03.11.2026
02.01.2027
0
0
0
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Avtorejim tirgak toʻsini
Texnikaviy shartlar
Rasmiy nashr
Oʻzbekiston standartlar instituti
Toshkent
Soʻzboshi
STQ 7 “Transport” sohasida standartlashtirish boʻyicha Texnik qo‘mitasi hamda «AXBOROT M-M» MCHJ tomonidan ISHLAB CHIQILDI
Oʻzbekiston Standartlar institutining 2026 yildagi _______-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.
DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga boʻlgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston hududida amalga kiritish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni O’zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi O’zbekiston standartlar institutiga tegishli.
Mundarija
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
O’zbekiston Respublikasining milliy standartlashtirish tizimi
MILLIY STANDARTLAR
Avtorejim tirgak toʻsini
Texnikaviy shartlar
Национальная система стандартизации Республики Узбекистан
НАЦИОНАЛЬНЫЕ СТАНДАРТЫ
Балка опорная авторежима
Технические условия
National standardization system of the Republic of Uzbekistan
NATIONAL STANDARDS
Support beam of the automatic control system
Technical conditions
_____________________________________________________________________________
Amalga kirish sanasi________________________
Ushbu standart yuk vagonlarining ГОСТ 9246 boʻyicha ikki oʻqli 18-100 rusumidagi yoki 18-9597 rusumidagi telejkalariga oʻrnatish uchun moʻljallangan avtorejim tirgak toʻsini (keyingi oʻrinlarda-toʻsin) ga joriy etiladi.
Toʻsin ГОСТ 15150 boʻyicha “УХЛ” 1-toifali iqlimiy ijrosida tayyorlangan boʻlishi kerak.
Mahsulotning buyuritmadagi yozilishi misoli:
«Avtorejim tirgak toʻsini O‘zMSt________:2026».
Ushbu standart talablari majburiy va sertifikatlashtirish uchun yaroqlidir.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:
ГОСТ 9.402-2004 Единая система защиты от коррозии и старения. Покрытия лакокрасочные. Подготовка металлических поверхностей к окрашиванию.
ГОСТ 12.1.004-91 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования.
ГОСТ 12.1.005-88 Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны.
ГОСТ 12.1.007-76 Система стандартов безопасности труда. Вредные вещества. Классификация и общие требования безопасности.
_____________________________________________________________________________________
Rasmiy nashr
ГОСТ 12.2.061-81 Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности к рабочим местам.
ГОСТ 12.2.062-81 Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Ограждения защитные.
ГОСТ 12.3.002-2014 Система стандартов безопасности труда. Процессы производственные. Общие требования безопасности.
ГОСТ 12.4.010-75 Система стандартов безопасности труда. Средства индиви-дуальной защиты. Рукавицы специальные. Технические условия.
ГОСТ 12.4.013-85 Система стандартов безопасности труда. Очки защитные. Общие технические условия.
ГОСТ 17.2.3.02-2014 Правила установления допустимых выбросов вред-ных веществ промышленными предприятиями.
ГОСТ 166 -89 Штангенциркули. Технические условия.
ГОСТ 380-2005 Сталь углеродистая обыкновенного качества. Марки.
ГОСТ 427-75 Линейки измерительные металлические. Технические условия.
ГОСТ 3242-79 Соединения сварные. Методы контроля качества.
ГОСТ 5264-80 Ручная дуговая сварка. Соединения сварные. Основные типы, конструктивные элементы и размеры.
ГОСТ 6402-70 Шайбы пружинные. Технические условия.
ГОСТ 6465-76 Эмали ПФ-115. Технические условия.
ГОСТ 7409-2018 Вагоны грузовые. Требования к лакокрасочным покрытиям.
ГОСТ 8724-2002 Основные нормы взаимозаменяемости. Резьба метрическая. Диа-метры и шаги.
ГОСТ 9150-2002 Основные нормы взаимозаменяемости. Резьба метрическая. Про-филь.
ГОСТ 9246-2013 Тележки двухосные трехэлементные грузовых вагонов железных дорог колеи 1520 мм. Общие технические условия.
ГОСТ 14771-76 Дуговая сварка в защитном газе. Соединения сварные. Основные типы, конструктивные элементы и размеры.
ГОСТ 15150-69 Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категории, условия эксплуатации, хранения и транспортирования в части воздействия климатических факторов внешней среды.
ГОСТ 24297-2013 Верификация закупленной продукции. Организация проведения и методы контроля.
ГОСТ 24705-2004 Основные нормы взаимозаменяемости. Резьба метри-ческая. Основные размеры.
Izoh – Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo’yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko’rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishini tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agar havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo’lmagan qismida qo‘llaniladi.
Ushbu standartda quyidagi terminlar va ularga mos ta’riflar ishlatilgan:
3.1 Avtorejim tirgak to`sini:
Balka yuk vagonlari telejkalarining ajralmas qismi bo‘lib, telejka yon ramasining polka-lariga o‘rnatiladi. U avtorejim mexanizmi uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi va yuk ortilgan vagonda uning yetarli bosilishini ta’minlaydi. U vagonning yuklanishiga qarab tormoz kuchini rostlash mexanizmining barqaror ishlashini ta’minlaydi, ortiqcha yuklanishlarning oldini oladi va poyezdlar harakati xavfsizligini oshiradi.
4.1 Umumiy talablar
4.1.1 Avtorejim tirgak toʻsini ushbu standart talablariga va 9597.62.000 spesifik xususiyatlariga koʻra loyiha hujjatlari toʻplamiga muvofiq kelishi kerak.
4.1.2 Toʻsinning tuzilishi quyidagi elementlardan iborat:
- toʻsinning chetki teshiklari markazi boʻylab payvand qilingan ikkita plan-kadan;
- toʻsinga payvand qilingan, boltli birikmalarga, ularga avtorejim tirgagiga tayanishga moʻljallangan, tartibga soluvchi va kontakt plankalar qotiriladigan plankalardan.
4.2 Asosiy parametrlari va oʻlchamlari
4.2.1 Toʻsinning asosiy parametrlari va oʻlchamlari 1-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarga mos kelishi kerak.
1-jadval- Toʻsinning asosiy parametrlari va oʻlchamlari.
T/r | Parametrlari va oʻlchamlari | Parametrlar va oʻlchamlar boʻyicha me'yorlar |
1 | Telejka yon tomon ramalariga qotirish uchun moʻljallangan teshiklar orasidagi masofa, mm | 1704* |
2 | Telejka yon tomon ramalariga qotirish uchun moʻljallangan teshiklar markazidan kontakt plankasigacha boʻlgan masofa, mm | 362±2 |
Izoh: (*) bilan belgilangan parametrlar ma'lumot uchun.
4.3 Qurilmaga talablar
4.3.1 Toʻsin qurilmasi 9597.62.000 loyihaviy hujjatlar toʻplami
talablariga muvofiq kelishi kerak.
4.3.2 Tartibga soluvchi plankalarning eng koʻp ishlatilishi – 5 dona.
4.4 Payvand birikmalarga talablar
4.4.1 Detallarni payvandlashga hozirlash, qoʻllanilayotgan elektrodlar va payvandlash simlari rusumlari, payvandlash usullarni 9597.62.000 chizmalar toʻplami talablariga muvofiq
kelishi kerak.
4.4.2 Barcha payvandlangan birikmalar kuyindi va gʻovaklarsiz, tosh qotgan jismlar, toshqollar, sachratqilar va boshqa gʻadir-budirlardan tozalangan boʻlishi kerak.
4.4.3 Payvandlash materiallari eritilayotgan metall choki mexanik xususiyatlari asosiy metallning mexanik xususiyatlaridan past boʻlmasligini ta'minlashi kerak.
4.4.4 Payvand choklarining parametrlari va oʻlchamlari, choklar tarkibiy qismlarida yoʻl qoʻyiladigan chetga ogʻishlar loyihaviy hujjatlar, shuningdek:
- ГОСТ 5264 boʻyicha dastaki payvandlash uchun;
- ГОСТ 14771 boʻyicha himoya gazlarida elektr yoyli payvandlash uchun,
talablarga muvofiq kelishi kerak.
4.5 Materiallarga talablar
4.5.1 Toʻsinni tayyorlash uchun zarur boʻlgan detallar, 9597.62.000 loyiha
chizmalari talablariga muvofiq materiallardan tayyorlanishi kerak.
4.5.2 Toʻsinni tayyorlashda qoʻllaniladigan materiallar va yarim tayyor mahsulotlar muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi kerak.
4.5.3 Navli va tunuka prokatdan yasalgan detallar tegishli prokat uchun standartlarda belgilangan yoki chizmalarda koʻrsatilgan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan egrilik darajasida toʻgʻrilanishi kerak.
4.5.4 Tartibga soluvchi 1,5 mm; 2 mm; 3 mm va 4 mm qalinlikdagi plankalar qoʻllaniladi.
4.5.5 Payvandlanadigan detallarning materiallari payvandlash kafolatigi ega boʻlishi kerak.
4.5.6 Payvandlash materiallari eritiladigan metallning ГОСТ 380 boʻyicha Ст3 dan past boʻlmagan mexanik xususiyatlarini ta'minlab berishi kerak.
4.5.7 Lak-boʻyoq qoplamalar ГОСТ 6465 talablariga muvofiq kelishi kerak.
4.6.1 Mustahkamlovchi detallar standartlarga, chizmalarga mos kelishi, bunda rezba ГОСТ 8724, ГОСТ 9150, ГОСТ 24705 talablariga muvofiq kelishi kerak.
4.6.2 Rezbali birikmalar oʻz-oʻzidan boʻshalib ketmasligi uchun ГОСТ 6402 boʻyicha prujinali shaybalar yordamida toʻxtatib qoʻyiladi .
4.6.3 Shplintlar oʻrnatilganidan keyin uning har ikki shoxi orasi 450-900 burchak ostida bukib ajratib qoʻyilishi kerak.
4.6.4 Detallardagi rezbalar silliq, oʻyiqlarsiz va gʻadir-budirlarsiz, iplari uqalangan, yulingan va uning mustahkamligiga ta'sir koʻrsatuvchi boshqa nuqsonlarsiz boʻlishi kerak.
4.7 Qoplamalarga talablar
4.7.1 Metall yuzalarni boʻyashga (gruntlashga) hozirlash ГОСТ 9.402 boʻyicha amalga oshirish kerak. Boʻyash uchun hozirlab qoʻyilgan yuzalar quruq boʻlishi kerak.
4.7.2 Toʻsinni ГОСТ 7409 boʻyicha boʻyash kerak .
Boʻyoq toʻsin yuzasida tekis yotishi, ishirilgan pufakchalar va boshqa yot qoʻshilmalar boʻlmasligi kerak.
4.7.3 Qoplamalar havoga, ishlab chiqarish gazlaridan ifloslanishga, shuningdek yuzalarni tozalashda qoʻllaniladigan vositalar ta'siriga chidamli boʻlishi kerak.
4.8 Butligi
4.8.1 Toʻsinlarga ularning mazkur standart talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va quyidagilardan iborat hujjat ilova qilinadi:
- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi;
- ishlab chiqaruvchi korxonaning manzili;
- mazkur standartning belgilanishi;
- yuklab joʻnatilgan sanasi;
- mahsulot Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab yetkazib berilganida «O'zbekistonda ishlab chiqarilqan» degan yozuv va eksport qilinadigan mahsulotlar uchun «Made in Uzbekistan» degan yozuv.
4.9 Tamgʻa bosish
4.9.1 Toʻsin quyidagilar tushirilgan taxtachaga ega boʻlishi kerak:
- mahsulotning nomi,
- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va mulk shakli,
shuningdek uning joylashgan manzili;
- mahsulotning asosiy texnik xususiyatlari:
tyelejkalarning yon tomon ramalariga qotirish uchun teshiklar orasidagi masofa, mm
tyelejkaning yon tomon ramalariga qotirish uchun moʻljallangan teshik markazidan kontakt plankagacha boʻlgan masofa, mm
- sof massa, kg
- gabarit (sirtqi) oʻlchamlari, mm
- ishlab chiqaruvchi korxonaning tovar belgisi, shartli tartib raqami;
- tayyorlangan sanasi;
- xizmat qilish muddati;
- standartlash boʻyicha me'yoriy hujjat: O‘zMSt________:2026
4.10 Oʻrash
Oʻrash talab qilinmaydi.
- Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar. ГОСТ 12.1.004;
- Ish zonasi havosiga umumiy sanitar-gigienik talablar ГОСТ 12.1.005 boʻyicha;
- Zararli moddalar. Xavfsizlikning turkumlanishi va umumiy talablar ГОСТ 12.1.007 boʻyicha;
- Ishlab chiqarish uskunalari. Ish oʻrinlariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari ГОСТ 12.2.061 boʻyicha;
- Ishlab chiqarish uskunalari. Himoya toʻsiqlari ГОСТ 12.2.062 boʻyicha;
- Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari ГОСТ 12.3.002 boʻyicha.
5.2 Toʻsinni tayyorlash boʻyicha bajariladigan barcha ishlar ish jarayonida xavfsizlik, elektr xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, ГОСТ 12.4.010, ГОСТ 12.4.013 boʻyicha himoya vositalaridan foydalanilishini hisobga olib, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
5.3 To‘sin yuzasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni jarohatlashi mumkin bo‘lgan o‘tkir qirralar va burmalar bo‘lmasligi kerak.
5.4 To‘sinni tayyorlashda ГОСТ 17.2.3.02 bo‘yicha sanoat chiqindilari bilan ifloslanishdan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha barcha zarur tadbirlarga rioya qilish kerak.
6.1 Toʻsinning ushbu standart talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun, ishlab chiqaruvchi korxona buyurtmachi ishtirokida qabul qilish – topshirish sinovlarini oʻtkazadi.
6.2 Sinovlarda toʻsin yoppasiga tekshiruvga tortiladi.
6.3 Texnik nazorat boʻlimi (TNB) belgilangan tartibda, ГОСТ 24297 ga binoan, keltirilayotgan materiallar va butlovchi buyumlar standartlar, texnikaviy shartlar, sertifikatlar yoki yetkazib beruvchi zavodlarning boshqa hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini amalga oshiradi.
6.4 Tayyorlash davomida ishlab chiqaruvchi korxona TNB texnologik jarayonga asosan har bir toʻsinni ishlar ketma-ketligi boʻyicha texnik tekshiruvdan oʻtkazadi. TNB tayyorlash texnologiyasini, qoʻllanilayotgan asbob-uskunalar, jihozlar, oʻlchash vositalarini nazorat qiladi.
6.5 Har bir toʻsinning qabul qilish-topshirish sinovlarini TNB buyurtmachi bilan birgalikda oʻtkazadi. Qabul qilish-topshirish sinovlari natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
6.6 Qabul qilish-topshirish sinovlarida toʻsinning tashqi koʻrinishi koʻzdan kechirib chiqiladi va tekshiriladi:
- toʻsin mazkur standartning 4.1; 4.2; 4,3; 4.4; 4.5; 4.6; 5.3 bandlari boʻyicha toʻgʻri yigʻilgani;
- mazkur standartning 4.7 bandiga muvofiq surtilgan qoplamaning sifati;
- mazkur standartning 4.9 bandi talablariga muvofiq tamg`a bosilgani;
- mazkur standartning 4.8 bandi talablariga muvofiq butlanganligi.
6.7 Agar toʻsinni qabul qilish-topshirish sinovlarini oʻtkazish jarayonida ushbu standart talablaridan chetga chiqish holatlari aniqlansa, unda buning sabablari aniqlanadi va aniqlangan nuqsonlar tuzatiladi, shundan keyin toʻsin oʻsha talablardan chetga chiqish aniqlangan bandlar boʻyicha qabul qilish-topshirish sinovlariga takroran tortilishi kerak.
7.1 Toʻsinning mazkur standart va loyihaviy hujjatlar talablariga muvofiqligi nazorati tekshirib chiqish va oʻlchashlar bilan amalga oshiriladi.
7.2 Sinovlarni oʻtkazishda qoʻllaniladigan oʻlchov vositalari: attestasiyadan oʻtkan, tekshirilgan, andazalari oʻlchangan boʻlishi shart.
7.3 Butlovchi buyumlar va materiallar nazorati kirish nazorati jarayonida ilova qilinayotgan hujjatlarga asosan (zaruriyat tugʻilsa – laboratoriya tahlillari va sinov natijalari boʻyicha) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan tartibda ГОСТ 24297 talablariga muvofiq oʻtkazilishi kerak.
7.4 Detallar va bogʻlamlarning jayonma-jarayon nazorati ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Mazkur standart bandlari boʻyicha tekshiriladigan parametrlar va nazorat usullari 2-jadvalda koʻrsatilgan.
2-jadval- Tekshiriladigan parametrlar va nazorat usullari
T/r | Parametrning nomlanishi | Nazorat usullari |
1-jadval 1-band | Telejkaning yon tomon ramalariga qotirish uchun moʻljallangan teshiklar orasidagi masofa, mm | Oʻlchash |
1-jadval 2-band | Telejkaning yon tomon ramalariga qotirish uchun moʻljallangan teshiklar markazidan kontakt plankalarigacha boʻlgan masofa, mm | Oʻlchash |
4.4 | Payvand birikmalarga talablar | Koʻz bilan koʻrib chiqish va oʻlchash (zaruriyat boʻlsa) |
4.5 | Materiallarga talablar | Materiallarning MTH (me'yoriy-texnik hujjatlari), sertifikatlar |
4.6 | Mahkamlovchi detallarga talablar | Koʻz bilan koʻrib chiqish |
4.7 | Qoplamalarga talablar | Koʻz bilan koʻrib chiqish |
4.8 | Butligi | Koʻz bilan koʻrib chiqish |
4.9 | Tamgʻa bosilishi | Koʻz bilan koʻrib chiqish |
5.3 | Texnika xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi | Koʻz bilan koʻrib chiqish |
7.5 Toʻsin detallari va yigʻma birliklarining uzunlik oʻlchovlari nazorat oʻlchovi umuman ГОСТ 166 boʻyicha shtangensirkul bilan, ГОСТ 427 boʻyicha metall oʻlchov chizgʻichi bilan amalga oshiriladi.
7.6 Payvand birikmalar sifati nazorati nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida tashqi tamonidan koʻrish orqali amalga oshiriladi. Payvand birikmalari sifatini nazorat qilish usullari ГОСТ 3242 talablariga mos kelishi kerak.
7.7 Qoʻllanilayotgan materiallar tekshiruvi (mazkur standartning 4.5 bandi) kirish nazorati paytida TNB xodimlari tomonidan pasportlari, texnik yaroqliligi dalolatnomalari yoki ГОСТ 24297 boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari asosida amalga oshiriladi.
7.8 Qoplamalar sifati (mazkur standartning 4.7 bandi) ГОСТ 7409 ga muvofiqligi tekshiriladi.
7.9 Butligi (mazkur standartning 4.8 bandi) va tamgʻa bosilishi (mazkur standartning 4.9 bandi) koʻz bilan koʻrib tekshiriladi.
8.1 Toʻsin har qanday transportda tashilishi mumkin.
8.2 Toʻsinni transportda tashish ГОСТ 15150 boʻyicha 7 (Ж1) gruhiga muvofiq kelishi kerak.
Transportda tashish usullari toʻsinni mexanik shkastlanishlardan himoyalanganligini ta'minlay olishi kerak.
8.3 Toʻsinni ob-havo omillari ta'siridan himoyalash shartlari jihatidan ГОСТ 15150 boʻyicha 2(C) guruhiga muvofiq kelishi kerak.
9.1 Toʻsindan yuk vagonlarining ГОСТ 9246 boʻyicha ikki oʻqli 18˗100 rusumidagi yoqi 18-9597 rusumidagi telejkalarida uning kontakt plankalariga avtorejim tirgagi tiralishi uchun foydalaniladi.
10.1 Ishlab chiqaruvchi buyuritmachi tomonidan foydalanish, saqlash va tashish shartlariga rioya etilgan taqdirda, toʻsin, ushbu standart talablariga muvofiq kelishligini kafolatlaydi.
10.2 Toʻsindan foydalanish kafolat muddati ishlab chiqaruvchi korxona va iste'molchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi, biroq bu muddat ta'mirlash davri oraligʻida tugamasligi kerak.
MUT 3183830 SMT 45.060
____________________________________________________________________
Muhim soʻzlar: toʻsin, texnikaviy talablar, butligi, tamgʻa bosish, qabul qilish qoidalari, nazorat usullari, ishlab chiqaruvchining kafolatlari
«KELISHILGAN» «TASDIQLAYMAN»
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ
Strategik rivojlantirish va «Quyuv-mexanika zavodi» AJ
Sanoat faoliyatini tashkil etish boshqaruv raisi
Departamenti boshligʻi Bosh
muhandis oʻrinbosari
___________________K.T. Rashidov _________________X.N. Xasilov
«____» ________________2026 y. «____» _______________2026 y.
«KELISHILGAN»
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ
Vagon xoʻjaligi departamenti
boshligʻi
________________K.K. Narzulloyev
«____» ________________2026 y.
«KELISHILGAN»
«Quyuv-mexanika zavodi» AJ
bosh muhandisi
____________Sh.R. Egaberdiyev
. «____» ______________2026y.
«KELISHILGAN» «ISHLAB CHIQUVCHI»
«Quyuv-mexanika zavodi» AJ «Quyuv-mexanika zavodi» AJ
bosh loyihachisi yetakchi muhandis-loyihachisi
_________________ R.G. Toshev _______________E.N. An
«____» _______________2026 y. «____»______________2026 y.
Toshkent – 2026 y.
Oʻzgartirishlar | Varaqlar (betlar) tartib raqami | Hujjatdagi jami varaqlar (betlar) . | Yoʻllanma hujjatning kirish № | Hujjatning № va sanasi | Imzo | Sana | |||
Oʻzgartiril-gani | Almashtiril-gani | Yangilari | Bekor qilingani | ||||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | + |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
© Standart ilova portali. All rights reserved.