main-logo

Kabinet

Loyiha yaratuvchi:

“O‘zavtosanoat” Aksionerlik jamiyati qoshida STQ 13 “Avtomobilsozlik” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

105

Muhokamaga chiqarish sanasi

22.11.2025

Yakunlanish sanasi

21.01.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

“UZAUTO MOTORS” AJ TOMONIDAN ISHLAB CHIQARILGAN NEXIA, COBALT, LACETTI YENGIL AVTOMOBILLARINI JISMONIY IMKONIYATLARI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN QAYTA JIHOZLASH

QOL BILAN BOSHQARISH MAXSUS QURILMASINI ORNATISH

Texnik shartlar

Rasmiy nashr

O‘zbekiston standartlar instituti

Toshkent sh.

So‘z boshi

1. STQ 13 “Avtomobilsozlik” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita va “UzAuto MotorsAJ tomonidan ISHLAB CHIQILDI.

2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan __________ yil ________dagi ______-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.

3. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI.

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarida chop etiladi.

Ushbu standartni O‘zbekiston Respublikasi hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi

O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli 

II


 
Mundarija

1. Qo‘llanish doirasi …………….……………………………………...…………………..

1

2. Standartlarga havolalar …………………………………………...……………………..

1

3. Belgilar va qisqartmalar   …………………………………………………………..

4. Umumiy holatlar  .…………………………………………………………………... 

5. Texnik talablar …...……………….......………………………………………………

2

4444 2

3

6. Xavfsizlik talablari ……………………………….……………………………………...

6

7. Qabul qilish qoidalari ……………………………………………………………………

6

8. Nazorat usullari ………………………………………………………………………….

7

9. Transportda tashish va saqlash ……………………………….……………………….

7

10. Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar …..………………………………………………...

7

11. Kafolat majburiyatlari ………………………………………………………………….

7

12. Ilovalar ..……………………...……………………………………………………..….

8

13. Bibliografik ma’lumotlar ……………………...……………………………………….

11

III

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

______________________________________________________________________________

“UZAUTO MOTORS” AJ TOMONIDAN ISHLAB CHIQARILGAN NEXIA, COBALT, LACETTI YENGIL AVTOMOBILLARINI JISMONIY IMKONIYATLARI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN QAYTA JIHOZLASH

QOL BILAN BOSHQARISH MAXSUS QURILMASINI ORNATISH

Texnik shartlar

ПЕРЕОБОРУДОВАНИЕ ЛЕГКОВЫХ АВТОМОБИЛЕЙ NEXIA, COBALT, LACETTI ПРОИЗВЕДЕННЫХ АО UZAUTO MOTORS ДЛЯ ЛИЦ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ФИЗИЧЕСКИМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ

УСТАНОВКА СПЕЦИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА РУЧНОГО УПРАВЛЕНИЯ

Технические условия

CONVERSION OF NEXIA, COBALT, AND LACETTI PASSENGER VEHICLES FOR PERSONS WITH DISABILITIES

INSTALLATION OF HAND CONTROLS

Technical specifications

_____________________________________________________________________________

                  Amalga kiritish sanasi___________________

1 Qo‘llanish doirasi

Ushbu milliy standart avtomobilni qo‘l bilan boshqarishdan foydalanuvchi jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun foydalanishda bo‘lgan NEXIA, COBALT, LACETTI avtomobillarni qayta jihozlashga xavfsizlik talablari va avtotransport vositalarining qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmalariga texnik talablarini o‘rnatadi.

Ushbu milliy standartning talablari majburiy hisoblanadi.

Ushbu standart faqat avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan avtomobillarga taalluqli va ularni ishlab chiqarishda qo‘l bilan boshqarish uchun maxsus qurilma bilan jihozlangan yangidan ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalariga taalluqli emas.

2 Standartlarga havolalar

Ushbu milliy standartda quyidagi standartlardan havola sifatida foydalanildi:

ГОСТ 22576-90 Автотранспортные средства. Скоростные свойства. Методы испытаний;

Oz DSt 35.12:2011 (ЕЭК ООН №12) Единообразные предписания, касающиеся официального утверждения транспортных средств в отношении защиты водителя от удара о систему рулевого управления;

Oz DSt 35.21:2011 (ЕЭК ООН №21) Единообразные предписания, касающиеся официального утверждения транспортных средств в отношении их внутреннего оборудования;

Oz DSt 35.13:2010 (ЕЭК ООН №13) Единообразные предписания, касающиеся официального утверждения транспортных средств категорий М, N и О в отношении торможения;

Rasmiy nashr

Oz DSt 2435:2011 Механические транспортные средства. Массы и размеры. Технические требования и методы испытаний;

UzTR. 191-001:2012 Безопасность конструкции автотранспортных средств по условиям эксплуатации.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2020 yildagi Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 758-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-400-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qonuni;

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-son qarori “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Izoh - Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish boyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot korsatkichlariga muvofiq standartlarni Ozbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.

3 Belgilar va qisqartmalar

ATV - avtotransport vosita;

TXK - texnik xizmat ko‘rsatish;

MQE - maxsus qurilmaning elementlari;

AUQ - avtomatik uzatmalar qutisi.

4 Umumiy holatlar

4.1 ATV larini qayta jihozlash quyidagilarga majburiy ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar (keyingi hollarda - tashkilotlar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin:

- muvofiq ishlab chiqarish bazasiga;

- Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXXdan yo‘l harakati xavfsizligini taminlash qismiga tegishli bo‘lgan ATV  ning tuzilishiga kelishuv haqida guvohnoma.

4.2 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘l bilan boshqarish uchun maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan yengil transport vositalarini boshqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-son qarori “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibito‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar asosida Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsga 083h shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma faqat “B” toifasidagi shaxsiy transport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz deb beriladi.

4.3 Oʻzbekistonda Nogiron belgisini oʻrnatish boʻyicha rasmiy qoidalar va talablar “Yoʻl harakati qoidalari hamda ushbu qoidalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab qoʻyilgan. Belgilar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-400-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qonunida oʻz aksini topgan.

4.4 Jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarga qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasi ornatilgan ATV ga, “Nogiron” belgisini o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish yozma arizaga ko‘ra amalga oshiriladi.  Buning uchun quyidagi hujjatlar talab qilinishi mumkin:

  • shaxsiy guvohnoma;

  • nogironlik haqida malumot beruvchi guvohnoma yoki malumotnoma;

  • maxsus qurilmani o‘rnatish uchun avtomobil texnik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan berilgan rasmiy buyurtmanoma.

Ushbu hujjatlar bilan tegishli IIB YHXB bo‘limlarining fuqarolar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilinadi va yakuniy bosqichda ariza ko‘rib chiqilganidan so‘ng, “Nogiron belgisini o‘rnatish uchun ruxsat beriladi. So‘ngra belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu belgi ATV siga o‘rnatiladi.

Nogiron belgisini o‘rnatish bo‘yicha rasmiy qoidalar va talablar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan belgilangan.

5 Texnik talablar

5.1 Qayta jihozlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun qabul qilinadigan ATV lariga texnik talablar.

5.1.1 Qayta jihozlash uchun faqat AUQ bilan jihozlangan ATV lari qabul qilinadi.

5.1.2 Qayta jihozlashga topshirishdan oldin ATV muayyan modeldagi servis kitobchada yoki “Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma”da ko‘rsatilgan reglamentga ko‘ra turli hajmda texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tishi kerak.

5.1.3 ATV ning o‘t oldirish tizimi texnik soz holda bo‘lishi kerak.

5.1.4 Qayta jihozlashga topshiriladigan ATV si yoqilgi bakida kamida 5 litr hajmda yoqilgi zahirasiga ega bo‘lishi kerak.

5.1.5 Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat oʻtgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

5.1.6 Qayta jihozlashga qabul qilinadigan ATV sining holati yaxshi bo‘lishi kerak.

5.2 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasini o‘rnatishga texnik talablar.

5.2.1 Qayta jihozlashda foydalaniladigan qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasi ushbu milliy standartning 5.6.1 bandida keltirilgan elementlarni o‘z ichiga olishi, tuzilish turi bo‘yicha rasman tasdiqlangan va muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

5.2.2 ATV siga qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasini o‘rnatish ushbu milliy standartning A-ilovasida ko‘rsatilgan chizmalariga muvofiq  bo‘lishi kerak.

5.3 Boshqaruv organlarini o‘rnatishga talablar.

5.3.1 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining ishchi yurishi boshqaruv tasirlarini bajarishda haydovchining ishchi harakatini o‘zgarmasligini taminlashi kerak.

5.3.2 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasidan uzatilayotgan kuchlarni uzilishlarsiz, ishonchli uzatuvi va ravon o‘zgarishini, elementlarning deformatsiyalari va boshqaruv organlarining harakat trayektoriyasining siltashlar va qisib qolishlarini taminlashi kerak.

5.3.3 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining kuchi transport vositasining harakat tezligi bilan hisoblaganda 35 N dan oshmasligi kerak.

5.3.4 Rezbali birikmalarni cho‘zilish momentlari.

Rezbasi

Chozilish momenti, Nm

Nominal

Minimal

Maksimal

М10х1.25

39,2

33,2

41,2

М8х1.25

17,6

15,0

18,6

М6

5,9

3,8

6/2

5.3.5 Detallar yuzalari o‘tkir qirralar, bo‘shliq, chuqurlarga ega bo‘lmasligi kerak. Bukib va shtamplab ishlab chiqarilgan detallarda yoriqlar va uzilishlarga ega bo‘lmasligi kerak.

5.3.6 Montaj qilish ishlari haydovchi kabinasida o‘tkaziladi.

5.3.7 Mahkamlangan trosning cho‘zilishi uzilishlarsiz kuchning yoydan gaz pedaliga uzatilishini taminlashi kerak.

5.3.8 Dastak harkatini kamaytirish uchun tormoz pedali xomutini pedal tormoziga imkon qadar balandroq o‘rnatish kerak.

5.3.9 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasi dastagining harakatlanishi avtomobil salonining ichki uskunalarining boshqa elementlariga tegmasligi kerak. Xomutni pedal va tormozning turtkichiga mahkamlash va balandligini tanlash yo‘li bilan tartibga solish taminlanadi.

5.3.10 Ishchi va zaxira tormoz tizimining samaradorligini tekshirishda ishchi tormoz tizimining qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasidagi kuch kamida 65 N va ko‘pi bilan 275 N bo‘lishi kerak, bunda boshqaruv organining ishchi yurishi haydovchidan boshqa tarafga bo‘lishi kerak.

Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasidagi kuch kattaligining oshishida 80km/soat tezlikda tormozning boshlangich tezligi bilan qo‘shimcha sinovlar o‘tkaziladi va qo‘l boshqaruv organidagi kuch 275 N bo‘lganda, tormozning berilgan samaradorligi bilan eng katta boshlangich tezlik aniqlanadi.

Bu tezlik transport vositasiga ruxsat etilgan eng katta tezlik sifatida ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilishi kerak.

Transport vositasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga jismoniy imkoniyatlari cheklangan haydovchi tomonidan amalga oshmay qolishi mumkin bo‘lgan qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining qo‘l tormoz tizimida kuchning ehtimoliy oshishi bilan eng katta ruxsat etilgan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish kiritilishi kerak.

5.4 ATV larining asosiy ko‘rsatkichlari va tavsiflari.

5.4.1 Qayta jihozlangan ATV lari va boshqaruv organlari ushbu milliy standartning talablariga va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan konstruktorlik hujjatiga muvofiq bo‘lishi kerak.

ATV larini qayta jihozlanishiga qadar va jihozlangandan keyingi asosiy talablari va tavsiflari 1-3 jadvalda ko‘rsatilgan malumotlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

1-jadval

АТV texnik tavsiflari

Qayta jihozlanishiga qadar

Qayta jihozlangandan keyin

Modeli

NEXIA

NEXIА - Qol bilan boshqarish

1. Shaylangan ogirlik, kg

1083-1168

1085-1170

2. Avtomobilning og‘irligi, kg

1560-1585

1504-1589

3. To‘liq og‘irlikni taqsimlash, kg

- oldi oqqa

840

798-844

- оrqa o‘qqa

820

820

4. Mahkamlagichlar bilan birga butun o‘rnatilayotgan tizimning umumiy og‘irligi

3-3,5

2-jadval

АТV texnik tasniflari

Qayta jihozlanishiga qadar

Qayta jihozlangandan keyin

Modeli

СОВАLТ

СОВАLТ - Qol bilan boshqarish

1. Shaylangan og‘irlik, kg

1172-1243

1174-1245

2. Avtomobilning to‘liq og‘irligi, kg

1590-1620

01594-1624

3. To‘liq og‘irlikni taqsimlash, kg

- Oldi o‘qqa

992-1017

996-1021

- Orqa o‘qqa

598-603

598-603

4. Mahkamlagichlar bilan butun o‘rnatilayotgan tizimning umumiy og‘irligi, kg

3-3,5

3-jadval

АТV texnik tasniflari

Qayta jihozlanishiga qadar

Qayta jihozlangandan keyin

Моdeli

LACETTI

LACETTI - Qol bilan boshqarish

1. Shaylangan og‘irlik, kg

1190-1285

1192-1287

2. Avtomobilning to‘liq og‘irligi, kg

1675-1720

1679-1724

3. To‘liq og‘irlikni taqsimlash, kg

- Oldi o‘qqa

865-905

 

- Orqa o‘qqa

810-815

810-815

4. Mahkamlagichlar bilan butun o‘rnatilayotgan tizimning umumiy og‘irligi, kg

3-3,5

5.4.2 Qayta jihozlangan ATV larining yuk ko‘tarish qobiliyati ko‘pi bilan qo‘lda boshqarish organlarining ogirlik kattaligiga kamayishi kerak.

5.4.3 Toliq ogirlik va uni oqlar boyicha taqsimlanishi kopi bilan ularning qayta jihozlash qiymatigacha kamayishi kerak.

5.4.4 O‘rnatilgan boshqaruv organlarining o‘rtacha resursi, u o‘rnatilgan ATV sining o‘rtacha resursidan kam bo‘lmasligi kerak.

5.4.5 Ishchi tormoz tizimining qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasidagi kuch kamida 65 N va ko‘pi bilan 275 N bo‘lishi kerak, bunda boshqaruvning ishchi yurishi haydovchidan boshqa tarafga bo‘lishi kerak.

5.4.6 Ishchi tormoz tizimning samaradorligi O‘z DSt 35.13 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

5.5 ATV siga o‘rnatiladigan qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining sotib olinadigan mahsulotlari tuzilish turi bo‘yicha rasman tasdiqlangan bo‘lishi yoki muvofiqlik sertifikat bo‘yicha tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

5.6 Butligi.

5.6.1 Ikkala oyoq funksiyalarining buzilishi tufayli nogironligi bo‘lgan haydovchilar uchun maxsus uskunaning elementlari quyidagi elementlardan tashkil topgan:

- mexanizmni ushlagichi;

- boshqaruv dastasi;

- gaz tyagasi;

- tormoz tyagasi;

- gazning trubkasimon tyagasi;

- tormoz trubkasimon tyagasi;

- otkazgichlar bloki;

- rul chambaragining dastasi;

- orab joylash;

- to‘liq qayta jihozlangan ATV si buyurtmachisiga o‘ramsiz jo‘natilishi kerak.

6 Xavfsizlik talablari

6.1 Avtomobilning tormoz tizimlari UzTR.191-001 ga muvofiq xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

6.2 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasini o‘rnatish bo‘yicha ishlarga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha imtihon topshirgan shaxslar yo‘l qo‘yiladi.

6.3 Boshqaruvchilar, muhandis-texnik xodimlar va tamirlash ishchilari ushbu milliy standartni o‘rganib chiqishlari kerak.

6.4 Jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun moslangan qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasi bo‘lishi kerak.

6.4.1 Transport vositasining saloniga va haydovchining ishlash joyiga kirish qulayligini taminlanishi kerak.

6.4.2 Haydovchiga qulay moslashuv uchun sozlash imkoniga ega bo‘lishi kerak;

6.4.3 Jarohatlar xavfsizligi haqida Oz DSt 35.12 va Oz DSt 35.21 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

6.4.4 Boshqaruv tasirlarini amalga oshirishda bir vaqtning o‘zida bir nechta boshqaruv organlari bilan manipulyatsiyalar amalga oshirishda bir biriga halal bermasligi kerak.

6.4.5 Transport vositasini shtatli boshqaruv organlari yordamida boshqarish imkoniyatiga to‘siq bo‘lmasligi kerak.

6.4.6 Transport vositasini boshqarish organlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligini yomonlashtirmasligi kerak.

7 Qabul qilish qoidalari

7.1 Avtomobillar qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tkazilishi kerak.

7.2 Qayta jihozlangan ATV larida bajarilgan ishlarning sifatini tekshirish uchun korxona ATV qayta jihozlanishini amalga oshirgan bo‘linma katta ustasiga taqdim etiladi.

7.3 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmalari o‘rnatilgandan keyin qabul qilish topshirish sinovlari.

Qayta jihozlashga qabul qilinadigan ATV sining sifatini, shuningdek qayta jihozlashdan so‘ng ATV  si sifatining muvofiqligini tekshiruvi o‘tkaziladi.

7.4 Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining qayta jihozlanishi uchun har bir ATV qabul qilish ushbu milliy standardining 5.1-5.1.5-bandlar talablariga ko‘ra amalga oshiriladi. Qabul qilish hujjatining shakli ushbu milliy standardining B ilovasida keltirilgan.

Tashkilotning ATV ni qabul qilishni rad etish holatida qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasi uskunasiga qabul qilish hujjatida muvofiq yozuv qilinadi.

7.5 Faqatgina yuqorida keltirilgan 7.3-band talablariga ko‘ra qurilma ishlashini qilish topshirish hujjatini rasmiylashtirib qayta jihozlangan ATV ni buyurtmachiga topshirish amalga oshiriladi.

Qabul qilish-topshirish hujjati 2-namunada rasmiylashtiriladi, ulardan biri ATV siga o‘rnatishni o‘tkazuvchi tashkilotda qoladi, ikkinchisi - ATV si egasiga beriladi.

7.6 Ishchi va zaxira tormoz tizimining samaradorligini tekshirish 5.3.10-band talablariga ko‘ra amalga oshiriladi.

7.7 Shuningdek qabul qilish topshirish sinovlarida keyingi ko‘rsatkichlar tekshiriladi:

- rul boshqaruvining ishlashi;

- tezlik xususiyatlari (berilgan tezlikni oshirish vaqti, avtomobil tezligini oshirish yugurib chiqish).

7.8 Qabul qilish topshirish sinovlarida qoniqtirmaydigan natijalar olinganda nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari va xususiyatining analizi o‘tkaziladi. Nuqsonlarni yo‘q qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng qoniqtirmaydigan natijalar olingan avtomobillarda takroriy sinovlar o‘tkaziladi.

Takroriy sinovlar natijalari yakuniy va butun to‘plamga taalluqli hisoblanadi.

8 Nazorat usullari

8.1 5.1.1-5.1.15, 5.2.2, 5.3.1, 5.3.5, 5.3.7, 5.3.8, 5.4.6, 5.5, 5.7, 6.3, 6.4-bandlarda keltirilgan talablar bo‘yicha sinovlar ushbu bandlar talablariga ko‘ra va zarurat tugilganda keltirilgan hujjatlar bo‘yicha vizual holatda tekshiriladi.

8.2 5.3.2.-5.3.9, 5.3.10, 5.3.11, 6.4.1-6.4.6-bandlarda keltirilgan talablar bo‘yicha sinovlar ushbu bandlar talablariga ko‘ra qo‘lda tekshiriladi.

8.3 5.3.4 homutlarni tortuvchi boltlarni cho‘zish momenti dinamometrik kalit yordamida tekshiriladi.

8.4 5.4.1.-5.4.5-bandlardagi sinovlar O‘z DSt 2435 bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

8.5 5.3.3, 5.3.7, 5.4.7-bandlardagi talablar bo‘yicha sinovlar dynamometer yordamida tekshiriladi.

8.6 5.2.2. b. talablari bo‘yicha sinovlar chizgich, Gonya, meter  yordamida tekshiriladi.

8.7 Tormoz tizimini tekshirish O‘z DSt 35.13 bo‘yicha o‘tkaziladi.

8.8 Rulli boshqaruvni tekshirish O‘z DSt 35.79 bo‘yicha o‘tkaziladi.

8.9 Tezlik tavsiflarining tekshiruvi ГОСТ 22576 bo‘yicha o‘tkaziladi.

8.10 5.2.1-band bo‘yicha qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining sotib olinadigan elementlarni ishlab chiqaruvchi korxona tomondan taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha tekshiriladi.

8.11 Qabul qilish topshirish, davriy va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan o‘lchov vositalari o‘rnatilgan tartibda tekshirilgan va attestatsiyalangan bo‘lishi kerak.

9 Transportda tashish va saqlash

9.1 ATV sini qayta jihozlashdan keyin qayta jihozlashdan keyin qayta jihozlash va transportda tashishni amalga oshiruvchi korxonaga yetkazib berish agar boshqa kelishuv majburiyatlari bo‘lmasa buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

9.2 Qayta jihozlangan ATV sini saqlash ochiq maydonlarda bostirma ostida yoki garajlarda amalga oshirilishi kerak.

10 Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

10.1 ATV sidan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi talablariga amal qilinishi kerak.

10.2 Qayta jihozlangan avtomobildan foydalanish, TXK ni o‘tkazish muddati bo‘yicha javobgarlik ATV si egasiga yuklatiladi.

11 Kafolat majburiyatlari

11.1 ATV sining qayta jihozlanishini o‘tkazgan tashkilotlar, ularning muddati va bosib o‘tgan yo‘lida foydalanish va saqlash qoidalariga rioya qilish, lekin bunda ular kamida 12 oy va 20000 km gacha bo‘lgan sharoitlarda boshqaruv elementlarining montaj qilish sifatini kafolatlashlari kerak.

11.2 ATV sini ishlab chiqaruvchi korxonadan berilgan kafolat muddati tugamagan ATV sini qayta jihozlashda bevosita qayta jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan detallar va uzellar bo‘yicha kafolatli majburiyatlar qayta jihozlashlarni o‘tkazgan tashkilotga o‘tadi. Qolgan detallar va uzellarga kafolatli majburiyatlar ATV sini ishlab chiqaruvchi tomonidan saqlab qolinadi.

A-ilova

(majburiy)

Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasining avtomobilga o‘rnatish chizmalari:

Avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan avtomobillar uchun qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasi HCS-A.01.00.000 SB (2 varaq).

Avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan avtomobillar uchun qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilma elementlarining chizmasi.

    HCS -A.01.01.000 mexanizmni ushlagich (2 varaq). 

    HCS-A.01.02.000 boshqaruv dastasi.

    HCS-A.01.03.000 gaz tyagasi. 

    HCS-A.01.04.000 tormoz tyagasi. 

    HCS-A.01.05.000 gazning trubkasimon tyagasi. 

    HCS-A.01.06.000 tormoz trubkasimon tyagasi. 

    HCS-A.01.07.000 o‘tkazgichlar blogi.

    HCS-A.01.08.000 rul chambaragining dastagi.


 
В-ilova
 
(majburiy)

1-shakl

HUJJAT №

Jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ATV ning qo’l bilan boshqarish maxsus qurilmasini qayta jihozlashuchun ATV sini qabul qilish

________________________                                           «       »  __________________ 202 y.

     (shahar yoki joyning nomi)

Buyurtmachi 

(familiyasi, ismi, sharifi)

Tug‘ilgan sanasi ________________            Pasport seriyasi __________________________

(kun, оy,yil)

Kim tomondan va qachon berilgan _________________________________________________

ATV modeli _________________ Davlat raqam belgisi ________________________________

Ishlab chiqarilgan yili ______________ Dvigatel, mod._________________________________

Shassi №

Foydalanish boshlanganidan beri ATV sining bosib o‘tgan yo‘li ___________ km

АТV butligi ___________________________________________________________________

(Ishlab chiqaruvchi MX muvofiqligi)

Shinalar miqdori, birlik, ularning № ________________________________________________

Zahira gildiragi №

Texnik holati

_____________________________________________________________________________ (kuzov, rama, kabina, platforma, tom vа boshqalar)

АТVsini qayta jihozlash

turi

(qayta jihozlash turi ko’rsatiladi)

Alohida belgilar

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(Belgilanishi zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar keltiriladi)

____________________________________________________________________________________

O‘rnatishni amalga oshiruvchi tashkilot _____________________________________________

                                                             (Tashkilot nomi, manzili, telefon, faks)

Tashkilotning ornatishga qarori ___________________________________________________

(ATV qabul qilindi, qabul qilinmadi)

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

(Agar qabul qilinmagan bo‘lsa, sabablar ko‘rsatiladi)

Avtomobil egasi ______________________________                 _________________

                   (F.I.SH)                                                              (imzo)   

Tashkilot raxbari _____________________________                _________________                                      (F.I.SH)               (imzo)    


 
C-ilova
 
(majburiy)

2-shakl

Jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun kul bilan boshqarish maxsus qurilmasi bilan qayta jihozlangan ATV sini qabul qilish-topshirish hujjati

__________________________                                                     «     » ____________    202 y.      (shahar yoki joyning nomi)

Buyurtmachi 

      (Familiya, ism, sharifi)

Tug‘ilgan sanasi _________________         Pasport seriyasi ____________  ______________

     (kun,оy,yil)

Kim tomondan va qachon berilgan _________________________________________________

Qayta jihozlangan ATV modeli _______________ Davlat raqam belgisi ___________________

Ishlab chiqarilgan yili __________________ Dvigatel, mod.  ____________________________

Shassi №

Foydalanish boshlanganidan beri ATV sining bosib o‘tgan yoli _____________ km

Shinalar miqdori, birlik, ularning №

Zahira gildiragi № _____________________________

Avtotransport vositasi but holatda va «____» 202__ y. dagi sonli qabul qilish-topshirish hujjatiga ko‘ra butlikka, shuningdek Milliy standartning ________________________________

                                                                                 (ishlab chiqaruvchi OzMSt belgilanishi)     “Butligi” bo‘limiga ko‘ra boshqaruv organlari elementlari butligiga ega. Qayta jihozlashda yechib olingan ATV sining keyingi detallari va uzellari qaytarib berildi 

__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(ATV ning qaytarib beriladigan detallari va uzellari sanab o‘tiladi)

Alohida belgilar

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(Belgilanishi zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar keltiriladi)

Qo‘l bilan boshqarish maxsus qurilmasini o‘rnatgan tashkilot

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(Tashkilot nomi, manzili, telefon, faks)

Avtomobil egasi _________________________________         _________________

                         (F.I.SH)                                                 (imzo)

                                         (F.I.SH)                                                      (imzo)

Bibliografik malumotlar

SMT 43.040.50

_____________________________________________________________________________

Muhim sozlar: Avtotransport vositalari, avtomobil qo‘l bilan boshqarish qurilmasi, texnik talablar, markalash, tamg‘alash, o‘rab joylash, qadoqlash, transportda tashish va saqlash, xavfsizlik talablari.

_______________________________________________________________________________


© Standart ilova portali. All rights reserved.