main-logo

Kabinet

Loyiha yaratuvchi:

“O‘zavtosanoat” Aksionerlik jamiyati qoshida STQ 13 “Avtomobilsozlik” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

107

Muhokamaga chiqarish sanasi

22.11.2025

Yakunlanish sanasi

21.01.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

DAMAS VA LABO AVTOMOBILLARINING

PLASTMASSA BUTLOVCHI QISMLARI

Rasmiy nashr

O‘zbekiston standartlar instituti

Toshkent sh.

So‘z boshi

1. STQ 13 “Avtomobilsozlik” va “ABDUL LATIF” MCHJ tomonidan ISHLAB CHIQILDI.

2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan __________ yil ________dagi ______-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.

3. DASTLABKI JORIY ETILISHI.

Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi

O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli 

II

Mundarija

1 Qollanish sohasi.…………………..………………………………………………… 1

2 Standartlarga  havolalar..…………….………….……………………………………. 1

3 Texnik talablar..……….………….……………………………….…………………. 2

4 Xavfsizlik va atrof muxitni muxofaza qilish talablari….……...……………………... 4

5 Qabul qilish qoidalari..…………………………………….……..………………….... 5

6 Nazorat usullari…..……………………………………….…….…………….….… 6

7 Transport bilan yetkazib berish va saqlash……………..……………...…….………..   7

8 Ishlatish yo‘riqnomasi…………………………………..…………..………………… 7

9 Ishlab chiqaruvchining kafolatlari …………………………………........................  7

10 Bibliografiya…………................................................................................................ 8

11 Bibliografik ma’lumotlar.............................................................................................. 9

III

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

DAMAS VA LABO AVTOMOBILLARINING  PLASTMASSA BUTLOVCHI QISMLARI

ПЛАСТИКОВЫЕ КОМПЛЕКТУЮЩИЕ ЧАСТИ ДЛЯ АВТОМОБИЛЕЙ DAMAS И LABO

PLASTIC PATS FOR DAMAS AND LABO CARS

                                               Amalga kiritish sanasi___________________

1 Qo‘llanish sohasi

Ushbu standart DAMAS va LABO avtomobillarining plastmassa butlovchi qismlari uchun amal qiladi. Quyish orqali ishlab chiqarilgan avtomobillarning ayrim to‘plami uchun mo‘ljallangan.

Ushbu standart ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan transport vositalarining to‘liq to‘plami uchun yetkazib beriladigan plastmassa butlovchi qismlariga talablarni belgilaydi.

Ushbu standartning barcha talablari majburiy va sertifikatlash uchun javob beradi.

Plastmassa butlovchi qismlari ni belgilanishi, mahsulotlarning nomi, bajarilish raqami va ushbu standartning belgilanishidan iborat bo‘ladi.

Mahsulotni buyurtmadagi va (yoki) boshqa hujjatdagi yozuvi misoli:

CLAMP - detal nomi; 

- OʻzMSt___________:202_ ushbu standartning belgilanishi.

CLAMP,HARNES N01 - detal nomi; 

- OʻzMSt___________:202_ ushbu standartning belgilanishi.

BUTTON,CHOKE CABLE - detal nomi; 

- OʻzMSt___________:202_ ushbu standartning belgilanishi.

HANDLE ASM-FRT S/D T/PNL - detal nomi; 

- OʻzMSt___________:202_ ushbu standartning belgilanishi.

PLUG-RR S/D STA WDO ACC HOLE - detal nomi; 

- OʻzMSt___________:202_ ushbu standartning belgilanishi.

HOOK ASM-RR S/D WDO I/S S/S - detal nomi; 

- OʻzMSt___________:202_ ushbu standartning belgilanishi.

2 Standartlarga havolalar

Ushbu milliy standartda quyidagi meʼyoriy hujjatlarga havolalardan foydalanildi:

ГОСТ 12.0.004-2015 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Организация обучения безопасности труда. Общие положения;

ГОСТ 12.1.004-91 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования;

ГОСТ 12.1.005-88 Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны;                                                    

ГОСТ 12.1.007-93 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Вредные вещества. Классификация и общие требования  безопасности;

ГОСТ 12.1.019-2017 Система стандартов безопасности труда. Электробезопасность. Общие требования и номенклатура видов защиты;

ГОСТ 12.1.030-81 Система стандартов безопасности труда. Электробезопасность. Защитное заземление, зануление;

ГОСТ 12.2.003-91 Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности;

ГОСТ 12.3.009-76 Система стандартов безопасности труда. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности;

ГОСТ 12.3.020-80 Система стандартов безопасности труда. Процессы перемещения грузов на предприятиях. Общие требования безопасности;

ГОСТ 12.4.011-89 Система стандартов безопасности труда. Средства защиты работающих.Общие требования и классификация;

ГОСТ 12.4.021-75 Система стандартов безопасности труда. Системы вен-тиляционные. Общие требования;

ГОСТ 12.4.103-83  Система стандартов безопасности труда.  Одежда специальная защитная, средства индивидуальной защиты ног и рук. Классифика-ция;

ГОСТ 17.2.3.02-2014 Правила установления допустимых выбросов вредных веществ промышленными предприятиям;

ГОСТ 17.4.3.05-86 Охрана природы. Почвы. Требования к сточным водам и их осадкам для орошения и удобрения;

ГОСТ 166-89 Штангенциркули. Технические условия:

ГОСТ 5394-89 Обувь из юфти. Общие технические условия;

ГОСТ 7625-86 Бумага этикеточная. Технические условия;

ГОСТ 7933-89 Картон для потребительской тары. Общие технические условия;

ГОСТ 14192-96 Маркировка грузов;

ГОСТ 15150-69 Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категории, условия эксплуатации, хранения и транспортирования в части воздействия климатических факторов внешней среды;

ГОСТ 16350-80 Климат СССР. Районированные и статистические параметры климатических факторов для технических целей;

ГОСТ 22225-76 Контейнеры универсальные массой брутто 0,625 и 1,25 т. Технические условия;

ГОСТ 24297-2013 Входной контроль продукции. Основные положения;

O‘z DSt 1.17-99 Система стандартизации Республики Узбекистан. Порядок разработки, согласования, утверждения и регистрации технических описаний, образцов эталонов;

O‘z DSt 5.8:2006 Национальная система сертификации Республики Узбекистан. Знак  подтверждения соответствия. Правила применения;

O‘z DSt 2965:2015 (EDS 7415:2011, MOD) Метод испытания по определению устойчивости цвета к искусственному свету.

Izoh - Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.

3 Texnik talablar

3.1 DAMAS va LABO avtomobillarining butlovchi qismlari O‘z DSt 1.17 bo‘yicha namunalarga va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan konstruktorlik va texnologik hujjatlar bo‘yicha tayyorlanadi.

3.2 Asosiy ko‘rsatkichlari va tavsiflari:

3.2.1 Butlovchi qismlarning asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari va tavsiflari 1–jadvalda ko‘rsatilgan talablariga mos kelishi kerak.

3.2.2 Gabarit o‘lchamlari texnik chizmalarda ko‘rib chiqiladi va ularning chegaraviy og‘ishlari, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan konstruktorlik hujjatlariga mos kelishi kerak.

1-jadval Butlovchi qismlarning asosiy ko‘rsatkichlari va tavsiflari:

T/r

Nomi

Model

Material

Bir dona avtomobil uchun
 soni, dona

Vazni, kg

Foto

1

CLAMP

B150/

B100

Nylon 66

2

0.0016

2

CLAMP,HARNES N01

B150/

B100

PA 66

6

0.0021

3

BUTTON,CHOKE CABLE

B150/

B100

PF

2

0.0054

4

HANDLE ASM-FRT S/D T/PNL

B150

PP

4

0,0379

5

PLUG-RR S/D STA WDO ACC HOLE

B150

PBT

2

0,01014

6

HOOK ASM-RR S/D WDO I/S S/S

B150

PE

2

0,018

Izohlar.

1. Iste’molchining buyurtmasi bo‘yicha boshqa detallarni, shuningdek, 1-jadvalda ko‘rsatilmagan boshqa avtomobillar uchun, ularning ushbu standart va konstruktorlik hujjatlari talablariga muvofiqligi sharti bilan tayyorlashga yo‘l qo‘yiladi.

2. Detalning massasi yaroqsizlik belgisi hisoblanmaydi va ma’lumotnoma sifatida berilgan.

3.1.1. Quyilgan butlovchi ГОСТ talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

          3.1.2.  Mahsulot “Tashqi ko‘rinishni nazorat standarti”ga asosida tekshirladi va konselyariya pichog‘i yoki kusachka yordamida quyma qoldiqlar tozalani. “Qadoqlash standarti”ga asosan maxsus telejka yoki taraga joylashtiriladi.

.          3.1.3. Deformatsiya, chala quyish, chiziqlar, quyma qoldiqlar, nuqtalar bo‘lmasligi kerak.

           3.1.4. Tashqi ko‘rinishi

           3.1.5. Detallar sirti g‘udurlar, o‘tkir qirralar va ezilishlar bo‘lmasligi kerak.

3.1.6. Geometrik parametrlar

3.1.7. Detallarning geometrik parametrlari, konstruktorlik hujjatda ko‘rsatilgan qiymatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

            3.1.8. Xom ashyo, materiallar, sotib olingan mahsulotlarga qo‘yilgan talablar

3.1.9. Qismlarni ishlab chiqarish uchun quyidagi xom ashyo va materiallar qo‘llaniladi:

- Nylon 66, PA 66, PF, PP, PBT, PE.

3.2.1. Detalning qalinligi va markasi loyiha hujjatlariga mos kelishi kerak.

3.2.2. Qabul qilingandan so‘ng, xom ashyo va materiallar ГОСТ 24297ga muvofiq kiruvchi tekshiruvdan o‘tishi kerak.

3.2.3. Qadoqlash

3.2.5. ГОСТ 7625 bo‘yicha etiketka qog‘ozidan yoki ГОСТ 7933 bo‘yicha kartondan qadoqlash yorlig‘i, quyidagi axborotlar ko‘rsatilgan holda, transport tarasiga yelimlangan bo‘lishi kerak:

- ishlab chiqaruvchi korxonasining nomi, manzili;

- buyurtmachi nomi, manzili;

- detal raqami;

- taradagi detallar miqdori, dona;

- jo‘natilgan sanasi (yil, oy, kun);

- to‘p raqami (yoki Lot №);

- ro‘yxatdan o‘tgan raqami bilan shtrixli kod (kerak bo‘lganda);

- O‘z DSt 5.8 bo‘yicha muvofiqlik belgisi (tamalash huquqiga ega bo‘lgan korxonalar uchun);

- detallarni Respublikada sotishda, “O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN” va Respublikadan tashqariga jo‘natishda, “Made in Uzbekistan” yozuvlari;

- ishlab chiqaruvchi korxonasining sifat nazorati muhri.

3.7.2 Transport tamg‘alanishi - namlikdan saqlansin manipulyatsiya belgisi keltirilgan holda ГОСТ 14192 bo‘yicha.

3.8 Joylash

3.8.1 Detallarni joylash uchun ГОСТ 22225 bo‘yicha universal konteynerlar qo‘llanilishi kerak.

Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, transportda tashish va saqlash jarayonida detallarni saqlanishini ta’minlaydigan boshqa joylashni amalga oshirilishiga yo‘l qo֥‘yiladi. 

3.8.2 Transport tarasiga yotqiziladigan detallar miqdori, taraning o‘lchamlari buyurtmachi bilan kelishiladi va transportda tashishda detallarni saqlanishini ta’minlash kerak.

  1. Mayda detallar bilan transport tarasining massasi 15 kgdan oshmasligi kerak.

4 Xavfsizlik va atrof muhitni muhofazasi talablari

4.1 Detallarni ishlab chiqarishda ГОСТ 12.1.005 talablariga rioya qilinishi kerak.

4.2 Detallarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan materiallar toksik bo‘lmasligi, teriga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi kerak

Ishlash hududidagi havosida zararli moddalarning yo‘l qo‘yilgan  chegaraviy konsentratsiyasi  [1] talablariga javob berishi kerak.

Ularning ishlash hududidagi tarkibini tekshirish, uning davriyligi ГОСТ 12.1.005 va ГОСТ 12.1.007 talablariga muvofiq akkreditlangan laboratoriyalar (mahkamaviy yoki hududiy DSENM) orqali amalga oshirilishi kerak.

4.3 Atrof muhitni muhofazasiga talablar ГОСТ 17.2.3.02 bo‘yicha.

4.4 Mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilar, ГОСТ 27575, ГОСТ  5394,

4.5 Dastgohlarga xizmat qilish uchun, ГОСТ 12.0.004 talablariga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan o‘tgan va dastgohlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi.

4.6 Ishlab chiqarish binolarining yoritish, suv uzatmasi va oqavasi tizimlari, ventilyatsiya va konditsionerlash, tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalari ([5], [6], [7]) talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

4.8 Yuklash - tushirish ishlarida, ГОСТ 12.3.009 va ГОСТ 12.3.020ga muvofiq xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi kerak.

4.9 Texnologik dastgohlar, ГОСТ 12.2.003 bo‘yicha xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.

4.10 Ishlab chiqarish xonalari ГОСТ 2.4.021 bo‘yicha umumiy almashtirish, so‘rib-chiqarish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

4.11 Sexlar, sanoat korxonalarda yong‘in xavfsizlik qoidalariga binoan o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

4.12 Mahsulotni ishlab chiqarishda ГОСТ 12.1.004 bo‘yicha yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi kerak.

4.13 Ishlab chiqarishning elektr xavfsizligi ГОСТ 12.1.019 va ГОСТ 12.1.030 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

4.14 Tashlama suvlarga talablar ГОСТ 17.4.3.05 bo‘yicha.

4.15 Mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik dastgohlar qo‘llanilganda tashkil topgan zararli ishlab chiqarish omillari (tebranish) [3]dagi sanitariya gigiyena qoidalar va me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

4.16 Ishlash joylardagi shovqin darajasi, [2]ga muvofiq yo‘l qo‘yilgan sanitariya me’yorlardan oshmasligi kerak.

5 Qabul qilish qoidalari

5.1 Har bir ehtiyot qismlar partiyasi ishlab chiqaruvchining texnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul qilinishi kerak, bu jurnalda va qabul qilish varog‘ida qayd etilishi kerak.

5.2 Detallarni qabul qilish partiyalarda amalga oshiriladi. Partiya bir vaqtning o‘zida yetkazib berish uchun taqdim etilgan va bitta sifat hujjatida hujjatlashtirilgan bir xil nomdagi qismlarning miqdori hisoblanadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

- ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) uning tovar belgisi, yuridik manzili, telefon raqami;

- belgi va qism raqami;

- partiya raqami va ishlab chiqarilgan sanasi;

- yetkazib berishdagi har bir partiyaning qismlari soni, dona;

- har bir partiyani qabul qilish sinovlari natijalari;

- ushbu tashkilot standartining belgilanishi.

5.3 Detallarning sifatini nazorat qilishda qabul qilish, davriy va sertifikatlashtirish sinovlari o‘tkaziladi.

5.4 Qabul qilish sinovlari 

5.4.1 Qabul qilish sinovlari paytida qismlar ushbu standart talablariga muvofiqligi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha nazorat qilinadi:

Qabul qilish sinovlari paytida qismlarning markalanishi va qadoqlanishi nazorat qilinadi

5.4.2 Partiyadagi qismlarning 10%, lekin kamida 10 dona qabul qilish sinovlaridan o‘tkazilishi kerak.

5.4.3 Agar qismlarning sifati ushbu standart talablariga javob bermasa, ular qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilishi kerak. Agar takroriy tekshirish natijalari qoniqarsiz bo‘lsa, qismlarning butun partiyasi rad etiladi.

5.5 Davriy sinovlar

  1. Qabul qilish sinovlaridan o‘tgan qismlarga davriy sinovlarga ruxsat beriladi. Davriy sinovdan o‘tkazish jarayonida qismlar ushbu standart talablariga muvofiqligini                        5-jadvalga asosan nazorat qilinadi.

5-jadval Davriy sinovlar va qabul qilish-topshirish sinovlari:

Sinovlar va tekshiruvlar nomi

Sinov turi

Band tartib raqamlari

Nаmunа hajmi barcha detallar uchun

QQTS

Davriy sinov

Texnik talablar

Sinov usullari

Tashqi ko‘rinishi

+

-

3.2.3; 3.2.7

6.1

100%

Yonishga bardoshliligi

[4] bo‘yicha

-

+

-

6.4

Barcha detallar har biridan

3 dona detal

Iqlim barqarorligiga sinash

(Weather Proof Test) O‘z DSt 2965 bo‘yicha

-

+

-

6.5

Barcha detallar har biridan

3 dona detal

Massasi

+

-

3.2.1 1-jadval

6.6

3 dona detal

5.5.2 Ehtiyot qismlarning davriy sinovlari kamida 6 oyda bir marta amalga oshiriladi.

5.5.3 Agar davriy sinovlarning qoniqarsiz natijalari olinsa, ehtiyot qismlar partiyasi ajratiladi va bir xil partiyadan olingan ikki baravar miqdordagi namunalarda yana sinovga topshiriladi.

5.5.4 Takroriy sinov natijalari yakuniy hisoblanadi, agar natijalar qoniqarsiz bo‘lsa, sabablar aniqlanmaguncha va kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qismlarni ishlab chiqarish to‘xtatiladi;

5.5.5 Tasodifiy tanlab olish usulidan foydalangan holda davriy testlarni o‘tkazish uchun davriy testlarning har bir turi uchun partiyadan kamida uch qismdan iborat namuna tanlanadi.

  1. Sertifikatlashtirish sinovlari 

5.6.1 Sertifikatlash sinovlari ushbu standart talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

6 Nazorat usullari

6.1 Tashqi ko‘rinishini, butlovchi qismlarni holatini namunaga solishtirish bilan tashqi ko’rish orqali amalga oshiriladi

6.2 Belgilarning mavjudligi (3.6-band) va qadoqlash sifati (3.7-band) vizual ravishda - tashqi tekshiruv orqali aniqlanadi.

6.3 Qismlarning geometrik parametrlarini (3.4.1-band), ГОСТ 166 bo‘yicha shtangensirkul, amaldagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha shtangenreysmus, tolshinomer, belgilangan tartibda sertifikatlangan o‘lchagichlar yoki belgilangan o‘lchov aniqligini ta’minlaydigan boshqa asbob bilan amalga oshiriladi.

6.4 Mazkur standartda sanab o’tilgan barcha butlovchi qismlarni yonishga bardoshliligini sinash jarayoni [4]ga asosan amalga oshiriladi hamda standartning talablariga to’liq mos bo‘lishi talab qilinadi.

6.5  Standartda keltirilgan barcha butlovchi qismlarni iqlim barqarorligiga sinash (Weather Proof Test) jarayoni O‘z DSt 2965 bo‘yicha amalga oshiriladi hamda standartning talablariga to’liq mos bo‘lishi talab qilinadi.

6.6 Detallar massasi (3.2.2-b.) amaldagi me’yoriy hujjat bo‘yicha tarozilarda aniqlanadi.

7 Transportda tashish va saqlash

7.1 Detallarni konteynerlarda, transportning barcha turlarida, ushbu transport turida amal qilinadigan Yuklarni tashish qoidalariga amal qilgan holda transportda tashiladi.

7.2 Detallar saqlanishi yopiq omborxonalarda amalga oshirilishi kerak.

7.3 Tashqi muhit iqlimiy omillari qismidagi, detallarni transportda tashish va saqlash toifasi va sharoitlari - 7(J1) ГОСТ 15150 bo‘yicha amalga oshiriladi.

8 Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

8.1 Ehtiyot qismlar loyiha hujjatlariga muvofiq maqsadli maqsadlarda ishlatilishi kerak.

8.2 Qismlar ГОСТ 15150ga muvofiq iqlim sharoitida ГОСТ 16350ga muvofiq iqlim mintaqalarida ishlatilishi mumkin.

9 Ishlab chiqaruvchining kafolatlari

9.1 Ishlab chiqaruvchi, iste’molchi tomonidan transportda tashish va saqlash sharoitlariga amal qilgan holda, detallarni, mazkur standartning talablariga muvofiq bo‘lishini kafolatlaydi.

9.2 Kafolatli saqlash muddati - sotilgan kundan boshlab, 12 oy.

Bibliografiya

[1] СанПиН № 0294-11 Гигиенические нормативы ПДК вредных веществ в воздухе рабочей зоны.

[2] СанПиН № 325-16 Санитарные нормы допустимых уровней шума на рабочих местах.

[3] СанПиН № 326-16 Санитарные нормы общей и локальной вибраций на рабочих местах;

[4] EDS-T-7602 Метод испытания воспламеняемости внутренних ма-териалов автомобиля.

[6] КMК 2.01.05-98 Естественное и искусственное освещение.

[7] КMК 2.04.01-98 Внутренний водопровод и канализация зданий.

[8] КMК 2.04.05-97 Отопление, вентиляция и кондиционирование.

Bibliografik malumotlar

SMT 43.040.060

Muhim so‘zlar: qismlar, qo‘llanilish doirasi, texnik talablar, nazorat qilish usullari, tashish va saqlash, ishlab chiqaruvchining kafolatlari, xavfsizlik talablari.

Tomonlarning imzolari

 

   ______________ Jumaniyazov S.M.

          «____» ______________2025 y.       

        Global xarid qilish va ta’minot tizimi

 boshqarmasi  boshlig‘i 

        ______________ Ruzibayev U.P.

        «____» ____________2025 y.      


© Standart ilova portali. All rights reserved.