main-logo

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida STQ 26 “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

315

Muhokamaga chiqarish sanasi

09.09.2026

Yakunlanish sanasi

08.11.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘zMSt ______:2026

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

GUL EKINLARINING PIYOZBOSHLARI VA TUGANAKPIYOZLARI

Texnik shartlar

Rasmiy nashr

O‘zbekiston standartlar instituti

Toshkent

So‘zboshi

1. STQ 26 “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM TOMONIDAN ISHLAB CHIQILDI.

2 O‘zbekiston Standartlar Institutining  2026-yil ______  ___________-dagi ________/MSt-26-                                                       - sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANDI.

3 Ushbu milliy standart ГОСТ 28849-90 «Луковицы и клубнелуковицы цветочных культур. Технические условия» davlatlararo standarti o‘rniga ishlab chiqilgan.

4 DASTLABKI AMALGA KIRITILDI

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi

Ushbu standartni O‘zbekiston Respublikasi hududida rasmiy chop etish va tarqatish huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli.

Mundarija

1 Qo‘llanish doirasi 1

2 Standartlarga havolalar 1

3 Texnik talablar 1

3.1 Asosiy parametrlar va tavsiflar 1

3.2 Tamg‘alash 17

3.3 O‘rab-joylash 17

4 Qabul qilish qoidalari 17

5 Nazorat usullari 18

5.1 Namuna olish 18

5.2 O‘lchash asboblari 18

5.3 Nazoratni o‘tkazish 18

6 Transportda tashish va saqlash 18

6.1 Transportda tashish 18

6.2 Saqlash 18

A ilova (normativ) Ekish materialiga nav guvohnomasi 19

Bibliografik ma’lumotlar 20

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

GUL EKINLARINING PIYOZBOSHLARI VA TUGANAKPIYOZLARI

Texnik shartlar

Луковицы и клубнелуковицы цветочных култур

Технические условия

Bulbs and corms of flower crops

Specifications

Amalga kiritish sanasi ____________

1 Qo‘llanish doirasi

Ushbu milliy standart kesish va ko‘kalamzorlashtirish uchun yetishtiriladigan gullar,  ko‘paytirib ekish materiali uchun mo‘ljallangan gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlariga taalluqli.

2 Standartlarga havolalar

Ushbu milliy standartda quyidagi standartlarga normativ havolalardan foydalanilgan:

ГОСТ 166-89 (ISO 3599-76) Штангенциркули. Технические условия. 

ГОСТ 14192-96 Маркировка грузов

Eslatma — Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlariga muvofiq standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola Вqilingan standart almashtirilgan (oʻzgartirilgan) boʻlsa, unda ushbu milliy standartdan foydalanishda almashtirilgan (oʻzgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan boʻlsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.

3 Texnik talablar

3.1 Asosiy parametrlar va tavsiflar

3.1.1 Piyozboshli va tuganakpiyozli gul ekinlarining ekish materiali eng katta ko‘ndalang kesimdagi aylana uzunligiga qarab quyidagi o‘lchamlarga bo‘linadi: birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi.

3.1.2 Gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlari tuproqdan, barg qoldiqlaridan, nobud bo‘layotgan po‘stloqlardan va boshqa aralashmalardan tozalangan bo‘lishi kerak.

3.1.3 Gul ekinlarining ekish materiali sog‘lom bo‘lishi kerak. Piyozboshlar va tuganakpiyozlarda zararkunandalar, kasallik alomatlari hamda mexanik shikastlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.1.4 Piyozboshlar va tuganakpiyozlarning tashqi ko‘rinishi, rangi va shakli mazkur tur hamda navga xos belgilarga muvofiq bo‘lishi kerak.

3.1.5 Lola piyozboshlarida eng katta ko‘ndalang kesim darajasidagi eng kichik diametrning eng katta diametrga nisbati birinchi o‘lcham uchun kamida 0,61, ikkinchi va uchinchi o‘lchamlar uchun kamida 0,66 bo‘lishi kerak.

3.1.6 Lola va nargis piyozboshlari quyidagi massa ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak: birinchi o‘lchamdagi lolalar — kamida 40 g, ikkinchi o‘lchamdagilar — kamida 30 g; birinchi o‘lchamdagi nargislar — kamida 80 g, ikkinchi o‘lchamdagilar — kamida 70 g. 

Rasmiy nashr

3.1.7 Gladiolus, krokus va montbretsiya tuganakpiyozlarining balandligi diametrining kamida 2/3 qismiga teng bo‘lishi kerak.

3.1.8 Nargis piyozboshlarining uchlari soni va shakli 1-jadval talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

1-jadval — Nargis piyozboshlarining uchlari soni va shakli

O‘lchamlar

Naychasimon, katta kosachali, Tazetta tipidagi, g‘unchasi qavat-qavat, toj barglari bo‘lingan

Mayda tojli, poetik va boshqa guruhlar

Birinchi

Ko‘p uchli

Ko‘p uchli

Ikkinchi

Ikki uchli

Ikki uchli

Uchinchi

Bir uchli

Bir uchli

To‘rtinchi

Bir uchli

Yassi

Beshinchi

Bir uchli

-

Oltinchi

Yassi

-

Eslatma — Bir yoki ikki tomoni yassi bo‘lgan birinchi—uchinchi o‘lchamdagi piyozbosh bir o‘lcham past deb hisoblanadi.

3.1.9 Piyozboshlar va tuganakpiyozlarning o‘lchamlari 2-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

2-jadval — Piyozboshlar va tuganakpiyozlarning o‘lchamlari

Ekin nomi

O‘lchamlar bo‘yicha eng katta ko‘ndalang kesimdagi aylana uzunligi, sm

 

Birinchi

Ikkinchi

Uchinchi

To‘rtinchi

Beshinchi

Oltinchi

Yettinchi

 

1. Belladonna amarillisi
 
Amaryllis belladonna L.

22 va undan ortiq

18 dan 22 gacha

14 dan 18 gacha

10 dan 14 gacha

6 dan 10 gacha

3 dan 6 gacha

-

 

2. Ikki rangli atsidantera
 
Acidanthera bicolor Hochst.

8 va undan ortiq

6 dan 8 gacha

5 dan 6 gacha

3 dan 5 gacha

-

-

-

 

3. Savrinjonlar: kuzgi savrinjon
 
Colchicum autumnale L.
 Ko‘rkam savrinjon

 C. speciosum Stev.

24 va undan ortiq

12 dan 24 gacha

5 dan 12 gacha

2 dan 6 gacha

-

-

-

 

4. Bahorgi oqgul
 
Leucojum vernum L.

8 va undan ortiq

5 dan 8 gacha

2 dan 5 gacha

-

-

-

-

 

5. Yo‘l-yo‘l bletilla
 (Bletsiya)

 
Bletilla striata (Thunb.)
 
Reichb. f

19 va undan ortiq

13 dan 19 gacha

9 dan 13 gacha

7 dan 9 gacha

3 dan 7 gacha

-

-

 

6. Oqimtir galtoniya
 
Galtonia candicans
 
(Baker) Decne

10 va undan ortiq

6 dan 10 gacha

5 dan 6 gacha

2 dan 5 gacha

-

-

-

 

7. Sharq giatsinti
 
Hyacinthus orientalis hybridum hort.

18 va undan ortiq

16 dan 18 gacha

14 dan 16 gacha

10 dan 14 gacha

6 dan 10 gacha

4 dan 6 gacha

4 va undan kam

 

8. Bog‘ gippeastrumi
 
Hippeastrum hybridum
 
hort.

25 va undan ortiq

19 dan 25 gacha

13 dan 19 gacha

7 dan 13 gacha

3 dan 7 gacha

3 va undan kam

-

 

9. Duragay gladiolus
 
Gladiolus hybridus hort.

10 va undan ortiq

8 dan 10 gacha

5 dan 8 gacha

3 dan 8 gacha

3 dan 5 gacha

1 dan 3 gacha

-

 

10. Qayiqsimon zefirantes
 
Zephyranthes carinata
 
Herb.

5 va undan ortiq

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

-

-

-

 

11. Duragay iksiya
 
Ixia x hybrida hort.

6 va undan ortiq

5 dan 6 gacha

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

-

-

 

12. Kuzik kamassiyasi
 
Camassia cusickii S. Wats.

12 va undan ortiq

9 dan 12 gacha

5 dan 9 gacha

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

-

 

13. Bahorgi krokus
 
Crocus vernus Mill.

8 va undan ortiq

6 dan 8 gacha

4 dan 6 gacha

2 dan 4 gacha

2 va undan kam

-

-

 

14. Krokuslar: oltinrang krokus
 
Crocus chrysanthus Herb.
 Tomazini krokusi

 
C. tomasinianus Herb.
 Ingichka bargli krokus

 
C. angustifolius Herb.

6 va undan ortiq

4 dan 6 gacha

2 dan 4 gacha

2 dan kam

-

-

-

 

15. Ksifium:
 
Xiphium Mill.
 keng bargli navlar

 duragaylar

 Xiphium latifolium dan

 
Mill.

9 va undan ortiq

8 dan 9 gacha

6 dan 8 gacha

4 dan 6 gacha

2 dan 4 gacha

2 va undan kam

-

 

ingichka bargli navlar
 duragaylar

 Xiphium filifolium dan

 
(Boiss) Klatt

8 va undan ortiq

7 dan 8 gacha

6 dan 7 gacha

4 dan 6 gacha

2 dan 4 gacha

2 va undan kam

-

 

16. Likorislar:
 Sariq likoris

 
Lycoris aurea Herb.
 Nursimon likoris

 
L. radiata Herb.

12 va undan ortiq

3 dan 12 gacha

3 va undan kam

-

-

-

-

 

17. Naysimon liliyalar,
 
ularning duragaylari va navlari:
 
Uzun gulli liliya
 
Lilium longiflorum Thunb.
 
Qirol liliyasi
 
L. regale Wils. L.
 
Oq gulli liliya
 
L. leucanthum Backer
 
Sarjent liliyasi
 
L. sargentiae Wils.
 
Tayvan liliyasi
 
L. formosanum Wallace
 
Filippin liliyasi
 
L. philippinense Baker
 
Genri liliyasi
 
L. henryi Baker.

20 va undan ortiq

18 dan 20 gacha

16 dan 18 gacha

14 dan 16 gacha

12 dan 14 gacha

9 dan 12 gacha

9 va undan kam

 

18. Osiyo liliyalari (yirik piyozboshli), ularning duragaylari va navlari:
 Dauriya liliyasi

 
Lilium pensylvanicum
 
Ker-Gawl.
 
Yo‘lbarsrang liliya
 
L. lancifolium Thunb.
 Piyozchali liliya

 
L. aurantiacum
 Tunberg liliyasi

 
L. thubergianum Schult
 
et Scult.
 Vilmott liliyasi

 
L. wilmottiae Wils.
 To‘q sariq liliya

 
L. aurantiacum West.
 Soxta yo‘lbarsrang liliya

 
L. pseudotigrinum
 
Carriere
 Ko‘rkam liliya

 
L. amaible Palil.

16 va undan ortiq
 6
va undan ortiq

14 dan 16 gacha
 14 dan 16
gacha

12 dan 14 gacha
 12 dan 14
gacha

10 dan 12 gacha
 10 dan 12
gacha

8 dan 10 gacha
 8 dan 10
gacha

5 dan 8 gacha
 5 dan 8
gacha

5 va undan kam
 5
va undan kam

 

19. Osiyo liliyalari
 mayda piyozboshli,

 ularning duragaylari va navlari:

 Bush liliyasi

 
Lilium buschianum Lodd.
 Pakana liliya

 
L. pumilum Delile.
 Jingalak liliya

 
L. martagon L.
 Qadoqsimon liliya

 
L. callosum Sieb. te Zucc.

Medeolasimon liliya
 
L. medeoloides
 
A. Gray

11 va undan ortiq

8 dan 11 gacha

6 dan 8 gacha

5 dan 6 gacha

2 dan 5 gacha

2 va undan kam

-

 

20. Kavkaz va
 
Yevropa liliyalari, ularning duragaylari va navlari:
 Bir
urug‘li liliya
 
Lilium monadelphum
 
Bieb
 Kesselring
liliyasi
 
L. Kesselringianum
 
Misex.
 
Sovich liliyasi
 
L. zovitsianum Fisch
 
et Ave-Lall.
 
Pireney liliyasi
 
L. pyrenaicum Grouan
 
Oppoq liliya
 
L. candidum L.

22 va undan ortiq

19 dan 22 gacha

14 dan 19 gacha

9 dan 14 gacha

6 dan 9 gacha

6 va undan kam

-

 

21. Sharq liliyalari,
 
ularning duragaylari va navlari:
 
Go‘zal liliya
 
Lilium speciosum Thunb.
 
Oltinrang liliya
 
L. auratum Lindl.

16 va undan ortiq

11 dan 16 gacha

8 dan 11 gacha

6 dan 8 gacha

4 dan 6 gacha

4 va undan kam

-

 

22. Shimoliy
 Amerika
liliyalari, ularning duragaylari
 
va navlari:
 
Qoplonrang liliya
 
Lilium pardalium Kologg.
 
Ajoyib liliya
 
L. superbum L.
 
Kanada liliyasi
 
L. canadense L.

13 va undan ortiq

10 dan 13 gacha

7 dan 10 gacha

5 dan 7 gacha

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

23. Gigant piyoz va boshqa
 
yirik piyozboshli turlar
 
Allium giganteum Regel

12 va undan ortiq

9 dan 12 gacha

6 dan 9 gacha

2 dan 6 gacha

-

-

-

24. Piyozlar:
 
Oq boshli piyoz
 
Allium leucocephalum
 
Oqimtir piyoz
 
A. alnidum Fisch ex ess
 
Oq gulli piyoz
 
A. leucantheum
 C. Koch

 
Xristof piyozi
 
A. chrystophii Trautv.

9 va undan ortiq

3 dan 9 gacha

3 va undan kam

-

-

-

-

 25. Moli piyozi va boshqa
 
mayda piyozboshli piyozlar
 
Allium moly L.

6 va undan ortiq

5 dan 6 gacha

4 dan 6 gacha

2 dan 4 gacha

-

-

-

26. Krokosmiyagulli montbretsiya
 
Monbretia crocosmiflora
 
Lemoine

6 va undan ortiq

5 dan 6 gacha

4 dan 5 gacha

4 va undan kam

-

-

-

27. Muskarilar:
 Arman muskariysi

 
Muscari armeniacum
 
Baker.
 Shingilsimon muskariy va boshqa turlar

 M. botryoides (L.) Mill.

8 va undan ortiq

6 dan 8 gacha

4 dan 6 gacha

4 va undan kam

-

-

-

28. Nargislar:
 
Naysimon nargislar
 
Trumpet Narcissi
 
Yirik tojli nargislar
 
Large-cupped Narcissi
 
Tatsettasimon nargislar
 
Tazetta Narcissi
 
Serqat nargislar
 
Duble Narcissi
 
Kesik tojli nargislar
 
Split-Corona Narcissi

16 va undan ortiq

13 dan 16 gacha

10 dan 13 gacha

8 dan 10 gacha

6 dan 8 gacha

4 dan 6 gacha

-

29. Mayda tojli nargislar
 
Small-cupped Narcissi
 
Poetik nargislar
 
va boshqalar
 
Poeticus Narcissi

8 va undan ortiq

6 dan 8 gacha

4 dan 6 gacha

4 va undan kam

-

-

-

30. Bouden nerinasi va duragaylari
 
Nerine bowdenii Wats.

13 va undan ortiq

11 dan 13 gacha

8 dan 11 gacha

5 dan 8 gacha

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

31. Gernsiya nerinasi va
 
duragaylar
 
Nerine samiensis (L.)
 
Herb.

10 va undan ortiq

8 dan 10 gacha

6 dan 8 gacha

5 dan 6 gacha

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

32. Boychechaklar:
 Kavkaz
boychechagi
 
Galanthus caucasicus
 
(Backer) Grgssh.
 
Qor boychechagi
 
G. nivalis L.
 
Keng bargli boychechak
 
G. platyphyllus Traub et
 
Mold.
 
Burmali boychechak
 
G. plicatus Biebl.

5 va undan ortiq

4 dan 5 gacha

2 dan 4 gacha

2 va undan kam

-

-

-

33. Scillalar:
 
Ikki bargli scilla
 
Scilla bifolia L.
 
Sibir scillasi
 
S. sibirica Haw.
 
Ispan scillasi
 
Hyacinthoides hispanica
 
(Mill.)
 Tubergen
scillasi
 
S. tubergeniana Hoog.

8 va undan ortiq

7 dan 8 gacha

5 dan 7 gacha

3 dan 5 gacha

-

-

-

34. Ornithogalumlar:
 Balansa ornithogalumi

 
Ornithogalum balansae
 
Boiss
 Keng bargli ornithogalum

 O. umbellatum L.

 Egik ornithogalum

 O. platyphyllum Boiss.

 Pireney ornithogalumi

 O. pyrenaicum aucht.

8 va undan ortiq

3 dan 8 gacha

3 va undan kam

-

-

-

-

35. Scillasimon pushkiniya
 
Puschkinia scilloides
 
Adams.

3 va undan ortiq

2 dan 3 gacha

2 va undan kam

-

-

-

-

36. Imperator fritillariyasi
 
Fritillaria imperialis L.

19 va undan ortiq

13 dan 19 gacha

9 dan 13 gacha

4 dan 9 gacha

4 va undan kam

-

-

37. Shaxmatsimon fritillariya
 
Fritillaria meleagris L.

9 va undan ortiq

6 dan 9 gacha

3 dan 6 gacha

3 va undan kam

-

-

-

38. Tuberoza
 
Polianthes tuberosa L.

11 va undan ortiq

8 dan 11 gacha

5 dan 8 gacha

5 va undan kam

-

-

-

39. Lolalar:
 
Tulipa L.
 Oddiy ertagi

 
Single early Tulips
 Serqat ertagi

 
Double early Tulips
 Triumf

 
Triumph Tulips
 Darvin duragaylari

 
Darwin Hybrid Tulips
 Oddiy kechki

 
Single Late Tulips
 Liliyagulli

 
Lily-flowered Tulips
 Popukli

 
Fringed Tulips
 Rembrandt

 
Rembrant Tulips
 To‘tiqushsimon

 
Parrot Tulips
 Serqat kechki

 
Double Late Tulips
 Kaufman lolasi, xillari va duragaylari

 
Kaufmanniana, varieties
 
and hybrids
 Foster lolasi, xillari va duragaylari

 
Fosteriana, varieties and
 
hybrids
 Greyg lolasi, xillari va duragaylari

 
Greigii, varieties and hybrids
 Yashil gulli

 
Viridiflora Tulips

13 va undan ortiq

12 dan 13 gacha

11 dan 12 gacha

9 dan 11 gacha

7 dan 9 gacha

5 dan 7 gacha

-

40. O‘n beshinchi sinfga mansub tur lolalari
 
Other species and their
 
varieties and hybrides

10 va undan ortiq

8 dan 10 gacha

6 dan 8 gacha

5 dan 6 gacha

3 dan 5 gacha

-

-

41. Duragay freziya
 
Freesia x hybrida hort.

9 va undan ortiq

7 dan 9 gacha

5 dan 7 gacha

2 dan 5 gacha

-

-

-

42. Lyusili xionodoksasi
 
Chionodoxa luciliae Boiss.

5 va undan ortiq

3 dan 5 gacha

3 va undan kam

-

-

-

-

3.2 Tamg‘alash

3.2.1 Har bir qadoqlash birligiga quyidagilar ko‘rsatilgan qadoqlash varag‘i joylanadi:

— jo‘natuvchining nomi;

— qadoq raqami;

— ekin va navning nomi;

— ekish materialining miqdori;

— partiya raqami;

— qadoqlovchining familiyasi yoki raqami;

— mazkur standartning belgisi.

3.2.2 Transport tamg‘asi — ГОСТ 14192 bo‘yicha. Har bir qadoqlash birligiga trafaret yordamida yoki yorliqda quyidagilar ko‘rsatilgan tamg‘a qo‘yiladi:

— qabul qiluvchining nomi;

— mo‘ljallangan manzil;

— ekin va navning nomi;

— ekish materialining miqdori;

— qadoqlangan sana;

— brutto massasi;

— jo‘natuvchining nomi;

— partiyadagi qadoqlash birligining raqami;

— partiya raqami;

— mazkur standartning belgisi.

3.3 Qadoqlash

3.3.1 Gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlari brutto massasi 25 kg dan oshmaydigan amaldagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha yog‘och yashiklarga qadoqlanadi. Iste’molchi bilan kelishilgan holda ekish materialining saqlanishini ta’minlaydigan boshqa idishlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

4 Qabul qilish qoidalari

4.1 Gul ekinlarining ekish materiali partiyalar bilan qabul qilinadi. Bitta sifat hujjati bilan rasmiylashtirilgan bir nav yoki turdagi ekish materialining istalgan miqdori partiya deb hisoblanadi.

4.2 Ekish materialining har bir partiyasi guvohnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak (A ilovaga qarang).

4.3 Ekish materiali sifatining mazkur standart talablariga muvofiqligini tekshirish uchun partiyadan har o‘ninchi qadoqlash birligi, biroq kamida bitta birlik tanlab olinadi.

4.4 Shikastlangan qadoqlash birliklaridagi ekish materialining sifati alohida tekshiriladi va natijalar faqat shu qadoqlash birliklariga tatbiq etiladi.

4.5 Qoniqarsiz natijalar olinganda ikki baravar ko‘p tanlanmada takroriy nazorat o‘tkaziladi. Nazorat natijalari butun partiyaga tatbiq etiladi.

4.6 Partiyada yuqori o‘lcham tarkibida past o‘lchamdagi ekish materiali 5 % gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.

4.7 Ekish materialini qabul qilish o‘zaro kelishuvga ko‘ra qabul qiluvchi vakili ishtirokida yoki uning ishtirokisiz o‘tkaziladi.

5 Nazorat usullari

5.1 Namuna olish

5.1.1 4.3-band bo‘yicha tanlab olingan har bir qadoqlash birligining turli joylaridan 100 dona piyozbosh yoki tuganakpiyoz miqdorida nuqtaviy namuna olinadi.

5.1.2 Nuqtaviy namunalar birlashtirilgan namunaga qo‘shiladi.

5.1.3 Birlashtirilgan namuna barcha sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha donalab tahlil qilinadi.

5.1.4 Birlashtirilgan namuna tekshirilayotgan ekish materiali partiyasiga qo‘shiladi.

5.2 O‘lchash asboblari

5.2.1 ГОСТ 166 bo‘yicha shtangensirkul. Piyozboshlar va tuganakpiyozlarni o‘lchash uchun aylana uzunligini o‘lchash imkonini beradigan boshqa o‘lchash asboblaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

5.2.2 Barcha o‘lchashlar ±0,3 sm xatolik bilan bajariladi.

5.3 Nazoratni o‘tkazish

5.3.1 Tashqi ko‘rinish, rang, shakl, zararkunandalar, kasalliklar va mexanik shikastlarning mavjudligi ko‘zdan kechirish orqali aniqlanadi.

5.3.2 Piyozboshlar va tuganakpiyozlarning o‘lchami eng katta ko‘ndalang kesimdagi aylana uzunligini ±0,3 sm xatolik bilan o‘lchash orqali aniqlanadi.

6 Transportda tashish va saqlash

6.1 Transportda tashish

6.1.1 Gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlari barcha transport turlarida, ushbu transport turida amal qiladigan yuk tashish qoidalariga muvofiq yopiq transport vositalarida tashiladi. Gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlarini ochiq transport vositalarida yo‘lda bir sutkadan ortiq bo‘lmagan muddat davomida tashishga ruxsat etiladi.

6.1.2 Piyozboshlar va tuganakpiyozlar quruq, toza, begona hidsiz transport vositalarida 8 °C dan past va 20 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda tashiladi.

6.2 Saqlash

6.2.1 Qabul qilingan ekish materiali darhol qadoqdan chiqarilishi, tekshirilishi va ekishgacha maxsus omborga joylashtirilishi kerak.

6.2.2 Piyozboshlar va tuganakpiyozlar quritish hamda kalibrlashdan keyin shamollatiladigan xonada tokchalarda yoki to‘r tubli yashiklarda saqlanadi: 7 sm dan katta o‘lchamlar uchun ko‘pi bilan 2—3 qatlam, 7 sm dan kichik o‘lchamlar uchun 4—5 qatlam. Harorat va havoning nisbiy namligi mazkur ekinni saqlash texnologiyasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

6.2.3 Har bir tokcha yoki yashikda ekin, nav, o‘lcham, piyozboshlar va tuganakpiyozlar miqdori, shuningdek mazkur partiya raqami ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi kerak.

A ilova

(normativ)

Ekish materialiga nav guvohnomasi

EKISH MATERIALIGA NAV GUVOHNOMASI № ______

(piyozboshlar va tuganakpiyozlar)

20__-yil «____» ______________ dan

Tashkilot (xo‘jalik) nomi _________________________________________________

Respublika, o‘lka, viloyat, tuman _________________________________________

Pochta manzili __________________________________________________________

Ekin ______________________________ Nav _________________________________

Piyozboshlar, tuganakpiyozlar o‘lchami __________ Partiya hajmi (ming dona) ____

Dastlabki ekish materiali qayerdan va qachon olingan ______________________

Ekish materiali yetishtirilgan joy: brigada № _____________________________

dala _______________________________________ uchastka ____________________

Nav tozaligi, foizda. Nav aralashmasining tarkibi (nomi va foizi) __________

Ola-barglilik, kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanish (nomi va foizi)

Nav tozaligi, kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanish ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar quyidagi hujjatlar asosida berilgan:

Aprobatsiya, ro‘yxatga olish dalolatnomasi (keraksizi o‘chirilsin)

№_____________ 20__-yil «_____»________________ dan

Ekish materialini tekshirish dalolatnomasi №_________ _________ dan

Ekish materiali sifati bo‘yicha O‘zMSt ______:2026 talablariga javob beradi

M.O‘.

Xo‘jalik rahbari        __________________ ____________________________

Mas’ul mutaxassis        __________________ ____________________________

Nav guvohnomasi 20__-yil «____»__________________ da olindi

Qabul qiluvchining imzosi ________________________________

lavozimi, ishonchnoma raqami

imzo                         F.I.Sh.

Bibliografik ma’lumotlar

MUT

97 6312

SUT

65.020.20

Tayanch so‘zlar

 

 

piyozboshlar, tuganakpiyozlar, gul ekinlari, ekish materiali, o‘lchamlar, tamg‘alash, o‘rab-joylash, qabul qilish qoidalari, nazorat usullari, transportda tashish, saqlash

O’z МSt    :2026 “Gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlar. Texnik shartlar”

TUShUNTIRISh XATI

1 LOYIHANI IShLAB ChIQISh UChUN ASOS

№ O’RQ-800 sonli 2022 yil 3 noyabrdan "Standartlashtirish to’g’risida" O’zbekiston Respublikasining Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5209-son «Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori.

Sanoatni “O’zbekiston Respublikasining JSTga kirishi dasturi”ni amalga oshirishga tayyorlash.

2 STANDART IShLAB ChIQIShNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Sanoatda gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilishda mahsulotlarni standart bilan ta’minlash, shuningdek, ularning sifatiga qo‘yiladigan yagona texnik talablarni belgilash standartni ishlab chiqishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Standartning asosiy vazifasi gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlariga qo‘yiladigan sifat ko‘rsatkichlari, qabul qilish, nazorat qilish, tashish va saqlash talablarini belgilashdan iborat. 

3. STANDARTLAShTIRISh OBЪEKTINING TAVSIFNOMASI

O‘z MSt ______:2026 loyihasi sanoatni gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlarini ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilish uchun amaldagi standart bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va sinovlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi.

Standart loyihasini ishlab chiqishda ISO, ASTM standartlari kataloglari va Xitoy standartlari ro‘yxati o‘rganildi. O‘rganish natijasida mazkur mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarni to‘liq qamrab oluvchi tegishli xalqaro yoki xorijiy standart aniqlanmadi.

Shu sababli gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlariga qo‘yiladigan texnik talablarni belgilash maqsadida mazkur standart loyihasi ishlab chiqildi.

4 STANDARTNING ILMIY-TEXNIK DARAJASI

Ishlab chiqilgan O‘z MSt ______:2026 «Gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlari. Texnik shartlar» standarti ГОСТ 28849-90 «Луковицы и клубнелуковицы цветочных культур. Технические условия» davlatlararo standarti asosida ishlab chiqilgan.

5 LOYIHANING JORIY ETIShDA TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI 

O’z MSt       :2026 standartining joriy etilishi sanoatda gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlarni sifatini nazorat qilish uchun zamonaviy standarti bilan ta’minlaydi.

Standartning joriy etilishi mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishni takomillashtirish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar uchun yagona texnik talablarni belgilash hamda gul ekinlari mahsulotlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

6 JORIY ETISh, STANDARTNI AMALGA OShIRISh, AMAL QILISh MUDDATI VA STANDART TEKShIRISh

Tavsiya etilgan joriy etish sanasi O’z MSt       :2026 tasdiqlanib va davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan olti oy o’tgach, manfaatdor tashkilotlarni xabardor qilish va gul ekinlarining piyozboshlari va tuganakpiyozlarni texnik shartlar uchun, vaqtini hisobga olgan holda, standartni sotib olish

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda O’z MSt         :2026 ning amal qilish muddatini cheklash maqsadga muvofiq emas, agar moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo’lsa, tekshirishning muddati 5 yil.

7 BOShQA ME`YORIY HUJJATLAR BILAN O’ZARO BOG’LIQLIK

O’z MSt         :2026 ishlab chiqilishi munosabati bilan boshqa standartlarga o’zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.

8 KO’RIB VA TASDIQLASh UChUN TARQATISh HAQIDAGI MA`LUMOT

O‘z MSt ______:2026 loyihasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha TQ yig‘ilishida ko‘rib chiqildi, manfaatdor tashkilotlar a’zolariga yuborildi va tashkilotlardan taqrizlar olindi.

9 AXBOROT MANBALARI

Standart loyihasini ishlab chiqishda quyidagilardan foydalanilgan:

ГОСТ 28849-90 «Луковицы и клубнелуковицы цветочных культур. Технические условия»


© Standart ilova portali. All rights reserved.