07.11.2025
06.01.2026
1
14
15
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
AVTOMOBIL OYNA KO‘TARGICHLARI
Texnik shartlar
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent sh.
So‘z boshi
1. STQ 13 “Avtomobilsozlik” va “KWANGJIN AUTOSYSTEMS” MChJ tomonidan ISHLAB CHIQILDI.
2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan __________ yil ________dagi ______-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.
3. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi
O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli
Mundarija
1. Qo‘llanish doirasi…………………………………………………………………....... 1
2. Standartlarga xavolalar…………………………………………………………..…..... 1
3. Texnik talablar…………………………………………………………………..…….. 2
4. Xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish talablari …………………………………5
6. Nazorat usullari…………………………………….…………………………..……… 7
7. Transportda tashish va saqlash………………….….…………..……………………. 7
8. Ishlab chiqaruvchining kafolatlari ……………………………………………..…….. 7
9. Bibliografiya ……………………….…………………………………………………. 8
10. Bibliografik ma’lumotlar……………………………………………………..……… 9
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
AVTOMOBIL OYNA KO‘TARGICHLARI
Texnik shartlar
СТЕКЛОПОДЪЁМНИКИ АВТОМОБИЛЬНЫЕ
Технические условия
CAR WINDOW REGULATORS
Technical specifications
Amalga kiritilish sanasi ____________
Qo‘llanish doirasi
Ushbu milliy standart “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarni keyinchalik yig‘ish uchun mo‘ljallangan sotib olinadigan butlovchi qismlaridan iborat bo‘lgan avtomobil oyna ko‘targichlariga (bundan buyon matnda - detallar) taaluqlidir.
Detallar atrof muhit harorati minus 40°Сdan plyus 45°Сgacha va havoning nisbiy namligi 20°Сdan 80%gacha bo‘lgan mo‘tadil iqlimli rayonlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan ГОСТ 15150 bo‘yicha UXL iqlimiy bajarilish va 5 joylashish toifasida ishlab chiqilishi kerak.
Ushbu standartning barcha talablari majburiy va sertifikatlashtirish uchun yaroqlidir.
Detallarni buyurtma berishda va (yoki) boshqa hujjatlarda yozilish misoli:
Avtomobil oyna ko‘targichi - REGULATOR ASM-FRT S/D WDO LH BSUV (Tracker), № 26290107 O‘zMSt _______202_ bunda:
- REGULATOR ASM-FRT S/D WDO - detal nomlanishi;
- LH - chap eshik;
- BSUV - avtomobil turi;
- 26290107 - detal raqami;
- O‘zMSt _______202_ - ushbu standartning belgilanishi.
Standartlarga havolalar
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga havolalar qo‘llanilgan:
ГОСТ 12.1.019-2017 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Электробезопасность. Общие требования и номенклатура видов зачтите;
ГОСТ 12.3.002-2014 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Процессы производственные. Общие требования безопасности;
ГОСТ 12.3.003-86 Система стандартов безопасности труда. Работы электросварочные. Требования безопасности;
ГОСТ 12.3.005-75 Система стандартов безопасности труда. Работы окрасочные. Общие требования безопасности;
ГОСТ 12.4.021-75 Система стандартов безопасности труда. Системы вентиляционные. Общие требования;
ГОСТ 17.2.3.02-2014 Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями;
ГОСТ 17.4.3.05-86 Охрана природы. Почвы. Требования к сточным водам и их осадкам для орошения и удобрения;
ГОСТ 166-89 (ИСО 3599-76) Штангенциркули. Технические условия;
ГОСТ 3242-79 Соединения сварные. Методы контроля качества;
ГОСТ 14192-96 Маркировка грузов;
ГОСТ 15150-69 Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категория, условия эксплуатации, хранения и транспортирования в части воздействия климатических факторов внешней среды;
ГОСТ 15878-79 Контактная сварка. Соединения сварные. Конструктивные элементы и размеры;
КМК 2.04.05-97 Отопление, вентиляция и кондиционирование;
СанПиН № 0294-11 Гигиенические нормативы. ПДК вредных веществ в воздухе рабочей зоны;
СанПиН № 325-16 Санитарные нормы допустимых уровней шума на рабочих места;х
СанПиН № 326-16 Санитарные нормы общей и локальной вибрации на рабочих местах;
СанПиН № 0300-11 Санитарные правила и нормы организации сбора, утилизации промышленных отходов в Условиях Узбекистана.
3 Texnik talablar
3.1 Avtomobil oyna ko‘targichlari ushbu milliy standart talablariga muvofiq bo‘lishi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan va “UzAuto Motors” AJ tomonidan kelishilgan texnologik va konstruktorlik hujjatlari bo‘yicha ishlab chiqarilishi kerak.
3.2 Asosiy parametrlari va tavsiflari
3.2.1 Detallarni gabarit o‘lchamlari va qalinligi, shuningdek ulardan og‘ishlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan chizmalar talablariga muvofiq, bo‘lishi kerak.
3.2.2 Tracker avtomobili uchun REGULATOR ASM-FRT S/D WDO LH BSUV avtomatik avtomobil oyna ko‘targichning ko‘rinishi:
3.2.3 Detallar yuzasida yoriqlar, qirov, o‘tkir qirralar, ezilishlar, gofra, korroziya izlari va boshqa zararlanishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.2.4 Payvand birikmalari ГОСТ 15878 bo‘yicha bajarilishi kerak. Tekshiriladigan payvand nuqtalarining miqdori detallarga bo‘lgan konstruktorlik hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.
3.2.5 Payvandlash nuqtalarida detallarini uzilishi asosiy metal bo‘lagi bilan birga borishi kerak.
3.2.6 Bolt va gaykalarni metalga payvandlanishini mustahkamlik kuchining qiymati EDS-T-7169 bo‘yicha.
Payvandlash sachrashlari va gaykalarni rezba qismlarini o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi, Rezba qismi o‘zgarishlarsiz bo‘lishi kerak - rezba kalibri erkin buralib kirishi va chiqishi kerak.
3.2.7 Materialni bukilish joylarida qalinligi asosiy qalinlikning 70% dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.2.8 Avtomobil turlari va texnik tavsifnomalarga qarab detallar 1-jadvalda ko‘rsatilgan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1-jadval
Detal nomi (ingliz) | Detal nomi (O‘zb) | Detal raqami | Avtomobil turi | Detal massasi |
REGULATOR ASM - FRONT MANUAL, RH | Old o‘ng mexanik oyna ko‘targichi | 95128545 | Damas (B150) | 1033 ±9 |
REGULATOR ASM - FRONT MANUAL, LH | Old chap mexanik oyna ko‘targichi | 95128546 | Damas (B150) | 1033 ±9 |
REGULATOR ASM - FRONT POWER, LH | Old chap avtomatik oyna ko‘targichi | 52021145 | Cobalt (GSVEM) | 1358 ±5 |
REGULATOR ASM - FRONT POWER, RH | Old o‘ng avtomatik oyna ko‘targichi | 52021144 | Cobalt (GSVEM) | 1358 ±5 |
REGULATOR ASM - REAR POWER, LH | Orqa chap avtomatik oyna ko‘targichi | 52021160 | Cobalt (GSVEM) | 1326 ±5 |
REGULATOR ASM - REAR POWER, RH | Orqa o‘ng avtomatik oyna ko‘targichi | 52021159 | Cobalt (GSVEM) | 1326 ±5 |
REGULATOR ASM - FRONT POWER, LH | Old chap avtomatik oyna ko‘targichi | 26290107 | Tracker (BSUV) | 1200 ±5 |
REGULATOR ASM - FRONT POWER, RH | Old o‘ng avtomatik oyna ko‘targichi | 26290108 | Tracker (BSUV) | 1200 ±5 |
REGULATOR ASM - REAR POWER, LH | Orqa chap avtomatik oyna ko‘targichi | 26278749 | Tracker (BSUV) | 900 ±5 |
REGULATOR ASM - REAR POWER, RH | Orqa o‘ng avtomatik oyna ko‘targichi | 26278750 | Tracker (BSUV) | 900 ±5 |
REGULATOR ASM - FRONT POWER, LH | Old chap avtomatik oyna ko‘targichi | 26290298 | Onix (BCAR) | 1350 ±5 |
REGULATOR ASM - FRONT POWER, RH | Old o‘ng avtomatik oyna ko‘targichi | 26290297 | Onix (BCAR) | 1350 ±5 |
REGULATOR ASM - REAR POWER, LH | Orqa chap avtomatik oyna ko‘targichi | 26279997 | Onix (BCAR) | 1280 ±5 |
REGULATOR ASM - REAR POWER, RH | Orqa o‘ng avtomatik oyna ko‘targichi | 26279996 | Onix (BCAR) | 1280 ±5 |
Izoh: Detal raqamlari ma`lumot uchun keltirilgan. Buyurtmachi bilan kelishilgan holda detallarning raqami o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
3.2.9 Detallarning yuzi korroziyaga bardosh berishi va ishlab chiqaruvchi korxonolarning amaldagi me’yoriy hujjatlari bo‘yicha va/yoki horijda ishlab chiqarilgan muvofiqlik sertifikati bo‘yicha korroziyaga qarshi qoplamga ega bo‘lishi kerak.
3.2.10 Detallar avtomobil oynasini ravon tushish/ko‘tarilishini tiqilib qolishlarsiz ta`minlab berishi kerak.
3.3 Xom-ashyo, materiallar va sotib olinadigan buyumlarga talablar
3.3.1 Detallarni ishlab chiqarish uchun ГОСТ 24297 bo‘yicha kirish nazoratidan o‘tgan quyidagi xom-ashyo va materiallar qo‘llaniladi;
- SPCC-2, SECC 40/40, SWCH, SWRH, SWPA, SPSD sovuq, katanka qilingan po‘lat - EDS M 1101 bo‘yicha;
- SGH-440, SS 41 issiq katanka qilingan po‘lat [1] bo‘yicha;
- EDS G 1202 bo‘yicha boltlar;
- Muvofiqlik sertifikati bo‘yicha CASMOLY DR-2, EC-141, LF-2 va AROSTA 471 moylash materiallari;
- Ishlab chiqaruvchi korxonalarning amaldagi me’yoriy hujjatlari bo‘yicha va/yoki muvofiqlik sertifikati bo‘yicha horijda ishlab chiqarilgan oyna ko‘targichlari uchun motor.
3.3.2 Po‘lat qalinligi va markasi buyurtmachi bilan kelishilgan konstruktorlik hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
3.3.3 Buyurtmachi bilan kelishilgan holda detallarni ushbu tashkilotning standartida o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmaydigan va muvofiq bo‘lgan MH bo‘yicha boshqa o‘xshash materiallarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
3.4 Butligi
3.4.1 Detallarni yetkazib berish butligiga quyidagilar kiradi:
- yigilgan holda oyna ko‘targich (chap yoki o‘ng) - 1 dona;
- spetsifikatsiya bo‘yicha yig‘ish detallari.
Izoh: detallar butligi buyurtma-naryad spetsifikatsiyasiga bog‘liq
3.5 Tamg‘alash
3.5.1 Detallarni tamg‘alash ГОСТ 11826 bo‘yicha yuvilmaydigan bo‘yoq bilan bajarilgan yorliqni transport tarasiga yopishtirish bilan amalga oshiriladi.
3.5.2 Yorliqda quyidagi ma`lumotlar bo‘lishi kerak:
- ishlab chiqaruvchi-korxonaning nomi yoki tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili (yuridik va haqiqiy), telefoni;
- buyurtmaning tartib raqami (buyurtma bo‘yicha ishlab chiqarilganda);
- detallar miqdori, dona;
- tup raqami;
- ishlab chiqarilgan sanasi (kun, oy, yil);
- sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida ma`lumotlar (sertifikatlashtirishtirilgan mahsulot uchun);
- “O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN” yozuvi - mahsulot O‘zbekiston hududida sotilganda;
- “MADE IN UZBEKISTAN” yozuvi - mahsulot eksportga jo‘natilganda;
- saqlash sharoitlari;
- ГОСТ 14192 bo‘yicha “Беречь от влаги” manipulyatsion belgisi;
- ushbu tashkilotning standartini belgilanishi;
- ishlab chiqqaruvchi-korxonaning TIB qaydi, to‘p sifati to‘g‘risidagi ilova qilinadigan hujjatda ko‘rsatiladi (detalni nazorat qilish vedomosti).
3.6 O‘rab joylash
3.6.1 Transport tarasi transportda tashish va saqlashda mahsulot sifatini saqlashi kerak.
3.6.2 Taralar toza bo‘lishi kerak.
3.6.3 Yonlari transportda tashishda mahsulot buzilishini oldini oladigan penopoliuretan rezinkasidan tasmalar yoki o‘zga material bilan yopishtiriladi.
3.6.4 Taradagi detallarni miqdori buyurtmachi bilan kelishiladi va detallarni transportda tashishda saqlanishini ta`minlash kerak.
3.6.5 Iste`molchi bilan kelishilgan holda transportda tashish va saqlashda mahsulotni saqlaydigan o‘ramning boshqa turlariga yo‘l qo‘yiladi.
4 Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari
4.1 Xavfsizlikning umumiy talablari ГОСТ 12.2.003, ГОСТ 12.3.002, ГОСТ 12.3.003 va ГОСТ 12.3.005 talablariga muvofiq, bo‘lishi kerak.
4.2 Ishlab chiqarish xonalari, ishchi zonasi havosi tozaligini СанПиН № 0294ga muvofiq ta`minlovchi, ГОСТ 12.4.021 va KMK 2.04.05 talablari bo‘yicha og‘ib keluvchi-tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi kerak, ulardagi zararli moddalarini miqdori ГОСТ 12.1.005 bo‘yicha chegaraviy yo‘l qo‘yilgan konsentratsiyalardan (CHYKK) ko‘p bo‘lmasligi kerak.
4.3 Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan jismoniy faktorlar shovqin va tebranish СaнПиН № 325 va СанПиН № 326da o‘rnatilgan yo‘l qo‘yiladigan darajalardan oshmasligi kerak.
4.4 Ishlab chiqarish chiqindilarini СанПиН №0300 talablariga muvofiq yo‘q qilinishi kerak.
4.5 Yong‘in xavfsizligi talablari ГОСТ 12.1.004 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
4.6 Elektr xavfsizligi talablari ГОСТ 12.1.019 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
4.7 Ish joylarini nazorat qilish ГОСТ 12.1.007 bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
4.8 Detallarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq, shaxslar ГОСТ 12.4.011 bo‘yicha shaxsiy himoya vositalari bilan ta`minlanishlari kerak.
4.9 Mehnatni zararli sharoitlarida va ishlab chiqarishning noqulay faktorlarida band bo‘lgan shaxslar ishga O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining 10.07.2012 yildagi 200-sonli buyrug‘iga muvofiq tibbiy ko‘rigi va ГОСТ 12.0.004 bo‘yicha xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilgach qo‘yiladilar.
4.10 Atrof-muhit muhofazasiga talablar ГОСТ 17.4.3.05 va ГОСТ 17.2.3.02 bo‘yicha.
5 Qabul qilish qoidalari
5.1 Detallarni qabul qilish to‘plab amalga oshiriladi. Bir martadagi xom-ashyodan bir smena (sutka) davomida ishlab chiqarilgan bir nomdagi va sifat to‘g‘risidagi yagona hujjat bilan rasmiylashtirilgan detallar to‘p deb hisoblanadi.
Sifat to‘g‘risidagi hujjatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ishlab chiqaruvchi-korxonaning nomi yoki uning tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili (yuridik va haqiqiy) va telefoni;
Mahsulot nomi va belgilanishi;
To‘p raqami;
Detallar miqdori, dona;
Ishlab chiqarilgan sanasi (kun, oy, yil);
Mahsulot qabul qilinganligi to‘g‘risida qayd;
Ushbu tashkilotning standartni belgilanishi.
5.2 Detallarni ushbu tashkilotning standart talablariga, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun quyidagi sinovlar o‘tkaziladi:
Qabul qilish-topshirish;
Davriy;
Namunali
Sertifikatlashtirish (majburiy sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulot uchun).
5.3 Qabul qilish - topshirish sinovlari
5.3.1 Qabul qilish - topshirish sinovlari mahsulotni har bir to‘pida ushbu tashkilotning standartini 3.2.1; 3.2.3; 3.2.5; 3.4; 3.5 b.b talablariga muvofiqlikka o‘tkazilishi kerak.
5.3.2 Sifatni tekshirish uchun ГОСТ 18321 bo‘yicha tasodifiy tanlash usuli bilan mahsulot tanlanadi.
5.3.3 Tekshirishda qoniqarsiz natijalar olingan taqdirda shu to‘pda ikki karra miqdorda olingan namunalarda qayta tekshirish o‘tkaziladi. Qayta tekshirish natijalari yakuniy hisoblanadi va butun to‘pga taaluqlidir.
5.3.4 Qabul qilish-topshirish sinovlari natijalari jurnalga kiritiladi. Qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tgan mahsulot to‘pi iste`molchiga jo‘natilinishi kerak.
5.4 Davriy sinovlar
5.4.1 Davriy sinovlar 12 oyda kamida bir marta, ushbu tashkilot standartning barcha talablari bo‘yicha qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tgan mahsulot to‘pida o‘tkaziladi.
5.4.2 Tekshirishda qoniqarsiz natijalar olingan taqdirda shu tipdan ikki karra miqdorda olingan namunalarda qayta tekshirish o‘tkaziladi. Qayta tekshirish natijalari yakuniy hisoblanadi va butun tipga taalluqlidir.
Qayta tekshirishda qoniqarsiz natijalar olingan taqdirda, ushbu standartning talablariga rioya qilinishini ta`minlovchi choralar ko‘rilgungacha detallarni ishlab chiqarish to‘xtalishi kerak, yaroqsiz deb topilgan mahsulot tipi yaroqsiz deb topilinishi kerak.
Davriy sinovlar natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak, davriy sinovlardan o‘tgan mahsulot tipi iste`molchiga jo‘natilishi kerak.
5.5 Namunali sinovlar
5.5.1 Namunali sinovlar, ushbu tashkilotning standarti talablari bilan belgilangan texnik parametrlarga ta`sir ko‘rsatuvchi, detallarni konstruktsiyasi yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi-korxona tomonidan detallarni ushbu tashkilotning standartining talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Sinovlar hajmi, ketma-ketligi va rejasi ishlab chiqaruvchi korxona rahabriyati tomonidan tasdiqlangan dastur bilan belgilanadi.
5.5.2 Namunali sinovlarda qoniqarsiz natijalar olingan taqdirda, detallarni konstruksiyasi yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritilmaydi. Namunali sinovlar natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
5.6 Sertifikatlashtirish sinovlari
5.6.1 Sertifikatlashtirish sinovlari akkreditlangan laboratoriyalarda ushbu tashkilotning standartini barcha talablari va O‘zR SMT MH bo‘yicha.
6 Nazorat usullari
6.1 Detallarni nazorat usullari EDS-T-3249 bo‘yicha quyida qo‘shimchalar bilan;
6.1.1 Detallarni keltirilgan talablarga to‘g‘ri kelishi 3.2.2; 3.2.3; 3.2.9 b.ko‘ra / 3.4; 3.5; 3.6 b.b muvofiqligini tekshirishni kunduzgi yoruqlikda normal yoritilganlikda ko‘zdan kechirib amalga oshiriladi.
6.2 Gabarit o‘lchamlari va qalinligini tekshirishni, o‘lchashlarni zarur aniqligini ГОСТ 166 bo‘yicha shtangensirkul va ГОСТ 427 bo‘yicha metal chizg‘ich yordamida amalga oshiriladi. O‘lchashning zarur bo‘lgan aniqligini ta`minlab beruvchi o‘lchash vositalarning boshqa o‘xshashini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
6.3 Payvand birikmalarini nazorati ГОСТ 3242, ГОСТ 15878, EDS-T-7123, EDS-T-7127 bo‘yicha.
6.4 Asosiy nazorat nuqtalarining masofa oralig‘i shablon (masofani o‘lchash asbobi) bilan o‘tkaziladi.
6.5 Korroziya ta`siriga chidamliligini tekshirishni EDS-T-7143, EDS-T-3249 bo‘yicha amalga oshiriladi.
6.6 Cobalt (GSVEM), Damas (B150), Tracker (BSUV) va Onix (BCAR) avtomobillar markasini bir yilda bir marta davriy sinovi Kwang Jin (Koreya) da uzoq ishlashi hamda oyna ko‘targichni hamma qismlarning to‘g‘ri ishlashi sinovlari tasdiqlanganidan tahlil reja, rivojlanish, tekshiruvlar va hisobot (ADVP & R)ga ko‘ra.
6.7 Detallar massasini nazorati ГОСТ 29329 bo‘yicha tarozilarga amalga oshiriladi.
7 Transportda tashish va saqlash
7.1 Detallar barcha turdagi yopiq transport vositalarida ushbu transport turida amalda bo‘lgan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
7.2 Detallarni transportda tashish va saqlash chang, namlik va boshqa turli ifloslanish, shuningdek detallarni deformatsiyasini oldini oluvchi sharoitlarda amalga oshirilishi kerak.
7.3 Detallarni deformatsiyasini oldini olish maqsadida transport taralarini yuklash, tushirish, ombor va ishlab chiqarish xonalari hududlarida joyini o‘zgartirishga o‘tish, tashish va v.k.lar taqiqlanadi.
7.4 Dettallar yopshu toza, quruq xonalarda namlik, chang, quyosh nuri tushishidan himoyalangan holda, minus 40°С dan plyus 40°С gacha haroratda, isitish asboblaridan kamida bir metr masofada saqlanishi kerak.
7.5 Transport aravachalarda saqlash 4 qavatdan ko‘p emas va transport tashishda 2 qavatdan oshmasligi kerak.
8 Ishlab chiqaruvchining kafolatlari
8.1 Ishlab chiqaruvchi korxona, iste`molchi tomonidan transportda tashish va saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda, detallarni ushbu tashkilotning standart talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.
8.2 Kafolatlangan ishlatish muddati - sotilgan kunidan boshlab 12 oy yoki avtomobil bosib o‘tilgan 20 000 km masofa.
Bibliografiya
[1] EDS-М-1101 Холоднокатаные углеродистые стальные листы и полос.
[2] EDS-М-1102 Горячекатаные листы стальные и полосы.
[3] EDS-G-1202 Сварной болт.
[4] EDS-T-3249 Стандарт для испытания дверного стеклоподъёмника.
[5] EDS-Т-7123 Метод проверки стальных соединений, полученных при сварке под давлением.
[6] EDS-Т-7127 Метод проверки сварочных швов при соединении стальных изделий сваркой плавлением.
[7] EDS -Т-7143 Метод испытания разбрызгиванием соли.
[8] EDS-Т-7169 Метод испытания сварочной гайки.
[9] O‘z DSt 2942:2015 (GMW 3286, MOD) Испытания распылителя нейтральной соли (РНС)
[10] GMW2 Низкоуглеродистая листовая сталь (Low Carbon Sheet Steel);
]11] GMW14057 Мировые критерии приёмки и процедуры ремонта. Точечные сварные швы контактной сварки- сталь;
[12] GMW14058 Критерии приемки сварного шва и Порядок проведения ремонта шва, полученного дуговой сваркой - cталь;
[13] GMW15080 Дверная оконная система, долговечность в эксплуатации (Door Window System, Operating Durability);
Bibliografik ma’lumotlar
SMT 43.040.60
Muhim so‘zlar: Oyna ko‘targich, gabarit o‘lchamlari va qalinligi, parametrlari va tavsiflari, Xom-ashyo, butligi, tamg‘alash, tamg‘alash, o‘rab joylash, xavfsizlik talablari, qabul qilish qoidalari, davriy, namumali va Sertifikatlashtirish sinovlari, nazorat usullari, transportda tashish va saqlash, kafolatlari.
© Standart ilova portali. All rights reserved.