12.11.2025
11.01.2026
0
0
0
QURILISH MA’LUMOTLARINI MODELLASH. ASOSIY QOIDALAR
Texnik shartlar
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent-2025
So‘z boshi
1. STQ 21 «Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi» Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi tomonidan ISHLАB CHIQILDI.
2. O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan ____ yil _______ _____ -sonli buyrug‘i bilan TАSDIQLАNDI.
3. DАSTLАBKI АMАLGА KIRITILISHI.
Mundarija
O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI
Texnik shartlar
ИНФОРМАЦИОННОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ЗДАНИЙ (BIM). ОСНОВНЫЕ ПРАВИЛА
Технические условия
BUILDING INFORMATION MODELING. BASIC RULES
Specification
Аmalga kiritish sanasi: __________
Ushbu milliy standart qurilish loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ma’lumotlar modelini yaratish, undan foydalanish, ma’lumotlarni almashish hamda saqlashga oid bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Mazkur milliy standartda quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi standartlarga havolalar qo‘llanilgan:
“Qurilish obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish va boshqarish uchun tarmoq bazaviy sinflari (IFC). 1-qism. Ma’lumotlar sxemasi” (rasmiy manba: “Industry Foundation Classes (IFC) for data sharing in the construction and facility management industries. Part 1: Data schema”); | |
O‘z DSt ISO 12006-2:2021 | Bino qurilishi - qurilish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni tashkil etish 2-qism: Tasniflash asoslari (rasmiy manba: Building construction — Organization of information about construction works Part 2: Framework for classification); |
O‘z DSt ISO 15686-1:2021 | Binolar va qurilgan obyektlar - xizmat muddatini rejalashtirish 1-qism: Umumiy tamoyillar va asos (rasmiy manba: Buildings and constructed assets — Service life planning Part 1: General principles and framewor); |
O‘z DSt ISO/TS 12911:2021 | Binolar va qurilish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil yetish va raqamlashtirish, shu jumladan qurilish maʼlumotlarini modellashtirish (BIM) –Bimni amalga oshirish tuzilmasi (rasmiy manba: Organization and digitization of information about buildings and civil engineering works, including building information modelling (BIM) — Framework for specification of BIM implementation); |
ISO 55002:2018 | Aktivlarni boshqarish - Boshqaruv tizimlari - ISO 55001ni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar (rasmiy manba: Asset management — Management systems — Guidelines for the application of ISO 55001); |
O‘z DSt ISO 29481-1:2021 | Axborot modellarini qurish - ma’lumotlarni yetkazib berish bo‘yicha qo‘llanma1-qism: Uslubiyat va format (rasmiy manba: Building information models — Information delivery manual. Part 1: Methodology and format). |
3.1 Ushbu milliy standartda quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qo‘llanilgan:
ma’lumotlar yigʻindisini aks ettiruvchi, fayl tizimi yoki ma’lumot omborida joylashgan ma’lumotlar toʻplami; | |
loyiha ma’lumotlarini tayyorlash muddatlari va mas’ul shaxslarni belgilovchi, ishlatiladigan dalolatnomalar va jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi hujjat; | |
aktivning ekspluatatsiya bosqichidagi ma’lumotli modeli; | |
QMM jarayonlarida foydalaniladigan XML formatli ochiq fayl – “bcfXML”; | |
Industry foundation classes (IFC) | ochiq va neytral fayl formati bo‘lib, u turli avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va boshqa qurilishni boshqarish tizimlari o‘rtasida, O‘zbekiston Respublikasi milliy standarti O‘z DSt ISO 16739-1:2018 ga muvofiq ma’lumot almashishga imkon beradi; |
loyihaning ma’lumotlar modeli | qurilish obyektini yaratish bosqichida ishlatiladigan ma’lumotlar modeli; |
ma’lumotlar modeli | qurilish ma’lumotlarini modellash normalari asosida shakllantirilgan geometriya modellarining, konstruktiv ma’lumotlari va hujjatlarning umumiy atamasi; |
qurilish obyektining hayotiylik davri | qurilish obyektining mavjudligini o‘z ichiga olgan bosqichlar ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, jumladan, uning yaratilishi, ekspluatatsiyasi va mavjudligining yakunlanishi (buzilishi); |
qurilish obyektini yaratish bosqichi | qurilish obyektining hayotiylik davri – bu bosqich qurilish hujjatlarini tayyorlash va qurilish ishlarini qamrab oladi; |
qurilish obyektining ekspluatatsiya bosqichi | qurilish obyektining hayotiylik davri – bu bosqich obyektni oʻz funksional maqsadlariga muvofiq va avval berilgan xavfsizlik darajasi asosida foydalanishni qamrab oladi; |
qurilish ma’lumotlarini modellash | qurilish obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni yaratish, foydalanish, kiruvchi ma’lumotlarni muvofiqlashtirish, ma’lumotlarni birgalikda ishlab chiqarish va saqlashni tashkil etish, shuningdek, ularni hayotiylik davrining barcha bosqichlarida turli maqsadlarda foydalanish jarayoni; |
umumiy ma’lumotlar muhiti | ma’lumotlarni yigʻish, boshqarish va tarqatishni ta’minlovchi yagona ma’lumot manbasi; |
vazifalar ma’lumotini taqdim etish rejasi | har bir loyiha boʻlimi uchun vazifalar va ularning bajarilish muddatlarini ifodalovchi reja-grafik. |
3.2 Ushbu O‘z MStda quyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan: | |
LMM | loyihaning ma’lumotli modeli; |
QMM | qurilish ma’lumotlarini modellash; |
UMM | umumiy ma’lumotlar muhiti. |
4.1. Qurilish obyektini ma’lumotli modellash jarayonida har qanday o‘zgarishlarni ma’lumotlar modeliga kiritish talab etiladi.
4.2. Qurilish obyektlarini ma’lumotli modellash jarayonida quyidagi tamoyillarga rioya qilinishi lozim [1]:
UMM tamoyili;
ma’lumotlar modeli tarkibining yagona boʻlishi tamoyili – qurilish obyekti bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar to‘liq va bir xil bo‘lishi;
pragmatizm tamoyili – ma’lumotlar modelini shakllantirish va uni qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun yetarli bo‘lgan zarur ma’lumotlar bilan to‘ldirish.
4.3. Ma’lumotli modellash jarayoni buyurtmachining ma’lumot talablari asosida amalga oshirilishi lozim.
5.1. QMM qurilish obyektining barcha hayotiylik davrlarini (eskizdan tortib ekspluatatsiya va buzilishga qadar) qamrab olib, ma’lumotlar modelida dolzarb va tekshirilgan ma’lumotlarni toʻplashi lozim. Bu bilan aktiv va uning tarkibiy qismlariga oid ma’lumotlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish va uni qurilish obyektining barcha hayotiylik bosqichlarida qoʻllab-quvvatlashni ta’minlashi lozim [2].
5.2. Ma’lumotlar modeli tarkibida qurilish obyektiga oid muhandislik-kommunikatsiya va moliyaviy ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu ma’lumotlar obyektning butun hayoti davomida yangilanib borishi lozim. QMMning qurilishda qo‘llanilish diagrammasi ushbu O‘z MStning A ilovasidagi 1-rasmga muvofiq amalga oshirish lozim.
5.3. Aktivning ma’lumotli modeli va LMM strukturalangan hamda strukturalanmagan ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
5.4. Strukturalangan ma’lumotlarga grafik modellar, taqvimiy reja-grafalar va ma’lumotlar bazalari kirishi, strukturalanmagan ma’lumotlarga esa videoyozuvlar va audioyozuvlar kirishi lozim.
5.5. LMM bosqichma-bosqich ishlab chiqilishi kerak. Avval loyiha tayyorgarligi bosqichida – konsepsiya shaklida, keyin esa qurilish va loyiha bosqichida – qurilish obyektining virtual tasviri sifatida ishlab chiqilishi kerak.
5.6. Qurilish yakunlanganidan soʻng, LMMning zarur ma’lumotlari aktivning ma’lumotli modeliga o‘tkazilishi va bu ekspluatatsiya bosqichida qoʻllanilishi lozim. Ma’lumot ishlab chiqish jarayoni diagrammasi ushbu O‘z MStning A ilovasidagi 2-rasmda koʻrsatilgan.
5.7. LMM uzoq muddatli loyiha arxivi sifatida va audit maqsadlarida saqlanishi lozim.
5.8. Aktivning ma’lumotli modeli oʻz ichiga ekspluatatsiya bosqichidagi ma’lumotlarni olishi kerak [1].
5.9. Aktivning ma’lumotli modeli mavjud aktivning ma’lumot tizimlaridagi ma’lumotlardan yoki yangi aktiv yaratish jarayonida shakllantirilgan LMMdan foydalanish orqali yaratilishi lozim.
5.10. LMMdan aktivning ma’lumotli modeliga o‘tkaziladigan ma’lumotlar konteynerlari ochiq IFC formatida (Industry Foundation Classes) bo‘lishi mumkin [1].
5.11. Ma’lumotlar konteynerlari bilan ishlaganda O‘z DSt ISO 16739-1:2018 talablariga rioya etish lozim.
5.12. Aktivning ma’lumotli modeli quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim [5]:
qurilish obyektining (obyektlarning) o‘ziga xos jihatlari haqida dastlabki qisqacha ma’lumotlar;
aktivning texnik xizmat ko‘rsatish, tekshiruv yoki boshqa protseduralar davomida olingan ma’lumotlar;
aktiv holatini monitoring qilish davomida olingan ma’lumotlar.
5.13. Aktivning ma’lumotli modeli yaxlitligini taʼminlash uchun ma’lumotlarni boshqarish jarayoni qo‘llanilishi lozim.
5.14. Aktivning ma’lumotli modeliga ma’lumotlar kiritilishi aktivning butun hayotiylik davri davomida amalga oshirilishi kerak [1], [3].
5.15. Qurilish obyektining ma’lumotlar modelini boshqarish UMM orqali amalga oshirilishi kerak.
5.16. Aktivning ma’lumotli modeli mazkur O‘z MStning 1-jadvaliga asosan quyidagi variantlardan birida taqdim etilishi kerak:
1-variant: ijrochi LMM va aktivning ma’lumotli modelini taqdim etadi. Shuningdek, mavjud ma’lumot tizimlariga ma’lumotlar kiritish va undan olish uchun funksional imkoniyatlar yaratadi;
2-variant: ijrochi LMM va aktivning ma’lumotli modelini taqdim etadi. Bino va inshootlarning foydalanuvchisi mavjud ma’lumot tizimlariga ma’lumot kiritish va undan olish uchun funksional imkoniyatlar yaratadi;
3-variant: ijrochi LMM va mavjud axborot tizimlariga ma’lumot kiritish va undan olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Mavjud axborot tizimlari aktivning ma’lumotli modelini to‘liq funksionalligini ta’minlaydi;
4-variant: ijrochi LMMni taqdim etadi. Mavjud axborot tizimlari aktivning ma’lumotli modelini to‘liq funksionalligini ta’minlaydi. Bino va inshootlarning foydalanuvchisi mavjud axborot tizimlariga ma’lumot kiritish va undan olish uchun funksional imkoniyatlar yaratadi.
1-jadval
Aktivning ma’lumotli modelini taqdim etish variantlari
Variantlar | Loyiha ishtirokchisi | LMM | aktivning ma’lumotli modeli | Funksional imkoniyatlar |
1-variant | Ijrochi | + | + | + |
Bino va inshootlarning foydalanuvchisi |
|
|
| |
2-variant | Ijrochi | + | + |
|
Bino va inshootlarning foydalanuvchisi |
|
| + | |
3-variant | Ijrochi | + |
| + |
Bino va inshootlarning foydalanuvchisi |
|
|
| |
4-variant | Ijrochi | + |
|
|
Bino va inshootlarning foydalanuvchisi |
|
| + |
6.1. Qurilish obyektining hayotiylik davri quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi [2]:
qurilish obyektini yaratish. Bu obyekt hayotiylik davrining loyiha tayyorlash, qurilish va aktivni foydalanishga topshirish jarayonlarini oʻz ichiga oladigan qismi;
qurilish obyektini ekspluatatsiya qilish. Bu obyekt hayotiylik davrining aktivdan foydalanish, uni ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘z ichiga oladigan qismi;
qurilish obyektining mavjudligini tugatish. Qurilish obyekti hayotiylik davrining yakuniy bosqichi boʻlib, bunda obyektning tugatilishi (buzilishi) natijasida uning mavjudligi to‘xtatiladi.
6.2. Qurilish obyektining hayotiylik davrlari bir nechta bosqichlarga bo‘linishi ushbu O‘z MStda keltirilgan.
6.3. Qurilish obyektining har bir bosqichida ma’lumotlar modellarida saqlangan ma’lumotlar miqdoriy va sifat jihatidan o‘zgarib borishi inobatga olinishi lozim. Bu esa qurilish va aktivni boshqarish jarayonlarida ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlariga ta’sir qiladi.
6.4. Qurilish obyekti hayotiylik davrining turli bosqichlarida ma’lumotlar modellari yordamida yechiladigan maqsadlar va vazifalar O‘z MStda keltirilgan. Ushbu jarayonlar qurilish obyekti hayotiylik davrining turli bosqichlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha protseduralar hisobga olinishi lozim.
6.5. Qurilish obyekti hayotiylik davrining turli bosqichlarida ma’lumotlar modellari yordamida yechiladigan barcha vazifalar O‘z DSt ISO 15686-1:2021 talablariga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
7.1. Axborot konteyneri katalog, fayl, fayllar toʻplami, 2D yoki 3D model, chizma, jadval yoki grafik, qatlamlar yoki belgilardan iborat boʻlgan har qanday ma’lumotlar tuzilmasini o‘z ichiga olishi kerak [1].
7.2. Ma’lumotlarni boshqarish jarayoni quyidagi tamoyillarga muvofiq axborotlar konteynerlari asosida hamkorlikni ta’minlashi kerak:
aniq belgilangan ma’lumot talablarini taqdim etish;
ochiq foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni boshqarish va saqlash, xavfsizlik siyosatiga va kirish huquqlarini taqsimlashga rioya qilgan holda ma’lumot yaratish, undan foydalanish va uni qoʻllab-quvvatlash uchun kerak boʻladigan UMMni taqdim etish;
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bilan bogʻliq jarayonlar aktivning butun hayotiylik davri davomida ishlashi lozim. Bunda ma’lumotlarni yoʻqotish, shikastlash, yomonlashish kabi masalalarni hal qilish va ma’lumotlarni eski holatiga qaytarish imkoniyatini taʼminlash kiradi.
7.3. Ma’lumot almashinuvi uchun formatlarga qo‘yiladigan talablar buyurtmachining ma’lumotlarga oid talablarida ko‘rsatilishi [4] va QMM yordamida loyihani bajarish rejasida belgilanishi lozim.
7.4. QMM yordamida loyihani bajarish rejasining namuna ko‘rinishi ushbu O‘z MStning B ilovasida keltirilgan.
7.5. Ma’lumotlarni modellash uchun O‘z DSt ISO 16739-1:2018 ga muvofiq, ochiq IFC formatini import qilish (eksport qilish) imkoniyatini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot qo‘llanilishi kerak.
7.6 Ma’lumotlarni modellash uchun ma’lumot almashinuvi formatining asosiy ko‘rinishi sifatida IFC xalqaro ochiq tavsifnomasining 2x3 (IFC2x3) yoki undan yangi versiyalari [1] qo‘llanilishi lozim.
7.7. Ma’lumotlarni modellash jarayonida to‘qnashuv (kolliziya)lar va izohlar haqida ma’lumot almashinuvi uchun ochiq – BCF (BIM collaboration format) fayl formati qo‘llanilishi kerak. Bu format QMM texnologiyasi bo‘yicha bajarilayotgan loyihalarda ish jarayonidagi kommunikatsiyani ta’minlashi lozim [4].
7.8. Modellash jarayonida loyiha oldi hujjatlari (arxitektura rejalashtirish topshirig‘i, texnik shartlar)ni olish va loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda loyihaviy yechimlarini ekspertizadan o‘tkazish “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali, tijorat maqsadlarida foydalanish uchun esa “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali amalga oshirilishi lozim.
8.1. UMM loyiha ishtirokchilari uchun ishonchli va kelishilgan ma’lumotlarning yagona manbai bo‘lib, u samarali hamkorlik qilish, tasdiqlangan va dolzarb ma’lumotlarni qayta-qayta ishlatish hamda ularni yo‘qotmasdan almashish imkonini berishi kerak.
8.2. UMMga tushgan ma’lumotlar to‘rtta holat (bo‘lim) dan ketma-ket o‘tishi lozim [6]:
1 – “Jarayonda” ma’lumot holati (bo‘limi);
2 – “Umumiy foydalanishda” ma’lumot holati (bo‘limi);
3 – “Nashr qilingan” ma’lumot holati (bo‘limi);
4 – “Arxiv” ma’lumot holati (bo‘limi).
8.3. UMMning tuzilmasi ushbu O‘z MStning A ilovasidagi 3-rasmiga muvofiq bo‘lishi kerak.
8.4. “Jarayonda” holati (bo‘limi) vazifa ijrochisi tomonidan ma’lumotlar ishlab chiqilayotganida qo‘llanilishi kerak.
8.5. Ma’lumotlarni “Umumiy foydalanishda” holatiga (bo‘limi) joylashtirishdan oldin quyidagi amallarni bajarish lozim:
loyihaning keyingi vazifalarini hal qilish uchun modelning yaroqliligini baholash;
ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
texnik mazmunni tekshirish (ma’lumotlarning batafsil bayoni);
modeldan olingan chizmalarni tekshirish.
8.6. “Umumiy foydalanishda” holati (bo‘limi) ning maqsadi ishchi guruh ichida ma’lumotlar modelini birgalikda ishlab chiqishni ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim.
8.7. Ushbu ma’lumotlar konteynerlari faqat ko‘rish uchun mavjud bo‘lib, tahrir qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.8. Ma’lumotlar konteyneri tuzatish va qayta ko‘rib chiqish uchun “Jarayonda” holati (bo‘limi)ga qaytarilishi mumkin.
8.9. “Ko‘rib chiqish/avtorizatsiya”ga o‘tish jarayoni ma’lumotlar almashinuviga jalb qilingan barcha ma’lumotlar konteynerlarini muvofiqlik, to‘liqlik va aniqlik nuqtayi nazaridan tekshirishi lozim [4]. Agar ma’lumotlar konteyneri ma’lumot talablariga javob bersa, uning holati “Nashr qilingan” deb o‘zgartirilishi kerak.
8.10. Ma’lumot talablariga javob bermaydigan konteynerlar “Jarayonda” holati (bo‘limi)ga qaytarilishi hamda tuzatishlar kiritish va qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilishi lozim.
8.11. Avtorizatsiya bosqichi “Nashr qilingan” holat (bo‘limi) dagi ma’lumotlarni, jumladan ish va ijro hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish yoki aktivlarni boshqarish kabi loyihani amalga oshirilishining keyingi bosqichlarida foydalanishga yaroqli ma’lumotlarni tahrir qilinishi lozim bo‘lgan (ya’ni “Jarayonda” yoki “Umumiy foydalanishda” holatdagi) ma’lumotlardan ajratishi kerak.
8.12. “Nashr qilingan” holati (bo‘limi) yangi loyiha qurilishida yoki aktivni ekspluatatsiya qilishda foydalanish uchun avtorizatsiyadan o‘tgan ma’lumotlar uchun qo‘llanilishi lozim.
8.13. Loyiha yakunlangandan so‘ng LMM yoki aktivni ekspluatatsiya qilish jarayonida aktivning ma’lumotli modeli faqat “Nashr qilingan” yoki “Arxiv” holatida bo‘lishi kerak.
8.14. “Arxiv” holati (bo‘limi) ma’lumotlarni modellashtirish jarayonida “Umumiy foydalanishda” va “Nashr qilingan” holatda bo‘lgan barcha ma’lumotlar konteynerlarini saqlash uchun qo‘llanilishi kerak.
8.15. Arxiv holatidagi ma’lumotlar modeli loyiha, qurilish yoki aktivlarni boshqarish bo‘yicha ilgari foydalanilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
8.16. “Arxiv” holati (bo‘limi) dagi barcha materiallarni tahrir qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.17. UMMni tashkil etish bo‘yicha protsedura va reglamentlar barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida ma’lumotlarning fazoviy muvofiqligini va ulardan birgalikda foydalanishni ta’minlash maqsadida qurilish obyektining ma’lumot modelini ishlab chiqishning iteratsion jarayonini samarali boshqarishni ta’minlashi kerak [4].
8.18. UMM mahalliy yoki tarmoqli fayl ombori yoki model serveri shaklida bo‘lishi yoki “bulutli” shaklda taqdim etilishi kerak.
8.19. Umumiy ma’lumotlar muhitida boshqariladigan har bir ma’lumot konteynerida quyidagi metama’lumotlar bo‘lishi kerak:
kelishilgan standartga muvofiq tahrir (reviziya) belgisi;
ma’lumotning maqsadli qo‘llanilishini aks ettiruvchi moslik belgisi.
8.20. Umumiy ma’lumotlar muhitini amalga oshirish O‘z DSt ISO/TS 12911:2021 talablariga rioya qilish orqali ta’minlanishi lozim.
9.1. Tasniflash tizimi QMM doirasida nomlangan kategoriya va obyekt sinflari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik shartlarini belgilashi lozim.
9.2. Tasniflash tizimi qurilish obyekti hayotiylik davrining barcha bosqichlarida, ma’lumotli modellash jarayonida ma’lumotlarning mosligi va barqarorligini ta’minlashi kerak.
9.3. Tasniflash tizimidagi shartli belgilanishlar tushunarli va raqamli ma’lumotlar almashinuvi uchun mashina tomonidan o‘qilishi imkoni mavjud bo‘lishi kerak.
9.4. Modellash jarayonida foydalanilgan qurilish materiallari ma’lumotlarining tasniflash shartli belgi (kod)lari “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasidan olinishi hamda loyihalash bosqichlarida BIM texnologiyasiga asoslangan dasturiy kompleksiga integratsiya qilinishi zarur.
9.5. Tasniflash tizimi shartli belgilanishlarini ishlab chiqish uchun metodologik asos sifatida O‘z DSt ISO 12006-2:2021 qoʻllanilishi lozim.
9.6. Modellashtirish jarayonida foydalanilgan ma’lumotlar tasniflash shartli belgilarini “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasiga kiritish hamda BIM texnologiyasiga asoslangan dasturiy kompleksiga integratsiya qilish zarur.
10.1. Qurilish obyekti hayotiylik davrining barcha bosqichlarida ma’lumotlarni boshqarish funksiyalari amalga oshirilishi kerak [5].
10.2. Qurilish obyektini ekspluatatsiya qilish bosqichida ma’lumotlarni boshqarish funksiyalarining qamrovi aktivning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi kerak.
10.3. Qurilish obyektini yaratish bosqichida ma’lumotlarni boshqarish funksiyasi ma’lumotlarni ishlab chiqarish protsedura va usullarini belgilashda [4], shuningdek, loyiha uchun UMMni shakllantirishda asosiy maqsad bo‘lishi lozim.
10.4. Qurilish obyekti hayotiylik davrining barcha bosqichlarida ma’lumotlarni boshqarish ISO 55002:2018 talablariga rioya qilish orqali ta’minlanishi lozim.
11.1. AMT aktivlarni boshqarish uchun ma’lumot yaratishning ma’muriy, tijorat va texnik jihatlarini belgilashi lozim. Ma’muriy va tijorat jihatlari ma’lumotlarni boshqarish talablari, shuningdek, ularni yaratish uchun zarur bo‘lgan usul va protseduralarni o‘z ichiga oladi.
12.1. Loyiha ma’lumotlariga oid talablar qurilish loyihasini boshqarish ehtiyojlaridan hamda qurilgan aktivni keyinchalik boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqilishi lozim [5].
13.1. Buyurtmachining ma’lumotga oid talablari loyiha bo‘yicha ma’lumot ishlab chiqishning ma’muriy, tijorat va texnik jihatlarini belgilashi lozim.
13.2. Ma’muriy va tijorat jihatlari ma’lumotlarni boshqarish talablari, shuningdek, ishchi guruh tomonidan ma’lumotlarni ishlab chiqish usullari va protseduralarini o‘z ichiga olishi kerak.
13.3. Buyurtmachining ma’lumotlarga oid talablarining texnik jihatlari loyiha ma’lumotlariga oid talablarga javob berishi uchun zarur bo‘lgan batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
13.4. Ushbu talablarda qurilish obyektining ma’lumot modelini yaratishning asosiy bosqichlariga erishish mexanizmlari, shuningdek, ushbu talablarni bajarish uchun jarayonning tafsilotlari belgilanishi lozim.
14.1. Loyihadagi barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni aks ettiruvchi sxema [1] ushbu O‘z MStning A ilovasidagi 4-rasmda keltirilgan.
14.2. Vazifalar ma’lumotini taqdim etish rejasida har bir ma’lumot konteyneri uchun quyidagi kataklar bo‘lishi nazarda tutilishi lozim [5]:
nomlanishi;
oldingi yoki keyingi bosqichlar;
ma’lumot darajasi;
ishlab chiqarishning davomiyligi.
14.3. Loyiha jamoasi qarorlarning QMM orqali loyiha bajarish rejasiga muvofiqligini loyihaning ma’lumotlar modelini (LMM) yaratish, qurilish yoki aktivlarni boshqarish ishlarini boshlashdan oldin tekshirishi kerak.
14.4. Ma’lumot ishlab chiqishni rejalashtirish jarayonini tashkil etishda O‘z DSt ISO 29481-1:2021 talablariga rioya qilinishi lozim.
(ma’lumot uchun)
“Qurilish ma’lumotlarini modellash. Asosiy qoidalar”
1-rasm. QMMning qurilishda qo‘llanilish diagrammasi
Izoh - Aktivning ma’lumotli modeli ma’lumotlari rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlari yoki shunga o‘xshash loyihani amalga oshirishda yangi loyihaning ma’lumotli modelini yaratishda talab qilinadi.
2-rasm. Ma’lumot ishlab chiqarish diagrammasi
3-rasm. Umumiy ma’lumotlar muhiti – UMM tuzilmasi
4-rasm. QMM doirasida loyiha ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqligi
4-rasmga izohlar
A | Buyurtmachi | (appointing party) — Belgilovchi tomon |
B | Yetakchi ijrochi (loyihachi/quruvchi) | (lead appointed party) — Asosiy tayinlangan tomon |
C | Ishlarni bajaruvchilar (subpudratchilar) | (appointed party) — Tayinlangan tomon |
| O‘zgaruvchan son (ijrochilar) | |
| Loyiha jamoasi | (project team) — Loyiha jamoasi |
| Ishchi guruh | (delivery team) — Yetkazib berish jamoasi |
| Vazifani bajaruvchilar | (task team) — Vazifa jamoasi |
↔ | Ma’lumot talablari va axborot almashinuvi | |
Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ma’lumotlar | ||
(ma’lumot uchun)
“Qurilish ma’lumotlarini modellash. Asosiy qoidalar”
1. Loyiha haqida ma’lumot:
a. Loyihaning ta’rifi:
shartnoma raqami;
loyihalanayotgan qurilish obyektining nomi (kod; loyiha to‘liq nomi; qisqartirilgan loyiha nomi);
loyihalanayotgan qurilish obyektining joylashuvi (ma’muriy joylashuv);
qurilish turi (yangi qurilish; rekonstruksiya; texnik qayta qurollanish);
buyurtmachi (binoning va inshootning mas’ul foydalanuvchisi);
loyiha tashkiloti (yetakchi ijrochi);
loyiha bosqichlari (bitta/ikki bosqichli loyihalash; loyiha hujjatlari/ishchi hujjatlar);
koordinata va balandlik tizimi.
b. Loyiha chegaralari:
ma’lumotli modellashning fazoviy chegaralarini asoslash;
loyihalanayotgan obyekt/obyektlar haqida asosiy ma’lumotlar (maqsad; transport infratuzilmasi va boshqa obyektlarga tegishliligi, xavfsizlikka ta’sir etadigan funksional-texnologik xususiyatlar; qurilish hududida xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar, shuningdek, texnogen ta’sirlarga imkoniyatlar va b.);
loyiha bosqichlari;
qurilish maydoni (taxminiy);
loyihalangan xonalar maydoni (taxminiy).
c. Loyihalash uchun maxsus sharoitlar:
loyihalangan qurilish obyektining lokal sharoitlari va loyiha maxsus vazifalarini tavsiflash;
relyef;
iqlim xususiyatlari;
loyihalangan qurilish obyektiga kirish sharoitlari;
yagona fasadli yechimlar (agar mavjud bo‘lsa).
d. Loyihaga qo‘yiladigan asosiy talablar:
loyihaga qo‘yiladigan asosiy talablarni tavsiflash;
qurilish va himoya konstruksiyalari (poydevorlar, devorlar, karkas, qavatlar
va b.) uchun konstruktiv yechimlar va materiallarga qo‘yiladigan asosiy talablar;
muhandislik-kommunikatsiya va texnik uskunalarga qo‘yiladigan asosiy talablar;
hududni obodonlashtirish bo‘yicha talablar.
2. Loyihaning maqsadlari va talab qilinadigan ko‘rsatkichlar:
a. Loyihaning asosiy maqsadlari.
b. Asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari.
1-jadval
Loyihaning bajarilish muddatlari
Loyiha bo‘limi
| Ma’lumotlar modelini bajarish muddatlari | Davlat ekspertizasi organlariga topshirish uchun loyiha hujjatlari to‘plamini tayyorlash muddatlari |
|
|
|
2-jadval
Ma’lumotlar modelini yaratish grafikasi/muddatlari
Foiz (%) bajarilishi/Obyekt | 5 % | 10 % | 20 % | 30 % | 40 % | 50 % | 60 % | 70 % | 80 % | 90 % | 100 % |
Loyihalash bo‘limi | |||||||||||
Loyihaning bosqichlari | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y | k/o/y |
3. Hamkorlik:
Loyihaga oid ma’lumotlarni saqlash tuzilmasi
3-jadval
Loyihaning kodi va nomi
Nomlanishi | Maqsadi |
|
|
Loyiha ishtirokchilarining o‘zaro aloqalar tuzilmasi
Loyihalash bo‘limlari:
- qurilish obyektining loyihalash bo‘limlariga muvofiq loyihaning bo‘linish prinsipini ta’riflash;
- loyihalash bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar sxemasini ta’riflash. Loyihani alohida ma’lumot modellariga ajratish;
- seksiyalar, zonalar, alohida loyihalangan binolar yoki inshootlar, vertikal bo‘linish (yerosti va yer usti qismlari) va boshqalar.
Loyiha ishtirokchilari. Funksiyalar va malaka sohalari.
Modellash bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash.
4-jadval
Funksiyalar va majburiyatlar
Obyekt nomi/Fayl nomi | Loyiha bo‘limi/Qism (tarmoq) | Ijrochi (F.I.SH.) | Izoh |
|
|
|
|
Loyiha shablonlarini aniqlash
5-jadval
Loyiha shablonlaridan foydalanish
Fayl nomi | Shablon | Shablon yo‘li (joylashuvi) |
Arxitektura | ||
|
|
|
Konstruksiyalar | ||
|
|
|
Muhandislik-kommunikatsiya tizimlari | ||
|
|
|
|
|
|
Kiruvchi hujjatlarni tayyorlash:
- loyiha boshlang‘ich materiallarini inventarizatsiya qilish tartib-qoidalari.
Loyiha fayllari/papkalari yaratish:
- loyiha fayllari/papkalarini umumiy ma’lumotlar muhiti (UMM)da joylashtirish qoidalari.
Fazoviy joylashuv va koordinata.
6-jadval
Fazoviy joylashuv va koordinata
Obyekt nomi/Fayl nomi | Koordinatalar tizimida asosiy nuqta koordinatalari (x; y) | 1977-yilgi Baltika balandlik tizimidagi asosiy nuqta koordinatalari (z) | Izoh |
|
|
|
|
4. Ma’lumotlar modeli. Umumiy sozlamalar:
Model/Modellar uchun talablar:
kerakli IT infratuzilma;
O‘lchov birliklari.
7-jadval
O‘lchov birliklari
Parametr nomi | O‘lchov birligi | O‘lchov birligining aniqligi | Belgisi |
Uzunlik | mm | 0,00 |
|
Yuzasi | m² | 0,00 |
|
Hajmi | m³ | 0,00 |
|
Burchak | O‘nlik daraja (°) | 0,0 |
|
Qiyalik | O‘nlik daraja (°) | 0,0 |
|
Pul birligi | So‘m | 0,00 |
|
Massaviy zichlik | (kg/m³) | 0,00 |
|
Matn uslublari
8-jadval
Matn uslublari
Matn uslubi nomi | Foydalanish sohasi | Izoh |
|
|
|
Chiziqlar qalinligi
9-jadval
Chiziqlar qalinligi/izohlar/perspektiva
Axborot modeli chiziqlari/izohlar/perspektiva chiziqlari qalinligi | |||
№ | 1:10 | 1:х | 1:500 |
1 |
|
|
|
2 |
|
|
|
Chiziq namunalari
10-jadval
Foydalaniladigan chiziq namunalari
Nomi | Foydalanish | Izoh |
Bo‘lim (loyiha tarmog‘i) | ||
|
|
|
O‘qlar
11-jadval
O‘q turlari
O‘q turi (nomi) | Foydalanish | Tur parametrlari | Izoh |
|
|
|
|
Materiallar
12-jadval
Kutubxona materiallari
Material nomi | Qisqa belgilanishi |
|
|
Shablonlar va turlar.
13-jadval
Ko‘rinish shablonlari va turlari
Ko‘rinish shabloni nomi | Maqsadi |
|
|
14-jadval
Texnik shartlar ko‘rinish shablonlari
Ko‘rinish shabloni nomi | Maqsadi |
|
|
Listlar
15-jadval
Oilalar turlari/komponentlar
Oila/komponent nomi | Maqsadi | Fayl joylashuvi | Izoh |
|
|
|
|
O‘lcham uslublari
16-jadval
O‘lcham uslublari
Nomi | Foydalanish | Tur parametrlari | Qo‘llanilishi |
|
|
|
|
Parametrlar
17-jadval
Loyihaning umumiy parametrlari
Parametr ma’lumotlari | Maqsadi | Elementlar kategoriyalari | ||
Parametr nomi | Kategoriya | Ma’lumot turi | ||
Guruh nomi | ||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosqichlar:
loyiha bosqichlari.
Loyiha komponentlari kutubxonasi.
18-jadval
Oilalar/komponentlar
Nomi | Maqsadi | Joylashuvi |
|
|
|
Qurilish ma’lumotlari modelining batafsilligi:
- qurilish ma’lumotlari modelining 3D modellash jarayoni bosqichlari;
- 2D-rasmlarda rasmiylashtiriladigan grafik hujjatlar tarkibi.
5. Ishlarni tashkil etish:
Aloqalar va yig‘ilishlar:
- yig‘ilishlar jadvali;
- loyiha ishtirokchilari bilan aloqa usuli;
- yig‘ilish bayonlari shakli.
Ma’lumot almashish qoidalari:
- ma’lumot almashish usuli;
- ma’lumot va axborot formatlari;
- nomlash qoidalari.
6. Modellar va ma’lumotlarni tekshirish (normokontrol) qoidalari
Qurilish ma’lumotlari modelini tekshirish jarayonlarini hujjatlashtirish:
QMM tashkilot standartiga muvofiqlikni tekshirish;
QMM orqali loyiha bajarilish rejasiga muvofiqlikni tekshirish;
to‘qnashuvlar va o‘zgarishlarni tekshirish.
19-jadval
Tekshiruvlar
Tekshiruv turi/Loyiha bo‘limi (tarmoq) | Mas’ul shaxs F.I.Sh. | Tekshiruvlar davriyligi | Izoh |
|
|
|
|
Ikkinchi bosqich tekshiruv natijalariga ko‘ra, qurilish obyekti ma’lumotlar modelining tashkilotning QMM standarti talablariga (yetakchi ijrochi) va buyurtmachining ma’lumotga oid talablariga muvofiqligi bo‘yicha hisobotlar tuziladi.
Uchinchi bosqich tekshiruv natijalariga ko‘ra quyidagi hujjatlar tuziladi:
to‘qnashuvlar jurnali;
o‘zgarishlar jurnali.
20-jadval
To‘qnashuvlarni tekshirish parametrlari
№ | Tekshiruv mazmuni | Tekshiriladigan ma’lumotlar modeli bo‘limi | Izohlar |
|
|
|
|
Qurilish obyektining ma’lumotlar modelini buyurtmachiga taqdim etish jarayonlarini hujjatlashtirish. Loyiha tashkilotida qabul qilingan ish tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Loyiha resurslari va IT-infratuzilmaga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumotli modellash jarayonidagi ishtirokchilarning foydalaniladigan dasturiy ta’minotga nisbatan malakasi:
Tadbirlar:
qurilish obyektining ma’lumotlarini modellash jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish
va kelishish;
qurilish obyektining ma’lumotlarini modellash jarayonida ishtirokchilarning individual o‘quv yoki malaka oshirish ehtiyojlarini aniqlash va kelishish;
tegishli malakaga ega xodimlarni jalb qilish.
Loyiha ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumot almashish
Loyihaning umumiy ma’lumotlar muhiti (UMM)ni tashkil etish tamoyili:
umumiy tarmoq resursi;
onlayn portal;
bulutli hamkorlik texnologiyasi.
Uskuna va IT-infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar.
Ijrochi (loyiha tashkiloti) tomonidan uskunalar va IT-infratuzilmaga qo‘yiladigan talablar.
Dasturiy ta’minot.
21-jadval
Loyiha dasturiy ta’minoti
Dasturiy ta’minot | Izoh |
Asosiy dasturiy ta’minot | |
| Versiya, litsenziya turi |
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot | |
| Versiya, litsenziya turi |
22-jadval
Ijrochilar dasturiy ta’minoti
Ijrochilar nomi | Dasturiy ta’minot | Izohlar |
|
|
|
Ishlab chiqilayotgan loyiha takliflari holatini ifodalash uchun harf-raqamli belgilash tizimidan foydalaniladi.
23-jadval
Holat belgilari namunasi
Kod | Tavsif |
“JARAYONDA” | |
S0 | Qoralama |
“UMUMIY FOYDALANISHDA” | |
S1 | Muvofiqlashtirish uchun mos |
S2 | Tanishish uchun mos |
S3 | Muhozakalar va izohlar uchun mos |
S4 | Bosqichni tasdiqlash uchun mos |
S5 | LMM ga o‘tkazishga tasdiqlash uchun mos |
S6 | Aktivning ma’lumotli modeliga o‘tkazishga tasdiqlash uchun mos |
“NASHR QILINGAN” (Keyingi jarayonlar uchun) | |
D1 | Narxni hisoblash uchun mos |
D2 | Tenderda ishtirok etishga ariza tayyorlash uchun mos |
D3 | Ijrochi tomonidan bajarilgan loyihalar uchun mos |
D4 | Ishlab chiqarish/ yetkazib berish uchun mos |
“NASHR QILINDI” (tasdiqlash uchun) | |
A1, An, va boshqalar | Bosqich yakunlangan deb tasdiqlangan va qabul qilingan |
B1, Bn, va boshqalar | Qisman tasdiqlangan (izohlar bilan) |
“NASHR QILINDI” (foydalanish uchun) | |
CR | Ijroya hujjatlari |
Izoh: Loyihaning ma’lumotli modeli (LMM) yoki aktivning ma’lumotli modeli uchun ma’lumot taqdim etishda, shuningdek, yordamchi hujjatlarni imzolash jarayonida qo‘shimcha kodlar kiritiladi.
1-rasm – Ma’lumot talablari
Ma’lumotlar modelida zarur bo‘lgan, aktiv (bino-inshoot) yoki qurilish loyihasiga tegishli ma’lumotlar axborot talablarida belgilanadi (1-rasm).
Izoh – Loyihaning ma’lumotga oid talablari buyurtmachi tashkilotining ma’lum bir qurilish loyihasiga nisbatan strategik maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aks ettiradi. Loyihaning ma’lumotga oid talablari qurilish loyihasini boshqarish ehtiyojlari va qurilgan aktiv (bino)ni keyinchalik boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Loyihaning ma’lumotga oid talablari asosida Buyurtmachining ma’lumotlarga oid talablari ishlab chiqiladi.
“Qurilish obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish va boshqarish uchun tarmoq bazaviy sinflari (IFC). 1-qism. | |
[2] O‘z DSt ISO 12006-2:2021 | Bino qurilishi - qurilish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni tashkil etish 2-qism. |
[3] O‘z DSt ISO 15686-1:2021 | Binolar va qurilgan obyektlar - xizmat muddatini rejalashtirish. 1-qism. |
[4] O‘z DSt ISO/TS 12911:2021 | Binolar va qurilish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil yetish va raqamlashtirish, shu jumladan qurilish maʼlumotlarini modellashtirish (BIM). |
[5] ISO 55002:2018 | Aktivlarni boshqarish - Boshqaruv tizimlari - ISO 55001ni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar. |
[6] O‘z DSt ISO 29481-1:2021 | Axborot modellarini qurish - ma’lumotlarni yetkazib berish bo‘yicha qo‘llanma. 1-qism. |
MUT 224519 SUT 83.140.10
Muhim so‘zlar: axborotlar konteyneri, aktiv, ma’lumotli model, BIM, IFC, obyektning hayotiylik davri, ekspluatatsiya.
© Standart ilova portali. All rights reserved.