23.09.2026
22.11.2026
0
0
0
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Yemirilish va eskirishdan himoyaning yagona tizimi
Asosiy qoidalar
Rasmiy nashr
Oʻzbekiston standartlar instituti
Toshkent
Soʻz boshi
1. STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan ISHLAB CHIQILDI.
2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan _______ yil ____________ -sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.
3. O‘z DSt 9.101:1998 O‘RNIGA AMALGA KIRITILDI.
Ushbu milliy standartni va unga boʻlgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston hududida amalga kiritish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli.
II
OʻZBEKISTON MILLIY STANDARТI
Yemirilish va eskirishdan himoyaning yagona tizimi. Asosiy qoidalar
Единая система защиты от коррозии и старения. Основные положения
Unified system of corrosion and ageing protection. Basic provisions
Amalga kiritish sanasi__ __________.
1 Qoʻllanish doirasi
Ushbu standart buyumlar, konstruksiyalar va materiallarni korroziya hamda eskirishdan himoya qilish tizimining yagona (bundan keyin — YEHYT) ta’rifi, vazifasi, tuzilishi va tarkibini, tizim standartlarini nomlash va belgilash qoidalarini belgilaydi.
2 Standartlarga havolalar
Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanildi.
ГОСТ 1.0-2015 | Межгосударственная система стандартизации. Основные положения |
ГОСТ 1.1-2015 | Межгосударственная система стандартизации. Основные положения |
ГОСТ 1.5-2001 | Межгосударственная система стандартизации. Стандарты межгосударственные, правила и рекомендации по межгосударственной стандартизации. Общие требования к построению, изложению, оформлению, содержанию и обозначению |
Rasmiy nashr
Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlariga muvofiq standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (oʻzgartirilgan) boʻlsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (oʻzgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan boʻlsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.
3 Tizimning mo‘ljallanishi va ta‘rifi
3.1 YEHYT – buyumlar va konstruksiyalar hayot davrining barcha bosqichlarida (tadqiqot va ishlab chiqishni asoslash, ishlab chiqarish (qurilish), foydalanish, saqlash, kapital ta’mirlash), buyumlar, konstruksiyalar va materiallarni korroziya va eskirishdan himoya qilishning umumiy talablari, qoidalari, normalari va usullarini belgilovchi o‘zaro bog‘liq davlatlararo standartlar to‘plami.
YEHYT standartlari standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (ISO, IEC, EN va boshqalar) standartlari talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi, bunda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlarining davlatlararo standartlari talablari ustuvor hisoblanadi.
Rasmiy nashr
3.2 YEHYT ning asosiy vazifasi xavfsizlik, ekologiya, moslik, o‘zaro almashinuvchanlik talablarini hisobga olgan holda, buyumlar, konstruksiyalar va materiallarning belgilangan sifat darajasini korroziya va eskirishdan himoya qilish vositalari va usullari bilan ta’minlash
va saqlashdan iborat.
YEHYT davlatlararo standartlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
ГОСТ 1.0 ga muvofiq YEHYT standartlarining qo‘llanilishi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish jarayonida fan, texnika va ishlab chiqarishning turli sohalarining texnik birligi va o‘zaro bog‘liqligini, atrof-muhitni muhofaza qilishni, mehnatni muhofaza qilishni
va boshqa umumiy texnik talablarni ta’minlashi, himoya obyektlarini korroziyadan va eskirishdan himoya qilishni ta’minlashi lozim.
YEHYT standartlarining atamalari va ta’riflari ГОСТ 1.1 ga muvofiq bo‘lishi kerak. Tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi, mazmuni va belgilari ГОСТ 1.5 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
3.3 YEHYT standartlari quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga yordam beradi:
a) buyumlar, konstruksiyalar va materiallarni korroziya, eskirish va biologik korroziyadan himoya qilish tadbirlariga xarajatlarni buyumlar va konstruksiyalarni korroziya va eskirishdan himoya qilish vositalari va usullarini oqilona konstruksiyalash, kompleks qo‘llash hisobiga qisqartirish;
b) samarali himoya vositalari va usullarini hamda ularni qo‘llash texnologiyalarini joriy etish hisobiga himoya obyektlari hayot davrining barcha bosqichlarida buyumlar va konstruksiyalarni himoya qilish muddatlarini oshirish;
c) korroziya xavfi yuzaga kelishi natijasida buyumlar va konstruksiyalardan foydalanishda xavflarni kamaytirish;
d) atrof muhitni muhofaza qilish sohasida:
1) korroziya va eskirishdan himoya qilish vositalari va usullarini qo‘llashning ekologik toza texnologiyalarini joriy etish;
2) yuzani tayyorlash, himoya qoplamalarini qoplash va konservatsiyalashda kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish;
3) himoya muhitlarini qo‘llagan holda buyumlar va konstruksiyalarni saqlashning samarali usullaridan foydalanish;
e) buyumlarning saqlanishi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash sohasida:
1) foydalanish va saqlash sharoitlarida buyumlar, konstruksiyalar va materiallarning korroziyaga va eskirishga chidamliligi bo‘yicha normalar va talablarni joriy etish hisobiga;
2) korroziya, eskirish va biologik korroziya tufayli avariyalar va noxush hodisalarning, buyumlar va konstruksiyalarning iste’mol xususiyatlarini yo‘qotishning oldini olish hisobiga;
3) korroziyaga chidamlilikni oshirish maqsadida metallar sirtiga ishlov berishning samarali usullarini qo‘llash hisobiga;
f) muvofiqlik va o‘zaro almashinuvchanlik sohasida:
1) himoya vositalari nomenklaturasini unifikatsiya qilish va universal xususiyatga ega vositalarni qo‘llash;
2) himoya vositalari samaradorligini tezkor baholash usullarini joriy etish;
3) sinov usullarini, shu jumladan tezlashtirilgan usullarni birxillashtirish
va optimallashtirish, vositalarning samaradorligini
metallar va qotishmalarni himoya qilish, ularning korroziyaga chidamliligi, polimer
va boshqa nometall materiallarning eskirishga va biologik korroziyaga chidamliligi;
4) buyumlar va konstruksiyalar tugunlaridagi materiallarning mosligini baholash.
3.4 YEHYT standartlarining o‘z vazifasiga muvofiq samarali ishlashi YEHYT standartlarini boshqa umumtexnik tizimlarning davlatlararo standartlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda qo‘llash, shuningdek, texnika turlari, buyumlar, konstruksiyalar va materiallar guruhlarining o‘ziga xos xususiyatlariga nisbatan YEHYT standartlarining qoidalarini aniqlashtiruvchi
va rivojlantiruvchi milliy standartlar bilan ta’minlanadi.
4 YEHYT tuzilishi va tarkibi
4.1 YEHYT tuzilishi buyumlar, konstruksiyalar va materiallarni korroziyadan, eskirishdan himoya qilish turlari, konstruksion materiallarni tanlash, metallar va qotishmalarni korroziyaga sinash usullari bo‘yicha birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq davlatlararo standartlarning yagona tuzilishi majmuasidir.
4.2 Ushbu YEHYT standarti o‘z tarkibida standartlarning quyidagi turlarini nazarda tutadi:
- qoidalar, atamalar va ta’riflar;
- umumiy talablar va (yoki) me‘yorlar;
- namunaviy texnologik jarayonlar;
- nazorat va sinov usullari.
4.3 YEHYT standartlarining tuzilishi 1 jadvalda keltirilgan
1 jadval
Guruh muhri |
|
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 | Rezerv Tashkiliy-metodik qoidalar, atamalar va ta‘riflar Korroziyadan himoya qilish materiallari va texnologiyalarini tanlash Metall va metall bo‘lmagan organik bo‘lmagan himoya qoplamalari Organik himoya qoplamalari Korroziya ingibitorlari Elektrokimyoviy himoya Materiallarni eskirishdan saqlash Biologik korroziyadan himoya Sinov usullari, korroziya monitoringi |
Izoh – Texnikaning aniq turlarini himoya qilish bo‘yicha davlatlararo standartlar, shuningdek quyidagi turlarning standartlari YEHYT tarkibiga kirmaydi: - korroziya va eskirishdan himoya qilish uchun qo‘llaniladigan materiallar, lok-bo‘yoqlar, kimyoviy moddalar va reaktivlar, konservatsiya moylari va surtmalar, qurituvchilar, eskirishga qarshi vositalar, biotsidlar va boshqalar; - sinov uskunalari, nazorat va o‘lchov asboblari. | |
5 YEHYT standartlarining nomlanishi va belgilanishi
5.1 YEHYT standartlarining nomi guruh sarlavhasi — tizimning qisqacha nomidan: “Korroziya va eskirishdan himoya qilishning yagona tizimi”; 1-jadval bo‘yicha standartlarning aniq guruhini standartlashtirish obyektini aks ettiruvchi sarlavha va 4.2-jadval bo‘yicha standart turini tavsiflovchi kichik sarlavhadan iborat.
Misollar
1 “Yemirilish va eskirishdan himoyaning yagona tizimi. Asosiy qoidalar”
2 “Yemirilish va eskirishdan himoyaning yagona tizimi. Organik himoya qoplamalari. Tasniflash”
5.2 YEHYT standartlarining belgilanishi tasniflash belgisi bo‘yicha tuziladi. Ro‘yxatga olish raqami YEHYT standartlari majmuasini belgilovchi 9 raqamidan boshlanishi kerak, nuqtadan keyin 1-jadvalda ko‘rsatilgan guruh shifri yoziladi, so‘ngra ushbu guruhdagi standartning tartib raqami qo‘yiladi.
YEHYT milliy standartini belgilash tartibi 1-rasmga muvofiq belgilanadi.
ГОСТ | 9. | X | XX | XXXX |
Indeks (ГОСТ) | Standartlar kompleksi (YEHYT) | Standartlar guruhining shifri | Guruhdagi tartib raqam | Standart tasdiqlangan yilning to’rtta raqami |
| ||||
|
| |||
|
|
| ||
|
|
| ||
|
|
|
|
Izoh Keltirilgan tasnifga mos kelmaydigan ro‘yxatga olish raqamlariga ega bo‘lgan YEHYT standartlariga, ular qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng, ushbu band talablariga muvofiq standartlar majmuasining guruh sarlavhasi (YEHYT) nomi va raqami berilishi kerak.
1 rasm
Bibliografik ma‘lumotlar
SMT 01.040.25
______________________________________________________________________
Muhim so‘zlar: korroziyadan himoya, qarrishdan himoya, tizim, standartlar.
© Standart ilova portali. All rights reserved.