main-logo

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshida STQ 30 “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

304

Muhokamaga chiqarish sanasi

07.09.2026

Yakunlanish sanasi

06.11.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш. Ижтимоий хизматлар.
 
Кичик ҳажмли болалар уйларида тарбияланувчиларга ғамхўрлик ва тарбия хизматини кўрсатиш

Aholini ijtimoiy himoya qilish. Ijtimoiy xizmatlar.
 Kichik hajmli bolalar uylarida tarbiyalanuvchilarga gʻamxoʻrlik va tarbiya xizmatini
 koʻrsatish

Rasmiy nashr

Расмий нашр

Ўзбекистон стандартлар институти

Oʻzbekiston standartlar instituti

Тошкент ш.

Toshkent sh.

1. Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ТОМОНИДАН ИШЛАБ ЧИҚИЛДИ ВА КИРИТИЛДИ.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi TOMONIDAN ISHLAB CHIQILDI VA KIRITILDI.

2. СТҚ 30 «Аҳолига ижтимоий хизматлар  кўрсатиш» Стандартлаштириш бўйича техник қўмита томонидан қабул қилинди.

2. STQ 30 “Aholiga ijtimoiy xizmatlar  koʻrsatish” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan qabul qilindi.

3. Ўзбекистон стандартлар институтининг _________даги_____- сон буйруғи билан ТАСДИҚЛАНДИ ВА АМАЛГА КИРИТИЛДИ.

3. Oʻzbekiston standartlar institutining _________dagi_____- son buyrugʻi bilan TASDIQLANDI VA AMALGA KIRITILDI.

4. ЎзМСт 618:2025 «Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш. Ижтимоий хизматлар. Оғир (қийин) ҳаётий вазиятга тушиб қолган аёлларга кўрсатиладиган ижтимоий хизматлар» миллий стандарти ўрнига жорий этилган.

4. OʻzMSt 618:2025 “Aholini ijtimoiy himoya qilish. Ijtimoiy xizmatlar. Ogʻir (qiyin) hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar” milliy standarti oʻrniga joriy etilgan.

Ушбу миллий стандартни ва унга бўлган ўзгартишларни Ўзбекистон ҳудудида амалга киритиш, қайта кўриб чиқиш ёки бекор қилиш ҳақидаги ахборот Стандартлаштириш бўйича миллий органнинг расмий веб-сайтлари ва стандартларнинг йиллик ахборот кўрсаткичларда чоп этилади.

Ushbu milliy standartni va unga boʻlgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston hududida amalga kiritish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarda chop etiladi.

МУНДАРИЖА

MUNDARIJA

1.

Қўлланиш доираси.......................................................................................................

2

2.

Атамалар ва таърифлар.................................................................................................

2

3.

Асосий норматив қоидалар..........................................................................................

3

4.

Хизматлар сифати бўйича минимал стандартлар...........................................................

3

5.

Хизмат олувчиларнинг хизматлардан фойдаланиш имконияти...................................

3

6.

1-Стандарт-хизматлар ҳақида хабардорликни ошириш..................................................

3

7.

2-Стандарт -хизмат олувчининг индивидуал эҳтиёжларини баҳолаш..............................

4

8.

3-Стандарт-индивидуал ижтимоий ёрдам режасини ишлаб чиқиш, мониторинг қилиш ва қайта кўриб чиқиш....................................................................................................

 

4

9.

4-Стандарт-хизматлардан фойдаланишга асосланган розилик.......................................

5

10.

5-Стандарт-хизмат кўрсатишни тўхтатиш..................................................................

6

11.

6-Стандарт- шикоятлар ва фикр-мулоҳазалар..............................................................

7

12.

Хизмат кўрсатувчи фаолиятининг ташкилий асослари.................................................

8

13.

7- Стандарт-индивидуал ёндашув..............................................................................

8

14.

8- Стандарт- Тармоқлараро (соҳалараро) ёндашув..................................................

9

15.

9-Стандарт-хизматларни баҳолаш ва мониторинг қилиш……………………………..

9

16.

Библиографик маълумотлар..........................................................................................

10

1.

Qoʻllanish doirasi.......................................................................................................

2

2.

Atamalar va taʼriflar.................................................................................................

2

3.

Asosiy normativ qoidalar..........................................................................................

3

4.

Xizmatlar sifati boʻyicha minimal standartlar...........................................................

3

5.

Xizmat oluvchilarning xizmatlardan foydalanish imkoniyati...................................

3

6.

1-Standart-xizmatlar haqida xabardorlikni oshirish..................................................

3

7.

2-Standart -xizmat oluvchining individual ehtiyojlarini baholash..............................

4

8.

3-Standart-individual ijtimoiy yordam rejasini ishlab chiqish, monitoring qilish va qayta koʻrib chiqish....................................................................................................

 

4

9.

4-Standart-xizmatlardan foydalanishga asoslangan rozilik.......................................

5

10.

5-Standart-xizmat koʻrsatishni toʻxtatish..................................................................

6

11.

6-Standart- shikoyatlar va fikr-mulohazalar..............................................................

7

12.

Xizmat koʻrsatuvchi faoliyatining tashkiliy asoslari.................................................

8

13.

7- Standart-individual yondashuv..............................................................................

8

14.

8- Standart- Tarmoqlararo (sohalararo) yondashuv..................................................

9

15.

9-Standart-xizmatlarni baholash va monitoring qilish……………………………..

9

16.

Bibliografik maʼlumotlar..........................................................................................

10

Кичик ҳажмли болалар уйларида тарбияланувчиларга ғамхўрлик ва тарбия хизматини

Kichik hajmli bolalar uylarida tarbiyalanuvchilarga gʻamxoʻrlik va tarbiya xizmatini

кўрсатиш

koʻrsatish

Sotsialnaya zaщita naseleniya. Sotsialnыe uslugi.

Социалная защита населения. Социалные услуги.

Оказание услуг по уходу и воспитанию воспитанников в малокомплектных детских домах

Okazaniye uslug po uxodu i vospitaniyu vospitannikov v malokomplektnыx detskix domax

Social protection of the population. Social services.

Social protection of the population. Social services.

Provision of services for the care and upbringing of pupils in small-sized orphanages

Provision of services for the care and upbringing of pupils in small-sized orphanages

Амалга киритиш санаси _____________

Amalga kiritish sanasi _____________

1 Qoʻllanish sohasi

1 Қўлланиш соҳаси

Ушбу миллий стандарт 18 ёшгача бўлган етим, ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган, шу жумладан, топиб олинган ёки қолдириб кетилган болалар, шунингдек, психик ва жисмоний ривожланишида бузилишлари ҳамда ногиронлиги бўлган болаларни якка тартибдаги ёндашув асосида оилага яқин муҳитда парваришлаш ва тарбиялаш бўйича хизматлар кўрсатувчи кичик ҳажмли болалар уйлари фаолиятини ташкил этиш, уларда парваришлаш ва тарбиялаш бўйича хизматлар кўрсатишда қўлланилади.

Ushbu milliy standart 18 yoshgacha boʻlgan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, topib olingan yoki qoldirib ketilgan bolalar, shuningdek, psixik va jismoniy rivojlanishida buzilishlari hamda nogironligi boʻlgan bolalarni yakka tartibdagi yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi kichik hajmli bolalar uylari faoliyatini tashkil etish, ularda parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda qoʻllaniladi.

2 Атамалар ва таърифлар

2 Atamalar va taʼriflar

Ушбу миллий стандартда қуйидаги атамалар ҳамда уларнинг тегишли таърифлари қўлланилган:

Ushbu milliy standartda quyidagi atamalar hamda ularning tegishli taʼriflari qoʻllanilgan:

2.1 ижтимоий хизматлар: Хизматларга муҳтож шахсни турмуш сифатини яхшилашга, унинг жамият ҳаётида бошқа фуқаролар билан иштирок этиши учун тенг имкониятлар яратишга ва (ёки) ўзининг асосий ҳаётий эҳтиёжларини мустақил равишда таъминлаш имкониятларини кенгайтиришга қаратилган ҳуқуқий, иқтисодий, психологик, таълим, тиббий, реабилитация ва бошқа чоратадбирлар комплекси;

2.1 ijtimoiy xizmatlar: Xizmatlarga muhtoj shaxsni turmush sifatini yaxshilashga, uning jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga va (yoki) oʻzining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, psixologik, taʼlim, tibbiy, reabilitatsiya va boshqa choratadbirlar kompleksi;

2.2 tarbiyalanuvchilar: Kichik hajmli bolalar uylariga joylashtirilgan 18 yoshgacha boʻlgan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, topib olingan yoki qoldirib ketilgan bolalar, shuningdek, psixik va jismoniy rivojlanishida buzilishlari hamda nogironligi boʻlgan bolalar;

2.2 тарбияланувчилар: Кичик ҳажмли болалар уйларига жойлаштирилган 18 ёшгача бўлган етим, ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган, шу жумладан, топиб олинган ёки қолдириб кетилган болалар, шунингдек, психик ва жисмоний ривожланишида бузилишлари ҳамда ногиронлиги бўлган болалар;

2.3 vakolatli organ: Tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari;

2.3 ваколатли орган: Туман (шаҳар) "Инсон" ижтимоий хизматлар марказлари;

2.4 nodavlat tashkilotlar: Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyektlari;

2.4 нодавлат ташкилотлар: Нодавлат нотижорат ташкилотлари ҳамда якка тартибдаги тадбиркор ёки юридик шахс мақомидаги тадбиркорлик субъектлари;

2.5 ижтимоий хизматлар сифати: Тарбияланувчининг эҳтиёжларини қондириш ва унинг ижтимоий реабилитацияси ёки ижтимоий мослашувини амалга ошириш қобилияти ва имкониятини белгилайдиган ижтимоий хизматнинг хусусиятлари мажмуи;

2.5 ijtimoiy xizmatlar sifati: Tarbiyalanuvchining ehtiyojlarini qondirish va uning ijtimoiy reabilitatsiyasi yoki ijtimoiy moslashuvini amalga oshirish qobiliyati va imkoniyatini belgilaydigan ijtimoiy xizmatning xususiyatlari majmui;

2.6 индивидуал ривожланиш ва ижтимоий интеграция режаси: Тарбияланувчига кўрсатиладиган парваришлаш, психологик, тиббий-ижтимоий, таълим, касб танлаш ва меҳнат қилиш ҳуқуқларини рўёбга чиқариш, ҳаётга мослаштириш ва жамиятга интеграция қилишга қаратилган хизматлар;

2.6 individual rivojlanish va ijtimoiy integratsiya rejasi: Tarbiyalanuvchiga koʻrsatiladigan parvarishlash, psixologik, tibbiy-ijtimoiy, taʼlim, kasb tanlash va mehnat qilish huquqlarini roʻyobga chiqarish, hayotga moslashtirish va jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan xizmatlar;

2.7 kichik hajmli bolalar uylari: Ijtimoiy yetimlikning oldini olish, 18 yoshgacha boʻlgan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, topib olingan yoki qoldirib ketilgan bolalar, shuningdek, psixik va jismoniy rivojlanishida buzilishlari hamda nogironligi boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatuvchi muassasa;

2.7 кичик ҳажмли болалар уйлари: Ижтимоий етимликнинг олдини олиш, 18 ёшгача бўлган етим, ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган, шу жумладан, топиб олинган ёки қолдириб кетилган болалар, шунингдек, психик ва жисмоний ривожланишида бузилишлари ҳамда ногиронлиги бўлган болаларга индивидуал ёндашув асосида оилага яқин муҳитда ғамхўрлик кўрсатиш ҳамда тарбиялаш хизматини кўрсатувчи муассаса;

2.8. xizmat koʻrsatuvchilar: Kichik hajmli bolalar uylarida faoliyat koʻrsatayotgan tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari (enaga).

2.8. хизмат кўрсатувчилар: Кичик ҳажмли болалар уйларида фаолият кўрсатаётган тарбиячилар, тарбиячи ёрдамчилари (энага).

2.9 менежер: Кичик ҳажмли болалар уйида фаолият юритадиган ва унга бевосита раҳбарлик қилувчи масъул шахс;

2.9 menejer: Kichik hajmli bolalar uyida faoliyat yuritadigan va unga bevosita rahbarlik qiluvchi masʼul shaxs;

2.10 муассис: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳар бошқармалари.

2.10 muassis: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari.

3 Asosiy normativ qoidalar

3 Асосий норматив қоидалар

3.1. Xizmat koʻrsatishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari

3.1. Хизмат кўрсатишнинг мақсади, вазифалари ва тамойиллари

3.1.1 Хизмат кўрсатишнинг асосий мақсади ижтимоий етимликнинг олдини олиш ва тарбияланувчиларга индивидуал ёндашув асосида оилага яқин муҳитда ғамхўрлик кўрсатиш ҳамда тарбиялаш хизматини кўрсатишдан иборат.

3.1.1 Xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ijtimoiy yetimlikning oldini olish va tarbiyalanuvchilarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatishdan iborat.

3.1.2. Хизмат кўрсатишнинг асосий вазифалари:

3.1.2. Xizmat koʻrsatishning asosiy vazifalari:

tarbiyalanuvchilarning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashadigan, oilaviy muhitga yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish;

тарбияланувчиларнинг ақлий, ҳиссий ва жисмоний ривожланишига кўмаклашадиган, оилавий муҳитга яқинлаштирилган шарт-шароитлар яратиш;

tarbiyalanuvchilarning hayoti muhofaza qilinishi va sogʻligʻi mustahkamlanishini taʼminlash, shu jumladan ushbu yoʻnalishlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;

тарбияланувчиларнинг ҳаёти муҳофаза қилиниши ва соғлиғи мустаҳкамланишини таъминлаш, шу жумладан ушбу йўналишларда профилактика тадбирларини ўтказиш;

tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy himoyasi, psixologik va tibbiy-ijtimoiy, pedagogik reabilitatsiyasini va ijtimoiy moslashuvini taʼminlash;

тарбияланувчиларнинг ижтимоий ҳимояси, психологик ва тиббий-ижтимоий, педагогик реабилитациясини ва ижтимоий мослашувини таъминлаш;

тарбияланувчиларни оилавий, миллий анъаналар ва умуминсоний қадриятлар асосида тарбиялаш;

tarbiyalanuvchilarni oilaviy, milliy anʼanalar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;

тарбияланувчиларда оилавий-маиший ҳаёт кўникмаларини шакллантириш, меҳнат ва касбий фаолиятни танлаш учун шарт-шароитлар яратиш, мустақил ҳаётга тайёрлашдан иборат.

tarbiyalanuvchilarda oilaviy-maishiy hayot koʻnikmalarini shakllantirish, mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.

3.1.3. Хизмат кўрсатишнинг асосий тамойиллари:

3.1.3. Xizmat koʻrsatishning asosiy tamoyillari:

a) tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va eng ustun manfaatlarini taʼminlash;

а) тарбияланувчиларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва энг устун манфаатларини таъминлаш;

б) шахсий дахлсизликни сўзсиз ҳурмат қилиш;

b) shaxsiy daxlsizlikni soʻzsiz hurmat qilish;

в) оила, ижтимоий қўллаб-қувватлаш ва жамоатчилик билан доимий алоқада бўлиш;

v) oila, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik bilan doimiy aloqada boʻlish;

g) teng imkoniyatlar;

г) тенг имкониятлар;

д) ёрдам олиш имконияти;

d) yordam olish imkoniyati;

е) касб этикасига риоя қилиш;

ye) kasb etikasiga rioya qilish;

з) манзиллилиги;

z) manzilliligi;

i) barqarorlik va uzluksizlik;

и) барқарорлик ва узлуксизлик;

к) махфийлик;

k) maxfiylik;

l) uzviylik.

л) узвийлик.

4. Xizmatlar sifatining minimal standartlari

4. Хизматлар сифатининг минимал стандартлари

Тарбияланувчиларга ғамхўрлик ва тарбия хизматини кўрсатиш ҳар бир тарбияланувчи учун белгиланган тартибда тузилган индивидуал ривожланиш ва интеграция режалари асосида амалга оширилади.

Tarbiyalanuvchilarga gʻamxoʻrlik va tarbiya xizmatini koʻrsatish har bir tarbiyalanuvchi uchun belgilangan tartibda tuzilgan individual rivojlanish va integratsiya rejalari asosida amalga oshiriladi.

 Тарбияланувчиларга ғамхўрлик ва тарбия хизматини кўрсатиш кенг жамоатчиликни ушбу хизматлардан фойдаланиш имкониятлари, шартлари, тартиби ва афзалликлари тўғрисида хабардорлиги оширишга хизмат қилади.

Tarbiyalanuvchilarga gʻamxoʻrlik va tarbiya xizmatini koʻrsatish keng jamoatchilikni ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shartlari, tartibi va afzalliklari toʻgʻrisida xabardorligi oshirishga xizmat qiladi.

4.1.1-standart - Xizmatlar haqida xabardorlikni oshirish

4.1.1-стандарт - Хизматлар ҳақида хабардорликни ошириш

4.1.1. Xizmat koʻrsatuvchilar vakolatli organ va muassis boshchiligida xizmatlar roʻyxati, shartlari, foydalanish tartibi va afzalliklari toʻgʻrisida keng jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida faol, rejali va qulay axborot-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirishi kerak.

4.1.1. Хизмат кўрсатувчилар ваколатли орган ва муассис бошчилигида хизматлар рўйхати, шартлари, фойдаланиш тартиби ва афзалликлари тўғрисида кенг жамоатчиликнинг хабардорлигини ошириш мақсадида фаол, режали ва қулай ахборот-маърифий фаолиятни амалга ошириши керак.

4.1.2 Кутилаётган натижа: тарбияланувчилар ва уларнинг қонуний вакиллари, кенг жамоатчилик мавжуд хизмат тўғрисида тўлиқ ишончли ва долзарб маълумотларга эга бўлади.

4.1.2 Kutilayotgan natija: tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillari, keng jamoatchilik mavjud xizmat toʻgʻrisida toʻliq ishonchli va dolzarb maʼlumotlarga ega boʻladi.

4.1.3 Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.1.3 Натижага эришиш кўрсаткичлари:

a) xizmat koʻrsatuvchilar oʻz faoliyati va xizmatlar turlari haqida axborot materiallarini tayyorlaydi va zarur hollarda yangilab boradi;

а) хизмат кўрсатувчилар ўз фаолияти ва хизматлар турлари ҳақида ахборот материалларини тайёрлайди ва зарур ҳолларда янгилаб боради;

b) axborot materiallari tarbiyalanuvchilarning yoshi, psixologik xususiyatlari va rivojlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi (axborot tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, salohiyati hamda sogʻligʻining holatini inobatga olgan holda);

б) ахборот материаллари тарбияланувчиларнинг ёши, психологик хусусиятлари ва ривожланишини ҳисобга олган ҳолда ишлаб чиқилади (ахборот тарбияланувчиларнинг қизиқишлари, салоҳияти ҳамда соғлиғининг ҳолатини инобатга олган ҳолда);

в) тарбияланувчи (7 ёшдан юқори бўлган) учун хизмат шарт-шароитлари, хизмат кўрсатувчилар ва ҳамкор ташкилотлар тўғрисида танишиш имкониятини таъминлайди; 

v) tarbiyalanuvchi (7 yoshdan yuqori boʻlgan) uchun xizmat shart-sharoitlari, xizmat koʻrsatuvchilar va hamkor tashkilotlar toʻgʻrisida tanishish imkoniyatini taʼminlaydi;

г) хизмат кўрсатувчи бошқа давлат органлари ва ташкилотлари билан аҳолини хабардор қилиш мақсадида ахборот алмашиш, қўшма тарғибот тадбирлари ёки бошқа ҳамкорлик механизмларини амалга оширади.

g) xizmat koʻrsatuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan aholini xabardor qilish maqsadida axborot almashish, qoʻshma targʻibot tadbirlari yoki boshqa hamkorlik mexanizmlarini amalga oshiradi.

4.2. 2-Standart - xizmat koʻrsatish tartib-taomillari va muddatlari

4.2. 2-Стандарт - хизмат кўрсатиш тартиб-таомиллари ва муддатлари

4.2.1 Хизматлар кўрсатиш аниқ белгиланган, шаффоф тартиб-қоидалар ва қатъий белгиланган муддатларга мувофиқ амалга оширилади ва тўлиқ давлат таъминоти асосида кўрсатилади. Мурожаатни қабул қилишдан то хизматни якунлашгача бўлган ҳар бир босқич тарбияланувчиларга қаратилган бўлади.

4.2.1 Xizmatlar koʻrsatish aniq belgilangan, shaffof tartib-qoidalar va qatʼiy belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi va toʻliq davlat taʼminoti asosida koʻrsatiladi. Murojaatni qabul qilishdan to xizmatni yakunlashgacha boʻlgan har bir bosqich tarbiyalanuvchilarga qaratilgan boʻladi.

4.2.2. Кичик ҳажмли болалар уйларига 18 ёшгача бўлган етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болалар қабул қилинади ва улар 8-10 нафардан ошмаслиги лозим.

4.2.2. Kichik hajmli bolalar uylariga 18 yoshgacha boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar qabul qilinadi va ular 8-10 nafardan oshmasligi lozim.

Tarbiyalanuvchilarni muddat oʻtganligi munosabati bilan kichik hajmli bolalar uyidan chiqarish vakolatli organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Тарбияланувчиларни муддат ўтганлиги муносабати билан кичик ҳажмли болалар уйидан чиқариш ваколатли органнинг қарорига кўра амалга оширилади.

4.2.3 Kutilayotgan natija: Tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillari, keng jamoatchilik xizmat koʻrsatishning maqsadi, shartlari, huquq va majburiyatlari hamda xizmatlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida toʻliq axborotga ega boʻladi va xizmatlardan foydalanish boʻyicha qaror qabul qiladi.

4.2.3 Кутилаётган натижа: Тарбияланувчилар ва уларнинг қонуний вакиллари, кенг жамоатчилик хизмат кўрсатишнинг мақсади, шартлари, ҳуқуқ ва мажбуриятлари ҳамда хизматлардан фойдаланиш тартиби тўғрисида тўлиқ ахборотга эга бўлади ва хизматлардан фойдаланиш бўйича қарор қабул қилади.

4.2.4 Натижага эришиш кўрсаткичлари

4.2.4 Natijaga erishish koʻrsatkichlari

a) xizmat koʻrsatish jarayoni shaffof, izchil amalga oshiriladi;

а) хизмат кўрсатиш жараёни шаффоф, изчил амалга оширилади;

б) барча тартиб-таомиллар ўз вақтида, асоссиз кечиктиришларсиз бажарилади, тарбияланувчининг ҳуқуқ ва энг устун манфаатлари ҳимоя қилинади;

b) barcha tartib-taomillar oʻz vaqtida, asossiz kechiktirishlarsiz bajariladi, tarbiyalanuvchining huquq va eng ustun manfaatlari himoya qilinadi;

v) har bir bosqichda muddatlar buzilishi, kechikishlar yoki noqonuniy qarorlar qabul qilinishi uchun xizmat koʻrsatuvchilar va menejerning shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

в) ҳар бир босқичда муддатлар бузилиши, кечикишлар ёки ноқонуний қарорлар қабул қилиниши учун хизмат кўрсатувчилар ва менежернинг шахсий жавобгарлиги белгиланади.

g) keys-menejment asosida xizmat koʻrsatish zarur deb topilganda va tarbiyalanuvchining yozma roziligi mavjud boʻlganda keys ochiladi, shuningdek, keys ochilgan sana va masʼul keys-menejer qayd etiladi.

г) кейс-менежмент асосида хизмат кўрсатиш зарур деб топилганда ва тарбияланувчининг ёзма розилиги мавжуд бўлганда кейс очилади, шунингдек, кейс очилган сана ва масъул кейс-менежер қайд этилади.

4.3 3-standart-turar joy bilan taʼminlash va maishiy xizmat koʻrsatish

4.3 3-стандарт-турар жой билан таъминлаш ва маиший хизмат кўрсатиш

4.3.1 Кичик ҳажмли болалар уйлари ҳар бир тарбияланувчи учун оилавий муҳитга максимал даражада яқинлаштирилган, хавфсиз, шинам ва санитария-гигиена қоидаларига тўлиқ жавоб берадиган яшаш шароитларини таъминлаши шарт. Хоналарнинг иситиш, ёритиш, шамоллатиш ҳамда тоза ичимлик суви тизимлари узлуксиз ишлаши лозим.

4.3.1 Kichik hajmli bolalar uylari har bir tarbiyalanuvchi uchun oilaviy muhitga maksimal darajada yaqinlashtirilgan, xavfsiz, shinam va sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻliq javob beradigan yashash sharoitlarini taʼminlashi shart. Xonalarning isitish, yoritish, shamollatish hamda toza ichimlik suvi tizimlari uzluksiz ishlashi lozim.

а) ҳар бир тарбияланувчи ёши ва жинсига мос равишда алоҳида кроват (ётоқ жойи), сифатли чойшаб-тўшаклар (ётоқ анжомлари), шахсий кийим-кечаклари ва ашёларини сақлаш учун алоҳида шкаф (ёки жавон) ҳамда дарс тайёрлаши ва дам олиши учун зарур мебеллар билан таъминланиши шарт.

a) har bir tarbiyalanuvchi yoshi va jinsiga mos ravishda alohida krovat (yotoq joyi), sifatli choyshab-toʻshaklar (yotoq anjomlari), shaxsiy kiyim-kechaklari va ashyolarini saqlash uchun alohida shkaf (yoki javon) hamda dars tayyorlashi va dam olishi uchun zarur mebellar bilan taʼminlanishi shart.

b) xizmat koʻrsatuvchi tarbiyalanuvchilarni ularning yoshi, jismoniy rivojlanishi, jinsi va mavsumga mos boʻlgan, sifatli va zamonaviy kiyim-kechak, poyabzal hamda kundalik birinchi darajali shaxsiy ehtiyoj va gigiyena vositalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashi shart. Tarbiyalanuvchilarning kiyimini tanlashda ularning shaxsiy didi va fikri inobatga olinadi.

б) хизмат кўрсатувчи тарбияланувчиларни уларнинг ёши, жисмоний ривожланиши, жинси ва мавсумга мос бўлган, сифатли ва замонавий кийим-кечак, пойабзал ҳамда кундалик биринчи даражали шахсий эҳтиёж ва гигиена воситалари билан ўз вақтида таъминлаши шарт. Тарбияланувчиларнинг кийимини танлашда уларнинг шахсий диди ва фикри инобатга олинади.

в) Кичик ҳажмли болалар уйлари тарбияланувчилар яшайдиган хоналар, мебеллар, чойшаблар ва кийим-кечакларнинг доимий тозалиги, созлиги ҳамда гигиеник талабларга мослигини таъминлайди. Кийимларни ювиш, қуритиш, дазмоллаш ва зарур ҳолларда таъмирлаш ишлари тизимли ташкил этилади.

v) Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilar yashaydigan xonalar, mebellar, choyshablar va kiyim-kechaklarning doimiy tozaligi, sozligi hamda gigiyenik talablarga mosligini taʼminlaydi. Kiyimlarni yuvish, quritish, dazmollash va zarur hollarda taʼmirlash ishlari tizimli tashkil etiladi.

4.3.2 Kutilayotgan natija:

4.3.2 Кутилаётган натижа:

а) тарбияланувчилар оилавий муҳитга яқин, хавфсиз ва шинам хоналарда яшайдилар ҳамда уларнинг шахсий дахлсизлиги ва қулайлиги тўлиқ кафолатланади.

a) tarbiyalanuvchilar oilaviy muhitga yaqin, xavfsiz va shinam xonalarda yashaydilar hamda ularning shaxsiy daxlsizligi va qulayligi toʻliq kafolatlanadi.

б) ҳар бир тарбияланувчи ўз ёши, жисмоний эҳтиёжлари ва фаслга мос равишда сифатли кийим-кечак, пойабзал ва шахсий буюмлар билан таъминланади, бу эса уларнинг жамиятда тенгдошлари қаторида ўзини эркин ҳис қилишига хизмат қилади.

b) har bir tarbiyalanuvchi oʻz yoshi, jismoniy ehtiyojlari va faslga mos ravishda sifatli kiyim-kechak, poyabzal va shaxsiy buyumlar bilan taʼminlanadi, bu esa ularning jamiyatda tengdoshlari qatorida oʻzini erkin his qilishiga xizmat qiladi.

v) Kichik hajmli bolalar uylaridagi barcha maishiy va kommunal tizimlarning benuqson ishlashi hamda yuqori darajadagi tozalikning saqlanishi natijasida tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi va sogʻlom rivojlanishi uchun qulay mikroiqlim yaratiladi.

в) Кичик ҳажмли болалар уйларидаги барча маиший ва коммунал тизимларнинг бенуқсон ишлаши ҳамда юқори даражадаги тозаликнинг сақланиши натижасида тарбияланувчиларнинг соғлиғи ва соғлом ривожланиши учун қулай микроиқлим яратилади.

4.3.3 Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.3.3 Натижага эришиш кўрсаткичлари:

a) yashash va maishiy xizmat koʻrsatish sifati hamda belgilangan talablarga erishilganligi quyidagi indikatorlar orqali baholanadi:

а) яшаш ва маиший хизмат кўрсатиш сифати ҳамда белгиланган талабларга эришилганлиги қуйидаги индикаторлар орқали баҳоланади:

b) har bir tarbiyalanuvchi alohida karavot, sifatli yotoq anjomlari va shaxsiy ashyolarini saqlash uchun individual joy (javon/shkaf) bilan taʼminlanadi;

б) ҳар бир тарбияланувчи алоҳида каравот, сифатли ётоқ анжомлари ва шахсий ашёларини сақлаш учун индивидуал жой (жавон/шкаф) билан таъминланади;

v) tarbiyalanuvchilarning faslga, yoshga va jismoniy oʻlchamlariga mos keladigan kiyim-kechak hamda poyabzallar bilan toʻliq taʼminlanadi;

в) тарбияланувчиларнинг фаслга, ёшга ва жисмоний ўлчамларига мос келадиган кийим-кечак ҳамда пойабзаллар билан тўлиқ таъминланади;

g) yashash va maishiy xonalar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradi;

г) яшаш ва маиший хоналар санитария-эпидемиологик осойишталик ҳамда ёнғин хавфсизлиги талабларига жавоб беради;

д) тарбияланувчиларнинг ётоқ анжомлари ва кийим-кечаклари мунтазам равишда (жадвал асосида, шунингдек эҳтиёжга кўра) ювилади, тозаланади ва алмаштирилади;

d) tarbiyalanuvchilarning yotoq anjomlari va kiyim-kechaklari muntazam ravishda (jadval asosida, shuningdek ehtiyojga koʻra) yuviladi, tozalanadi va almashtiriladi;

ye) tarbiyalanuvchilarning oʻz yashash sharoitlari, maishiy xizmatlar va shaxsiy buyumlar sifatidan qoniqadi.

е) тарбияланувчиларнинг ўз яшаш шароитлари, маиший хизматлар ва шахсий буюмлар сифатидан қониқади.

4.4 4-стандарт-шахсий гигиенага риоя қилишда кўмаклашиш

4.4 4-standart-shaxsiy gigiyenaga rioya qilishda koʻmaklashish

4.4.1 Tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularning jismoniy farovonligini taʼminlash hamda mustaqil hayot uchun zarur boʻlgan shaxsiy parvarish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy va pedagogik yordam tizimi hisoblanadi.

4.4.1 Тарбияланувчиларнинг соғлиғини муҳофаза қилиш, юқумли касалликларнинг олдини олиш, уларнинг жисмоний фаровонлигини таъминлаш ҳамда мустақил ҳаёт учун зарур бўлган шахсий парвариш кўникмаларини шакллантиришга қаратилган амалий ва педагогик ёрдам тизими ҳисобланади.

a) har bir tarbiyalanuvchining shaxsiy gigiyena qoidalariga (choʻmilish, tishlarni tozalash, soch va tirnoqlarni parvarish qilish, yuz-qoʻllarni yuvish) rioya qilishi uchun barcha zarur sanitariya-gigiyena sharoitlarini va tizimli koʻmakni taʼminlashi shart.

а) ҳар бир тарбияланувчининг шахсий гигиена қоидаларига (чўмилиш, тишларни тозалаш, соч ва тирноқларни парвариш қилиш, юз-қўлларни ювиш) риоя қилиши учун барча зарур санитария-гигиена шароитларини ва тизимли кўмакни таъминлаши шарт.

б) ҳар бир тарбияланувчи ёши, жинси ва индивидуал эҳтиёжларига мос бўлган индивидуал (шахсий) гигиена воситалари (тиш чўткаси ва пастаси, совун, шампунь, сочиқлар, тароқ, мочалка, қизлар учун махсус гигиена воситалари ва б.) билан тўлиқ ҳажмда ва мунтазам таъминланиши шарт.

b) har bir tarbiyalanuvchi yoshi, jinsi va individual ehtiyojlariga mos boʻlgan individual (shaxsiy) gigiyena vositalari (tish choʻtkasi va pastasi, sovun, shampun, sochiqlar, taroq, mochalka, qizlar uchun maxsus gigiyena vositalari va b.) bilan toʻliq hajmda va muntazam taʼminlanishi shart.

v) xizmat koʻrsatuvchilar tarbiyalanuvchilarda yoshligidan boshlab mustaqil ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oʻz tanasini toza tutish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tizimli tarbiyaviy va amaliy mashgʻulotlar olib borishlari lozim.

в) хизмат кўрсатувчилар тарбияланувчиларда ёшлигидан бошлаб мустақил равишда шахсий гигиена қоидаларига риоя қилиш, ўз танасини тоза тутиш ва соғлом турмуш тарзи кўникмаларини шакллантириш бўйича тизимли тарбиявий ва амалий машғулотлар олиб боришлари лозим.

в) жисмоний ёки руҳий ривожланишида ўзига хослиги бўлган, ўзини мустақил равишда парвариш қила олмайдиган тарбияланувчиларга гигиена муолажаларини бажаришда хизмат кўрсатувчилар бевосита, уларнинг шахсий қадр-қиммати ва уятчанлик ҳиссини ҳурмат қилган ҳолда амалий ёрдам кўрсатади.

v) jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida oʻziga xosligi boʻlgan, oʻzini mustaqil ravishda parvarish qila olmaydigan tarbiyalanuvchilarga gigiyena muolajalarini bajarishda xizmat koʻrsatuvchilar bevosita, ularning shaxsiy qadr-qimmati va uyatchanlik hissini hurmat qilgan holda amaliy yordam koʻrsatadi.

4.4.2 Кутилаётган натижа:

4.4.2 Kutilayotgan natija:

a) barcha tarbiyalanuvchilar kundalik ravishda yuqori darajadagi shaxsiy tozalik va gigiyenaga rioya qiladi, bu esa turli yuqumli va dermatologik kasalliklarning oldini olishni kafolatlaydi.

а) барча тарбияланувчилар кундалик равишда юқори даражадаги шахсий тозалик ва гигиенага риоя қилади, бу эса турли юқумли ва дерматологик касалликларнинг олдини олишни кафолатлайди.

b) tarbiyalanuvchilarda mustaqil hayot uchun zarur boʻlgan kundalik shaxsiy gigiyena madaniyati va oʻz sogʻligʻiga masʼuliyat bilan yondashish koʻnikmalari toʻliq shakllantiriladi.

б) тарбияланувчиларда мустақил ҳаёт учун зарур бўлган кундалик шахсий гигиена маданияти ва ўз соғлиғига масъулият билан ёндашиш кўникмалари тўлиқ шакллантирилади.

v) jismoniy harakati cheklangan yoki ruhiy buzilishi boʻlgan tarbiyalanuvchilar oʻzlarining qadr-qimmati kamsitilmagan va shaxsiy daxlsizligi saqlangan holda xavfsiz, sifatli va kasbiy gigiyenik koʻmak bilan taʼminlanadi.

в) жисмоний ҳаракати чекланган ёки руҳий бузилиши бўлган тарбияланувчилар ўзларининг қадр-қиммати камситилмаган ва шахсий дахлсизлиги сақланган ҳолда хавфсиз, сифатли ва касбий гигиеник кўмак билан таъминланади.

4.4.3 Натижага эришиш кўрсаткичлари:

4.4.3 Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.4.3.1 Шахсий гигиенага риоя қилишда кўмаклашиш хизмати самарадорлиги қуйидаги сифат ва миқдор кўрсатгичлари орқали баҳоланади:

4.4.3.1 Shaxsiy gigiyenaga rioya qilishda koʻmaklashish xizmati samaradorligi quyidagi sifat va miqdor koʻrsatgichlari orqali baholanadi:

a) har bir tarbiyalanuvchi unga tegishli boʻlgan, sifatli va yaroqlilik muddati oʻtmagan shaxsiy gigiyena vositalari toʻplami bilan taʼminlanadi;

а) ҳар бир тарбияланувчи унга тегишли бўлган, сифатли ва яроқлилик муддати ўтмаган шахсий гигиена воситалари тўплами билан таъминланади;

б) ювиниш хоналари, душ ва ҳожатхоналарнинг доимий равишда иссиқ ва совуқ сув тизими, суюқ совун, қоғоз сочиқлар ва дезинфекцияловчи воситалар билан таъминланади;

b) yuvinish xonalari, dush va hojatxonalarning doimiy ravishda issiq va sovuq suv tizimi, suyuq sovun, qogʻoz sochiqlar va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan taʼminlanadi;

v) parvarishga muhtoj boʻlgan har bir tarbiyalanuvchi uchun Individual rivojlanish va ijtimoiy-integratsiya rejasida (IRIIR) shaxsiy gigiyena boʻyicha koʻrsatiladigan yordamning aniq tartibi va bunga masʼul xodim belgilanadi;

в) парваришга муҳтож бўлган ҳар бир тарбияланувчи учун Индивидуал ривожланиш ва ижтимоий-интеграция режасида (ИРИИР) шахсий гигиена бўйича кўрсатиладиган ёрдамнинг аниқ тартиби ва бунга масъул ходим белгиланади;

г) тарбияланувчиларнинг ёшига мос равишда мустақил равишда шахсий гигиена қоидаларини бажара олади ва ушбу кўникмаларни амалда қўллай олади;

g) tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos ravishda mustaqil ravishda shaxsiy gigiyena qoidalarini bajara oladi va ushbu koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi;

д) шахсий гигиена талабларининг бузилиши оқибатида юзага келиши мумкин бўлган юқумли, тери ёки паразитар касалликлар тарқалишининг олди олинади.

d) shaxsiy gigiyena talablarining buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yuqumli, teri yoki parazitar kasalliklar tarqalishining oldi olinadi.

4.5. 5-стандарт-ижтимоий реабилитация

4.5. 5-standart-ijtimoiy reabilitatsiya

4.5.1. Тарбияланувчиларнинг ижтимоий мақомини тиклаш, уларнинг жамиятга ва оилавий муҳитга мослашиши (адаптацияси), руҳий-эмоционал шикастланишлар (травмалар) оқибатларини енгиб ўтиши ҳамда мустақил ҳаётга тайёрланишига қаратилган тизимли чора-тадбирлар мажмуидир.

4.5.1. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy maqomini tiklash, ularning jamiyatga va oilaviy muhitga moslashishi (adaptatsiyasi), ruhiy-emotsional shikastlanishlar (travmalar) oqibatlarini yengib oʻtishi hamda mustaqil hayotga tayyorlanishiga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar majmuidir.

Ушбу жараён ҳар бир тарбияланувчининг индивидуал ривожланиш хусусиятлари, ёши ва эҳтиёжларидан келиб чиқиб, комплекс тарзда (педагогик, психологик, тиббий-ижтимоий ва ҳуқуқий йўналишларда) амалга оширилади.

Ushbu jarayon har bir tarbiyalanuvchining individual rivojlanish xususiyatlari, yoshi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, kompleks tarzda (pedagogik, psixologik, tibbiy-ijtimoiy va huquqiy yoʻnalishlarda) amalga oshiriladi.

4.5.2. Kutilayotgan natija:

4.5.2. Кутилаётган натижа:

а) тарбияланувчининг эмоционал ҳолати барқарорлашади, тенгдошлари ва катталар билан соғлом мулоқот кўникмалари шаклланади.

a) tarbiyalanuvchining emotsional holati barqarorlashadi, tengdoshlari va kattalar bilan sogʻlom muloqot koʻnikmalari shakllanadi.

б) тарбияланувчи ўз-ўзига хизмат кўрсатиш, молиявий саводхонлик, кундалик рўзғор юритиш ва шахсий хавфсизлик бўйича амалий кўникмаларга эга бўлади.

b) tarbiyalanuvchi oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, moliyaviy savodxonlik, kundalik roʻzgʻor yuritish va shaxsiy xavfsizlik boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi.

v) tarbiyalanuvchining biologik oilasiga qaytishi (reintegratsiya) yoki muqobil oilaviy shakllarga (vasiylik, homiylik, farzandlikka olish) oʻtishi uchun zamin yaratiladi.

в) тарбияланувчининг биологик оиласига қайтиши (реинтеграция) ёки муқобил оилавий шаклларга (васийлик, ҳомийлик, фарзандликка олиш) ўтиши учун замин яратилади.

г) катта ёшдаги тарбияланувчиларда касб-ҳунарга қизиқиш шаклланади, уларнинг умумтаълим ёки касб-ҳунар таълимига тўлиқ жалб этилиши таъминланади.

g) katta yoshdagi tarbiyalanuvchilarda kasb-hunarga qiziqish shakllanadi, ularning umumtaʼlim yoki kasb-hunar taʼlimiga toʻliq jalb etilishi taʼminlanadi.

4.5.3. Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.5.3. Натижага эришиш кўрсаткичлари:

Ушбу хизмат сифатини ва кутилаётган натижаларга эришилганлигини баҳолаш учун қуйидаги аниқ ўлчанадиган кўрсаткичлар (индикаторлар) қўлланилади:

Ushbu xizmat sifatini va kutilayotgan natijalarga erishilganligini baholash uchun quyidagi aniq oʻlchanadigan koʻrsatkichlar (indikatorlar) qoʻllaniladi:

а) ҳар бир тарбияланувчи учун 14 иш кунидан кечиктирилмаган муддатда кўп тармоқли мутахассислар гуруҳи (ижтимоий ходим, психолог, педагог ва тиббиёт ходими) томонидан ИРИР ишлаб чиқилади;

a) har bir tarbiyalanuvchi uchun 14 ish kunidan kechiktirilmagan muddatda koʻp tarmoqli mutaxassislar guruhi (ijtimoiy xodim, psixolog, pedagog va tibbiyot xodimi) tomonidan IRIR ishlab chiqiladi;

b) tarbiyalanuvchining emotsional sogʻlomligi, depressiya va xavotirlik darajasi pasayadi hamda psixologik jarohatlar (travmalar) oqibatlarini yengib oʻtilishi baholanadi;

б) тарбияланувчининг эмоционал соғломлиги, депрессия ва хавотирлик даражаси пасаяди ҳамда психологик жароҳатлар (травмалар) оқибатларини енгиб ўтилиши баҳоланади;

в) тарбияланувчиларнинг ёши ва ривожланиш хусусиятларига мос равишда ўз-ўзига хизмат кўрсатиш, шахсий гигиена, вақтни режалаштириш, соғлом турмуш тарзи ва хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш бўйича амалий кўникмалари баҳоланади;

v) tarbiyalanuvchilarning yoshi va rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, shaxsiy gigiyena, vaqtni rejalashtirish, sogʻlom turmush tarzi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalari baholanadi;

g) barcha tarbiyalanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, nafaqa, aliment yoki meros olish huquqlari, shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan uy-joyga boʻlgan huquqlari qonuniy tartibda toʻliq rasmiylashtiriladi;

г) барча тарбияланувчиларнинг шахсини тасдиқловчи ҳужжатлари, нафақа, алимент ёки мерос олиш ҳуқуқлари, шунингдек, давлат томонидан кафолатланган уй-жойга бўлган ҳуқуқлари қонуний тартибда тўлиқ расмийлаштирилади;

д) тарбияланувчининг манфаатлари ва хавфсизлигига зид бўлмаган ҳолатларда, унинг биологик оиласи, қариндошлари ёки васийликка олувчи номзодлар билан тизимли ва хавфсиз учрашувлари, телефон сўзлашувлари ва алоқалари йўлга қўйилади;

d) tarbiyalanuvchining manfaatlari va xavfsizligiga zid boʻlmagan holatlarda, uning biologik oilasi, qarindoshlari yoki vasiylikka oluvchi nomzodlar bilan tizimli va xavfsiz uchrashuvlari, telefon soʻzlashuvlari va aloqalari yoʻlga qoʻyiladi;

ye) 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilar kasb-hunarga yoʻnaltiriladi va mustaqil hayotga ijtimoiy moslashadi.

е) 16 ёшдан 18 ёшгача бўлган тарбияланувчилар касб-ҳунарга йўналтирилади ва мустақил ҳаётга ижтимоий мослашади.

4.6. 6-standart-dam olish, kasbiy, koʻngilochar, madaniy, sport tadbirlari

4.6. 6-стандарт-дам олиш, касбий, кўнгилочар, маданий, спорт тадбирлари

4.6.1. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy, intellektual, estetik va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash, ularning iqtidori va qiziqishlarini roʻyobga chiqarish, kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda jamiyatga ijtimoiylashuvini faollashtirish maqsadida tashkil etiladigan tizimli tadbirlar majmuidir.

4.6.1. Тарбияланувчиларнинг жисмоний, интеллектуал, эстетик ва маънавий ривожланишини таъминлаш, уларнинг иқтидори ва қизиқишларини рўёбга чиқариш, касб-ҳунарга йўналтириш ҳамда жамиятга ижтимоийлашувини фаоллаштириш мақсадида ташкил этиладиган тизимли тадбирлар мажмуидир.

Ушбу хизмат тарбияланувчиларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, уларни соғлом турмуш тарзига ўргатиш ҳамда замонавий билим ва касбий кўникмаларни эгаллашлари учун муассаса ичида ва ундан ташқарида (маҳаллий ҳамжамият билан интеграциялашган ҳолда) хавфсиз ва рағбатлантирувчи муҳитни яратишни назарда тутади.

Ushbu xizmat tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish hamda zamonaviy bilim va kasbiy koʻnikmalarni egallashlari uchun muassasa ichida va undan tashqarida (mahalliy hamjamiyat bilan integratsiyalashgan holda) xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratishni nazarda tutadi.

4.6.2. Kutilayotgan natija:

4.6.2. Кутилаётган натижа:

a) tarbiyalanuvchilarning jismoniy sogʻlomligi mustahkamlanadi, madaniy va estetik dunyoqarashi kengayadi, ijodiy va intellektual salohiyati oshadi.

а) тарбияланувчиларнинг жисмоний соғломлиги мустаҳкамланади, маданий ва эстетик дунёқараши кенгаяди, ижодий ва интеллектуал салоҳияти ошади.

б) катта ёшдаги тарбияланувчилар замонавий касблар, меҳнат бозори талаблари ва тадбиркорлик асослари билан танишадилар, ўз қизиқишларига мос касбий тўгаракларга йўналтирилади.

b) katta yoshdagi tarbiyalanuvchilar zamonaviy kasblar, mehnat bozori talablari va tadbirkorlik asoslari bilan tanishadilar, oʻz qiziqishlariga mos kasbiy toʻgaraklarga yoʻnaltiriladi.

v) tarbiyalanuvchilarning mahalliy sport majmualari, madaniyat markazlari va jamoat tadbirlarida ishtirok etishi orqali tengdoshlari bilan sogʻlom muloqot va ijtimoiylashuv darajasi ortadi.

в) тарбияланувчиларнинг маҳаллий спорт мажмуалари, маданият марказлари ва жамоат тадбирларида иштирок этиши орқали тенгдошлари билан соғлом мулоқот ва ижтимоийлашув даражаси ортади.

г) тизимли дам олиш ва кўнгилочар тадбирлар натижасида тарбияланувчиларда стресс ва эмоционал зўриқишлар камаяди, Кичик ҳажмли болалар уйларида дўстона ва илиқ оилавий муҳит шаклланади.

g) tizimli dam olish va koʻngilochar tadbirlar natijasida tarbiyalanuvchilarda stress va emotsional zoʻriqishlar kamayadi, Kichik hajmli bolalar uylarida doʻstona va iliq oilaviy muhit shakllanadi.

4.6.3. Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.6.3. Натижага эришиш кўрсаткичлари:

а) ҳар бир чорак ва йил учун тасдиқланган дам олиш, спорт, маданий ва касбга йўналтириш тадбирларининг йиллик режа-жадвали ишлаб чиқилади. Ушбу режа 10 ёшдан юқори бўлган тарбияланувчиларнинг фикри ва истакларини инобатга олган ҳолда тузилади ҳамда режалаштирилган тадбирлар амалда бажарилади;

a) har bir chorak va yil uchun tasdiqlangan dam olish, sport, madaniy va kasbga yoʻnaltirish tadbirlarining yillik reja-jadvali ishlab chiqiladi. Ushbu reja 10 yoshdan yuqori boʻlgan tarbiyalanuvchilarning fikri va istaklarini inobatga olgan holda tuziladi hamda rejalashtirilgan tadbirlar amalda bajariladi;

б) мактаб ёшидаги тарбияланувчилар ўз қизиқишларидан келиб чиқиб, (мактаб, маҳалла, болалар марказлари қошидаги) камида битта спорт, санъат, мусиқа ёки интеллектуал (информатика, хорижий тиллар ва ҳ.к.) тўгаракларга тизимли равишда қатнашиши таъминланади;

b) maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilar oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib, (maktab, mahalla, bolalar markazlari qoshidagi) kamida bitta sport, sanʼat, musiqa yoki intellektual (informatika, xorijiy tillar va h.k.) toʻgaraklarga tizimli ravishda qatnashishi taʼminlanadi;

v) har bir tarbiyalanuvchining ijtimoiy va madaniy hayotini boyitish maqsadida, ularning oyiga kamida 2-marta (ob-havo sharoitini inobatga olgan holda) madaniy-koʻngilochar maskanlarga (teatr, muzey, kinoteatr, istirohat bogʻlari, tarixiy obidalar) tashrifi tashkil etiladi;

в) ҳар бир тарбияланувчининг ижтимоий ва маданий ҳаётини бойитиш мақсадида, уларнинг ойига камида 2 марта (об-ҳаво шароитини инобатга олган ҳолда) маданий-кўнгилочар масканларга (театр, музей, кинотеатр, истироҳат боғлари, тарихий обидалар) ташрифи ташкил этилади;

г) тарбияланувчиларнинг жисмоний соғломлигини таъминлаш учун ҳафталик кун тартибида жисмоний фаоллик ва спорт билан шуғулланиш вақти аниқ белгиланади Тарбияланувчиларнинг соғлиғига кўра қарши кўрсатмалар бўлмаган тақдирда, мунтазам равишда эрталабки бадантарбия ва ҳафтада камида 3 марта спорт машғулотларига жалб этилади;

g) tarbiyalanuvchilarning jismoniy sogʻlomligini taʼminlash uchun haftalik kun tartibida jismoniy faollik va sport bilan shugʻullanish vaqti aniq belgilanadi Tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻiga koʻra qarshi koʻrsatmalar boʻlmagan taqdirda, muntazam ravishda ertalabki badantarbiya va haftada kamida 3-marta sport mashgʻulotlariga jalb etiladi;

d) 14 yoshdan oshgan tarbiyalanuvchilar (sogʻligʻining holatiga qarab) kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlariga (kasb tanlash testlari, korxona va tashkilotlarga tanishuv ekskursiyalari, zamonaviy IT va kasb-hunar kurslari) jalb etiladi;

д) 14 ёшдан ошган тарбияланувчилар (соғлиғининг ҳолатига қараб) касб-ҳунарга йўналтириш дастурларига (касб танлаш тестлари, корхона ва ташкилотларга танишув экскурсиялари, замонавий ИТ ва касб-ҳунар курслари) жалб этилади; 

ye) dam olish, koʻngilochar va sport tadbirlaridan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida har yarim yilda tarbiyalanuvchilar oʻrtasida anonim soʻrovnomalar yoki suhbatlar oʻtkaziladi.

е) дам олиш, кўнгилочар ва спорт тадбирларидан қониқиш даражасини аниқлаш мақсадида ҳар ярим йилда тарбияланувчилар ўртасида аноним сўровномалар ёки суҳбатлар ўтказилади.

4.7.7-стандарт -тарбияланувчиларни таълимга жалб қилиш ва билим олишда кўмаклашиш

4.7.7-standart -tarbiyalanuvchilarni taʼlimga jalb qilish va bilim olishda koʻmaklashish

Кичик ҳажмли болалар уйи фақатгина яшаш жойи эмас, балки таълим жараёнини мувофиқлаштирувчи кўприк вазифасини бажариши шарт. Хизмат кўрсатувчилар ва ўқитувчилар ўртасидаги узвий алоқа тарбияланувчининг машғулотлар ва дарсларни ўзлаштиришидаги бўшлиқларни ўз вақтида бартараф этиш имконини беради.

Kichik hajmli bolalar uyi faqatgina yashash joyi emas, balki taʼlim jarayonini muvofiqlashtiruvchi koʻprik vazifasini bajarishi shart. Xizmat koʻrsatuvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi uzviy aloqa tarbiyalanuvchining mashgʻulotlar va darslarni oʻzlashtirishidagi boʻshliqlarni oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi.

4.7.1. Kutilayotgan natija:

4.7.1. Кутилаётган натижа:

Ҳар бир тарбияланувчининг давлат талаблари ва давлат таълим стандартлари ҳамда ўз имкониятларидан келиб чиққан ҳолда сифатли мактабгача, умумий ўрта ёки касб-ҳунар таълими билан тўлиқ қамраб олиниши таъминланади.

Har bir tarbiyalanuvchining davlat talablari va davlat taʼlim standartlari hamda oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sifatli maktabgacha, umumiy oʻrta yoki kasb-hunar taʼlimi bilan toʻliq qamrab olinishi taʼminlanadi.

Tarbiyalanuvchilarning mustaqil taʼlim olishi, uy vazifalarini bajarishi, fanlarni oʻzlashtirishi hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Тарбияланувчиларнинг мустақил таълим олиши, уй вазифаларини бажариши, фанларни ўзлаштириши ҳамда интеллектуал салоҳиятини ривожлантириши учун қулай шароитлар яратилади.

Тарбияланувчиларда ўқишга ижобий муносабат, билим олишга бўлган қизиқиш ва масъулият ҳисси шакллантирилиб, уларнинг келгусида мустақил ҳаётга ва касб танлашга тайёрланишига кўмаклашилади.

Tarbiyalanuvchilarda oʻqishga ijobiy munosabat, bilim olishga boʻlgan qiziqish va masʼuliyat hissi shakllantirilib, ularning kelgusida mustaqil hayotga va kasb tanlashga tayyorlanishiga koʻmaklashiladi.

4.7.2. Натижага эришиш кўрсаткичлари:

4.7.2. Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

a) Kichik hajmli bolalar uyining maktab yoshidagi barcha tarbiyalanuvchilarining maktablarga, maktabgacha yoshdagilarning esa maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻliq jalb qilinganligi va oʻqishga qatnovchilar doimiy nazorat qilinadi;

а) Кичик ҳажмли болалар уйининг мактаб ёшидаги барча тарбияланувчиларининг мактабларга, мактабгача ёшдагиларнинг эса мактабгача таълим ташкилотларига тўлиқ жалб қилинганлиги ва ўқишга қатновчилар доимий назорат қилинади;

б) Кичик ҳажмли болалар уйида тарбияланувчиларнинг дарсларга тайёргарлик кўриши учун зарур шароитлар (алоҳида ўқув стол-стуллари, ёритиш тизими, зарур ўқув қуроллари, бадиий ва ўқув адабиётлари, шунингдек, интернет тармоғига уланган компьютер ёки планшетлар) билан таъминланади;

b) Kichik hajmli bolalar uyida tarbiyalanuvchilarning darslarga tayyorgarlik koʻrishi uchun zarur sharoitlar (alohida oʻquv stol-stullari, yoritish tizimi, zarur oʻquv qurollari, badiiy va oʻquv adabiyotlari, shuningdek, internet tarmogʻiga ulangan kompyuter yoki planshetlar) bilan taʼminlanadi;

v) tarbiyalanuvchilarga uy vazifalarini bajarishda va murakkab mavzularni oʻzlashtirishda amaliy yordam koʻrsatish tizimi (jumladan, zarur hollarda qoʻshimcha repetitorlik yoki toʻgaraklarni tashkil etish) yoʻlga qoʻyiladi;

в) тарбияланувчиларга уй вазифаларини бажаришда ва мураккаб мавзуларни ўзлаштиришда амалий ёрдам кўрсатиш тизими (жумладан, зарур ҳолларда қўшимча репетиторлик ёки тўгаракларни ташкил этиш) йўлга қўйилади;

g) Kichik hajmli bolalar uyi va taʼlim muassasasi oʻrtasida doimiy oʻrnatiladi, tarbiyalanuvchilarning oʻzlashtirishi, davomati va xulq-atvori muntazam muhokama qilib boriladi.

г) Кичик ҳажмли болалар уйи ва таълим муассасаси ўртасида доимий ўрнатилади, тарбияланувчиларнинг ўзлаштириши, давомати ва хулқ-атвори мунтазам муҳокама қилиб борилади.

4.8. 8-стандарт-ҳаётий кўникмаларни ривожлантириш

4.8. 8-standart-hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish

4.8.1. Тарбияланувчиларнинг Кичик ҳажмли болалар уйларидан чиққандан сўнг жамиятга муваффақиятли мослашиши, мустақил ҳаёт юритиши, шахсий ва касбий қарорлар қабул қила олиши ҳамда юзага келадиган кундалик муаммоларни мустақил ҳал этиши учун зарур бўлган амалий, руҳий-ижтимоий, молиявий ва ҳуқуқий билим ҳамда кўникмаларни шакллантиришга қаратилган мақсадли педагогик ва ижтимоий-психологик фаолият тизими ҳисобланади.

4.8.1. Tarbiyalanuvchilarning Kichik hajmli bolalar uylaridan chiqqandan soʻng jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishi, mustaqil hayot yuritishi, shaxsiy va kasbiy qarorlar qabul qila olishi hamda yuzaga keladigan kundalik muammolarni mustaqil hal etishi uchun zarur boʻlgan amaliy, ruhiy-ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy bilim hamda koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan maqsadli pedagogik va ijtimoiy-psixologik faoliyat tizimi hisoblanadi.

Ushbu xizmat tarbiyalanuvchilarda oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, muloqot madaniyati, his-tuygʻularni boshqarish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, moliyaviy savodxonlik va oʻz huquqlarini himoya qilish layoqatini tizimli rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ушбу хизмат тарбияланувчиларда ўзига бўлган ишончни ошириш, мулоқот маданияти, ҳис-туйғуларни бошқариш, соғлом турмуш тарзига риоя қилиш, молиявий саводхонлик ва ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш лаёқатини тизимли ривожлантиришни назарда тутади.

4.8.2. Kutilayotgan natija:

4.8.2. Кутилаётган натижа:

а) Тарбияланувчиларнинг ёш тоифаларига (кичик, ўрта ва катта ёшдаги болалар учун алоҳида) мослаштирилган машғулотлар нафақат назарий, балки табиий оилавий муҳитда амалий кўникмаларни ўзлаштириш тамойили асосида ташкил этилади.

a) Tarbiyalanuvchilarning yosh toifalariga (kichik, oʻrta va katta yoshdagi bolalar uchun alohida) moslashtirilgan mashgʻulotlar nafaqat nazariy, balki tabiiy oilaviy muhitda amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi.

Бунда, тарбияланувчиларнинг кундалик оилавий турмуш тарзига (рўзғор юритиш, бюджетни режалаштириш ва жамият билан ишлаш жараёнларига) интеграция қилинганлиги ҳужжатлар ва кундалик кузатувлар таҳлили асосида ташкил этилади;

Bunda, tarbiyalanuvchilarning kundalik oilaviy turmush tarziga (roʻzgʻor yuritish, byudjetni rejalashtirish va jamiyat bilan ishlash jarayonlariga) integratsiya qilinganligi hujjatlar va kundalik kuzatuvlar tahlili asosida tashkil etiladi;

б) тарбияланувчилар шахсий ва оилавий бюджетни режалаштиришни, банк хизматларидан фойдаланишни, коммунал ва бошқа тўловларни амалга оширишни ҳамда ўзларига қонунчилик томонидан берилган имтиёз ва ҳуқуқлардан фойдаланишни билади;

b) tarbiyalanuvchilar shaxsiy va oilaviy byudjetni rejalashtirishni, bank xizmatlaridan foydalanishni, kommunal va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishni hamda oʻzlariga qonunchilik tomonidan berilgan imtiyoz va huquqlardan foydalanishni biladi;

v) tarbiyalanuvchilarda stressga bardoshlik, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, jamoada ishlash, sogʻlom munosabatlar qurish va ijtimoiy xizmatlar hamda davlat idoralariga mustaqil murojaat qilish koʻnikmalari shakllanadi;

в) тарбияланувчиларда стрессга бардошлик, низоларни тинч йўл билан ҳал этиш, жамоада ишлаш, соғлом муносабатлар қуриш ва ижтимоий хизматлар ҳамда давлат идораларига мустақил мурожаат қилиш кўникмалари шаклланади;

g) tarbiyalanuvchilar hayotiy muhim vaziyatlarda (taʼlim olish, ishga joylashish, oila qurish, zararli odatlardan yiroq boʻlish) mustaqil va masʼuliyatli qarorlar qabul qila oladi.

г) тарбияланувчилар ҳаётий муҳим вазиятларда (таълим олиш, ишга жойлашиш, оила қуриш, зарарли одатлардан йироқ бўлиш) мустақил ва масъулиятли қарорлар қабул қила олади.

4.8.3. Натижага эришиш кўрсаткичлари:

4.8.3. Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

a) 12 yoshdan oshgan tarbiyalanuvchilar (sogʻligʻining holatidan kelib chiqib) ning sodda taomlarni mustaqil tayyorlash, kiyimlarini parvarish qilish, maishiy texnika vositalaridan xavfsiz foydalanish va yashash joyini toza tutish boʻyicha amaliy sinovlardan (amaliy kuzatuv va baholash varaqlari asosida) muvaffaqiyatli oʻtadi;

а) 12 ёшдан ошган тарбияланувчилар (соғлиғининг ҳолатидан келиб чиқиб) нинг содда таомларни мустақил тайёрлаш, кийимларини парвариш қилиш, маиший техника воситаларидан хавфсиз фойдаланиш ва яшаш жойини тоза тутиш бўйича амалий синовлардан (амалий кузатув ва баҳолаш варақлари асосида) муваффақиятли ўтади;

b) 14-18 yoshdagi tarbiyalanuvchilar byudjetni taqsimlash, pulni tejash va rejalashtirish, plastik kartalardan xavfsiz foydalanish hamda zamonaviy elektron toʻlov tizimlari orqali xizmatlar uchun toʻlov qilishni biladi;

б) 14-18 ёшдаги тарбияланувчилар бюджетни тақсимлаш, пулни тежаш ва режалаштириш, пластик карталардан хавфсиз фойдаланиш ҳамда замонавий электрон тўлов тизимлари орқали хизматлар учун тўлов қилишни билади;

в) битирув ёшидаги (16-18 ёш) тарбияланувчилар ўзларига тегишли бўлган ижтимоий ҳуқуқ ва кафолатларни (уй-жой олиш, имтиёзли ўқишга кириш, бандликка кўмаклашиш хизматлари), шунингдек, фавқулодда вазиятларда қутқарув, тиббий ёрдам ва ички ишлар органларига мустақил мурожаат қилиш тартибини амалда билади;

v) bitiruv yoshidagi (16-18 yosh) tarbiyalanuvchilar oʻzlariga tegishli boʻlgan ijtimoiy huquq va kafolatlarni (uy-joy olish, imtiyozli oʻqishga kirish, bandlikka koʻmaklashish xizmatlari), shuningdek, favqulodda vaziyatlarda qutqaruv, tibbiy yordam va ichki ishlar organlariga mustaqil murojaat qilish tartibini amalda biladi;

g) tarbiyalanuvchilar oʻz his-tuygʻularini nazorat qila oladi, stress va xavotir bilan kurashish usullarini bilishi hamda tengdoshlari oʻrtasidagi nizoli vaziyatlarni agressiyasiz, muloqot yoʻli bilan hal qila oladi;

г) тарбияланувчилар ўз ҳис-туйғуларини назорат қила олади, стресс ва хавотир билан курашиш усулларини билиши ҳамда тенгдошлари ўртасидаги низоли вазиятларни агрессиясиз, мулоқот йўли билан ҳал қила олади;

d) bitiruvchilarga Kichik hajmli bolalar uyidan chiqishdan kamida 6 oy oldin individual ravishda ishlab chiqilgan "Ijtimoiy kuzatuv va mustaqil hayotga moslashish pasporti" taqdim etiladi.

д) битирувчиларга Кичик ҳажмли болалар уйидан чиқишдан камида 6 ой олдин индивидуал равишда ишлаб чиқилган "Ижтимоий кузатув ва мустақил ҳаётга мослашиш паспорти" тақдим этилади.

4.9. 9-standart-birlamchi tibbiy yordam va dori vositalarini qabul qilish

4.9. 9-стандарт-бирламчи тиббий ёрдам ва дори воситаларини қабул қилиш

4.9.1. Tarbiyalanuvchilarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish (profilaktika), sogʻlom rivojlanishini nazorat qilish, shoshilinch vaziyatlarda tezkor tibbiy yordam koʻrsatish hamda shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalarini xavfsiz va tizimli qabul qilinishini tashkil etish boʻyicha tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

4.9.1. Тарбияланувчиларнинг ҳаёти ва соғлиғини муҳофаза қилиш, касалликларнинг олдини олиш (профилактика), соғлом ривожланишини назорат қилиш, шошилинч вазиятларда тезкор тиббий ёрдам кўрсатиш ҳамда шифокор томонидан тайинланган дори воситаларини хавфсиз ва тизимли қабул қилинишини ташкил этиш бўйича тиббий-ижтимоий чора-тадбирлар мажмуи ҳисобланади.

Кичик ҳажмли болалар уйлари оилавий муҳитга яқин бўлганлиги сабабли, бу ерда тиббий хизматлар тарбияланувчини ижтимоий жиҳатдан ажратмаган ҳолда, ҳудудий оилавий поликлиникалар ва бириктирилган шифокорлар (педиатрлар) билан яқин ҳамкорликда, хизмат кўрсатувчиларнинг тизимли назорати остида амалга оширилади.

Kichik hajmli bolalar uylari oilaviy muhitga yaqin boʻlganligi sababli, bu yerda tibbiy xizmatlar tarbiyalanuvchini ijtimoiy jihatdan ajratmagan holda, hududiy oilaviy poliklinikalar va biriktirilgan shifokorlar (pediatrlar) bilan yaqin hamkorlikda, xizmat koʻrsatuvchilarning tizimli nazorati ostida amalga oshiriladi.

4.9.2. Кутилаётган натижа:

4.9.2. Kutilayotgan natija:

а) тарбияланувчиларнинг соғлиғи ҳолати доимий назоратда бўлади, касалликлар ва ривожланишдаги оғишлар бошланғич даврида аниқланиб, тезкор даволаш чоралари кўрилади;

a) tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi holati doimiy nazoratda boʻladi, kasalliklar va rivojlanishdagi ogʻishlar boshlangʻich davrida aniqlanib, tezkor davolash choralari koʻriladi;

b) favqulodda yuz beradigan kasallanishlar, jarohatlanishlar yoki shoshilinch holatlarda bolaga sifatli birlamchi tibbiy yordam oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrsatiladi;

б) фавқулодда юз берадиган касалланишлар, жароҳатланишлар ёки шошилинч ҳолатларда болага сифатли бирламчи тиббий ёрдам ўз вақтида ва тўғри кўрсатилади;

v) shifokor tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarining tarbiyalanuvchilar tomonidan qatʼiy jadval asosida, dozalariga rioya qilingan holda va xavfsiz sharoitda qabul qilinishi taʼminlanadi (oʻzboshimchalik bilan dori ichish holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi).

в) шифокор томонидан тавсия этилган дори воситаларининг тарбияланувчилар томонидан қатъий жадвал асосида, дозаларига риоя қилинган ҳолда ва хавфсиз шароитда қабул қилиниши таъминланади (ўзбошимчалик билан дори ичиш ҳолатларига йўл қўйилмайди).

g) tarbiyalanuvchilarda oʻz sogʻligʻiga masʼuliyat bilan qarash, kasallik belgilari kuzatilganda tibbiyot xodimiga mustaqil murojaat qilish koʻnikmalari shakllanadi.

г) тарбияланувчиларда ўз соғлиғига масъулият билан қараш, касаллик белгилари кузатилганда тиббиёт ходимига мустақил мурожаат қилиш кўникмалари шаклланади.

4.9.3. Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.9.3. Натижага эришиш кўрсаткичлари:

a) tarbiyalanuvchilar qoʻli yetmaydigan, maxsus qulflanadigan va harorat meʼyorlari nazorat qilinadigan tibbiy shkafda birlamchi tez tibbiy yordam uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar zaxirasi mavjud boʻlishi shart;

а) тарбияланувчилар қўли етмайдиган, махсус қулфланадиган ва ҳарорат меъёрлари назорат қилинадиган тиббий шкафда бирламчи тез тиббий ёрдам учун зарур бўлган дори-дармонлар ва тиббий буюмлар захираси мавжуд бўлиши шарт;

b) har bir tarbiyalanuvchi hududiy oilaviy poliklinikaga toʻliq biriktirilgan boʻlishi va tasdiqlangan reja asosida yiliga kamida 2-marta chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan (tartibli ravishda pediatr, stomatolog, nevropatolog va boshqa tor soha mutaxassislari koʻrigidan) oʻtishi shart;

б) ҳар бир тарбияланувчи ҳудудий оилавий поликлиникага тўлиқ бириктирилган бўлиши ва тасдиқланган режа асосида йилига камида 2 марта чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан (тартибли равишда педиатр, стоматолог, невропатолог ва бошқа тор соҳа мутахассислари кўригидан) ўтиши шарт;

в) шифокор томонидан алоҳида тарбияланувчилар учун тайинланган (айниқса, сурункали касаллиги бор ёки руҳий соғломлаштириш курсидаги) дори воситаларининг қабул қилиниши махсус журналида (тарбияланувчининг исми, дори номи, дозаси, қабул вақти ва масъул ходимнинг имзоси билан) қайд этилиши шарт;

v) shifokor tomonidan alohida tarbiyalanuvchilar uchun tayinlangan (ayniqsa, surunkali kasalligi bor yoki ruhiy sogʻlomlashtirish kursidagi) dori vositalarining qabul qilinishi maxsus jurnalida (tarbiyalanuvchining ismi, dori nomi, dozasi, qabul vaqti va masʼul xodimning imzosi bilan) qayd etilishi shart;

г) барча хизмат кўрсатувчилар шошилинч вазиятларда (куйиш, синиш, заҳарланиш, бўғилиш ва ҳ.к.) биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш бўйича амалий сертификатланган курсларни ўқиган бўлишлари ва бу борада тегишли кўникмаларга эга бўлишлари шарт;

g) barcha xizmat koʻrsatuvchilar shoshilinch vaziyatlarda (kuyish, sinish, zaharlanish, boʻgʻilish va h.k.) birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy sertifikatlangan kurslarni oʻqigan boʻlishlari va bu borada tegishli koʻnikmalarga ega boʻlishlari shart;

д) хизмат кўрсатувчилар томонидан тарбияланувчиларнинг умумий аҳволи (ҳарорати, тери қопламалари тозалиги, умумий ҳолсизлик белгилари) ҳар куни эрталаб визуал кўрикдан ўтказилиши лозим;

d) xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan tarbiyalanuvchilarning umumiy ahvoli (harorati, teri qoplamalari tozaligi, umumiy holsizlik belgilari) har kuni ertalab vizual koʻrikdan oʻtkazilishi lozim;

ye) davlat tomonidan belgilangan emlash kalendariga muvofiq, qarshi koʻrsatmalar boʻlmagan barcha tarbiyalanuvchilarning oʻz vaqtida toʻliq emlanishi taʼminlanadi.

е) давлат томонидан белгиланган эмлаш календарига мувофиқ, қарши кўрсатмалар бўлмаган барча тарбияланувчиларнинг ўз вақтида тўлиқ эмланиши таъминланади.

4.10 10-стандарт-овқатланишни ташкил этиш

4.10 10-standart-ovqatlanishni tashkil etish

4.10.1 Kichik hajmli bolalar uylarining asosiy maqsadlaridan biri tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash hisoblanadi. Shu sababli, ovqatlanishni tashkil etish jarayoni shunchaki tayyor taomni isteʼmol qilish emas, balki tarbiyachilar ishtirokida taom tayyorlash, mahsulotlarni tanlash va oshxonada xavfsiz ishlash koʻnikmalarini shakllantirishning muhim amaliy maydoniga aylanishi kerak.

4.10.1 Кичик ҳажмли болалар уйларининг асосий мақсадларидан бири тарбияланувчиларни мустақил ҳаётга тайёрлаш ҳисобланади. Шу сабабли, овқатланишни ташкил этиш жараёни шунчаки тайёр таомни истеъмол қилиш эмас, балки тарбиячилар иштирокида таом тайёрлаш, маҳсулотларни танлаш ва ошхонада хавфсиз ишлаш кўникмаларини шакллантиришнинг муҳим амалий майдонига айланиши керак.

а) тарбияланувчиларнинг ёши, соғлиғи ҳолати ва жисмоний эҳтиёжларига мос келадиган, зарур витамин ва микроэлементлар билан бойитилган, кунлик тўрт-беш маҳал иссиқ ва сифатли овқатланиш ташкил этилади. Тарбиячи овқат пишириш учун зарур бўлган маҳсулотлардан сарфланган маҳсулотларни кейинчалик таомнома бўйича ҳисобдан чиқармасдан фойдаланади. Таомнома санитария-гигиена талабларига мос равишда, тегишли тартибда тузилади ва тасдиқланади;

a) tarbiyalanuvchilarning yoshi, sogʻligʻi holati va jismoniy ehtiyojlariga mos keladigan, zarur vitamin va mikroelementlar bilan boyitilgan, kunlik toʻrt-besh mahal issiq va sifatli ovqatlanish tashkil etiladi. Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi. Taomnoma sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda, tegishli tartibda tuziladi va tasdiqlanadi;

б) тарбияланувчиларни мустақил ҳаётга тайёрлаш мақсадида, уларнинг ёши ва имкониятларига мос равишда, тарбиячиларнинг бевосита раҳбарлиги ва иштирокида кундалик оддий таомларни, салатларни тайёрлаш, дастурхон безатиш ва овқатланишдан сўнг тозалаш ишлари ташкил этилади. Бу жараён мажбурий меҳнат эмас, балки амалий ўқув-тарбиявий машғулот сифатида олиб борилади;

b) tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida, ularning yoshi va imkoniyatlariga mos ravishda, tarbiyachilarning bevosita rahbarligi va ishtirokida kundalik oddiy taomlarni, salatlarni tayyorlash, dasturxon bezatish va ovqatlanishdan soʻng tozalash ishlari tashkil etiladi. Bu jarayon majburiy mehnat emas, balki amaliy oʻquv-tarbiyaviy mashgʻulot sifatida olib boriladi;

v) tarbiyalanuvchilar ishtirokida taom tayyorlash jarayonida oshxona anjomlari, elektr va gaz uskunalari hamda issiq yuzalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etiladi. Xizmat koʻrsatuvchilar tarbiyalanuvchilarni xavfsizlik texnikasi bilan oldindan tanishtirishi va jarayonni toʻliq nazorat qilishi shart;

в) тарбияланувчилар иштирокида таом тайёрлаш жараёнида ошхона анжомлари, электр ва газ ускуналари ҳамда иссиқ юзалардан фойдаланишда хавфсизлик қоидаларига қатъий риоя этилади. Хизмат кўрсатувчилар тарбияланувчиларни хавфсизлик техникаси билан олдиндан таништириши ва жараённи тўлиқ назорат қилиши шарт;

g) taom tayyorlash uchun ishlatiladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati va saqlanish harorati sanitariya-epidemiologik normalarga toʻliq javob berishi lozim;

г) таом тайёрлаш учун ишлатиладиган барча озиқ-овқат маҳсулотларининг сифати, яроқлилик муддати ва сақланиш ҳарорати санитария-эпидемиологик нормаларга тўлиқ жавоб бериши лозим;

д) таомланиш жараёни оилавий муҳитга яқин шароитда, тарбиячилар ва тарбияланувчиларнинг биргаликда битта дастурхон атрофида ўтириши орқали ташкил этилади. Бу жараёнда тарбияланувчиларга овқатланиш этикети ва шахсий гигиена қоидалари ўргатилади.

d) taomlanish jarayoni oilaviy muhitga yaqin sharoitda, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikda bitta dasturxon atrofida oʻtirishi orqali tashkil etiladi. Bu jarayonda tarbiyalanuvchilarga ovqatlanish etiketi va shaxsiy gigiyena qoidalari oʻrgatiladi.

4.10.2 Kutilayotgan natija:

4.10.2 Кутилаётган натижа:

tarbiyalanuvchilar oʻz sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan toʻyimli, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan muntazam taʼminlanadi;

тарбияланувчилар ўз соғлиғи ва жисмоний ривожланиши учун зарур бўлган тўйимли, сифатли ва хавфсиз озиқ-овқат билан мунтазам таъминланади;

тарбияланувчилар тарбиячилар билан биргаликда таом тайёрлаш жараёнида кундалик маиший кўникмаларни, ошхона гигиенасини ва хавфсизлик қоидаларини амалда мукаммал эгаллайди;

tarbiyalanuvchilar tarbiyachilar bilan birgalikda taom tayyorlash jarayonida kundalik maishiy koʻnikmalarni, oshxona gigiyenasini va xavfsizlik qoidalarini amalda mukammal egallaydi;

birgalikda ovqat tayyorlash va taomlanish orqali muassasada oʻzaro yordam, issiq oilaviy muhit va sogʻlom muloqot madaniyati mustahkamlanadi.

биргаликда овқат тайёрлаш ва таомланиш орқали муассасада ўзаро ёрдам, иссиқ оилавий муҳит ва соғлом мулоқот маданияти мустаҳкамланади.

4.10.3 Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.10.3 Натижага эришиш кўрсаткичлари:

a) kunlik taomnoma tasdiqlangan normativlarga, tarbiyalanuvchilarning yoshiga va sogʻliq xususiyatlariga mos keladi;

а) кунлик таомнома тасдиқланган нормативларга, тарбияланувчиларнинг ёшига ва соғлиқ хусусиятларига мос келади;

b) 10 yoshdan oshgan har bir tarbiyalanuvchi haftalik navbatchilik yoki amaliy mashgʻulotlar grafigi asosida, xizmat koʻrsatuvchilar bilan birgalikda taom tayyorlash jarayonlarida ishtirok etadi;

б) 10 ёшдан ошган ҳар бир тарбияланувчи ҳафталик навбатчилик ёки амалий машғулотлар графиги асосида, хизмат кўрсатувчилар билан биргаликда таом тайёрлаш жараёнларида иштирок этади;

v) tarbiyalanuvchilar ishtirokida taom tayyorlash jarayonida shikastlanish, kuyish yoki zaharlanish holatlarining ldi olinadi, oshxonada xavfsizlik yoʻriqnomalarining boʻladi va unga amal qilinadi;

в) тарбияланувчилар иштирокида таом тайёрлаш жараёнида шикастланиш, куйиш ёки заҳарланиш ҳолатларининг лди олинади, ошхонада хавфсизлик йўриқномаларининг бўлади ва унга амал қилинади;

g) tarbiyalanuvchilar (yoshiga mos ravishda) oddiy taomlar va salatlarni mustaqil yoki minimal koʻmak bilan tayyorlay olish hamda oshxona uskunalaridan toʻgʻri foydalana oladi;

г) тарбияланувчилар (ёшига мос равишда) оддий таомлар ва салатларни мустақил ёки минимал кўмак билан тайёрлай олиш ҳамда ошхона ускуналаридан тўғри фойдалана олади;

d) ovqatlanish jarayoni tarbiyachilar hamrohligida, umumiy dasturxon atrofida oilaviy formatda tashkil etiladi.

д) овқатланиш жараёни тарбиячилар ҳамроҳлигида, умумий дастурхон атрофида оилавий форматда ташкил этилади.

4.11 11-Стандарт – индивидуал ривожланиш ва интеграция режалари (ИРИР)

4.11 11-Standart – individual rivojlanish va integratsiya rejalari (IRIR)

4.11.1 Har bir tarbiyalanuvchi uchun individual rivojlanish va integratsiya rejasi (IRIR) majburiy tartibda ishlab chiqiladi, muntazam ravishda yangilab boriladi va amalga oshiriladi. IRIR tarbiyalanuvchining individual xususiyatlari, sogʻligʻining holati, qiziqishlari va fikrini hisobga olgan holda, uni parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha aniq qadamlar, xizmatlar, muddatlar va masʼul shaxslarni belgilab beruvchi asosiy vosita (instrument) hisoblanadi.

4.11.1 Ҳар бир тарбияланувчи учун индивидуал ривожланиш ва интеграция режаси (ИРИР) мажбурий тартибда ишлаб чиқилади, мунтазам равишда янгилаб борилади ва амалга оширилади. ИРИР тарбияланувчининг индивидуал хусусиятлари, соғлиғининг ҳолати, қизиқишлари ва фикрини ҳисобга олган ҳолда, уни парваришлаш ва тарбиялаш бўйича аниқ қадамлар, хизматлар, муддатлар ва масъул шахсларни белгилаб берувчи асосий восита (инструмент) ҳисобланади.

ИРИРда тарбияланувчиларга кўрсатиладиган парваришлаш, психологик, тиббий-ижтимоий, таълим, касб танлаш ва меҳнат қилиш ҳуқуқларини рўёбга чиқариш, ҳаётга мослаштириш ва жамиятга интеграция қилишга қаратилган хизматлар назарда тутилади.

IRIRda tarbiyalanuvchilarga koʻrsatiladigan parvarishlash, psixologik, tibbiy-ijtimoiy, taʼlim, kasb tanlash va mehnat qilish huquqlarini roʻyobga chiqarish, hayotga moslashtirish va jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan xizmatlar nazarda tutiladi.

4.11.2 Кутилаётган натижа: ҳар бир хизмат олувчи барча мутахассисларнинг ишини мувофиқлаштирувчи, хизмат олувчининг ўзини ўз келажагини режалаштириш жараёнига фаол жалб этувчи ҳамда мустақил ҳаёт учун зарур бўлган кўникмаларни изчил эгаллашини кафолатловчи комплекс, шахсга йўналтирилган ва амалдаги ИРИРга эга бўлади.

4.11.2 Kutilayotgan natija: har bir xizmat oluvchi barcha mutaxassislarning ishini muvofiqlashtiruvchi, xizmat oluvchining oʻzini oʻz kelajagini rejalashtirish jarayoniga faol jalb etuvchi hamda mustaqil hayot uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni izchil egallashini kafolatlovchi kompleks, shaxsga yoʻnaltirilgan va amaldagi IRIRga ega boʻladi.

Хизмат олувчи ўз ИРИРининг тенг ҳуқуқли ҳаммуаллифи ва эгаси сифатида иштирок этади, шахсий ҳаётий мақсадларини аниқ англайди ва ифодалайди, ўзининг ички ресурсларига (кучли томонлари) ва ташқи муҳитга (қўллаб-қувватлаш тармоғи) таянади, шунингдек, ўзини кузатиб бориш (ҳамроҳлик қилиш) стратегиясига расмий равишда розилик, норозилик билдириш ёки унга ўзгартиришлар киритиш бўйича кафолатланган ҳуқуққа эга бўлади.

Xizmat oluvchi oʻz IRIRining teng huquqli hammuallifi va egasi sifatida ishtirok etadi, shaxsiy hayotiy maqsadlarini aniq anglaydi va ifodalaydi, oʻzining ichki resurslariga (kuchli tomonlari) va tashqi muhitga (qoʻllab-quvvatlash tarmogʻi) tayanadi, shuningdek, oʻzini kuzatib borish (hamrohlik qilish) strategiyasiga rasmiy ravishda rozilik, norozilik bildirish yoki unga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha kafolatlangan huquqqa ega boʻladi.

4.11.3 Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.11.3 Натижага эришиш кўрсаткичлари:

а) хизмат кўрсатувчи томонидан ҳар бир тарбияланувчи қабул қилинган пайтдан бошлаб, эҳтиёжларни комплекс баҳолаш асосида белгиланган муддатда (масалан, 14–30 кундан кечиктирмай) ИРИР тасдиқланади;

a) xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har bir tarbiyalanuvchi qabul qilingan paytdan boshlab, ehtiyojlarni kompleks baholash asosida belgilangan muddatda (masalan, 14–30 kundan kechiktirmay) IRIR tasdiqlanadi;

б) ИРИРни ишлаб чиқиш ва қайта кўриб чиқишда (соҳалараро) гуруҳ (мультидисциплинар гуруҳ): ижтимоий ходим, психолог, педагог, тиббиёт ходими (зарур ҳолларда ҳуқуқшунос ва ишлаб чиқариш таълими устаси) тарбияланувчи ёки унинг қонуний вакили иштирок этади;

b) IRIRni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishda (sohalararo) guruh (multidissiplinar guruh): ijtimoiy xodim, psixolog, pedagog, tibbiyot xodimi (zarur hollarda huquqshunos va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi) tarbiyalanuvchi yoki uning qonuniy vakili ishtirok etadi;

в) ИРИР тарбияланувчининг ёши, соғлиғи ва ривожланиш даражаси ҳисобга олинган ҳолда ишлаб чиқилади ва ҳар бир тадбирни амалга ошириш муддатлари аниқ кўрсатилади ва масъул ходимлар бириктирилади;

v) IRIR tarbiyalanuvchining yoshi, sogʻligʻi va rivojlanish darajasi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va har bir tadbirni amalga oshirish muddatlari aniq koʻrsatiladi va masʼul xodimlar biriktiriladi;

4.12 12-стандарт-зўравонликнинг барча турларини (жисмоний, психологик, иқтисодий, жинсий) аниқлаш ва олдини олиш

4.12 12-standart-zoʻravonlikning barcha turlarini (jismoniy, psixologik, iqtisodiy, jinsiy) aniqlash va oldini olish

Кичик ҳажмли болалар уйида зўравонликни аниқлаш фақатгина хавф содир бўлганда жазолаш чораларини кўришдан иборат эмас. Асосий эътибор олдини олишга (профилактикага) қаратилади. Бунинг учун хизмат кўрсатувчилар ва тарбияланувчилар ўртасида мунтазам равишда тушунтириш ишлари олиб борилади, ҳар бир хизмат кўрсатувчи касбий этикаси меъёрларига қатъий амал қилиши талаб этилади 

Kichik hajmli bolalar uyida zoʻravonlikni aniqlash faqatgina xavf sodir boʻlganda jazolash choralarini koʻrishdan iborat emas. Asosiy eʼtibor oldini olishga (profilaktikaga) qaratiladi. Buning uchun xizmat koʻrsatuvchilar va tarbiyalanuvchilar oʻrtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi, har bir xizmat koʻrsatuvchi kasbiy etikasi meʼyorlariga qatʼiy amal qilishi talab etiladi 

4.12.1. Кутилаётган натижа

4.12.1. Kutilayotgan natija

Kichik hajmli bolalar uylarida har bir tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy, jinsiy va psixologik xavfsizligi toʻliq taʼminlanadi hamda har qanday shakldagi zoʻravonlik, shafqatsiz munosabatda boʻlish, jazolash, kamsitish yoki eʼtiborsizlik holatlarining oldi olinadi;

Кичик ҳажмли болалар уйларида ҳар бир тарбияланувчининг жисмоний, руҳий, жинсий ва психологик хавфсизлиги тўлиқ таъминланади ҳамда ҳар қандай шаклдаги зўравонлик, шафқатсиз муносабатда бўлиш, жазолаш, камситиш ёки эътиборсизлик ҳолатларининг олди олинади;

зўравонликка қарши муросасиз муҳит яратилади, хизмат кўрсатувчилар томонидан касбий этика ва тарбияланувчилар ҳуқуқларига қатъий риоя қилинади;

zoʻravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratiladi, xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan kasbiy etika va tarbiyalanuvchilar huquqlariga qatʼiy rioya qilinadi;

тарбияланувчиларда ўз ҳимоясига ишонч ҳисси шаклланади, улар ҳар қандай шубҳали ёки хавфли ҳолатлар юзасидан ҳеч қандай қўрқувсиз мурожаат қилиш имконияти ва хавфсиз алоқа тизимлари билан таъминланади.

tarbiyalanuvchilarda oʻz himoyasiga ishonch hissi shakllanadi, ular har qanday shubhali yoki xavfli holatlar yuzasidan hech qanday qoʻrquvsiz murojaat qilish imkoniyati va xavfsiz aloqa tizimlari bilan taʼminlanadi.

4.12.2. Natijaga erishish koʻrsatkichlari

4.12.2. Натижага эришиш кўрсаткичлари

a) Kichik hajmli bolalar uyida zoʻravonlikning oldini olish, aniqlash va unga zudlik bilan chora koʻrish boʻyicha ichki tartib (bayonnoma, xabar berish vaqti va mexanizmlari) ishlab chiqilgan va barcha xodimlarning amaliy faoliyatida qoʻllanilaniladi;

а) Кичик ҳажмли болалар уйида зўравонликнинг олдини олиш, аниқлаш ва унга зудлик билан чора кўриш бўйича ички тартиб (баённома, хабар бериш вақти ва механизмлари) ишлаб чиқилган ва барча ходимларнинг амалий фаолиятида қўлланиланилади;

b) menejer va barcha xizmat koʻrsatuvchilar bolalarni himoya qilish va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha maxsus oʻquv kurslaridan oʻtadi hamda oʻz vazifalarini bajarishda kasbiy etika qoidalariga rioya qiladi;

б) менежер ва барча хизмат кўрсатувчилар болаларни ҳимоя қилиш ва зўравонликнинг олдини олиш бўйича махсус ўқув курсларидан ўтади ҳамда ўз вазифаларини бажаришда касбий этика қоидаларига риоя қилади;

в) тарбияланувчилар ва хизмат кўрсатувчилар учун зўравонлик ёки таҳдид ҳолатлари ҳақида хавфсиз ва махфий тарзда (ишонч телефонлари, махсус қутилар ёки раҳбариятга бевосита мурожаат қилиш орқали) хабар бериш тизими яратилади ва доимий ишлаб туриши таъминланади;

v) tarbiyalanuvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar uchun zoʻravonlik yoki tahdid holatlari haqida xavfsiz va maxfiy tarzda (ishonch telefonlari, maxsus qutilar yoki rahbariyatga bevosita murojaat qilish orqali) xabar berish tizimi yaratiladi va doimiy ishlab turishi taʼminlanadi;

г) зўравонликнинг ҳар қандай шаклига қарши кўрилган чоралар, келиб чиққан хавфлар ва уларни бартараф этиш бўйича махфий ҳисоботлар ҳамда қайд этиш журналлари юритилади;

g) zoʻravonlikning har qanday shakliga qarshi koʻrilgan choralar, kelib chiqqan xavflar va ularni bartaraf etish boʻyicha maxfiy hisobotlar hamda qayd etish jurnallari yuritiladi;

д) тарбияланувчиларнинг ўз ҳуқуқлари, кимга мурожаат қилиш мумкинлиги ва зўравонлик нима эканлиги ҳақида ўз ёши ҳамда ривожланиш хусусиятларига мос тарзда хабардор қилинади (машғулотлар, суҳбатлар ва кўргазмали воситалар орқали).

d) tarbiyalanuvchilarning oʻz huquqlari, kimga murojaat qilish mumkinligi va zoʻravonlik nima ekanligi haqida oʻz yoshi hamda rivojlanish xususiyatlariga mos tarzda xabardor qilinadi (mashgʻulotlar, suhbatlar va koʻrgazmali vositalar orqali).

4.13 13- Стандарт – шикоятлар ва мулоҳазалар (фикр-мулоҳазалар)

4.13 13- Standart – shikoyatlar va mulohazalar (fikr-mulohazalar)

4.13.1 Xizmat koʻrsatuvchi xizmatlar sifati boʻyicha ogʻzaki yoki yozma ravishda, shu jumladan anonim shikoyat qilish va fikr-mulohaza bildirish imkoniyatini taʼminlaydi. Shikoyat berish uchun qulay va xavfsiz boʻlgan kamida bir nechta usul yaratiladi: qabulxona orqali, telefon orqali yoki yozma quti/onlayn tarzda.

4.13.1 Хизмат кўрсатувчи хизматлар сифати бўйича оғзаки ёки ёзма равишда, шу жумладан аноним шикоят қилиш ва фикр-мулоҳаза билдириш имкониятини таъминлайди. Шикоят бериш учун қулай ва хавфсиз бўлган камида бир нечта усул яратилади: қабулхона орқали, телефон орқали ёки ёзма қути/онлайн тарзда.

4.13.2 Shikoyat qilgan tarbiyalanguvchiga nisbatan salbiy munosabat, bosim yoki xizmatdan mahrum etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

4.13.2 Шикоят қилган тарбиялангувчига нисбатан салбий муносабат, босим ёки хизматдан маҳрум этилишига йўл қўйилмайди.

4.13.3 Кутилаётган натижа:

4.13.3 Kutilayotgan natija:

 тарбияланувчилар учун шаффоф, очиқ ва ишончли шикоятларни кўриб чиқиш механизми таъминланади, шикоятлар белгиланган тартибда қабул қилиниб, кўриб чиқилади ва натижалари бўйича асосланган қарорлар қабул қилинади.

 tarbiyalanuvchilar uchun shaffof, ochiq va ishonchli shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmi taʼminlanadi, shikoyatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, koʻrib chiqiladi va natijalari boʻyicha asoslangan qarorlar qabul qilinadi.

shikoyatlar va fikr-mulohazalar muntazam tahlil qilinib, ular asosida xizmatlar sifatini yaxshilash choralari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

шикоятлар ва фикр-мулоҳазалар мунтазам таҳлил қилиниб, улар асосида хизматлар сифатини яхшилаш чоралари ишлаб чиқилади ва амалга оширилади.

4.13.3.1.Shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi va tabaqalashtirilgan tezkor koʻrib chiqish:

4.13.3.1.Шикоятларни кўриб чиқиш тартиби ва табақалаштирилган тезкор кўриб чиқиш:

a) murojaatlarning ijro muddatlari ularning murakkabligi va xavf darajasiga koʻra quyidagi qatʼiy vaqt meʼyorlari asosida amalga oshiriladi:

а) мурожаатларнинг ижро муддатлари уларнинг мураккаблиги ва хавф даражасига кўра қуйидаги қатъий вақт меъёрлари асосида амалга оширилади:

3 кунлик муддат (шошилинч шикоятлар): тарбияланувчининг ҳаёти, соғлиғи, хавфсизлигига таҳдид солувчи, зўравонлик, шафқатсиз муомала ёки бошпанасиз қолиш билан боғлиқ мурожаатлар келиб тушган пайтдан бошлаб 72 соат ичида кўриб чиқилади ва тезкор ҳимоя чоралари кўрилади;

3 kunlik muddat (shoshilinch shikoyatlar): tarbiyalanuvchining hayoti, sogʻligʻi, xavfsizligiga tahdid soluvchi, zoʻravonlik, shafqatsiz muomala yoki boshpanasiz qolish bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushgan paytdan boshlab 72 soat ichida koʻrib chiqiladi va tezkor himoya choralari koʻriladi;

10 кунлик муддат (стандарт шикоятлар): ҳужжатларни расмийлаштириш, старт пакетларини беришдаги кечикишлар, таълим ёки тиббий хизматлардан фойдаланишдаги тўсиқлар билан боғлиқ масалалар 10 иш куни ичида тўлиқ ҳал этилади;

10 kunlik muddat (standart shikoyatlar): hujjatlarni rasmiylashtirish, start paketlarini berishdagi kechikishlar, taʼlim yoki tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi toʻsiqlar bilan bogʻliq masalalar 10 ish kuni ichida toʻliq hal etiladi;

30 кунлик муддат (мураккаб/тизимли мурожаатлар): қўшимча суриштирув, идоралараро кенг қамровли текширув ёки суд-ҳуқуқий экспертиза талаб этадиган низолар ва мураккаб масалалар узоғи билан 30 календарь куни ичида якунланиб, ариза муаллифига расмий жавоб берилади;

30 kunlik muddat (murakkab/tizimli murojaatlar): qoʻshimcha surishtiruv, idoralararo keng qamrovli tekshiruv yoki sud-huquqiy ekspertiza talab etadigan nizolar va murakkab masalalar uzogʻi bilan 30 kalendar kuni ichida yakunlanib, ariza muallifiga rasmiy javob beriladi;

4.13.4 Natijaga erishish koʻrsatkichlari:

4.13.4 Натижага эришиш кўрсаткичлари:

a) shikoyatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish boʻyicha ichki reglamenti tasdiqlanadi (masʼul shaxs, bosqichlar, muddatlar, javob berish tartibi);

а) шикоятларни қабул қилиш ва кўриб чиқиш бўйича ички регламенти тасдиқланади (масъул шахс, босқичлар, муддатлар, жавоб бериш тартиби);

б) шикоятлар, шу жумладан аноним шикоятлар рўйхатга олинади ва ҳар бир шикоятга қайд рақами берилади;

b) shikoyatlar, shu jumladan anonim shikoyatlar roʻyxatga olinadi va har bir shikoyatga qayd raqami beriladi;

v) shikoyatlar belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi;

в) шикоятлар белгиланган муддатларда кўриб чиқилади;

г) шикоятларни кўриб чиқиш натижалари ҳужжатлаштирилади ва мурожаатчи маълум бўлса, унга жавоб хати берилиши таъминланади;

g) shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari hujjatlashtiriladi va murojaatchi maʼlum boʻlsa, unga javob xati berilishi taʼminlanadi;

d) shikoyat bilan bogʻliq maʼlumotlar maxfiy saqlanadi, tarbiyalanuvchining roziligisiz uning shaxsi oshkor qilinmaydi;

д) шикоят билан боғлиқ маълумотлар махфий сақланади, тарбияланувчининг розилигисиз унинг шахси ошкор қилинмайди;

ye) shikoyat bergan shaxsga nisbatan salbiy munosabat (taʼqib, bosim, xizmatdan mahrum qilish)ga yoʻl qoʻymaslik choralari taʼminlanadi;

е) шикоят берган шахсга нисбатан салбий муносабат (таъқиб, босим, хизматдан маҳрум қилиш)га йўл қўймаслик чоралари таъминланади;

j) takroriy shikoyatlar boʻyicha sabablar tahlil qilinadi va xizmat sifatini yaxshilash choralari koʻriladi (masalan, xodimlarning malakasini oshirish, tartibni yangilash, xizmat jarayonini tuzatish va boshqalar);

ж) такрорий шикоятлар бўйича сабаблар таҳлил қилинади ва хизмат сифатини яхшилаш чоралари кўрилади (масалан, ходимларнинг малакасини ошириш, тартибни янгилаш, хизмат жараёнини тузатиш ва бошқалар);

z) shikoyatlar va fikr-mulohazalar boʻyicha umumiy natijalar davriy koʻrib chiqiladi va xizmatni yaxshilash boʻyicha qarorlar qabul qiladi.

з) шикоятлар ва фикр-мулоҳазалар бўйича умумий натижалар даврий кўриб чиқилади ва хизматни яхшилаш бўйича қарорлар қабул қилади.

5.  14-Стандарт – хизматларни баҳолаш ва мониторинг қилиш

5.  14-Standart – xizmatlarni baholash va monitoring qilish

5.1 Ижтимоий хизматлар сифатини мониторинг қилиш

5.1 Ijtimoiy xizmatlar sifatini monitoring qilish

 5.1.1.Хизмат кўрсатишни баҳолаш ва мониторинг қилиш тизими кўрсатилаётган хизматларнинг сифати, самарадорлиги ва хавфсизлиги юзасидан мунтазам равишда ички ва ташқи мониторинг олиб бориши ҳамда бунда 10 ёшдан юқори бўлган тарбияланувчиларнинг фикрини ҳисобга олиши лозим.

5.1.1.Xizmat koʻrsatishni baholash va monitoring qilish tizimi koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati, samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan muntazam ravishda ichki va tashqi monitoring olib borishi hamda bunda 10 yoshdan yuqori boʻlgan tarbiyalanuvchilarning fikrini hisobga olishi lozim.

5.1.2 Хизмат кўрсатувчи мазкур миллий стандартга А-иловадаги намунага мувофиқ ижтимоий хизматларни кўрсатиш жараёни юзасидан мониторинг амалга ошириши лозим.

5.1.2 Xizmat koʻrsatuvchi mazkur milliy standartga A-ilovadagi namunaga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish jarayoni yuzasidan monitoring amalga oshirishi lozim.

5.1.3 Monitoring ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchining ichki tartiblariga muvofiq menejer tomonidan amalga oshiriladi.

5.1.3 Мониторинг ижтимоий хизмат кўрсатувчининг ички тартибларига мувофиқ менежер томонидан амалга оширилади.

5.1.4.Мониторинг жараёнида қуйидагилар кузатилади ва ҳужжатлаштирилади:

5.1.4.Monitoring jarayonida quyidagilar kuzatiladi va hujjatlashtiriladi:

a) ijtimoiy xizmatlarning mazkur standart talablariga muvofiq koʻrsatilishi;

а) ижтимоий хизматларнинг мазкур стандарт талабларига мувофиқ кўрсатилиши;

b) xizmatlarning oʻz vaqtida, toʻliq va uzluksiz koʻrsatilishi;

б) хизматларнинг ўз вақтида, тўлиқ ва узлуксиз кўрсатилиши;

в) индивидуал ривожланиш ва интеграция режасининг бажарилиш ҳолати;

v) individual rivojlanish va integratsiya rejasining bajarilish holati;

г) тарбияланувчининг эҳтиёжлари ва ҳолатидаги ўзгаришлар;

g) tarbiyalanuvchining ehtiyojlari va holatidagi oʻzgarishlar;

d) xizmatlarni koʻrsatish jarayonida aniqlangan muammolar hamda koʻrilgan choralar;

д) хизматларни кўрсатиш жараёнида аниқланган муаммолар ҳамда кўрилган чоралар;

е) шикоятлар, мурожаатлар ва уларнинг кўриб чиқилиши натижалари.

ye) shikoyatlar, murojaatlar va ularning koʻrib chiqilishi natijalari.

5.1.5 Monitoring natijalari tarbiyalanuvchining shaxsiy yigʻmajildida va boshqa tegishli hujjatlarda qayd etiladi hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini baholash uchun axborot manbai hisoblanadi.

5.1.5 Мониторинг натижалари тарбияланувчининг шахсий йиғмажилдида ва бошқа тегишли ҳужжатларда қайд этилади ҳамда ижтимоий хизматлар сифатини баҳолаш учун ахборот манбаи ҳисобланади.

5.2 Ижтимоий хизматлар сифати ва самарадорлигини баҳолаш

5.2 Ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini baholash

5.2.1 Ижтимоий хизматларнинг сифати ва самарадорлиги ижтимоий хизмат кўрсатувчи томонидан даврий равишда баҳолаб борилади.

5.2.1 Ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan davriy ravishda baholab boriladi.

5.2.2 Ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligini baholash monitoring natijalari, 10 yoshdan yuqori boʻlgan tarbiyalanuvchilarning (sogʻligʻining holatiga qarab) fikr-mulohazalari asosida amalga oshiriladi.

5.2.2 Ижтимоий хизматларнинг сифати ва самарадорлигини баҳолаш мониторинг натижалари, 10 ёшдан юқори бўлган тарбияланувчиларнинг (соғлиғининг ҳолатига қараб) фикр-мулоҳазалари асосида амалга оширилади.

5.2.3 Баҳолаш натижалари қуйидаги мақсадларда қўлланилади:

5.2.3 Baholash natijalari quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi:

a) ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish;

а) ижтимоий хизматлар сифати ва самарадорлигини ошириш;

б) тарбияланувчининг хизматлардан қониқиш даражасини аниқлаш;

b) tarbiyalanuvchining xizmatlardan qoniqish darajasini aniqlash;

в) индивидуал ривожланиш ва интеграция режасини қайта кўриб чиқиш;

v) individual rivojlanish va integratsiya rejasini qayta koʻrib chiqish;

г) хизмат кўрсатиш жараёнларини такомиллаштириш;

g) xizmat koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish;

д) хизмат кўрсатувчиларнинг касбий салоҳиятини ривожлантириш;

d) xizmat koʻrsatuvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish;

ye) aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

е) аниқланган камчиликларни бартараф этиш бўйича чора-тадбирларни белгилаш.

5.2.4 Menejer baholash natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va xizmat koʻrsatuvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqadi hamda uning bajarilishini nazorat qilib boradi.

5.2.4 Менежер баҳолаш натижалари асосида аниқланган камчиликларни бартараф этиш, хизматлар сифатини яхшилаш ва хизмат кўрсатувчиларнинг касбий салоҳиятини ривожлантириш бўйича чора-тадбирлар режаси ишлаб чиқади ҳамда унинг бажарилишини назорат қилиб боради.

 

Библиографик маълумотлар

СМТ 03.080.30

 

 

Калит сўзлар: стандарт, аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш, ижтимоий хизматларни кўрсатувчилар, талаблар, минимал стандартлар

 

 

Bibliografik maʼlumotlar

SMT 03.080.30

 

 

Kalit soʻzlar: standart, aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchilar, talablar, minimal standartlar

 


© Standart ilova portali. All rights reserved.