main-logo

Kabinet

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirligi qoshida STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

69

Muhokamaga chiqarish sanasi

14.11.2025

Yakunlanish sanasi

13.01.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

BAZALT TOLASI ASOSIDA TAYYORLANGAN GEOSETKA

Texnik shartlar

Rasmiy nashr

Oʻzbekiston standartlar instituti

Toshkent sh.

Soʻz boshi

1. STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan ISHLAB CHIQILDI.

2. Oʻzbekiston standartlar institutining _________________-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.

3. O‘z DSt 3606:2022 OʻRNIGA IShLAB ChIQILDI.

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.

Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli

II

Mundarija

1

Qo‘llanish doirasi

1

2

Standartlarga havolalar

1

3

Tasniflash va shartli belgilar

3

4

Texnik talablar

4

5

Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari

5

6

Qabul qilish qoidalari

6

7

Nazorat usullari

7

8

Transportda tashish va saqlash

9

9

Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

10

10

Ishlab chiqaruvchining kafolatlari

10

Bibliografiya

11

Bibliografik maʼlumotlar

12

III

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

BAZALT TOLASI ASOSIDA TAYYORLANGAN GEOSETKA

Texnik shartlar

ГЕОСЕТКА НА ОСНОВЕ БАЗАЛЬТОВОЛОКНА

Технические условия

BASED ON BASALT FIBER GEOSET

Spesifications

Amalga kiritish sanasi ___ ________2025 yil.

1 Qo‘llanish doirasi

Ushbu milliy standart atrof-muhit haroratining 70°С dan yuqori bo‘lmagan va minus 40°С dan past bo‘lmagan muntazam ta’sirida ishlatiladigan qurilishda devor va pol, beton yo’l, turargoh va piyodalar yo’lakchasi, yo‘l qoplamalari va asoslari, irrigatsiya va suv xojalik inshootlarida va aerodromda qo‘llaniladigan bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkaga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar polimer iplarning ikkita tizimidan hosil bo‘lgan, uchinchi polimer ip bilan to‘qilgan va polimer biriktirgichlar bilan biriktirilgan polimer iplar to‘ri hisoblanadi.

2 Standartlarga havolalar

Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:

ISO 10776:2012

 

Geotextiles and geotextile-related products - Determination of water permeability characteristics normal to the plane, under load

ГОСТ 12.0.004-2015

Система стандартов безопасности труда. Организация обучения безопасности труда. Общие положения;

ГОСТ 12.1.003-2014

Система стандартов безопасности труда. Шум. Общие требования безопасности;

ГОСТ 12.1.004-91

Меҳнат хавфсизлиги стандартлари тизими. Ёнғин хавфсизлиги. Умумий талаблар;

ГОСТ 12.1.005-88

Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны;

ГОСТ 12.1.019-2017

Система стандартов безопасности труда. Электробезопасность. Общие требования и номенклатура видов защиты;

ГОСТ 12.1.030-81

Система стандартов безопасности труда. Электробезопасность. Защитное заземление, зануление;

 

Rasmiy nashr

 

 

 

ГОСТ 12.1.044-2018

Система стандартов безопасности труда. Пожаровзрывоопасность веществ и материалов. Номенклатура показателей и методы их определения

ГОСТ 12.3.002-2014

Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Процессы производственные. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.3.009-76

Система стандартов безопасности труда. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.4.011-89

Система стандартов безопасности труда. Средства защиты работающих. Общие требования и классификация

ГОСТ 12.4.041-2001

Система стандартов безопасности труда. Средства индивидуальной защиты органов дыхания фильтрующие. Общие технические требования

ГОСТ 12.4.068-79

Система стандартов безопасности труда. Средства индивидуальной защиты дерматологические. Классификация и общие требования

ГОСТ 17.2.3.01-86

Охрана природы. Атмосфера. Правила контроля качества воздуха населенных пунктов; 

ГОСТ 17.2.3.02-2014

Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями; 

ГОСТ 17.2.4.01-80

Охрана природы. Атмосфера. Метод определения величины каплеуноса после мокрых пылегазоочистных аппаратов

ГОСТ 17.4.3.05-86

Охрана природы. Почвы. Требования к сточным водам и их осадкам для орошения и удобрения;

ГОСТ 3811-72

Материалы текстильные. Ткани, нетканые полотна и штучные изделия. Методы определения линейных размеров, линейной и поверхностной плотностей

ГОСТ 6943.0-93

Стекловолокно. Правила приемки

ГОСТ 6943.8-2015

Материалы текстильные стеклянные. Метод определения массовой доли влаги и веществ, удаляемых при прокаливании

ГОСТ 6943.10-2015

Материалы текстильные стеклянные. Метод определения разрывной нагрузки и удлинения при разрыве

ГОСТ 6943.17-94

Стекловолокно. Ткани. Нетканые материалы. Метод определения ширины и длины

ГОСТ 14192-96

Маркировка грузов;

ГОСТ 17308-88

Шпагаты. Технические условия

ГОСТ 24297-2013

Верификация закупленной продукции. Организация проведения и методы контроля; 

ГОСТ 28206-89

Основные методы испытаний на воздействие внешних факторов. Часть 2. Испытания. Испытание J и руководство: Грибостойкость

ГОСТ 32491-2013

Материалы геосинтетические. Метод испытания на растяжение с применением широкой ленты

ГОСТ 30244-94

Материалы строительные. Методы испытания на горючесть;

O‘z DSt 1.17:99

Etalon-namunalar texnikaviy bayonlarini ishlab chiqish, kelishib olishi, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi

O‘z DSt 12.0.001:2005

Mehnat havfsizligi, mehnatni ilmiy tashkil qilish sanoat sanritariya va gigiyenasi, standarlari tizimi.

O‘zMSt ISO 13438:2024 (ISO 13438:2018, IDT)

Geosintetika - geotekstil va geotekstil bilan bogʻliq mahsulotlarning oksidlanishga chidamliligini aniqlash uchun skrining sinov usuli

O‘zMSt ISO 24511:2024 (ISO 24511:2024, IDT)

Ichimlik suvi va oqava suv xizmatlari bilan bog‘liq faoliyat - oqava suvlarni boshqarish va oqava suv xizmatlarini baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar

ГОСТ Р 55031-2012

Метод определения устойчивости к ультрафиолетовому излучению

ГОСТ Р 55032-2012

Метод определения устойчивости к многократному замораживанию и оттаиванию

ГОСТ Р 55034-2012

Метод определения теплостойкости

ГОСТ Р 55035-2012

Дороги автомобильные общего пользования. Материалы геосинтетические для дорожного строительства. Метод определения устойчивости к агрессивным средам

Izoh: Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlariga muvofiq standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (oʻzgartirilgan) boʻlsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (oʻzgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan boʻlsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.

3 Tasniflash va shartli belgilar

3.1 Ishlatilgan materiallarning mustahkamligiga qarab bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar quyidagi turlariga bo‘linadi:

Basalt СБНП 110,   1 m2 og’irligi - 110 g. 

Basalt СБНП 30,     30 - materialning quvvati, kN/m;

Basalt СБНП 50,     50 - materialning quvvati, kN/m;

Basalt СБНП 100,   100 - materialning quvvati, kN/m,

Basalt СБНП 150,  150- materialning quvvati, kN/m,

bu yerda:

Basalt СБНП - bazalt to'yintirilgan tikiladigan bazalt to'ri (сетка базальтовая нитепрошивная пропитанная).

3.2 Bazalt tolasi asosidagi geoto‘r katakchalarining kengligi markalar uchun quyidagicha bo‘lishi kerak:

Basalt СБНП 110 - 7x6, mm;

            Basalt СБНП 30, 50, 100 - 25x25, mm;

Basalt СБНП 50, 100, 150 - 40x40, mm;

Basalt СБНП 30, 50, 100, 150 - 50x50, mm.

3.3 Bazalt tolasi geosetkani eni bo‘yicha kengligi 200 dan 540 сm gacha bo‘lishi kerak.

3.4 Tayyorlovchining iste’molchi bilan kelishuviga ko‘ra geoto‘rning boshqa turlari va geometrik o‘lchamlarini tayyorlashga yo‘l qo‘yiladi.

3.3 Hujjatlarda bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning qayd etilishiga misol:

Basalt СБНП 110 (7x6)-540 O‘zМSt _________:2025,

bu yerda:

Basalt СБНП - bazalt to'yintirilgan tikiladigan bazalt to'ri;

110 – 1 m2 og’irligi, g;

(7x6) - kvadrat katakchaning tomoni uzunligi, mm;

540 - geosetkani eni bo’yicha kengligi, cm.

           Basalt СБНП 50 (50x50)-540 O‘zМSt _________:2025,

bu yerda:

Basalt СБНП - bazalt to'yintirilgan tikiladigan bazalt to'ri;

50  bo’yiga va eniga uzilish ko’rsatqichi, kN/m;

(50x50) - kvadrat katakchaning tomoni uzunligi, mm;

540 - geosetkani eni bo’yicha kengligi, cm.

Basalt СБНП 50 (40x40)-540 sm O‘zМSt _________:2025,

bu yerda:

Basalt СБНП - bazalt to'yintirilgan tikiladigan bazalt to'ri;

50 - bo’yiga va eniga uzilish ko’rsatqichi, kN/m;

(40x40) - kvadrat katakchaning tomoni uzunligi, mm;

540 - geosetkani eni bo’yicha kengligi, cm.

O‘zМSt _________:2025 - ushbu standartning belgilanishi.

4 Texnik talablar

4.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetka ushbu standart talablariga javob berishi, O‘z DSt 1.17 bo‘yicha etalon-namunaga muvofiq bo‘lishi va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak.

4.2 Asosiy parametrlar va tavsiflar (xususiyatlar)

4.2.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar bilan qoplamalarni loyihalash va qurishda yerning gidrogeologik sharoitlari, yo‘lning strukturaviy atlamlarining materiallari, shuningdek yuk oqimining kutilayotgan miqdori, tarkibi va intensivligi hisobga olinishi kerak.

4.2.2 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning fizikaviy va mexanik xususiyatlari ushbu davlat standartning 1-jadvalida keltirilgan qiymatlarga mos kelishi kerak.

1-jadval

Ko‘rsatkichlar nomi

Markasi uchun  qiymatlar

Basalt

СБНП 110

Basalt СБНП 50

Basalt

СБНП 100

Basalt

СБНП 150

Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkaning cho‘zilishda mustahkamligi, kN/m, kam emasligi:

bo‘ylama yo‘nalishda

ko‘ndalang yo‘nalishda

 

 

 

-

 

 

 

50

50

 

 

 

100

100

 

Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkaning maksimal yukda nisbiy uzayishi, foizdan kam emas:

bo‘ylama yo‘nalishda

ko‘ndalang yo‘nalishda

 

 

 

4,0

4,0

 

 

 

4,0

4,0

 

 

4,0

4,0

 

Geokompozitni tashkil qiluvchi geosetkaning sirt zichligi, g/m2

110-160

235

410

 

Qayta muzlatish va eritishga qarshilik (30 sikl), foizdan kam emas

         90

90

90

 

Issiqlikka chidamlilik, foizdan kam emas

90

90

90

 

Zamburug‘ga barqarorlik, undan yuqori emas

ПГ113

ПГ113

ПГ113

 

Ultrafiolet nuriga chidamliligi, foizdan kam emasligi:

95

95

95

 

Agressiv muhitlarga chidamlilik, kamida foizda

95

95

95

 

Singdiruvchi birikmaning tarkibi, kamida foizda

25

25

25

 

 

Kataklarning o‘lchami, mm

 

7x6

25×25

40×40

50×50

25×25

40×40

50×50

 

Rulonning kengligi, сm

200 dan 540 gacha

4.2.3 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning ko‘rinishi ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan texnologik hujjatlarga va tegishli standartlarga mos kelishi kerak.

4.3 Xomashyo va materiallarga qo‘yiladigan talablar

4.3.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarni ishlab chiqarish uchun ГОСТ 24297 bo‘yicha tekshiruvdan (kirish nazorati) o‘tgan quyidagi xom ashyolardan foydalaniladi:

amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq yoki muvofiqlik sertifikatiga ega bazalt tolasidan;

amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq yoki muvofiqlik sertifikatiga ega poliamid tolalaridan;

amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq yoki muvofiqlik sertifikatiga ega polipropilen tolalaridan.

4.3.2 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning biriktirilishi  polivinilxlorid, polietilen, bitum yoki lateks asosida polimer bog‘lovchi bilan amalga  oshiriladi.

4.3.3 Iste’molchi bilan kelishilgan holda bog‘lovchilarning boshqa turidan foydalanishga ruxsat etiladi.

4.4 Tamg‘alash 

4.4.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning har bir qadog‘ida quyidagi  ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qog‘oz yorlig‘i yopishtirilishi kerak:

- ishlab chiqaruvchi-korxonaning nomi va/yoki mahsulot belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili (yuridik, haqiqiy), telefon raqami;

- geosetka belgisi;

- ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);

- qadoqdagi geosetkalar soni, dona;

- geosetkaning uzunligi, m;

- saqlash muddati (oy, yil);

- sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- saqlash shartlari;

- ro‘yxatdan o‘tish raqami ko‘rsatilgan shtrix-kod va/oyki QR-kod (agar kerak bo‘lsa);

- mazkur miliy standartining belgilanishi;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilganda davlat tilidagi «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvlari;

- eksportga mahsulot yetkazib berishda ingliz tilidagi «Made in Uzbekistan» yozuvlari.

4.4.2 Transport tamg‘asida ГОСТ 14192 «Беречь от нагрева» manipulyatsiya belgisi ko‘rsatiladi

4.5 Joylab o‘rash

4.5.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning rulonlari polietilen plyonkada amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘yicha qadoqlanadi va ГОСТ 17308 ga muvofiq bo‘lgan ip yoki boshqa o‘rash matosi bilan bog‘lanadi.

4.5.2 Plyonkaga o‘ralgan rulonlar vertikal holatda qadoqqa joylashtiriladi yoki gorizontal ravishda, lekin 7 donadan oshirilmagan holda taglik (poddon)da yig‘iladi.

4.5.3 Iste’molchi bilan kelishilgan holda saqlash va tashish paytida bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning xavfsizligini ta’minlagan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bo‘lgan boshqa turdagi qadoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.

4.5.4 Qadoqlash usulini iste’molchi bilan muvofiqlashtirishga va uni ishlab chiqarish tartibida ko‘rsatilishi mumkin.

5 Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari

5.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar toksik hisoblanmaydi va u inson tanasiga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi hamda ishlab chiqarish, tashish va saqlash paytida xavf tug‘dirmaydi.

5.2 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar ГОСТ 30244, ГОСТ 12.1.044 bo‘yicha yonuvchanlik guruhiga kiradi. Sanoat binolarining ish joyi havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi ГОСТ 12.1.005 va [1] talablariga javob berishi kerak.

5.3 Atmosfera havosidagi zararli moddalarning tarkibi [2] bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan oshmasligi kerak.

5.4 Ishlab chiqarish binolari [3] ga muvofiq ta’minot va chiqindi ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

5.5 Sanoat binolari mikroiqlimining sanitariya me’yorlari [4] talablariga javob berishi kerak.

5.6 Ishchi maydon havosidagi polimerlarning ruxsat etilgan maksimal o‘rtacha konsentratsiyasi (MO‘K) ГОСТ 12.4.041 talablariga va 2-jadvalda keltirilgan qiymatlarga mos kelishi kerak.

2 jadval

Moddaning nomi

Xavf sinfi

MO‘K ishchi maydonida, mg/m3

Poliamid

3

6

Polipropilen

3

10

Bazalt tolasi

3

5

Poliester

3

5

5.7 Uskunalar va texnologik jarayonlar ГОСТ 12.3.002 talablariga, yong‘in xavfsizligi esa ГОСТ 12.1.004 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

5.8 Mahsulotlarni ishlab chiqarishda ГОСТ 12.1.019 va ГОСТ 12.1.030 ga muvofiq elektr xavfsizligi talablariga rioya qilish kerak.

5.9 Texnologik uskunalardan ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan zararli omillar (shovqin, tebranish) [5] va [6] talablariga javob berishi kerak.

5.10 Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yuklash-tashish ishlari ГОСТ 12.3.009 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

5.11 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar ГОСТ 12.4.011 bo‘yicha shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak.

5.12 Polimer kukuni chiqarilganda nafas olish tizimini himoya qilish uchun                     ГОСТ 12.4.041 bo‘yicha ШБ-1 respiratoridan, ko‘zni himoya qilish uchun — ko‘zoynaklar va qo‘llarni himoya qilishdan ГОСТ 12.4.068, ISO 13999-2 bo‘yicha foydalanish kerak.

5.13 Xodimlar ishga qabul qilinganda ГОСТ 12.0.004 va O‘z DSt 12.0.001 bo‘yicha xavfsizlik ko‘rsatmalari bilan tanishtirilishi kerak.

5.14 Geosetkalarni ishlab chiqarishda chiqindilarni yo‘q qilish [7] talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

5.15 Operatsiyalarni boshqarish uchun xavfsizlik ГОСТ 12.3.009 talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

5.16 Chiqindi suvlariga qo‘yiladigan talablar ГОСТ 17.4.3.05 va [8] bo‘yicha amalga oshiriladi.

5.17 Ishlab chiqarish jarayonida ГОСТ 17.2.3.01 va ГОСТ 17.2.3.02 bo‘yicha atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi kerak.

5.18 Atmosferaga zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal chiqindilarining (РЭМЧ) tarkibini nazorat qilish ГОСТ 17.2.4.01 ga muvofiq amalga oshiriladi.

5.19 Bazalt tolasi asosidagi geoto‘rni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan, tarkibida polimer kukuni bo‘lgan ventilyatsiya tizimlarining gazsimon chiqindilari siklon turidagi qurilmalarda tozalanadi, keyinchalik polimer chiqindilari yo‘q qilinadi.

6 Qabul qilish qoidalari

6.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarni qabul qilish texnik nazorat bo‘limi tomonidan mazkur standarti va ГОСТ 6943.0 talablariga muvofiq to‘plarda amalga oshiriladi.

6.2 To‘p bir kunda chiqariladigan, bir markadagi geosetkalar soni hisoblanadi. To‘pning hajmi kunlik ishlab chiqarish hajmidan oshmasligi kerak.

6.3 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning mazkur davlat standarti talablariga muvofiqligini tekshirish uchun qabul qilish va davriy turdagi hamda sertifikatlash sinovlari o‘tkazilishi kerak.

6.4 Laboratoriya sinovlari uchun bitta rulondan 0,5 m namuna kesib olinadi. Barcha laboratoriya sinovlari standart namunalarda mexanik sinovlar uchun bir nav uchun kamida 6 dona va to‘quv uchun 6 dona miqdorida olinishi kerak.

6.5 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarni qabul qilish sinovlari tegishli namunaga muvofiqligi, har bir birlik uchun massa, dastlabki holatdagi tortishish kuchi, uzilish paytida uzayish, katak o‘lchamlari, rulon kengligi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlarni va mos yozuvlar namunasiga muvofiqligini aniqlash uchun partiyadan kamida uchta rulon olinadi.

6.6 Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan sinovlarda muzlash-eritishning 30 siklidan keyin (olti oyda bir marta) tortishish kuchini yo‘qotish aniqlanadi.

6.7 Ko‘rsatkichlarning kamida bittasi bo‘yicha qoniqarsiz nazorat natijalarini olgandan so‘ng, takroriy nazorat shu partiyadan tanlangan ikki baravar ko‘p miqdordagi bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

6.8 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning sifat ko‘rsatkichlari mazkur davlat standarti talablariga javob bersa, to‘p (partiya) qabul qilingan hisoblanadi.

6.9 Turli sinovlar moddiy tuzilishga o‘zgartirishlar kiritilganda amalga oshiriladi. Sinovlar qabul qilish va davriy testlar doirasida amalga oshiriladi.

6.10 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning har bir to‘piga (partiyasiga) quyidagi sifatni ko‘rsatuvchi hujjat (sifat pasporti) ilova qilinadi:

- ishlab chiqaruvchi-korxonaning nomi va/yoki mahsulot belgisi (mavjud bo‘lsa), manzili (yuridik, haqiqiy), telefon raqami;

- geosetka belgisi;

- ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);

- saqlash shartlari;

- kafolatlangan saqlash muddati (oy, yil);

- qabul qilish-topshirish sinov natijalari;

- ro‘yxatdan o‘tish raqami ko‘rsatilgan shtrix-kod va/oyki QR-kod (agar kerak bo‘lsa);

- sifat bo‘limi yoki mahsulot sifati uchun javobgar shaxsning muhri;

- sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- mazkur miliy standartining belgilanishi;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilganda davlat tilidagi «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvlari;

- eksportga mahsulot yetkazib berishda ingliz tilidagi «Made in Uzbekistan» yozuvlari.

7 Nazorat usullari

7.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar kengligi ГОСТ 6943.17 bo‘yicha aniqlanadi.

7.1.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning kengligi tayanchning iplari orasida ilmoqlar yoki popuklar hisobga olmagan holda o‘lchanadi. Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning uzunligi 0,1 m aniqlikdagi singdiruvchi mashinaning o‘rash moslamasida o‘rnatilgan xisoblagich bilan aniqlanadi.

7.1.2 Mato o‘lchov elementiga qo‘yilishi va undan silliq va teng ravishda olinishi kerak.

7.2 Kataklarning o‘lchami ГОСТ 6943.17 ga muvofiq bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning katakcha tomoni kattaligi o‘rtacha arifmetikasi uchta joyidan va chetidan 100 mm dan kam bo‘lmagan joyida aniqlanadi, katakning yon tomonlariga parallel ravishda ikki yo‘nalishda sanaladi, xar biri 10 ta katakning va kesmaning uzunligi hamda hisoblangan kataklar joylashgan bir chetdagi ipni o‘z ichiga oladi.

7.2.1 Katak tomoni o‘lchamining arifmetik o‘rtachasini aniqlash uchun bo‘lim uzunligi 1 mm bo‘linishiga ega bo‘lgan metr yoki chizg‘ich bilan o‘lchanadi.

7.2.2 Katakcha tomoni o‘lchamining arifmetik o‘rtacha qiymati (polimer ipning ulanish

orasidagi masofa) (a), (mm) qo‘yidagi formula bilan hisoblanadi:

a = l/n,

bu yerda:

1 - tegishli yo‘nalishlarda ketma-ket hisoblangan 5 yoki 10 katak joylashgan qismining uzunligi, mm;

n - hisoblangan kataklar soni.

7.2.3 Katakcha tomonining uzunligi (polimer iplarning ulanishlar orasidagi masofa) oltita o‘lchashlarning o‘rtacha arifmetik qiymatlarini hisoblash bilan aniqlanadi.

7.3 1 g/m2 maydon yuza zichligi massasi ГОСТ 6943.16 bo‘yicha aniqlanadi.

7.4 kN/m cho‘zilishda mustahkamligi bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda                ГОСТ 32491 bo‘yicha aniqlanadi.

7.5 Geosetkaning maksimal yukda foiz nisbiy uzayishi bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishda ГОСТ 32491 bo‘yicha aniqlanadi.

7.6 Sovuqqa chidamlilik sinovdan o‘tkazilganda kuchning yo‘qolishi quyida keltirilgan usul bilan ISO 10776 (ГОСТ Р 55032) bo‘yicha aniqlanadi.

7.6.1 Olingan namunalardan laboratoriya sinovlari uchun tanlangan namunalar dastlabki holatda va sovuqqa chidamliligini sinovidan o‘tkazish uchun, so‘ng eni va asos yo‘nalishi bo‘yicha yorilishdagi yuklamani aniqlash uchun 6 ta namuna olinadi.

7.6.2 Dastlabki namunalarni eni va asos yo‘nalishi bo‘yicha uzilishdagi yuklama sinovlari ГОСТ 6943.10 bo‘yicha amalga oshiriladi.

7.6.3 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkaning uchta tasmasi eni va asos yo‘nalishi bo‘yicha kesilib, metall vannaning pastki qismiga joylashtiriladi. Namunalarning ustidagi suv sathi 15 mm dan past bo‘lmasligi uchun vannaga distillangan suv quyiladi. Namunalar solingan vanna harorati (-15±2) °C o‘rnatilgan muzlatkichga qo‘yiladi va shu sharoitda 8 soat davomida saqlanadi. Shundan so‘ng, namunalar muzlatgich kamerasidan chiqariladi va xona haroratida (16 + 23) °С da 16 soat davomida butunlay muzdan tushiriladi.

7.6.4 Muzlatish va eritish ishlari 30 siklda amalga oshiriladi.

7.6.5 So‘ngra namunalar vannadan chiqarilib, (60±2) °C haroratida 16 soat davomida quritish shkafida quritiladi va ГОСТ 6943.10 bo‘yicha eni va asos yo‘nalishi bo‘yicha yorilishdagi yuklamani aniqlash uchun sinovdan o‘tkazadi.

7.6.6 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkaning kuchining kamayishi muzdan tushirilgandan keyin foiz quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda:

R - geosetkaning yorilishdagi yuklama namunasining dastlabki holati;

R1 - sovuqqa chidamlilik uchun sinovdan keyin namunaning yorilish yuklamasi.

7.6.7 Sovuqqa chidamliligini tekshirishda kuch yo‘qotishning qiymati uchun barcha namunalarning sinov natijalarining arifmetik qiymati 1 foiz aniqlikda olinadi.

7.8 Materiallarning issiqlikka chidamliligini o‘lchash O‘zMSt ISO 13438 (ГОСТ Р 55034) bo‘yicha 160 °C dan 250 °C gacha isitishga uchragan material namunalarini tortish sinovlari natijalari va bunday ta’sir o‘tkazilmagan nazorat namunalarini sinov natijalari bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

7.9 Zamburug‘larga qarshiligi ГОСТ 28206 bo‘yicha mog‘or qo‘ziqorinlariga chidamliligini tekshirish usuli bilan aniqlanadi. Bunda, material mog‘or qo‘ziqorini rivojlanishi uchun maqbul bo‘lgan sharoitda shakar qo‘shilishi bilan mineral tuzlar eritmasida mog‘or qo‘ziqorinlarining ayrim turlarini sporalari bilan yuqadi.

Sinov oxirida qo‘ziqorin qarshiligi mog‘or qo‘ziqorinlarining rivojlanish darajasi va (yoki) materiallar xususiyatlarining xarakterli ko‘rsatkichlari o‘zgarishi bilan baholanadi.

7.10 Materiallarning ultrabinafsha nurlanishiga chidamliligini o‘lchash O‘zMSt ISO 24511 bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda, ultrabinafsha nurlanish berilgan material namunalari ultrabinafsha nurlanish berilmagan material namunalari bilan taqqoslangan holda amalga oshiriladi.

7.11 Materiallarning agressiv muhitga chidamliligini o‘lchash 72 soat davomida agressiv muhit ta’sirida bo‘lgan materiallar namunalarining sinov natijalari va bunday ta’sirga duch kelmagan nazorat namunalarini sinash natijalari bilan taqqoslash orqali ГОСТ Р 55035 ga asosan amalga oshiriladi.

7.12 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkada singdiruvchi birikmaning tarkibi  ГОСТ 6943.8 bo‘yicha aniqlanadi.

7.13 Uskunalar va o‘lchov vositalariga qo‘yiladigan talablar:

mayatnik tipidagi qisqichlar yoki yukning doimiy ravishda o‘sish tezligi yoki deformatsiyaning doimiy tezligi bilan, yukni o‘lchashda ± 1 foizdan ko‘p bo‘lmagan xato bilan tortish sinov mashinasi;

90 foiz dan yuqori haroratni (29 + 2) °C va nisbiy namlikni ta’minlovchi kamera (termostat);

bug‘ning 0,15-0,2 MPа bosimini ta’minlovchi avtoklav;

isitish harorati 350 °C gacha bo‘lgan quritish shkafi;

maishiy elektr sovutgich;

60 °C gacha kattalashtiradigan MBS biologik mikroskopi;

tortish aniqligi ±0,3 mg bo‘lgan elektron tarozilar;

o‘lchov xatosi ±1 mm bo‘lgan metall chizg‘ich;

shtangensirkul.

7.14 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning ko‘rinishi, yorliqlarining to‘g‘riligi va qadoqlash sifati kuzatish asosida tekshiriladi.

7.15 Barcha o‘lchov va nazorat vositalari belgilangan tartibda tekshirilishi yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.

8 Transportda tashish va saqlash

8.1 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar ushbu mahsulotlarni tashishga mo‘ljallangan yoki ustki qismi yopiq bo‘lgan transport vositalarining barcha turlari bilan tashilishi mumkin.

8.2 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarni temir yo‘l transporti orqali tashish tegishli talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

8.3 Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalar nisbiy namligi 80 foizdan oshmaydigan yopiq omborlarda saqlanishi kerak.

9 Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetkalarning ishlashiga qo‘yiladigan talablar [9], [10] va [11] ishchi chizmalariga muvofiq bo‘lishi lozim.

10 Ishlab chiqaruvchining kafolatlari

10.1 Ishlab chivaruvchi iste’molchi tomonidan transportda tashish, saqlash qoidalariga rioya qilinishida va qo‘llanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarilishida, bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetka ushbu standartning talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.

10.2 Bazalt tolasi asosidagi geoto‘rni kafolatli saqlash muddati - tayyorlangan kundan boshlab 2 yil.

Bibliografiya

[1] SanQvaN0294-11

Gigienik standartlar. Ishlaydigan hudud havosidagi maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyalar (MPC).

[2] SanQvaN № 0053-23

Аholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigienik meʼyorlari.

[3] SHNQ 2.04.05-22

Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash.

[4] SanQvaN0324-16

Sanoat binolarining mikroiqlimi uchun sanitariya-gigiena standartlari.

[5] SanQvaN 0325-16

Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi uchun sanitariya meʼyorlari.

[6] SanQvaN 0326-16

Ish joylarida umumiy va mahalliy tebranishlar uchun sanitariya meʼyorlari.

[7] SanQvaN 0300-11

Ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ish, inventarizatsiya qilish, tasniflash, zararsizlantirish, saqlash va yo‘q qilishni tashkil etish.

[8] SanQvaN 0083-24

Yer osti va yer usti suv obʼektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini.

[9] SHNQ 2.05.02-23

Avtomobil yo‘llari. Loyihalash talablari.

[10] ShNQ 3.01.02-23

Qurilishda xavfsizlik texnikasi.

[10] ShNQ 2.03.07-21

Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar


 
Bibliografik maʼlumotlar

SMT 59.080.70

Muhim so‘zlar: bazalt tolasi asosida tayyorlangan geosetka, tasnifi va belgilari, texnik talablari, tamg‘alash, qadoqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlik choralari, qabul qilish qoidalari, nazorat qilish usullari, transportda tashish va saqlash, foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar.


© Standart ilova portali. All rights reserved.