11.11.2025
10.01.2026
0
0
0
Avtomobil transport vositalari avtomobil, traktor va kombain dvigatellarining
mayda tozalash moy filtrlari. Texnik talablar va sinov usullari
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent
So‘z boshi
1. O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan ISHLAB CHIQILDI.
2. O‘zbekiston standartlar institutining 2025-yil “___” “_______” _________-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.
3. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarida chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishlidir.
Mundarija
1 | Qoʻllanish doirasi | 1 |
2 | Standartlarga havolalar | 1 |
3 | Atamalar va ta’riflar | 2 |
4 | Texnik talablar | 2 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
| |
|
| |
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Avtomobil transport vositalari avtomobil, traktor va kombain dvigatellarining
mayda tozalash moy filtrlari. Texnik talablar va sinov usullari
Автомобильные транспортные средства фильтры тонкой очистки масла автомобильных,
тракторных и комбайновых двигателей. Технические требования и методы испытаний
Vehicles. Fine filters of oil for automobile, tractor and combine engines.
Technical requirements and test methods
___________________________________________________________________________________
Amalga kiritish sanasi_______________ 2025-y.
1 Qo‘llanish doirasi
Ushbu standart yig‘iladigan va yig‘ilmaydigan to‘liq oqimli va qisman oqimli filtrlarga, shuningdek, avtomobil, traktor va kombayn ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlaridagi moyni mayda tozalash uchun mo‘ljallangan ular bilan birga almashtiriladigan filtrlovchi elementlarga taalluqlidir. Standart markazdan qochma filtrlarga taalluqli emas.
2 Standartlarga havolalar
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanildi:
ГОСТ Р 8.568—97 Государственная система обеспечения единства измерений. Аттестация испытательного оборудования. Основные положения
ГОСТ Р 50779.30—95 Статистические методы. Приемочный контроль качества. Общие требования
ГОСТ РИСО 2859-1—2007 Статистические методы. Процедуры выборочного контроля по альтернативному признаку. Часть 1. Планы выборочного контроля последовательных партий на основе приемлемого уровня качества
ГОСТ Р ИСО/ТО 8550-1—2007 Статистические методы. Руководство по выбору и применению систем статистического приемочного контроля дискретных единиц продукции в партиях. Часть 1. Общие требования
ГОСТ 9.301—86 Единая система защиты от коррозии и старения. Покрытия металлические и неметаллические неорганические. Общие требования
ГОСТ 9.306—85 Единая система защиты от коррозии и старения. Покрытия металлические и неметаллические неорганические. Обозначения
ГОСТ 12.1.004—91 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования
ГОСТ 12.1.010— 76 Система стандартов безопасности труда. Взрывобезопасность. Общие требования
ГОСТ 12.2.032—78 Система стандартов безопасности труда. Рабочее место при выполнении работ сидя. Общие эргономические требования
ГОСТ 12.2.033—78 Система стандартов безопасности труда. Рабочее место при выполнении работ стоя. Общие эргономические требования
ГОСТ 33—2000 {ИСО 3104—94) Нефтепродукты. Прозрачные и непрозрачные жидкости. Определение кинематической вязкости и расчет динамической вязкости
______________________________________________________________________Rasmiy nashr
Г ОСТ 305— 82 Т опливо дизельное. Т ехнические условия
ГОСТ 2477—65 Нефть и нефтепродукты. Метод определения содержания воды
ГОСТ 8002—74 Двигатели внутреннего сгорания поршневые. Воздухоочистители. Методы стендовых безмоторных испытаний
ГОСТ 20684—75 Масла моторные отработанные. Метод определения нерастворимых осадков
ГОСТ 21624—81 Система технического обслуживания и ремонта автомобильной техники. Требования к эксплуатационной технологичности и ремонтопригодности изделий
ГОСТ 25347—82 Основные нормы взаимозаменяемости. Единая система допусков и посадок. Поля допусков и рекомендуемые посадки
Izoh - Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agar havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.
3 Atamalar va ta’riflar
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:
3.1 Mayda tozalash moy filtri: Kesish to‘liqligi 25% dan kam bo‘lmagan filtr bo‘lib, u o‘ziga xos sirti 5600 cm2/g bo‘lgan kvars changidan sun’iy ifloslantiruvchi sifatida foydalanilgan holda aniqlangan.
3.2 Filtrning gidravlik qarshiligi: Moyning nominal sarfi vaqtida ifloslanmagan filtrlovchi elementga ega filtrdagi bosimning farqi.
3.3 Ajratish to‘liqligi: Moyning filtrlashdan oldingi va keyingi ifloslanishining massa konsentratsiyalari farqining, filtrlashdan oldingi ifloslanish konsentratsiyasiga nisbatan foiz miqdori.
3.4 O‘rtacha ajratish nozikligi: Ajratish to‘liqligi 50% ga teng bo‘lgan ifloslantiruvchining monodispersion zarralarining o‘lchami.
3.5 Nominal ajratish nozikligi: Ajratish to‘liqligi 95% ga teng bo‘lgan ifloslantiruvchining monodispersion zarralarining o‘lchami.
3.6 Filtrning germetikligi: Belgilangan bosim bilan bosim ostida sinovdan o‘tkazilganda yechiladigan birikmalar, payvand choklar va quyma detallarning g‘ovaklari orqali ishchi muhitni o‘tkazmaslik xususiyati.
3.7 Filtrlovchi elementning germetikligi: Filtrlovchi materialning g‘ovak o‘lchamlaridan oshib ketadigan yoriqlar, teshiklar, oqish joylari va boshqa nuqsonlar yo‘qligi sababli, ishchi muhitni faqat filtrlovchi materialning g‘ovaklari orqali o‘tkazish xususiyati.
3.8 Nominal bosim Pnom: Tirsakli valning nominal aylanish chastotasida dvigatelning texnik shartlarida belgilangan moylash tizimining asosiy magistralidagi moy bosimining o‘rtacha qiymati.
3.9 Filtrlovchi element resursi: Filtrlovchi elementning ekspluatatsiya boshidan to uning yakuniy ifloslanishigacha (bu ifloslanish filtrning aylanib o‘tish klapanining ochilish bosimi qiymati bilan aniqlanadi) bo‘lgan ishlash muddati.
3.10 Aylanib o‘tish klapanining ochilish boshlang‘ich bosimi ∆P: Filtr orqali moyning nominal sarfining 0.5% dan oshmaydigan miqdorda aylanib o‘tish klapani orqali moy oqimi paydo bo‘ladigan bosim.
4 Texnik talablar
4.1 Filtrlar va ularga tegishli filtrlovchi elementlar ushbu standart va belgilangan tartibda tasdiqlangan konstruktorlik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. To‘liq oqimli va qisman oqimli filtrlovchi elementlarning geometrik o‘lchamlariga tayyorlashdagi ruxsat etilgan chegaralar —
ГОСТ 25347 bo‘yicha.
4.2 Filtrlar va filtrlovchi elementlarning ajratish to‘liqligi 25 dan kam bo‘lmasligi kerak. Ajratish nozikligining to‘liqlikka bog‘liqligi A ilovada keltirilgan.
4.3 Filtrlovchi elementning almashtirilgunga qadar bo‘lgan resursi (ekspluatatsiya sharoitlarining 1-toifasi uchun) ГОСТ 21624 bo‘yicha avtomobilni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qo‘llanmada belgilanadi, bunda u avtomobilning 10000 km yurishidan yoki dvigatelning 250 soat ishlashidan kam bo‘lmasligi kerak.
Yig‘iladigan filtrning resursi (filtrlovchi elementdan tashqari) u mo‘ljallangan dvigatel resursidan kam bo‘lmasligi kerak.
Yig‘ilmaydigan filtrning resursi unga o‘rnatilgan filtrlovchi element resursidan kam bo‘lmasligi kerak.
4.4 Filtrning germetikligi moy bosimi 2.5 Pnom dan kam bo‘lmaganda ta’minlanishi kerak.
4.5 Filtrlovchi element germetik bo‘lishi kerak.
4.6 Filtrning drenajga qarshi klapanining germetikligi filtrdagi moy bosimi 2.6 × 10-3 MPa dan ko‘p bo‘lmaganda ta’minlanishi kerak. Moyning sizib chiqishi 0.003 dan ko‘p bo‘lmasligi ruxsat etiladi.
4.7 Belgilangan bosimda aylanib o‘tish klapani orqali moyning maksimal ruxsat etilgan sizib chiqishi (Konstruktorlik hujjati)da ko‘rsatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
4.8 Moyning belgilangan sarfida ularning gidravlik tavsiflari orqali aniqlanadigan filtr, almashtiriladigan filtrlovchi element va aylanib o‘tish klapanining gidravlik qarshiligi da ko‘rsatilgan qiymatdan katta bo‘lmasligi kerak.
4.9 Filtrlovchi element filtrning aylanib o‘tish klapanining ochilish boshlang‘ich bosimi ∆P dan 2.0 ∆P dan kam bo‘lmagan kattalashtirilgan bosim farqiga buzilmasdan bardosh berishi kerak.
4.10 Filtrlar 3 Pnom dan kam bo‘lmagan bosimga buzilmasdan bardosh berishi kerak.
4.11 Aylanib o‘tish klapanining ochilish boshlang‘ich bosimi konstruktorlik hujjatning talablari bilan belgilangan chegaralarda bo‘lishi kerak.
4.12 Filtrlar va filtrlovchi elementlarning detallarida ularning parametrlariga va tashqi ko‘rinishiga ta’sir qiluvchi g‘ovaklar, chig‘anoqlar, mayda zarbalar, yoriqlar, qirralar, korroziya va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Filtrlar va filtrlovchi elementlarning metall detallarining himoya qoplamalari ГОСТ 9.301 va ГОСТ 9.306 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
4.13 Filtrlar va filtrlovchi elementlarning butligi konstruktorlik hujjat talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
4.14 Filtrlar va filtrlovchi elementlar bosim pulsatsiyasiga nisbatan vibrobardoshli bo‘lishi va
50 °С dan +135 °С gacha bo‘lgan haroratlarda ish qobiliyatini saqlashi kerak.
4.15 Filtrlar va filtrlovchi elementlar, ularning zichlagichlari va boshqa detallari moyga, benzinga va suvga chidamli bo‘lishi kerak.
4.16 Filtrlar va ularning elementlarini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar filtrlanayotgan moy oqimiga qo‘shimcha komponentlarni ajratib chiqarmasligi kerak.
4.17 Filtrning konstruksiyasi va uning joylashuvi zichlash joylari sonining minimal bo‘lishini, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatishga minimal xarajatlar bilan filtrlovchi element yoki filtrni tez va qulay almashtirishni ta’minlashi kerak.
4.18 Sinovlarni o‘tkazishda xavfsizlik talablari — ГОСТ 12.1.004 va ГОСТ 12.1.010 bo‘yicha.
4.19 Sinovlar o‘tkazilayotgan vaqtda ish joylari ГОСТ 12.2.032 va ГОСТ 12.2.033 talablariga muvofiq jihozlangan bo‘lishi kerak.
Bibliografik ma‘lumotlar
SUT 43.060.30
___________________________________________________________________________________
Muhim so‘zlar: Filtrlar, filtr elementlari, zichlik, tebranishga chidamlilik, nominal moy oqimi.
___________________________________________________________________________________
© Standart ilova portali. All rights reserved.