06.11.2026
05.01.2027
0
0
0
MIS VA MIS QOTISHMALARI
Mis katodlari
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
Soʻz boshi
1. STQ 32 “Tog‘-kon sanoati va geologiya” Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ TOMONIDAN ISHLAB CHIQILDI.
2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan 2026 yil_ _____ № _____-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.
3. Ushbu standart EN 1978:2026 “Copper and copper alloys-Copper cathodes” xalqaro standartiga aynan oʻxshash
4. DASTLABKI JORIY ETILISHI
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi
O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli
II
Mundarija
1 | Qoʻllanish doirasi ….................................................................................................... | 1 |
2 | Standartlarga havolalar …......................................................................................... | 1 |
3 | Atamalar va ta’riflar ........................................................................................ | 1 |
4 | Belgilanishlar............................................................................................ | 2 |
5 | Buyurtma maʼlumoti............................................................................................. | 3 |
6 | Talablar........................................................................................................... | 4 |
7 | Namuna olish.......................................................................................................... | 5 |
8 | Sinov usullari............................................................................................. | 5 |
9 | Muvofiqlik deklaratsiyasi va nazorat hujjatlari................................................ | 6 |
10 | 10 Tamgʻalash | 7 |
A ilova (meʼyoriy) Nizoli hollarda katodlardan namuna olish va tahlil namunalarini tayyorlash uchun usullar | 8 | |
B ilova (maʼlumot uchun) Elektr solishtirma qarshiligi va oʻtkazuvchanligi oʻrtasidagi bogʻliqliklar haqida maʼlumot | 11 | |
Bibliografiya ......................................................................................................................... | 12 | |
III
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI
MIS VA MIS QOTISHMALARI
Mis katodlari
МЕДЬ И МЕДНЫЕ СПЛАВЫ
Медные катоды
Copper and copper alloys
Copper cathodes
Amalga kiritish sanasi: _____2026 y.
1 Qoʻllanish doirasi
Ushbu hujjat Cu-CATH-1 (CR001A) va Cu-CATH-2 (CR002A) deb belgilangan ikkita mis navi katodlari uchun tarkib va xossalarga talablarni belgilaydi.
A ilova (meʼyoriy) xaridor va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi nizoli hollarda foydalanish uchun katodlardan namuna olish usullarini tavsiflaydi. B ilova (maʼlumot uchun) misning elektr solishtirma qarshiligi va oʻtkazuvchanligi oʻrtasidagi bogʻliqliklar haqida maʼlumot beradi.
2 Standartlarga havolalar
Quyidagi hujjatlarga matnda shunday havola qilinganki, ularning mazmuni qisman yoki toʻliq ushbu hujjatning talablarini tashkil etadi. Sanasi koʻrsatilgan havolalar uchun faqat keltirilgan nashr qoʻllanadi. Sanasi koʻrsatilmagan havolalar uchun havola qilingan hujjatning eng soʻnggi nashri (barcha oʻzgartirishlar bilan birga) qoʻllanadi.
IEC 60468, Metall materiallarning solishtirma qarshiligini oʻlchash usuli
EN 16117-2, Mis va mis qotishmalari. Mis tarkibini aniqlash. 2-qism: Mis tarkibi 99,80 % dan yuqori boʻlgan materiallarda misni elektrolitik aniqlash
Ushbu hujjat maqsadlari uchun quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllanadi.
ISO va IEC standartlashtirishda foydalanish uchun terminologik maʼlumotlar bazasini quyidagi manzillarda yuritadi:
— IEC Elektropediya: https://www.electropedia.org/ manzilida mavjud;
— ISO Onlayn koʻrish platformasi: https://www.iso.org/obp manzilida mavjud.
3.1 Mis katodi
elektrolitik ajratib olish yoʻli bilan olingan yassi, bosim bilan ishlov berilmagan mahsulot
3.2 toʻp (lot)
bitta qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan, bir toʻpdan yoki bir toʻpning bir qismidan iborat boʻlgan, ogʻirligi 25 tonnadan ortiq va 200 tonnagacha boʻlgan mis katodlar miqdori
Rasmiy nashr
3.3 paket (bundle)
birgalikda taxlangan va odatda poʻlat tasmalar bilan mahkamlangan maʼlum sondagi mis katodlarining umumiy miqdori, odatda 6 dan 30 tagacha, shu bilan birga paket massasi 1 500 kgdan oshmasligi kerak va balandligi 500 mm dan oshmasligi kerak. Isteʼmolchi bilan kelishilgan holda partiyaning masssasi o‘zgarishi mumkin.
3.4 paket (bundle)
birgalikda taxlangan va odatda poʻlat tasmalar bilan mahkamlangan maʼlum miqdordagi katodlarning umumiy miqdori, odatda 20 dan 60 tagacha
3.5 mis katodlar namunasi
topdan tasodifiy tanlab olingan va yigʻindisida topni ifodalovchi deb hisoblanadigan katodlar soni
3.6 katod namunasi
vertikal tasmalarni tizimli kesish yoʻli bilan olingan katod namunasining bir qismi (3.4 ga qarang)
3.7 yigʻma namuna (bulk sample)
namuna olingan barcha katodlardan olingan katod namunalarini (3.5 ga qarang) tegishli qolipga (yoki qoliplarga) eritish va quyish yoʻli bilan tayyorlangan namuna
1-kirish izohi: Bu partiyani ifodalovchi deb hisoblanadi.
3.8 tahlil namunasi
yigʻma namuna quymalarini (3.6 ga qarang) parmalash, frezalash yoki arralash natijasida hosil boʻlgan qirindilardan olingan qirindining ifodalovchi ulushlari
4 Belgilanishlar
4.1 Material
4.1.1 Umumiy qoidalar
Material yo belgi, yo raqam bilan belgilanadi (1-jadvalga qarang).
4.1.2 Belgi
Material belgi bilan belgilanishi ISO 1190-1 da keltirilgan belgilash tizimiga asoslanadi.
4.1.3 Raqam
Material raqami bilan belgilanishi EN 1412 da keltirilgan tizimga muvofiqdir.
4.2 Mahsulot
Mahsulotning shartli belgisi belgilashning standartlashtirilgan namunasini ta’minlaydi, bu orqali axborot almashinuvi jarayonida mahsulotning tezkor va aniq tavsifi yetkaziladi. U tegishli Yevropa standarti talablariga javob beradigan mahsulotlarga nisbatan xalqaro darajada o‘zaro bir-birini tushunishni ta’minlaydi.
Mahsulot belgilanishi standartning toʻliq mazmunini almashtira olmaydi.
Ushbu hujjatga muvofiq mahsulotlarning shartli belgisi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
— nomlanishi (katod);
— ushbu hujjatning raqami (O‘zMSt EN 1978);
— material belgilanishi, belgi yoki raqam (1-jadvalga qarang).
Mahsulot belgilanishining hosil qilinishi quyidagi misolda koʻrsatilgan.
MISOL — Cu-CATH-1 yoki CR001A deb belgilangan materialdagi, ushbu hujjatga muvofiq katod quyidagicha belgilanadi:
Katod O‘zMSt EN 1978– Cu-CATH-1
yoki
Katod O‘zMSt EN 1978– CR001A
bu yerda: birinchi element — nomlanishi; ikkinchi element — ushbu milliy standartining raqami; uchinchi element — mahsulot belgilanishi.
5 Buyurtma maʼlumoti
Xaridor va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi talabnoma, buyurtma va buyurtmani tasdiqlash tartiblarini osonlashtirish uchun xaridor oʻz talabnomasi va buyurtmasida quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi kerak:
a) talab qilinadigan mahsulot miqdori (massa);
b) nomlanishi (katod);
c) ushbu hujjatning raqami (O‘zMSt EN 1978);
d) material belgilanishi (1-jadvalga qarang).
b) dan d) gacha boʻlgan bandlar uchun 4.2 da tavsiflangan mahsulot belgilanishidan foydalanish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, xaridor talabnomasi va buyurtmada, agar talab qilinsa, quyidagilardan har qandayini koʻrsatishi kerak:
e) agar katodlar muayyan o‘lchamda qirqilgan holda yetkazib berilishi kerak bo‘lsa, talab etiladigan o‘lchamlar va ruxsat etilgan og‘ishlar (chetlashishlar) (6.3-bandga qarang);
f) muvofiqlik deklaratsiyasi talab qilinishi (9.1 ga qarang);
g) nazorat hujjati talab qilinishi va, agar shunday boʻlsa, uning qaysi turi (9.2 ga qarang).
MISOL — Cu-CATH-1 yoki CR001A deb belgilangan materialdagi, O‘zMSt EN 1978 ga muvofiq 100 t katod uchun buyurtma tafsilotlari:
100 t Katod O‘zMSt EN 1978– Cu-CATH-1
yoki
100 t Katod O‘zMSt EN 1978– CR001A
6 Talablar
6.1 Kimyoviy tarkib
Kimyoviy tarkib 1-jadvalda tegishli nav uchun keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
1-jadval — Cu-CATH-1 (CR001A) va Cu-CATH-2 (CR002A) kimyoviy tarkibi
Belgi | Raqam | Element | Cu | Ag | As | Bi | Cd | Co | Cr |
Cu-CATH-1 | CR001A | min. | — | — | — | — | — | — | — |
|
| maks. | — | 0,002 5 | 0,000 5ᵃ | 0,000 20ᵇ | —ᵃ | —ᶜ | —ᵃ |
Cu-CATH-2 | CR002A | min. | 99,90ᵉ | — | — | — | — | — | — |
|
| maks. | — | — | — | 0,000 5 | — | — | — |
1-jadval (davomi) — Kimyoviy tarkibi, % (m/m)
Belgi | Element | Fe | Mn | Ni | P | Pb | S | Sb | Se |
Cu-CATH-1 | maks. | 0,001 0ᶜ | —ᵃ | —ᶜ | —ᵃ | 0,000 5 | 0,001 5ᵈ | 0,000 4ᵃ | 0,000 20ᵇ |
Cu-CATH-2 | maks. | — | — | — | — | 0,005 | — | — | — |
Belgi | Element | Si | Sn | Te | Ushbu jadvalda sanab oʻtilgan misdan boshqa elementlar yigʻindisi (Zn bilan) |
Cu-CATH-1 | maks. | —ᶜ | —ᶜ | 0,000 20ᵇ | 0,006 5 |
Cu-CATH-2 | maks. | — | — | — | 0,03 (Ag hisobga olinmaydi) |
ᵃ (As + Cd + Cr + Mn + P + Sb) maksimum 0,001 5 %.
ᵇ (Bi + Se + Te) maksimum 0,000 3 %, shundan (Se + Te) maksimum 0,000 30 %.
ᶜ (Co + Fe + Ni + Si + Sn + Zn) maksimum 0,002 0 %.
ᵈ Oltingugurt tarkibi quyma namunada aniqlanishi kerak.
ᵉ Maksimum 0,015 % gacha kumushni hisobga olgan holda.
6.2 Elektr xossalari
Elektr xossalari 2-jadvalda tegishli nav uchun keltirilgan talablarga javob berishi kerak. Sinovlar 8.2 ga muvofiq oʻtkazilishi kerak.
IZOH — Ushbu hujjatda massaviy solishtirma qarshilik majburiy elektr xossasi talabi hisoblanadi. Massaviy solishtirma qarshilik va tegishli hajmiy solishtirma qarshilik hamda oʻtkazuvchanlik oʻrtasidagi bogʻliqlik B ilovada keltirilgan.
2-jadval — Cu-CATH-1 (CR001A) va Cu-CATH-2 (CR002A) ning 20 °C dagi elektr xossalari
Belgi | Raqam | Massaviy solishtirma qarshilik, Ω·g/m², maks. | Nominal hajmiy solishtirma qarshilik, μΩ·m, maks. | Nominal oʻtkazuvchanlik, MS/m, min. | Nominal oʻtkazuvchanlik, % IACS, min. |
Cu-CATH-1 | CR001A | 0,151 76 | (0,017 07) | (58,58) | (101,0) |
Cu-CATH-2 | CR002A | 0,153 28 | (0,017 24) | (58,00) | (100,0) |
1-IZOH — Hajmiy solishtirma qarshilik va oʻtkazuvchanlikning nominal qiymatlari massaviy solishtirma qarshilikdan B ilovada tavsiflangan usullar bilan hisoblangan.
2-IZOH — Hisoblashlardagi noaniqliklar tufayli koʻrsatma maqsadlarida berilgan ushbu nominal qiymatlar qavs ichida keltirilgan.
3-IZOH — “% IACS” ning izohi uchun B.2 ga qarang.
6.3 Oʻlchamlar va o‘g’ishlar
Mis katodlari butun holda yoki xaridor hamda yetkazib beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan va xaridorning buyurtmasida ko‘rsatilgan muayyan o‘lchamlarda qirqilgan (kesilgan) holda yetkazib berilishi lozim.
6.4 Sirt holati
Mis katodlari odatiy yuklash-tushirish va tashish ishlarida sinishga chidamli bo‘lishi lozim. Ularda tugunaklar (o‘simtalar), chekka o‘simtalar, shuningdek, elektrolit qoldiqlari, kir, moy va moylash materiallari kabi barcha begona moddalar imkon qadar bo‘lmasligi kerak.
7 Namuna olish
Mis katodlaridan tahlil uchun odatiy namuna olishda yoki elektr xossalarini odatiy aniqlashda namuna olish usuli namuna oluvchining ixtiyorida boʻladi.
Tarkibga oid nizoli hollarda katodlardan namuna olinishi va tahlil namunalari A ilovada tavsiflangan tartibga muvofiq tayyorlanishi kerak.
Elektr xossalariga oid nizoli hollarda, agar nizolashuvchi taraflar oʻrtasida boshqacha kelishilmagan boʻlsa (izohga qarang), katodlardan A ilovada tavsiflangan tartibga muvofiq namuna olinishi kerak. Nizodagi har bir topning elektr solishtirma qarshiligi yigʻma namunadan (A ilova, A.6 ga qarang) quyilgan uchta sinov quymasidan birida aniqlanishi kerak.
Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, solishtirma elektr qarshiligini aniqlash uchun reprezentativ (vakillik) namuna(lar)ni olish maqsadida, nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga binoan namuna olishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin.
8 Sinov usullari
8.1 Tahlil
8.1.1 Odatiy tahlil
Mis katodlarini joriy (kundalik) tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan tahlil usullari tahlilchining (laborantning) ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi.
8.1.2 Nizoli hollarda tahlil
Tarkibga oid nizoli hollarda tahlil 7-bandga muvofiq tanlangan namunalarda quyidagicha aniqlanishi kerak:
— Cu-CATH-1 (CR001A) mis navi uchun 1-jadvalda sanab oʻtilgan elementlar boʻyicha ishlatiladigan tahlil usullari nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida kelishilishi kerak;
— Cu-CATH-2 (CR002A) mis navi uchun mis EN 16117-2 dagi usulga muvofiq aniqlanishi kerak.
8.2 Elektr solishtirma qarshiligi
8.2.1 Elektr solishtirma qarshiligini odatiy aniqlash
Elektr solishtirma qarshiligini odatiy aniqlashda ishlatiladigan usullar sinovchining ixtiyorida boʻladi.
8.2.2 Nizoli hollarda elektr solishtirma qarshiligini aniqlash
Nizoli hollarda elektr solishtirma qarshiligi har bir topdan 7-bandga muvofiq tanlangan ifodalovchi namunada aniqlanishi kerak.
Sirtqi oksid qatlami sinov quyilmasidan (7-bandga qarang) olib tashlanishi lozim, shundan so‘ng u diametri 2 mm bo‘lgan sim holatiga kelguncha prokat qilinishi (valiklardan o‘tkazilishi) va/yoki cho‘zilishi (tortilishi) kerak.
Ifloslanish yoki haddan tashqari oksidlanishning oldini olishga eʼtibor berilgan holda, namuna dastlab issiq holda ishlov berilishi mumkin.
Diametri 2 mm boʻlgan sim yogʻsizlantirilishi va inert muhitda (500 ± 10) °C da 30 daqiqa yumshatilishi kerak, solishtirma qarshilik sinovi esa IEC 60468 ga muvofiq oʻtkazilishi kerak.
8.3 Qayta sinovlar
Agar 8.1 yoki 8.2-bandlarda nazarda tutilgan sinovlarning biri yoki bir nechtasi salbiy natija bersa (muvaffaqiyatsiz yakunlansa), talablarga javob bermagan xususiyat(lar)ni qayta sinovdan o‘tkazish uchun aynan o‘sha nazorat turkumidan ikkita sinov namunasini tanlab olishga ruxsat etiladi. Ushbu sinov namunalaridan biri dastlabki qoniqarsiz natija bergan sinov namunasi olingan o‘sha namuna olish birligidan olinishi lozim, bundan ushbu namuna olish birligining mavjud emasligi yoki etkazib beruvchi tomonidan qaytarib olinganligi hollari mustasno.
Agar har ikkala sinov namunasidan olingan namunalar tegishli sinov(lar)dan muvaffaqiyatli o‘tsa, unda taqdim etilgan nazorat topi ushbu hujjatning muayyan talab(lar)iga muvofiq keladi deb hisoblanadi. Agar birorta namuna sinovdan o‘ta olmasa, taqdim etilgan nazorat topi ushbu hujjat talablariga muvofiq kelmaydi deb topiladi.
8.4 Natijalarni yaxlitlash
Ushbu hujjatda tarkib yoki elektr solishtirma qarshiligi uchun belgilangan cheklovlarga muvofiqlikni aniqlash maqsadida sinovdan olingan kuzatilgan yoki hisoblangan qiymat ISO 31-0:1992 ning B ilovasida berilgan koʻrsatmaga asoslangan quyidagi tartibga muvofiq yaxlitlanishi kerak. U bir bosqichda ushbu hujjatda belgilangan cheklovni ifodalash uchun ishlatilgan raqamlarning oʻsha soniga yaxlitlanishi kerak.
Yaxlitlash uchun quyidagi qoidalardan foydalanilishi kerak:
a) agar saqlanishi kerak boʻlgan oxirgi raqamdan keyingi raqam 5 dan kichik boʻlsa, saqlanishi kerak boʻlgan oxirgi raqam oʻzgarishsiz qoldirilishi kerak;
b) agar saqlanishi kerak boʻlgan oxirgi raqamdan keyingi raqam 5 ga teng yoki undan katta boʻlsa, saqlanishi kerak boʻlgan oxirgi raqam bittaga oshirilishi kerak.
9.1 Muvofiqlik deklaratsiyasi
Yetkazib beruvchining muvofiqlik deklaratsiyasi talab qilinganda [5-bandning f) roʻyxat bandiga qarang] tegishli maʼlumot EN ISO/IEC 17050-1 va EN ISO/IEC 17050-2 da mavjud.
9.2 Nazorat hujjatlari
Nazorat hujjati talab qilinganda [5-bandning g) roʻyxat bandiga qarang] tegishli maʼlumot EN 10204 da mavjud.
.
10 Tamgʻalash
Mis katodlari, toʻliq oʻlchamli yoki kesilgan boʻlishidan qatʼiy nazar, ishlov berish uchun mos ogʻirlikdagi paketlarga yigʻilishi kerak. Har bir paket unda ishlab chiqargan korxonasi (zavod) va mis markasi (ya’ni brend) identifikatsiya qilinishi (aniqlanishi) uchun tamg‘alanishi shart.
Mis katodlariga bevosita hech qanday metall taniqlik belgilari mahkamlanmasligi kerak.
A ilova
(meʼyoriy)
Nizoli hollarda katodlardan namuna olish va tahlil namunalarini tayyorlash uchun usullar
A.1 Kirish
Nizoli vaziyatlarda katod toplaridan namunalarni tanlab olish uchun mo‘ljallangan uslub bayon etilgan. Shuningdek, ushbu tanlab olingan katod namunalaridan tahlil o‘tkazish hamda elektr xususiyatlarini aniqlash uchun qulay shaklda bo‘lgan va tovar turkumini ifodalovchi (aks ettiruvchi) takroriy laboratoriya namunalarini olish tartib-taomillari tavsiflangan.
A.2 Taʼriflar
Ushbu usul maqsadi uchun 3.4 dan 3.7 gacha boʻlgan taʼriflar qoʻllanadi.
A.3 Asbob-uskunalar va reaktivlar
A.3.1 Tigel, zich yopiladigan qopqoqli
A.3.2 Xlorid kislota, 10 % (hajm boʻyicha), tijorat navi
A.3.3 Deionizatsiyalangan suv
A.3.4 Elektr induksion yoki qarshilikli eritish pechi, yuqori haroratlarda inert ichki muhitni taʼminlash imkoniyati bilan
A.3.5 Tayoqcha
A.3.6 Sinov quymasi qoliplari, koʻndalang kesimi 20 mm × 20 mm va uzunligi 100 mm dan 200 mm gacha boʻlgan quymalarni taʼminlashi zarur
Xaridor va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida sinov quymasi qoliplarining boshqa konstruksiyalaridan foydalanish mumkin.
A.3.7 Parmalash, frezalash yoki arralash dastgohi, qattiq qotishma uchli kesuvchi asboblar bilan jihozlangan
A.3.8 Magnit
A.4 Namuna katodlarini tanlash
A.4.1 Mahsulotni toplarga boʻlish
A.4.1.1 Agar katodlar topi bitta korxonada ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 25 tonnadan ortiq hamda 200 tonnagacha (200 tonna ham uning ichiga kiradi) hajmdan iborat bo‘lsa, u bitta top (partiya) deb hisoblanadi. Hajmi 200 tonnadan ortiq bo‘lgan har qanday katodlar topi har biri 200 tonnadan oshmaydigan, taxminan teng hajmdagi bir nechta partiyalarga bo‘linishi lozim.
A.4.1.2 Agar mahsulot bir nechta zavoddan kelib chiqqan katodlardan iborat boʻlsa, uni har biri bitta zavoddan boʻlgan qism mahsulotlariga ajratiladi va har bir qism mahsulotni A.4.1.1 da tavsiflangandek toplarga boʻlinadi.
A.4.2 Partiyadan tasodifiy namuna olish
Har bir topdan a) yoki b) usulidan foydalanib 24 ta namuna katodini tasodifiy tanlang:
a) topdagi har bir katodni ketma-ket raqamlang. Tasodifiy sonlar jadvallaridan foydalanib 24 ta namuna katodini tasodifiy tanlang (izohga qarang);
b) topdagi har bir pachkani ketma-ket raqamlang. Tasodifiy sonlar jadvallaridan foydalanib 24 ta alohida paketni tasodifiy tanlang (izohga qarang). Odatiy paket ichidagi har bir katod holatini ketma-ket raqamlang. Tasodifiy sonlar jadvallaridan foydalanib, 24 ta namuna katodini olish uchun tasodifiy tanlangan har bir paketdan bittadan katodni tasodifiy tanlang.
IZOH — Chop etilgan tasodifiy sonlar jadvallari mavjud. Shuningdek, tasodifiy sonlarni generatsiya qila oladigan turli kompyuter dasturlari ham mavjud.
Agar top 24 tadan kam paketdan iborat boʻlsa, a) usulidan foydalaning. Agar top 24 ta yoki undan ortiq pachkadan iborat boʻlsa, usulni tanlash xaridor va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi kelishuv masalasi hisoblanadi. Agar aniq tanlov qilinmagan boʻlsa, a) usulidan foydalaning.
A.5 Katod namunalarini tayyorlash
A.4 ga muvofiq tanlangan 24 ta namuna katodining har biridan alohida namuna oling; buning uchun har bir katoddan vertikal tasma kesib oling. Tasma shunday holatdan olinishi kerakki, shu tarzda kesilgan 24 ta tasma yigʻindisi bir, ikki yoki uchta toʻliq katodning barcha nuqtalarini, shu jumladan katod qirralari va osgichlarini aks ettirilishi zarur. Barcha vertikal tasmalar bir xil kenglikda boʻlishini va namuna katodlari tanlangan tartibda chapdan oʻngga ketma-ket kesilishini taʼminlang.
A.6 Yigʻma namunani tayyorlash
Tahlil qilinadigan topdandan bir miqdor misni tigelda eritib va bu eritmani tashlab yuborish yoʻli bilan toza tigelni (A.3.1 ga qarang) tayyorlang.
A.5 ga muvofiq tanlangan 24 ta tasmani xona haroratida 15 daqiqa davomida xlorid kislotaga (A.3.2 ga qarang) botirish yoʻli bilan tozalang. Keyin katod tasmalarini deionizatsiyalangan suvda (A.3.3 ga qarang) yaxshilab yuving va quritishga qoʻying.
Mavjud eritish uskunasi oʻlchamiga qarab, keyingi tahlilga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan temir va xromning oksidlanishini oldini olish uchun eritmaga kislorod kirishidan ehtiyot boʻlgan holda a) yoki b) boʻyicha harakatlaning:
a) barcha tozalangan tasmalarni pechdagi tozalangan tigelga (A.3.4 ga qarang) soling va namuna erigunga qadar inert muhitda qizdiring. Yigʻma namunani tashkil etuvchi eritmani tayoqcha (A.3.5 ga qarang) bilan yaxshilab aralashtiring va uni anʼanaviy quyma qoliplariga quying, sinov quymasi qoliplaridan (A.3.6 ga qarang) foydalanib, quyish operatsiyasining boshida, oʻrtasida va oxirida bittadan boʻlib uchta sinov quymasini quying;
b) agar mavjud pech/tigel kompozit namunani eritish uchun yetarlicha katta boʻlmasa, 24 ta tasmani A.6 a) dagidek eritish va quyish uchun ikki yoki undan ortiq topga guruhlang, har bir topdan avvalgidek uchta sinov quymasini qoliplarga (A.3.6 ga qarang) quying.
Nizoli hollarda elektr xossalarini aniqlash uchun a) yoki b) dan olingan uchta sinov quymasidan birini ishlating (7-bandga qarang).
A.7 Yigʻma tahlil namunasini tayyorlash
A.6 bandga muvofiq tayyorlangan barcha sinov quyilmalaridan parmalash, frezerlash yoki arralash orqali namunalar olinadi. Haddan tashqari qizib ketishning va buning natijasida qirindilar oksidlanishining oldini olish choralarini ko‘rgan holda, karbid plastinkali asboblardan foydalaniladi; bunda yaxlit namunani, binobarin, partiyani ham ifodalovchi (aks ettiruvchi) mayda qirindilardan iborat bo‘lgan, umumiy massasi 600 grammdan ortiq tahliliy namuna olinishi ta’minlanishi lozim.
Yigʻma namunada mavjud har qanday temir zarralarini ehtiyotkorlik bilan olib tashlash uchun magnitdan foydalaning.
A.8 Tahlil namunalarini tayyorlash va taqsimlash
A.7 ga muvofiq olingan yigʻma tahlil namunasini har biri kamida 150 g boʻlgan toʻrtta qismga boʻling.
Har bir qismni toza, quruq idishga soling va idishni quyidagilar bilan aniq belgilang:
a) namuna olish sanasi va joyi;
b) namuna ifodalayotgan yetkazma/partiya(lar) tafsilotlari;
c) namuna oluvchining nomi;
d) namuna raqami;
e) boshqa har qanday tegishli maʼlumot.
Ushbu qismlardan birini yetkazib beruvchi tahlili uchun, birini xaridor tahlili uchun ishlating, birini hakamlik tahlili uchun zaxirada saqlang (agar bu zarur boʻlib qolsa) va toʻrtinchisini kutilmagan holatlar uchun zaxirada saqlang.
B ilova
(maʼlumot uchun)
Elektr solishtirma qarshiligi va oʻtkazuvchanligi oʻrtasidagi bogʻliqliklar haqida maʼlumot
B.1 Solishtirma massa qarshiligi
Koʻndalang kesim yuzalarini talab qilinadigan aniqlik darajasida aniqlash qiyin. Shu sababli amalda solishtirma qarshilikni baholashning deyarli barchasi ifodalovchi namunaning qarshiligi, massasi va uzunligini oʻlchash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Solishtirma massa qarshiligi ushbu qiymatlardan bevosita hisoblash mumkin va bu misning elektr tokini oʻtkazish sifatini aniq oʻlchashni beradi.
B.2 Standart yumshatilgan mis (IACS)
IEC 60028 misning elektr toki oqimiga qarshiligi uchun qatʼiy qiymatni belgilashda oldingi yillardagi dalillardan foydalanadi (AQSh Milliy standartlar byurosining 1956 yildagi 31-sonli sirkulyariga qarang, u AQSh Milliy standartlar byurosining 1966 yildagi 100-sonli qoʻllanmasi bilan almashtirilgan). Bu 20 °C da 1/58 μΩ·m yoki 0,017 241 μΩ·m hajmiy solishtirma qarshilikka asoslangan boʻlib, u 20 °C da 100 % IACS oʻtkazuvchanlikka mos keladi deb taʼriflanadi. 1948 yilda Xalqaro omning joriy etilishi standart yumshatilgan misning hajmiy solishtirma qarshiligini atigi 0,049 % ga oʻzgartirdi.
Shuningdek, ushbu oldingi dalillar asosida standart yumshatilgan misga 8,89 g/cm³ zichlik belgilanadi.
B.3 Tijorat tavlangan misi (tavlangan texnik mis)
IEC 60028 da “tijorat yumshatilgan misning (elektr) oʻtkazuvchanligi 20 °C da standart yumshatilgan misnikiga nisbatan foizda taxminan 0,1 % aniqlikda ifodalanishi kerak” deyilgan; bunda “tijorat yumshatilgan misning 20 °C dagi zichligi 8,89 g/cm³” deb faraz qilinadi.
B.4 Nominal hajmiy solishtirma qarshilik
Tijorat misining zichligi tarkibidagi kichik oʻzgarishlar, xususan kislorod tarkibi bilan oʻzgaradi. Shu sababli aniq hajmiy solishtirma qarshilikni oʻlchangan massaviy solishtirma qarshilikdan faqat maʼlum namunaning aniq zichligi maʼlum boʻlganda yoki talab qilinadigan aniqlik darajasida, yaʼni 0,1 % dan yaxshiroq oʻlchanganda hisoblash mumkin.
Biroq umumiy maqsadlar uchun nominal hajmiy solishtirma qarshilik B.2 da keltirilgan 8,89 g/cm³ zichlikdan foydalanib hisoblanishi va 2-jadvalda ishlatilishi mumkin.
B.5 Oʻlchangan va nominal qiymatlar orasidagi farqlar
Agar oʻlchangan solishtirma massa qarshiligi aniq hajmiy solishtirma qarshilik yoki aniq oʻtkazuvchanlik talab qilinsa va shuning uchun hisoblashda haqiqiy zichlikdan foydalanilsa, ushbu qiymatlar bilan tegishli nominal qiymatlar orasida 0,5 % gacha farq yuzaga kelishi mumkin.
Standart yumshatilgan misning massaviy solishtirma qarshiligi (0,153 28 Ω·g/m²) ning hosil qilingan massaviy solishtirma qarshilikka nisbatidan hisoblangan oʻtkazuvchanlik ham shunga oʻxshash tafovutni koʻrsatishi mumkin.
UDK 669.3 : 621.357
MKS 77.150.30
Kalit soʻzlar: mis, mis qotishmalari, mis katodlari, elektrolitik choʻktirish, kimyoviy tarkib, elektr solishtirma qarshiligi, oʻtkazuvchanlik, namuna olish, markirovka
© Standart ilova portali. All rights reserved.