main-logo

Loyiha yaratuvchi:

“O‘zavtosanoat” Aksionerlik jamiyati qoshida STQ 13 “Avtomobilsozlik” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

309

Muhokamaga chiqarish sanasi

11.09.2026

Yakunlanish sanasi

10.11.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

YENGIL AVTOMOBILLAR UCHUN PLASTMASSA POLIPROPILEN MATERIALLARDAN TASHKIL TOPGAN ICHKI BUTLOVCHI QISMLARI

Ummumiy texnik shartlar

Rasmiy nashr

O‘zbekiston standartlar instituti

Toshkent

So‘z boshi

1. STQ 13 “Avtomobilsozlik” va “OYNAZAR” XK tomonidan ISHLAB CHIQILDI.

2. Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan __________ yil ________dagi ______-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.

3. DASTLABKI JORIY ETILISHI.

Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi  O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli 

II

Mundarija

1 Qo‘llanish doirasi …………………………………………………………………………..

1

2 Standartlarga havolalar ……………………………………………………………………..

1

3 Tasniflar………………………………………………………………………………………

2

4 Texnik talablar ……………………………………………………………………………..

2

5 Xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish talablari ……………………………………...

4

6 Qabul qilish qoidalari ………………………………………………………………………

5

7 Nazorat usullari …………………………………………………………………………….

6

8 Trasportda tashish va saqlash ………………………………….................……..................

6

9 Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ……………………………………………………….

7

10 Ishlab chiqaruvchining kafolati ..........................................................................................

7

11 Bibliografiya……………......................................................................................................

8

12 Bibliografik ma’lumotlar.....................................................................................................

9

III

OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI

YENGIL AVTOMOBILLARNI ICHKI BUTLOVCHI QISMLARI

ВНУТРЕННИЕ КОМПЛЕКТУЮЩИЕ ЧАСТИ САЛОНА АВТОМОБИЛЕЙ

INTERNAL COMPONENTS OF THE INTERIOR PARTS FOR CARS

                                               Amalga kiritish sanasi___________________

  1.  Qo‘llanish doirasi 

Ushbu milliy standart polipropilen va POM polimerlarning qorishmalaridan, bosim ostida quyish usulida tayyorlanadigan, yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlari (matnda keyingi oʻrinlarda – ichki butlovchi) uchun taalluqlidir. 

  1. Standartlarga havolalar

            Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:

ГОСТ 8.050-73 Государственная система обеспечения единства измерений. Нормальные условия выполнения линейных и угловых измерений;

ГОСТ 12.1.004-91 Система стандартов безопасности труда. Пожарная безопасность. Общие требования;

ГОСТ 12.1.005-88 Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны;

ГОСТ 12.1.007-76 Система стандартов безопасности труда. Вредные вещества. Классификация и общие требования безопасности;

ГОСТ 12.2.003-91 Система стандартов безопасности труда. Оборудование производственное. Общие требования безопасности;

ГОСТ 12.3.009-76 Система стандартов безопасности труда. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности;

            ГОСТ 12.4.011-89 Система стандартов безопасности труда. Средства защиты работающих. Общие требования и классификация;

            ГОСТ 12.1.007-76 Система стандартов безопасности труда. Вредные вещества. Классификация и общие требования безопасности

            ГОСТ 12.1.019-2017 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Электробезопасность. Общие требования и номенклатура видов защиты

            ГОСТ 12.3.002-2014 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Процессы производственные. Общие требования безопасности

            ГОСТ 14192-96 Маркировка грузов;

            ГОСТ 17.2.3.02-2014 Правила установления допустимых выбросов загрязняющих веществ промышленными предприятиями;

            ГОСТ 15150-69 Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категории, условия эксплуатации, хранения и транспортирования в части воздействия климатических факторов внешней среды;

Rasmiy nashr

        ГОСТ 18321-73 Статистический контроль качества. Методы случайного отбора выборок штучной продукции 

            ГОСТ 24297-2013 Верификация закупленной продукции. Организация проведения и методы контроля

            ГОСТ 7502-98 Рулетки измерительные металлические. Технические условия;        

            ГОСТ 166-89 (ИСО 3599-76) Штангенциркули. Технические условия;

            ГОСТ 24104-2001 Весы лабораторные. Общие технические требования;          

O‘z DSt 1.17:99 O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizmi etalon namunalar texnikaviy bayonlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yhatga olish tartibi;

O‘z DSt 2924:2014 (GMW 14124, IDT)) Atrof muhit sharoitlarida avtomexanik sikllari;

O‘z DSt 2940:2014 Plastik detallarning zarbaga nisbatan qarshiligini;

O‘z DSt 2968:2015 (GMW 14162, MOD) Sun‘iy eskirtirish sharoitlarida rang saqlash qobiliyati;

O‘z DSt 2974:2015 (GMW 3205, MOD) Ichki materiallarni hid chiqarishga chidamliligini aniqlash uchun sinov usullari;

        Izoh: Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi. 

  1. Tasniflash

3.1 Mazkur milliy standart yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlarining quyidagi turlari uchun qo‘llaniladi:

  1. Yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlari uchun qisqichlar

  2. Yengil avtomobillar salonining ichki o‘rta yon tomonlarini qisqichlari

4  Texnik talablar

4.1 Yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlari mazkur milliy standart,
 O‘z DSt 1.17 standart talablari bo‘yicha etalon namunalarga va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan konstruktorlik va texnologik hujjatlar bo‘yicha tayyorlanadi.
 

4.1.1 Yengil avtomobillarni ichki butlovchi qismlari ushbu texnik shartlar talablariga va ishlab chiqaruvchi korxonadagi tasdiqlangan va o‘rnatilgan tartibdagi konstruktorlik-texnik hujjatlar talablariga ko‘ra tayyorlanadi.

4.2 Asosiy ko‘rsatkichlar va tavsiflari

4.2.1 Yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

- Atrof muhit haroratiga bardoshli bo‘lishi;

- Yorug‘likka bardoshli bo‘lishi;

- Olovga bardoshli bo‘lishi;

- Zarbaga bardoshli bo‘lishi;

- Hidga bardoshlilik bo‘lishi.

Yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlarining gabarit o‘lchamlari, massasi, rangi belgilangan tartibda tasdiqlangan korxonaning konstruktorlik va texnologik hujjatlarda belgilanadi.

4.2.3.1 Yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlari konstruktorlik hujjatlari talablariga javob beruvchi va sifatli polipropilen xomashyolardan tayyorlanishi kerak.

4.2.3.2 Yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlarini stanog dastgohidan quyilganidan so‘ng unda quyma nuqson yoriqlar, chiziqlar, qirindi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.

4.2.3.3 Yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlari ushu milliy standartni 4.2 bandiga asosan bir yilda bir marotaba Akkreditatsiyadan yoki  maxsus litsenziyaga ega laboratoriyada test sinovlari o‘tkazilishi kerak. 

4.3.1 Yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlari tayyorlashda olinayotgan materiallari ularning korxonalar o‘rtasida tuzulgan konstruktorlik hujjatlar talablariga va iste’molchi korxonadagi joriy konstruktorlik hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kerak.

4.3.2 Yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlari yetkazib beruvchi korxona sifat naozratchisini pechati bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Shuningdek kirish nazoratidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak ГОСТ 24297 talablariga muvofiq

4.4 Tamg‘alash

4.4.1 Yengil avtomobillar uchun ichki butlovchi tomoniga tamg‘alash har bir detalni ichki tomoniga presslash usulida bajariladi va unda quyidagi ma’lumotlar tushirilgan bo‘lishi kerak:

- tayyorlovchi korxona nomi yoki uning tovar belgisi (mavjud bo‘lsa);

- detal nomi;

- detal raqami;

- tayyorlangan sana ( kun,oy, yil );

- material nomi.

- detalni xomashyo ko‘rsatkichi

4.4.2 Mahsulot iste’molchiga yuborish jarayonida yorliqda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

- avtomobil modeli;

- detal raqami;

- detallar miqdori;

- buyurtma raqami;

- mahsulot nomi;

- tayyorlovchi korxona nomi yoki tovar belgisi (mavjud bo‘lsa);

- tayyorlovchi korxona manzili (yuridik va haqiqiy);

- yetkazib berish joyi;

- idish, tara  (arava) turi;

- kafolatlangan saqlash muddati (iste’molchi bilan kelishilgan holda);

- o‘rab joylangan sana (kun, oy, yil);

- O‘zbekiston Respublikasidan sotishga mo‘ljallangan mahsulot uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yozuvi, eksportga mo‘ljallangan mahsulot uchun “Made in Uzbekistan” yozuvi;

- yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga jo‘natishdan oldin sifat nazoratchisi detallarni yaroqligini ko‘zdan kechirib turib, muhri bosilgan keyin mashina yuk tashish mashinasiga yuklanadi;

4.4.3 ГОСТ 14192 bo‘yicha transport tamg‘asi, unga (Беречь от влаги, Беречь от солнечных лучей ) kabi manipulyatsion belgi tushuriladi.

4.4.4 Trasport qadog‘ini tamg‘alash transportda yuklashdan oldin yon tomon yuqori qismiga yoki o‘rtasiga qog‘ozdan yorliq yopishtirish, yorliqni yopishtirish jarayonida hidsiz yelim yordamida yopishtiriladi.

4.4.5 Trasport tamg‘asida ushbu milliy standartni 4.4.1 va 4.4.2 -bandlariga asosan yorliq bo‘lmasa moshinaga yuklash qat’iy man etiladi.

4.6.6 Mahsulotlarning standartlarida iqlimiy omillarning ta’sir etishiga oid qismida transportda tashish va saqlash sharoitlari belgilanganda ГОСТ 15150 bo‘yicha saqlash sharoitlarining muvofiq guruhi ko‘rsatiladi.

4.7 O‘rab joylash

4.7.1 Tayyor bo‘lgan yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlari iste’molchiga yuborishdan avval maxsus taralarga, joylashtiriladi, har biri polietilen plyonkalarga paketlarga joylangan holda.

4.7.2 Yengil avtomobillarining ichki butlovchilar qismlari alohida idishlarga yoki taralarga  o‘rab joylab iste’molchiga yuborishga yo‘l qo‘yiladi, bunda texnologik jarayon va iste’molchining talabini inobatga olinishi kerak, ya’ni detallarni shikastlanishiga hamda buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

4.7.3 Iste’molchi yoki buyurtmachi bilan kelishilgan holda, transportda tashish va saqlash qoidalariga rioya qilib, detallarning, butunligini va sifatini saqlagan holda boshqa taralarga o‘rab joylashga ruxsat beriladi.

4.7.4 Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, transportda tashish va saqlash jarayonida detallarni saqlanishini ta’minlaydigan boshqa joylashni amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.

4.7.5 Transport tarasiga yotqiziladigan detallar miqdori, taraning o‘lchamlari buyurtmachi bilan kelishiladi va transportda tashishda detallarni sifatini saqlanishini ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.

5 Xavfsizlik va atrof muhitni muxofaza qilish talablari

5.1 Butlovchilarni ishlab chiqarish jarayonida ГОСТ 12.2.003 boʻyicha umumiy xavfsizlik talablariga rioya qilinishi kerak.

5.2 Butlovchilarni ishlab chiqarishdagi yongʻin xavfsizligi talablari ГОСТ 12.1.004 ga rioya qilingan holda.

5.3 Butlovchilarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar ГОСТ 12.1.005 talabi asosida sexlarni ichki tomonidan shamollatish uskunalari bilan jixozlangan sexlarda bajarilishi kerak.

5.4 Ishchi oʻrinlarini nazorat qilish ГОСТ 12.1.007  boʻyicha amalga oshirilishi kerak.

5.6 Atrof muhitni ximoya qilish talablari ГОСТ 17.2.3.02 boʻyicha.

5.7 ishlab chiqarishdagi texnologik dastgohlar qo‘llanilganda tashkil topgan zararli ishlab chiqarish omillari (tebranish)[2] sanitariya gigiyena qoidalar va me’yorlarga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.

5.8 Ishlash joylardagi shovqin darajasi[3] yo‘l qo‘yilgan sanitariya me’yorlardan oshmasligi talab etiladi.

5.9 Ishchi oʻrinlarining nazoratini ГОСТ 12.1.007 boʻyicha amalga oshirilishi kerak.

5.10 Ishlab chiqarishda ishlovchilar ГОСТ 12.4.011 boʻyicha talablari asosida shaxsiy ximoya vositalari bilan ta'minlangan boʻlishi kerak.

5.11 Yuklash-tushirish ishlari ГОСТ 12.3.009 boʻyicha talablari asosida amalga oshirilishi kerak.

5.12 Ishlab chiqarish binosi xavsizlik teknikasi qoidalariga oid plakat va yo‘riqnomalar bilan         ta’minlangan bo‘lishi kerak.

5.13 Butlovchi qismlar ГОСТ 12.1.007 bo‘yicha kam xavfsiz 4-sinfga mansub ishlab chiqarish umumiy xavfsizlik ГОСТ 12.3.002 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

5.14 Ishlab chiqarish jarayonida elektr xavfsizligi   ГОСТ 12.1.019  talablari darajasida bo‘lishi kerak.

5.15  Butlovchi qismlar ishlab chiqarilayotganda foydalanilayotgan xom-ashyo saqlash va tashish paytida inson uchun zararli ta’sir qilmasligi kerak.  

5.16   Ishlab chiqarish davomida ish zonasida chiqayotgan chiqindilar [4] va ГОСТ   12.1.007 da kursatilgan normalardan oshmasligi kerak.

5.17 Ta’siri bilan bog‘liq yetkazib berish shartlari ГОСТ 15150 ning OJ-4 toifasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

6  Qabul qilish qoidalari

6.1 Butlovchilarni ushbu milliy standarti talablariga mos kelishini tekshirish uchun ularni qabul qilish-topshirish sinovlari, davriy sinovlari, namunaviy sinovlariga berish kerak. Sinov natijalari qoniqarsiz deb topilsa. Sinovga butlovchilarning barcha toʻplari alohida olib qo‘yilgandan keyin  olingan detalarni ichidan yana test jarayoniga topshirish kerak. Toʻp deb, bir xil material (xom-ashyo) toʻpidan, bir smenada, bitta buyurtma asosida tayyorlangan, ammo aravalarga, yorliqda belgilangan  miqdorda  kam boʻlmagan mahsulot miqdoriga aytiladi. Ichki butlovchilarning har bir toʻpi, ularning sifatini tasdiqlovchi quyidagi ma’lumotlar tushirilgan hujjat bilan birga yuborilishi kerak:

  • butlovchilarni shartli belgisi;

  • hujjatni tuzilgan sana;

  • chiqarilgan sana (kun, oy, yil);

  • toʻpdagi butlovchilarning soni, donasi va toʻp raqami;

  • qabul qilish topshirish sinovlari natijalari.

6.2 Qabul qilish-topshirish sinovlari

6.2.1 Qabul qilish-topshirish sinovlariga butlovchilarning hamma toʻplari korxonani sifat nazorati tomonidan ko‘rib chiqish kerak. Qabul qilish-topshirish sinovlarini oʻtkazish ketma-ketligi mos kelishi kerak.

- qabul qilish-topshirish sinovlari oʻtkazish uchun tanlanmalar xajmi quyidagicha:

- tashqi koʻrinishini tekshirish uchun 100%;

- oʻlchamlarini tekshirish uchun, kam emas - 3 %.

- oʻrab joylanishini va tamgʻalanishini muvofiqligini tekshirish uchun - 5%.

6.3  Davriy sinovlar

6.3.1 Butlovchilarni davriy sinovlari bir yilda bir martadan kam boʻlmagan oraliqda
 koʻrsatilgan ketma-ketlikda oʻtkazilishi kerak.

6.3.2 Davriy sinovni oʻtkazish uchun, butlovchilarni ГОСТ 18321 talabi boʻyicha tasodifiy tanlov usulida, 3 butlamadan kam boʻlmagan miqdorda, davriy sinovga taqdim etish muddatining oxirgi oʻn kunligida tayyorlangan, bitta toʻpga mansub boʻlgan, qabul-qilish topshirish sinovlardan oʻtkazilgan butlovchilardan tanlab olinishi kerak.

6.3.3 Agar sinovlar natijasi boʻyicha tekshirilayotgan bandlarning talablari boʻyicha bittasida nomuvofiqlik aniqlansa, sinovlar natijasi qoniqarsiz deb topiladi, va ikki hissa koʻp miqdorda tanlab olingan namunalarda, barcha talablar boʻyicha qayta sinovlar oʻtkaziladi.

6.3.4 Agar qayta sinovlarda butlovchilarning nomuvofiqligi aniqlansa sinovlar natijalari qoniqarsiz deb topiladi va butlovchilarni yuklashni, nomuvofiqlik sababni aniqlash va barataraf etilguniga qadar toʻxtatiladi,  butlovchilar yaroqsiz deb topiladi.

6.3.5 Qayta sinovlar natijalari yakuniy hisoblanadi va barcha toʻp uchun taalluqli  boʻlishi kerak. To‘plamni har oyda bir marta tekshiriladi.

6.4 Namunaviy sinovlar

6.4.1 Namunaviy sinovlar qolip va ishlab chiqarish texnologiyasida, qoʻllaniladigan polipropilen va POM xom-ashyolar oʻzgartirilganida, butlovchilarni korxonaning konstruktorlik va texnologik hujjatlarda texnik tavsiflariga ta’sir qilganida oʻtkazilishi kerak. Polipropilen va POM xomashyo o‘zgarganda va boshqa rang muammosi bo‘lganda namunaviy sinovlar o‘tkazishi kerak.

6.4.2 Namunaviy sinovlarning hajmi, ketma-ketligi va sinaladigan butlovchilarning miqdori, taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarning butlovchilarga ta’sirining darajasiga bogʻliqligini hisobga olingan holda, tayyorlovchi tomonidan tuziladigan dasturda belgilanishi kerak.

6.4.3Yengil avtomobillar salonining ichki butlovchi qismlari quyidagi talablarga bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladi;

- Atrof muhit haroratiga bardoshligi aniqlash sinovi O‘z DSt 2924 bo‘yicha aniqlanadi.

- Yorug‘likka bardoshligi aniqlash sinovi O‘z DSt 2968 bo‘yicha aniqlanadi.

7  Nazorat usullari

7.1 Butlovchilarning tashqi koʻrinishini ushbu milliy standart va amaldagi konstruktorlik hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirishni kattalashtiruvchi asboblarsiz, koʻzdan kechirish orqali amalga oshirilishi kerak.

7.2 Butlanishini, tamgʻalashni oʻrab joylash va tashqi koʻrinishini tekshirishni koʻzdan kechirish usulida oʻtkazish va tegishli burchaklari va og‘ishlarini ГОСТ 8.050 asosan nazorat qilinadi.

- ГОСТ 166 boʻyicha shtangensirkul;

- ГОСТ 7502 boʻyicha ruletka. Shuningdek konstruktorlik hujjatlari (chizmalar)ga  solishtirib koʻrish orqali.

7.3 Butlovchilarning massasi ГОСТ 24104 boʻyicha tarozilarda tortish usulida oʻlchanishi kerak. Berilgan aniqlikni ta’minlovchi boshqa oʻlchov vositalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

7.4 Atrof muhit haroratiga bardoshligi aniqlash sinovi O‘z DSt 2924 bo‘yicha aniqlanadi.

7.5 Yorug‘likka bardoshligi aniqlash sinovi O‘z DSt 2968 bo‘yicha aniqlanadi.

8 Transportda tashish va saqlash

8.1 Ishlab chiqaruvchi korxona yengil avtomobillarni ichki butlovchi qismlarni iste’molchiga yetkazub berish uchun ushbu turdagi transportda tashish qoidalariga rioya qilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri va yongʻingachilikdan himoya qiluvchi barcha transport turlari bilan tashiladi.

8.2 Iqlim sharoitiga ta’sir qilish boʻyicha tashish shartlari ГОСТ 15150 boʻyicha U toifasiga mos kelishi kerak.

8.3 Komponentlarni saqlash shartlari ГОСТ 15150 ga muvofiq sovutish suvi va saqlash toifasiga mos kelishi kerak.

9 Foydalanish uchun koʻrsatmalar

9.1 Ishlab chiqaruvchi korxona  ichki butlovchi qismlarni konstruktorlik hujjatlar va dizayn hujjatlariga muvofiq yigʻilgan va avtomobil boshqaruv panelining bir qismi sifatida ishlatiladigan asosiy iste’molchiga yetkazib beriladi.

10 Ishlab chiqaruvchining kafolati

10.1 Ishlab chiqaruvchi, agar iste’molchi ushbu standartda belgilangan foydalanish, tashish va saqlash shartlariga rioya qilsa, komponentlarning ushbu standart talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.

10.2 Ishlab chiqaruvchi korxona kafolat muddati ish boshlangan kundan boshlab 36 oy yoki  avtomobilning  masofasi 100 000 kmgacha.

Bibliografiya

[1] GMW 3232 Ichki bezak materiallarining yonuvchanligini aniqlash uchun sinov usuli.

[2] SanQvaN № 0326-16 Ish joylarida umumiy va mahalliy tebranishlar uchun sanitariya standartlari; (rasmiy manba: Санитарные нормы общей и локальной вибраций на рабочих местах)

[3] SanQvaN № 0325-16 Ish joyida ruxsat etilgan shovqin darajasi uchun sanitariya standartlari. (rasmiy manba: Санитарные нормы допустимых уровней шума на рабочих местах)

[4] SanQvaN №0300-11 “Oʻzbekistonda sanoat chiqindilarini yigʻish, inventarizatsiya qilish, tasniflash, yoʻq qilish, saqlash va yoʻq qilishni tashkil etish boʻyicha sanitariya qoidalari va normalari”. (rasmiy manba: “Санитарные правила и нормы организации сбора, инвентаризации, классификации, обезвреживания, хранения и утилизации промышленных отходов в условиях Узбекистана)

Bibliografik ma’lumotlar

SMT 43.040.60


© Standart ilova portali. All rights reserved.