibi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak. Sariq rangdagi ASTM ustunlari ma’lumot va qiyosiy asos sifatida kiritilgan; OʻzMSt talablari ГОСТ qatorlarida belgilangan.

1-jadval - Kimyoviy tarkib normalari (ГОСТ asosi + ASTM qiyosi)

Sinf

Marka

Zn metal. kamida, %

Fe koʻpi bilan, %

Pb koʻpi bilan, %

Cd koʻpi bilan, %

Cu koʻpi bilan, %

Sn koʻpi bilan, %

As koʻpi bilan, %

Sb koʻpi bilan, %

Namliq koʻpi bilan, %

A

RК1

96,0

0,0005

0,001

0,0015

0,0004

0,001

0,0005

0,001

0,10

A

RК 2

95,0

0,0005

0,002

0,002

0,0004

0,001

0,0005

0,001

0,10

A

RК 3

95,0

0,002

0,006

0,006

0,001

0,001

0,001

0,001

0,10

A

RК 4

95,0

0,007

0,02

0,05

0,005

0,001

0,01

0,2

0,10

B

RК 6

98,0

0,006

0,014

0,005

0,001

0,001

0,001

0,001

0,10

B

RК 7

95,0

0,006

0,014

0,005

0,001

0,001

0,001

0,001

0,10

ASTM

I tur

94,0

belgi- lanmagan

—

—

—

—

—

—

0,10

ASTM

II tur

94,0

0,02

0,01

0,01

—

—

—

—

0,10

ASTM

III tur

96,0

0,002

0,002

0,001

—

—

—

—

0,10

Izoh 1: Jadvalda «ASTM I tur», «ASTM II tur», «ASTM III tur» qatorlari ma’lumot maqsadida kiritilgan. OʻzMSt boʻyicha majburiy talablar faqat RК 1– RК 7 markalar uchun.

Izoh 2: RК 4 markali rux kukuni tioindiqoid boʻyoqlar ishlab chiqarishda mis (Cu) ulushi ≤ 0,001% boʻlishi kerak.

Izoh 3: RК 4 markasida rongalit va gidrosulfit natriy ishlab chiqarish uchun ishlatilganda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi kelishuvi asosida kadmiy (Cd) ulushi ≤ 0,10% gacha ruxsat etiladi.

Izoh 4 (ASTM talabi): Lakboʻyoq maqsadida ishlatiladigan RК 6 va RК 7 markalarda namliq (moisture and other volatile matter) ≤ 0,10% boʻlishi shart (ASTM D520-00, barcha tur uchun). Ushbu talab barcha markalar uchun ushbu standartda ham qabul qilinadi.

Izoh 5 (ASTM talabi): RК 1 marka uchun elektrokimyoviy tok manbai ishlab chiqarishda xlor (Cl) ≤ 0,01% (ASTM D520-00, III tur).

3.3 Granulometrik tarkib (ГОСТ va ASTM elaklari birlashtirilgan)

Rux kukunining granulometrik tarkibi 2-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak. Asosiy nazorat elaklari ГОСТ 6613 boʻyicha; ASTM B214 boʻyicha elaklar ixtiyoriy muqobil sifatida koʻrsatilgan (sariq ustunlar).

2-jadval - Granulometrik tarkib normalari (ГОСТ va ASTM elaklari)

Sinf

Marka

elak qoldigʻi, koʻpi  bilan %

ASTM 150 mkm (No.100) qoldigʻi, koʻpi bilan %

ASTM 45 mkm (No.325) qoldigʻi, koʻpi bilan %

016K k

0071K 

005K

A

RК 1

—

2,0

1,0

0,1

3,0

A

RК 2

Qoldigsiz

2,0

—

0,1

3,0

A

RК 3

0,1

2,5

—

0,1

3,0

A

RК 4

3,0

5,0

—

0,8

4,0

B

RК 6

—

—

—

0,8

3,0

B

RК 7

—

—

—

0,8

3,0

Izoh 1: RК 4 markasida rongalit uchun 0071K elakdagi qoldiq ≤ 2 %; 016K elagi normаlanmaydi.

Izoh 2: Benzidin va analoglari uchun ishlatiladigan kukundа 016K elakdagi qoldiq ≤ 0,10 %.

Izoh 3: PC6 markasida termodiffuzion ruxalash uchun 1,00–0,63 mm fraksiya ≥ 80 % ruxsat etiladi.

Izoh 4 (ASTM B214 boʻyicha): Lakboʻyoq pigmenti sifatida ishlatiladigan markalarda ASTM B214 boʻyicha 150 mkm (No.100) elakdagi qoldiq me’yorlari qoʻshimcha nazorat koʻrsatkichi sifatida talab qilinishi mumkin (iste’molchi bilan kelishuv asosida).

3.4 Fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar

3.4.1. PC4 markasida rongalit uchun solishtirma sirt ≥ 800 sm²/g boʻlishi kerak.

3.4.2. Farmatsevtika sanoati hamda benzidın analoglari va tioindiqoid boʻyoqlari ishlab chiqarish uchun moʻljallangan barcha markali kukunlarda 1:1 solyanoу kislotada erimaydigan qoldiq ≤ 0,10 % boʻlishi va eritma rangsiz boʻlishi kerak.

3.4.3. ASTM D520-00 talabi: Moy yoki yogʻli modda (Oily or fatty matter): ASTM I tur uchun ≤ 0,75 %, II va III tur uchun normаlanmagan. Lakboʻyoq maqsadida ishlatiladigan PC6 va PC7 markalarda ushbu koʻrsatkich iste’molchi bilan kelishuv asosida tekshirilishi tav siya etiladi.

3.4.4. ASTM D520-00 talabi: Rux oksidi (ZnO): ASTM I tur uchun ≤ 6,0 %; II va III tur uchun - qolgan miqdor (remainder). Lakboʻyoq pigmenti sifatida ishlatiladigan markalarda ZnO miqdori iste’molchi bilan kelishuv asosida nazorat qilinadi.

3.4.5. ASTM D520-00 talabi: Oltingugurt (SO2 sifatida) ≤ 0,01% - ASTM III tur uchun. Elektrokimyoviy maqsadlarda ishlatiladigan markalarda ushbu koʻrsatkich iste’molchi bilan kelishuv asosida tekshirilishi mumkin.

4. Tasniflar va markalar

4.1 Sinflar va markalar (ГОСТ asosi)

Rux kukuni ishlab chiqarish usuli va granulometrik tarkibiga koʻra ikki sinfga boʻlinadi:

Sinf A – PC1, PC2, PC3, PC4 markali mayda kukun; rektifikatsiya usulida ishlab chiqariladi.

Sinf B – PC6, PC7 markali yirik kukun; purkash (atomizatsiya) usulida ishlab chiqariladi.

4.2 ASTM turlari bilan mos kelish jadvali

ASTM D520-00 boʻyicha 3 tur rux kukuni ajratiladi. Quyida ГОСТ/OʻzMSt markalari va ASTM turlari oʻrtasidagi muvofiqlashuv koʻrsatilgan (ma’lumot uchun):

OʻzMSt Marka

ASTM D520 Tur

Muvofiqlashuv asosi

Izoh

RK1

III tur

Zn ≥ 96,0% — ASTM III ga yaqin

Cl ≤ 0,01% qoʻshimcha kiritiladi

RK2

II–III tur

Zn ≥ 95,0%; tarkib oʻxshash

Farmatsevtik maqsad

RK3

I–II tur

Zn ≥ 95,0%; qoʻshimcha aralashmalar ko'proq

Kimyo sanoati

RK4

I tur

Zn ≥ 95,0%; mayda fraksiya

Rongalit va shunga oʻxshashlar

RK6

I–II tur

Zn ≥ 98,0%; yirik fraksiya

Termodiffuzion ruxalash

RK7

I–II tur

Zn ≥ 95,0%; yirik fraksiya

Korroziyaga qarshi boʻyoqlar

4.3 Markalar va qoʻllanish sohalari

Marka

Sinf / Usul

Asosiy qoʻllanish sohalari

Izoh

RК 1

A — Rektifikatsiya

Elektrokimyoviy tok manbalari, farmatsevtika

Eng yuqori tozalik; Cl ≤ 0,01%

RК 2

A — Rektifikatsiya

Farmatsevtika, benzidinva analoglari

Yuqori tozalik

RК 3

A — Rektifikatsiya

Organik boʻyoqlar, kimyo sanoati

Oʻrta tozalik

RК 4

A — Rektifikatsiya

Rongalit, gidrosulfit Na, tioindiqoidlar

800 sm²/g solishtirma sirt talab etiladi

RK6

B — Purkash

Termodiffuzion ruxalash, lakboʻyoqlar

Yirik fraksiya; Zn ≥ 98%

RK7

B — Purkash

Korroziyaga qarshi boʻyoqlar, metallurgiya

Yirik fraksiya

4.4 Xom ashyo

Rux kukuni barcha markalarda ГОСТ 3640 boʻyicha TSV, TS0 yoki TS0A markali ruxdan tayyorlanadi.

4.5 Belgilash namunasi

«Rux kukuni RK 1 OʻzMSt ___:2026» — OʻzMSt ___:2026 boʻyicha RК 1 markali rux kukuni.

5 Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari

5.1 Rux kukuni toksik xossalarga ega. Rux kukuni changi nafas olish organlari va oshqozon-ichak trakti orqali ishchilar organizmiga tushadi, yuqori nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi, oshqozon-ichak buzilishlari va zaharlanishlarga olib keladi.

5.2 ГОСТ 12.1.005 boʻyicha rux kukuni 2-sinf xavfli moddalar qatoriga kiradi.

5.3 Ish zonasida ZnO konsentratsiyasi uchun ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyasi: ГОСТ 12.1.005 boʻyicha yoki Oʻzbekiston respublikasida amaldagi sanitariya-gigiena talablariga muvofiq - 0,5 mg/m³.

5.4 Rux kukuni (РК) yongʻin-portlash xavfi yuqori boʻlib, 4-guruh yongʻin-portlash xavfli moddalarga taalluqli. Alangalanish harorati 600 °C; havoda konsentratsiyasi 480 g/m³ da portlash quyi chegarasi mavjud.

5.5 Yongʻin-portlash xavfsizligi talablari - ГОСТ 12.1.004 va ГОСТ 12.1.010 boʻyicha.

5.6 Ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar ГОСТ 12.4.021 boʻyicha kirish-chiqish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

5.7 Barcha ishlar ГОСТ 12.4.028 boʻyicha «Lepestok» tipli yoki boshqa shaxsiy nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarida, quruq maxsus kiyimda va muhofaza moslamalarida bajariladi.

5.8 Toʻkilgan rux kukuni kurakcha yordamida maxsus idishga yigʻiladi. Rux kukunini ajratish, zararsizlantirish va yoʻq qilish sanitariya-epidemiologiya xizmati tasdiqlagan tartibda amalga oshiriladi.

5.9 Rux kukuni yumaloq ombor (bunker) boʻlimida 12 V dan oshmaydigan kuchlanishdagi chiroqlardan foydalaniladi.

5.10 Rux kukuni boshqa moddalar yoki omillar mavjudligida havo va oqava suvlarda toksik birikmalar hosil qilmaydi.

5.11 Ichimlik suvida Zn²⁺ uchun ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyasi: ГОСТ 2874 boʻyicha 5 mg/dm³ yoki Oʻzbekiston respublikasida amaldagi sanitariya-gigienik talablariga mos kelishi kerak. Ichimlik suvida rux tahlili - ГОСТ 18293 boʻyicha.

5.12 Ishlab chiqarish joylaridan chiquvchi havo tozaligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va SanPin talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

5.13 Ishlab chiqarish chiqindilari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha belgilangan tartibda utilizatsiya qilinadi yoki zararsizlantiriladi.

6 Qabul qilish qoidalari

6.1 Qadoqlash

6.1.1. Rux kukuni maxsus germetik taraga - metall konteynerlariga, barabanlarga va ishlab chiqaruvchi zavod konstruktiv hujjatlari boʻyicha tayyorlangan kolbalarga ГОСТ 5799 (FS yoki FSSi turi) yoki ГОСТ 5037 (FA yoki FL turi) boʻyicha qadoqlanadi.

6.1.2. Kimyoviy tok manbalari ishlab chiqarish uchun rux kukuni choklari qalay bilan payvandlangan yoki qalay qoplangan metall baraban va kolbalariga (ГОСТ 5799 yoki ГОСТ 5037) qadoqlanadi.

6.1.3. Eksport uchun moʻljallangan rux kukuni ГОСТ 10354 bo'yicha polietilen xaltalarga joylashtirib, ГОСТ 24634 yoki ГОСТ 2991 bo'yicha yogʻoch yashliklarga solinadi.

6.1.4. Tara toʻldirilganda kukun ustida imkoni boricha kam havo qoldiriladi.

6.1.5. Tara qopqogʻiga bitum yoki boshqa organik modda surkash taqiqlanadi.

6.1.6. Brutto massa: konteynerda - 1500 kg dan oshmasin; barаbanda - 65 kg; kolbada - 100 kg; polietilen xaltada - 15 kg.

6.1.7. Qadoqlash ГОСТ 26319 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

6.2 Belgilash

6.2.1. Har bir iste’mol oʻrovining yorligʻida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

mahsulot nomi va markasi, ishlab chiqaruvchi korxonaning tovar belgisi;

ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va manzili;

partiya raqami;

tayyorlangan sana (oy, yil);

ushbu standart belgisi;

netto va brutto massa, kg;

ON raqami 1436 va «Rux kukuni» transport nomi;

«Namlikdan saqlash» manipulyatsiya belgisi;

kafolatli saqlash muddati - 6 oy;

Oʻzbekiston hududida sotishda «Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvi;

eksport uchun «Made in Uzbekistan» yozuvi.

6.2.2. Transport belgilash - ГОСТ 14192 boʻyicha «Namlikdan saqlash» manipulyatsiya belgisi bilan.

6.2.3. Xavfli yuk belgilash - ГОСТ 19433 boʻyicha 4372 guruh tasniflash shifri, ON 1436 seriya raqami bilan.

6.3 Tashish

6.3.1. Konteynerlariga qadoqlangan rux kukuni - temir yoʻl, daryo va dengiz transportida yopiq transport vositalarida tashiladi.

6.3.2. Baraban va kolbalariga qadoqlangan kukun - ГОСТ 20435 yoki ГОСТ 15102 boʻyicha universal metall konteynerlariga solib tashiladi.

6.3.3. Temir yoʻl orqali tashishda № 409 avariya kartasi tuziladi.

6.3.4. Rux kukunini yonuvchi moddalar, kislotalar va ishqorlar bilan birgalikda tashish taqiqlanadi.

6.4 Saqlash

6.4.1. Rux kukuni ishlab chiqaruvchi qadogʻida kislotalar, ishqorlar va boshqa agressiv moddalar boʻlmagan yopiq omborхona xonalarida saqlanadi.

6.4.2. Konteynerlariga qadoqlangan kukunni soyabon ostida saqlash ruxsat etiladi.

7. Namuna olish va namuna tayyorlash

7.1 Namuna olish

7.1.1. Har bir idishdan (konteyner, baraban, xalta, kolba) zanqlamaydigan poʻlat, titan yoki alyuminiydan tayyorlangan (uzunligi 80 sm, diametri 10–15 mm) zang yoki trubka orqali butun chuqurlik boʻylab bir marta namuna olinadi.

7.1.2. Konteynerdan namuna ikki nuqtadan (bir-biridan 30 sm masofada), baraban, kolba va xaltalardan - bitta nuqtadan olinadi.

7.1.3. Namuna massasi: konteynerdan - kamida 1 kg, baraban va kolbadan - 200 g dan kam emas, xaltadan - 100 g dan kam emas.

7.1.4. Ishlab chiqaruvchiga kukun qadoqlash vaqtida oqimdan mexanik yoki avtomatik namuna olish ruxsat etiladi.

7.2 Namuna tayyorlash

7.2.1. Olingan namunalar birlashtirib, yaxshilab aralashtiriladi. Birlashtirilgan namuna massasi 1 kg boʻladi. 1 kg dan ortiq boʻlsa - kvartlash orqali 1 kg ga kamaytiriladi.

7.2.2. Birlashtirilgan namuna ikkiga boʻlinadi: birinchisi tekshiruvga, ikkinchisi - germetik idishga joylashtirib marka, partiya raqami va namuna olingan sanani koʻrsatib 3 oy davomida saqlanadi (nizoli holatlarda foydalanish uchun).

7.2.3. ASTM D520-00 bo'yicha qo'shimcha: Namunalar alohida sinovdan oʻtkazilishi yoki iste’molchi tanloviga koʻra bir xil miqdorda birlashtirib oʻrtacha namuna sifatida sinovdan oʻtkazilishi mumkin.

8 Nazorat usullari

8.1 Umumiy talablar

8.1.1. Kimyoviy tahlil usullariga umumiy talablar - ГОСТ 19251.0 boʻyicha. PC1 va PC2 markalar uchun reagentlar «khimicheski chistye» (kh.ch.) darajasidan kam emas, PC3 - PC7 markalar uchun - «chistye dlya analiza» (ch.d.a.).

8.1.2. Komponent ulushlar ikki navbatdagi natija sifatida parallel aniqlanadi. Nazorat tajribasi bir vaqtda oʻtkaziladi.

8.1.3. Tahlil natijasi bir xil sharoitda parallel aniqlangan natijalar oʻrtachasi boʻlib, n=2 uchun takroriylik chegarasi r ≤ |X₁ – X₂| sharti bajarilganda qabul qilinadi.

8.2 Metallik rux ulushini aniqlash

Metallik rux ulushi faza kimyoviy tahlili usuli orqali aniqlanadi: metallik rux pH 2,4–2,6 boʻlgan tanlab erituvchida eritiladi va permanganatometrik usul bilan 92,0 - 98,0 % diapazonida aniqlanadi (ГОСТ 12601–2005, §6.5 boʻyicha).

ASTM muqobil usuli: ASTM D521 boʻyicha metallik rux tahlili - isteʻmolchi bilan kelishuv asosida yoki eksport nazoratida qoʻllanilishi mumkin.

8.3 Aralashma elementlar ulushini aniqlash

Kimyoviy tarkibni aniqlashda quyidagi usullar qoʻllaniladi:

Temir (Fe): fotometrik yoki atom-absorpsion usul - ГОСТ 19251.1 yoki ГОСТ 23957.1 boʻyicha; ASTM E40 (§22) muqobil sifatida.

Qoʻrgʻoshin (Pb) va kadmiy (Cd): polyarografik yoki atom-absorbsion usul - ГОСТ 19251.2 yoki ГОСТ 23957.1 boʻyicha; ASTM E40 (§8 va §18.2) muqobil sifatida.

Mis (Cu): fotometrik yoki atom-absorbsion usul - ГОСТ 19251.3 yoki ГОСТ 23957.1 boʻyicha.

Qalay (Sn), mishyak (As), surma (Sb): ГОСТ 19251.4, ГОСТ 19251.5, ГОСТ 19251.6 yoki ГОСТ 23957.1, 23957.2 boʻyicha.

Spektral tahlil: ГОСТ 22397 boʻyicha (barcha elementlar uchun ruxsat etilgan).

8.4 Namlik ulushini aniqlash

Namlik aniqlanayotganda: tarozida tortilgan 10–50 g namuna 105±2 °C li shkafda doimiy massagacha quritiladi. Namlik ulushi w = (m₁ – m₂) / m₁ × 100 formula orqali hisoblanadi, bu yerda m₁ - quritishdan oldingi massa, m₂ - quritishdan keyingi massa.

ASTM D520 boʻyicha: Ushbu usul ASTM D521 metodologiyasiga toʻliq mos keladi; shuning uchun bitta usul yetarli hisoblanadi.

8.5 Granulometrik tarkibni aniqlash

Granulometrik tarkib ГОСТ 6613 boʻyicha elaklar toʻplami yordamida aniqlanadi. 100,0 g namuna toʻplam elaklarga solinadi va mexanik silkitgichda 20 daqiqa davomida sinovdan oʻtkaziladi. Fraktsiyalar alohida tortib chiqiladi.

ASTM B214 muqobil usuli: ASTM B214 boʻyicha 45, 75, 150 mkm elaklar qoʻllanilishi mumkin - eksport partiyalari uchun yoki iste’molchi talabi asosida.

8.6 Xlorid kislotasida erimaydigan qoldiqni aniqlash

10,00 g namuna 120 ml 1:1 nisbatdagi xlorid kislotasida qaynab eriguncha eritiladi (15–60 daqiqa). Filtrlangan qoldiq 105±2 °C da doimiy massagacha quritiladi va tortiladi.

8.7 Yirik zarralarni aniqlash (ASTM D185 boʻyicha)

ASTM D185 boʻyicha: Lakboʻyoq pigmenti sifatida ishlatiladigan PC6 va PC7 markalarda yirik zarrachalar miqdori ASTM D185 usuli boʻyicha iste’molchi bilan kelishuv asosida aniqlanishi mumkin.

8.8 Tashqi koʻrinishni nazorat qilish

Rux kukunining rangi ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o'rtasida kelishilgan namunalar bilan taqqoslash yoʻli orqali vizual aniqlanadi.

9 Transportda tashish va saqlash

9.1 Rux ushbu turdagi transportda amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga va pochta jo‘natmalariga muvofiq barcha turdagi transportda tashiladi.

Temir yoʻl transporti orqali tashishda yuklarni joylashtirish va mahkamlash Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan yuklarni yuklash va mahkamlash boʻyicha texnik shartlarga muvofiq boʻlishi kerak.

Dengiz transporti orqali tashishda ГОСТ 26653 talablari bajarilishi shart.

9.2 YSR00 markali rux ishlab chiqaruvchining qadoqida, metallga tajovuzkor moddalar va chang tushishini istisno etuvchi sharoitlarda yopiq xonalarda saqlanadi.

Qolgan markali ruxlar yopiq xonalarda saqlanadi. Shu markali ruxlarni maxsus tayyorlangan maydonchalarda (betonlangan, yogʻoch nastillangan, poddonlarda va shu kabilarda), metallning ifloslanishini va agressiv moddalar tushishini istisno qiladigan sharoitlarda saqlashga ruxsat etiladi.

10 Ishlab chiqaruvchi kafolatlari

10.1. Ishlab chiqaruvchi ushbu standartda belgilangan tashish va saqlash shartlari saqlanishi sharti bilan rux kukunining ushbu milliy standart talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.

10.2. Rux kukunining kafolatli saqlash muddati - tayyorlangan vaqtdan boshlab 6 oy.

10.3. Kafolat muddati tugagandan keyin uzoq muddat saqlangan mahsulotni ushbu standart talablariga muvofiqligni tekshirilgandan soʻng iste’molchiga yuborish mumkin.
 

A ilova

(ma‘lumot uchun)

Markalar va qoʻllanish sohalari

Marka

Sinf / Usul

Asosiy qoʻllanish sohalari

Izoh

RК 1

A — Rektifikatsiya

Elektrokimyoviy tok manbalari, farmatsevtika

Eng yuqori tozalik; Cl ≤ 0,01%

RК 2

A — Rektifikatsiya

Farmatsevtika, benzidin va analoglari

Yuqori tozalik

RК 3

A — Rektifikatsiya

Organik boʻyoqlar, kimyo sanoati

O'rta tozalik

RК 4

A — Rektifikatsiya

Rongalit, gidrosulfit Na, tioindiqoidlar

800 sm²/g solishtirma sirt talab etiladi

RК 6

B — Purkash

Termodiffuzion ruxalash, lakboʻyoqlar

Yirik fraksiya; Zn ≥ 98%

RК 7

B — Purkash

Korroziyaga qarshi boʻyoqlar, metallurgiya

Yirik fraksiya

B ilova

(Ma’lumot uchun)

ASTM D 520 va гост talablarining qoʻshilishi konsepsiyasi

Ushbu standart loyihasi ГОСТ 12601-2005 ning texnik pishiqligi va ASTM D520-00 ning ilgʻor elementlarini (namliq nazorati, xlor cheklashi, yirik zarralar nazorati) uygʻunlashtirgan holda tuzilgan. Standart Oʻzbekiston rangli metallurgiya sanoati va laboratoriya amaliyotiga mos, amaliy jihatdan qoʻllanilishi mumkin va texnik qo'mitaning rasmiy koʻrib chiqishiga tayyordir.

Asosiy konsepsiya tamoyillari:

ГОСТ 12601-2005 ning texnik asosi (6 marka, kimyoviy va granulometrik tarkib normalar) toʻliq saqlanadi.

ASTM D520-00 dan namliq ≤ 0,10 % (barcha markalar) va PC1 marka uchun Cl ≤ 0,01 % talablari kiritiladi.

ASTM B214 granulometrik elaklari ГОСТ 6613 elaklari bilan parallel ravishda ixtiyoriy nazorat sifatida koʻrsatiladi.

ASTM D185 (yirik zarralar) PC6 va PC7 markalarda lakboʻyoq maqsadida ixtiyoriy muqobil sifatida kiritiladi.

OʻzMSt 626:2025 ning tuzilishi va rasmiylashrish shakli toʻliq saqlanadi (Soʻz boshi, 13 boʻlim, ilovalar).

Barcha normativ havolalar Oʻzbekistonda amaldagi standartlar roʻyxatiga muvofiqlashtriladi.

Belgilash boʻlimida «Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan» / «Made in Uzbekistan» yozuvi kiritiladi.

V ilova

(Ma'lumot uchun)

ASTM usullarining oʻzbekistonda qoʻllanilishi

ASTM standartlarining Oʻzbekiston tizimidagi maqomi:

ASTM standartlari Oʻzbekiston Respublikasida majburiy emas. Biroq «Standartlashtirish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va OʻzStandart normalariga muvofiq, ASTM usullari:

Tomonlar shartnoma asosida aniqlagan ishchi sinov metodikalari (ISM) sifatida laboratoriya akkreditatsiyasi doirasida qoʻllanilishi mumkin;

Eksportga moʻljallangan mahsulotni tekshirishda - xaridor talabi bilan qoʻllaniladi;

OʻzMSt/ГОСТ analogi mavjud boʻlsa - ГОСТ usuli afzalroq;

ISO/IEC 17025 boʻyicha akkreditlangan laboratoriyalar ASTM usulini ISM tarzida joriy etishi mumkin.

ASTM usuli

ГОСТ/OʻzMSt analogi

Baholash

Tavsiya

ASTM D521 – Kimyoviy tahlil (metallik Zn, ZnO, moy moddalar)

ГОСТ 19251.0 analogi mavjud

OʻzMSt da ixtiyoriy tarzda qoʻllanilishi mumkin

Ixtiyoriy

ASTM B214 – Sitovoy tahlil (granulometriya)

ГОСТ 6613 + ГОСТ 12601 §6.11 analogi mavjud

Ikkala tizim ham qoʻllanilishi mumkin

Teng kuchli

ASTM D185 – Yirik zarralar (>45 mkm)

ГОСТ 12601 §6.11 qisman analog

OʻzMSt ga kiritiladi

Tavsiya etiladi

ASTM E40 – Pb, Cd, Fe tahlili

ГОСТ 19251.2, 23957.1 toʻliq analog

ГОСТ usuli afzalroq

ГОСТ usuli

ASTM D520 – Namlik ta’yini

ГОСТ analogu yoʻq; ISO 787-2 mavjud

OʻzMSt ga ASTM/ISO usuli kiritiladi

Yangi kiritish

ASTM – ZnO ta’yini

ГОСТ analogi yoʻq

Lakboʻyoq uchun ishlatiladigan markalarga kiritiladi

Shartli

ASTM – Xlor (Cl) ta'yini

Oʻzbekiston laboratoriyalarida usul mavjud

PC1 uchun tavsiya etiladi

Ixtiyoriy

Bibliografik maʼlumotlar

SMT 77.120.60

_____________________________________________________________________________

Muhim soʻzlar: rux kukuni, markalar, texnik talablar, granulometrik tarkib, kimyoviy tarkib, qabul qilish qoidalari, sinov usullari, ASTM, ГОСТ, OʻzMSt, namlik, xlor, ZnO


© Standart ilova portali. All rights reserved.