12.11.2025
11.01.2026
0
0
0
QURILISH MA’LUMOTLARINI MODELLASH. ISHLAB CHIQARISH VA TEXNIK BOʻLIMLAR TOMONIDAN ISHLARNI TASHKIL ETISH QOIDALARI
Texnik shartlar
Rasmiy nashr
O‘zbekiston standartlar instituti
Toshkent-2025
So‘z boshi
1. STQ 21 «Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi» Standartlashtirish bo‘yicha texnik qoʼmitasi tomonidan ISHLАB CHIQILDI.
2. O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan ____ yil _______ _____ -sonli buyrug‘i bilan TАSDIQLАNDI.
3. DАSTLАBKI АMАLGА KIRITILISHI.
Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.
Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli
Mundarija
QURILISH MA’LUMOTLARINI MODELLASH. ISHLAB CHIQARISH VA TEXNIK BOʻLIMLAR TOMONIDAN ISHLARNI TASHKIL ETISH QOIDALARI
Texnik shartlar
ИНФОРМАЦИОННОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ЗДАНИЙ. ПРАВИЛА ОРГАНИЗАЦИИ РАБОТ ПРОИЗВОДСТВЕННЫМИ И ТЕХНИЧЕСКИМИ ОТДЕЛАМИ
Технические условия
BUILDING INFORMATION MODELING. RULES FOR ORGANIZING WORK BY PRODUCTION AND TECHNICAL DEPARTMENTS
Specification
Аmalga kiritish sanasi: __________
Ushbu milliy standart bino va inshootlarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va buzish jarayonlarida qurilish ma’lumotlarini modellash asosida loyihalashga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
ShNQ 3.01.01-22 | “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” |
O‘z DSt ISO/TS 12911:2021 | Binolar va qurilish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil etish va raqamlashtirish, shu jumladan qurilish maʼlumotlarini modellashtirish (BIM) – BIMni amalga oshirish tuzilmasi (rasmiy manba: Organization and digitization of information about buildings and civil engineering works, including building information modelling (BIM) — Framework for specification of BIM implementation). |
O‘z DSt ISO 19650-2:2021 | Qurilish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil etish – qurilish maʼlumotlarini modellashtirish yordamida ma’lumotni boshqarish-2-qism: aktivlarni yetkazib berish bosqichi (rasmiy manba: Organization of information about construction works - Information management using building information modelling – Part 2: Delivery phase of the assets). |
O‘z DSt ISO 29481-1:2021 | Ma’lumot modellarini yaratish – ma’lumotni yetkazib berish boʻyicha qoʻllanma 1-qism: metodologiya va format (rasmiy manba: Building information models — Information delivery manual Part 1: Methodology and format). |
foydalanish huquqi | ma’lumotli modelning obyektlaridan subyektning foydalanish tartibi va shartlarini tartibga soluvchi qoidalar yig‘indisi, bu ma’lumot egasi tomonidan o‘rnatiladi;
| |
ijro modeli | foydalanishga topshirish bosqichidagi obyektning raqamlashtirilgan ma’lumotli modeli; | |
ishlab chiqarish texnik bo‘limi; ITB (ПТО) | qurilish ishlarini amalga oshiradigan yuridik shaxsning bo‘linmasi, qurilish jarayoni boshqaruvini ta’minlaydi; | |
konservatsiya (mukammal qurilish obyektining konservatsiyasi) | qurilishni vaqtincha to‘xtatish, obyekt va qurilish uchun foydalanilgan hududni asosiy konstruksiyalarning mustahkamligini, barqarorligini va saqlanishini, shuningdek, obyektning aholiga va atrof-muhitga xavf keltirmaydigan holatga keltirish; | |
kolliziya | raqamlashtirilgan ma’lumotli modelning ikki yoki undan ortiq elementlari o‘rtasidagi ziddiyat; | |
Izoh: Kolliziyalar geometrik kesishmalar, elementlar o‘rtasidagi ruxsat etilgan masofalar, elementlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklar, normativ parametrlar va boshqa ko‘rsatkichlar buzilishi natijasida yuzaga keladi. | ||
loyiha modeli | qurilish bosqichigacha bo‘lgan obyektning raqamlashtirilgan ma’lumotli modeli; | |
ma’lumotlar modeli | qurilish obyektiga oid elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar – grafik va grafik bo‘lmagan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, umumiy ma’lumotlar muhitida joylashtiriladi va obyektning hayotiylik davrini barcha yoki alohida bosqichlarida ishonchli, yagona ma’lumot manbaini tashkil etadi; | |
raqamlashtirilgan ma’lumotlar modeli | obyekt yoki uning ayrim qismlarining fizik, funksional va boshqa xususiyatlarini raqamli shaklda, ma’lumotga boy elementlar yig‘indisi sifatida qurilish obyektining parametrik modeli; | |
qurilish modeli | qurilish bosqichidagi obyektning raqamlashtirilgan ma’lumotli modeli; | |
qurilish ma’lumotlarini modellash; QMM(ing. building information modeling (BIM)) | qurilish obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni yaratish, foydalanish, kiruvchi ma’lumotlarni muvofiqlashtirish, ma’lumotlarni birgalikda ishlab chiqarish va saqlashni tashkil etish, shuningdek, ularning hayotiylik davrini barcha bosqichlarida turli maqsadlarda foydalanish jarayoni; | |
umumiy ma’lumotlar muhiti; UMM (ing. Common Data Environment (CDE)) | qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari ma’lumotlardan birgalikda foydalanishini ta’minlaydigan, yagona ma’lumot manbasini o‘zida saqlovchi dasturiy-texnik vositalar majmuasi. | |
Izoh: Umumiy ma’lumotlar muhiti – ma’lumotli modelni ishlab chiqish va undan foydalanish, hujjatlarni yig‘ish, chiqarish hamda qurilish jarayonining ishtirokchilari o‘rtasida tarqatishni samarali boshqaruvini ta’minlaydigan protseduralar va reglamentlar asosida yaratiladi. | ||
ITB | ishlab chiqarish-texnik bo‘limi | |
QMM (BIM) | qurilish ma’lumotlarini modellash (ing. building information modeling (BIM)) | |
UMM | umumiy ma’lumotlar muhiti | |
4.1. Qurilish bosqichidagi raqamlashtirilgan ma’lumotli model qurilish-montaj ishlari, materiallar va uskunalar yetkazib berilishi, nazorat tadbirlari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish hamda tahlil qilish uchun qo‘llanilishi kerak.
4.2. Qurilish modelini qo‘llagan holda, qurilish jarayonini tahlil qilish funksiyasi quyidagilarni ta’minlashi kerak [2]:
Qurilish ishlari boshlanishidan oldin qurilish taqvimini avtomatlashtirilgan tarzda nomuvofiqliklarga tekshirish imkoniyati;
Qurilish obyektlariga moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish rejalarini avtomatlashtirilgan tarzda tayyorlash imkoniyati;
Jarayonni vizual tarzda taqdim etish va har bir variantni to‘qnashuvlar (kolliziya)dan holi ekanligini tekshirish bilan, qurilish obyekti elementlari va uskunalarini o‘rnatishning muqobil variantlarini tez va sifatli baholash imkoniyati;
Qurilish ishlari kalendar rejadan orqada qolishni tezda aniqlash va prognozlash imkoniyati.
5.1. Loyihani boshqarish bo‘yicha harakatlar qurilish modeli yordamida amalga oshirilishi lozim.
5.2. Qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari ma’lumot almashish uchun yetarli darajada qurilish ma’lumotlarini modellash vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
5.3. Ishlab chiqarish texnik bo‘limlarining mas’uliyati doirasida qurilish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro aloqalari reglament (ishlab chiqarish texnik bo‘limlarining mas’uliyati doirasida qurilish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartibga soluvchi reglament- keyingi o‘rinlarda - Reglament)ga asosan tartibga solinadi.
5.4. Reglamentda quyidagi majburiy bo‘limlar mavjud bo‘lishi kerak:
qurilishni rejalashtirish jarayonlarining tavsifi;
qurilish modelidan foydalanish orqali qurilishni boshqarish va bajarilgan ishlarni nazorat
qilish jarayonlari tavsifi;
qurilish modelidan foydalanish qoidalarining tavsifi.
5.5. Reglamentda qurilish jarayonining barcha ishtirokchilarining harakatlari ularning rollariga muvofiq mazkur O‘z MStning A va B ilovalariga asosan tavsiflanishi kerak.
5.6. Qurilish ma’lumotlarini modellash loyiha modelining mazkur O‘z MStga muvofiqligini tekshirishi lozim.
5.7. QMM (BIM) guruhi mazkur O‘z MSt talablariga muvofiq qurilish modelini ishlab chiqishi kerak.
5.8. Ishlab chiqarish texnik bo‘limi ishlarni bajaruvchi tashkilotlarga belgilangan topshiriqlar haqida ma’lumotlarni taqdim etishi, qabul qilish faktini qayd etishi, kelishuv yoki izohlar berish muddatini nazorat qilishi va har bir topshiriq bo‘yicha mehnat sarfi, davomiyligi, cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni qabul qilishi lozim.
5.9. Ishlab chiqarish texnik bo‘limi qurilish modeli asosida resurslarni (materiallar, uskunalar, xodimlar, texnika) yetkazib berish uchun tasniflarni shakllantirishi kerak.
5.10. Ishlab chiqarish texnik bo‘limi (ITB) quyidagi uchta rejalashtirish darajasini belgilashi kerak [3]:
uzoq muddatli;
o‘rta muddatli;
operativ.
5.11. Ishlab chiqarish texnik bo‘limi rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilishning quyidagi uchta darajasini belgilaishi lozim [3]:
yashil – rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilish;
sariq – rejalashtirilgan muddatlardan chetga chiqish;
qizil – rejalashtirilgan muddatlardan tanqidiy darajada chetga chiqish.
5.12. Rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilish darajasini aniqlash uchun aniq foizli chetga chiqish qiymatlarini belgilash orqali monitoring olib borilishi lozim.
5.13. Olingan o‘rta muddatli vazifalar asosida ijrochi tashkilotlar operativ ish topshiriqlarini shakllantirishi lozim.
5.14. Operativ ish vazifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajaruvchilar, ish bajarishning aniq vaqti, zarur texnik va (yoki) texnologik hujjatlar hamda xavfsizlik qoidalari ko‘rsatilishi kerak.
5.15. Ishlab chiqarish texnik bo‘limi quyidagilarni monitoring qilishlari lozim:
operativ ish vazifalarining o‘rta muddatli ish topshiriqlariga mos kelishini;
operativ rejalashtirish davri tugagandan so‘ng operativ vazifalarning bajarilish sifatini;
operativ rejalashtirish davri tugagandan so‘ng operativ vazifalarning bajarilish muddatlarini.
5.16. Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishdan o‘tmasa, vazifa bajarilgan deb hisoblanmasligi lozim [1].
5.17. Rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilishning “yashil” darajasida ITB ijrochi tashkilotlarga keyingi o‘rta muddatli ish vazifalarini taqdim etishi kerak.
5.18. Rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilishning “sariq” darajasida ITB ishlarni bajaruvchi tashkilotlarga keyingi o‘rta muddatli ish vazifalarini tuzatishi va topshirishi lozim.
5.19. Rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilishning “qizil” darajasida, ITB ga zarur choralar masalasi taqdim etilishi kerak. Zarur choralar belgilanganidan so‘ng uzoq muddatli va o‘rta muddatli ish vazifalari tuzatilishi, so‘ngra, ITB ijrochi tashkilotlarga keyingi o‘rta muddatli ish vazifalarini topshirishi kerak.
5.20. Ishlar bajarilishi va qabul qilinishi bilan ishlarni bajaruvchi tashkilotlar mazkur O‘z MStning 44-bandiga muvofiq qurilish modeliga ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak.
5.21. Ijrochi tashkilotlar tomonidan qurilish modeliga taqdim etilgan ma’lumotlar ITB tomonidan muvofiqlik nazoratidan o‘tgunga qadar qurilish modelining ishchi versiyasida saqlanishi lozim.
5.22. ITB nazoratidan o‘tgandan so‘ng, ishlarni bajaruvchi tashkilotlar tomonidan qurilish modeliga taqdim etilgan ma’lumotlar qurilish modelining aktual versiyasiga o‘tkazilishi kerak.
5.23. Qurilish jarayoni ishtirokchilarining qurilish modelidan foydalanish chegaralari reglamentda, mazkur O‘z MStning C ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
5.24. Qurilish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumot almashish vaqtida qurilish modelining aniq va to‘liq geometriyasi va tuzilmasi taqdim etilishi ta’minlanishi lozim.
5.25. Qurilish modeli elementlari va atributiv ma’lumotlarning mosligi ta’minlanishi uchun, qurilish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumot almashish vaqtida qurilish modelining barcha atributlari fayllar, jadvallar, ma’lumotlar bazasi yoki boshqa usullar orqali taqdim etilishi kerak.
5.26. Qurilish modeli bilan ma’lumot almashish ishlari, loyiha ma’lumotlari ochiq ma’lumot almashish formati orqali amalga oshirilishi lozim.
5.27. Obyektning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq maxsus sharoitlarda (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib) ishlashni normallashtirish uchun reglamentga qo‘shimcha bo‘limlar kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
5.28. Qurilish ma’lumotlarini modellash texnologiyasidan foydalangan holda ishlarni tashkil etish O‘z DSt ISO/TS 12911:2021 talablariga rioya qilish orqali ta’minlanishi lozim.
6 Qurilish ma’lumotlarini modellash texnologiyalarini qо‘llash uchun dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablar
6.1. Qurilish bosqichidagi qurilish ma’lumotlarini modellash uchun dasturiy ta’minot quyidagi beshta toifaga bo‘linishi kerak [4]:
qurilish modelini loyiha modeli orasidagi farqlarni va xatolarni tekshirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot;
qurilish modelini ko‘rish uchun dasturiy ta’minot;
qurilish jarayonidagi ishtirokchilar o‘rtasida hujjat almashish jarayonini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot;
qurilish ishlarini rejalashtirish va nazorat qilish uchun dasturiy ta’minot;
qurilish jarayonining sifatini nazorat qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot.
6.2. Qurilish modeli bilan loyiha modeli orasidagi farqlarni va xatolarni tekshirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot quyidagi imkoniyatlarni ta’minlashi kerak:
kolliziyalarni aniqlash va kesishmalarni tekshirish;
kolliziyalar va kesishmalarni boshqarish;
tizimli ro‘yxatni shakllantirish;
turli ishlab chiqaruvchilar formatlarini qo‘llash;
qurilish ishlarini bajarish texnologiyasini tekshirish imkoniyatini ta’minlash;
modelni turli formatlarda chiqarish.
6.3. Qurilish modelini ko‘rish uchun dasturiy ta’minot quyidagi imkoniyatlarni ta’minlashi lozim [2]:
model fayllarini ko‘rish uchun ochish;
ko‘rish masshtabini o‘zgartirish, aylanma ko‘rish, qirqimlarni tahlil qilish va orbital rejimda ko‘rish funksiyalari;
qatlamlar, elementlar va obyekt tugunlarini yashirish/ko‘rsatish;
foydalanuvchilar uchun qulay ko‘rish imkoniyatini ta’minlash;
bir nechta loyiha fayllari bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish.
6.4. Qurilish jarayonidagi ishtirokchilar o‘rtasida hujjat almashish jarayonini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot quyidagi imkoniyatlarni ta’minlashi lozim:
hujjatlarni boshqarish (loyiha hujjatlari almashinuvi);
UMMda ishlash;
savdo va tenderlarni samarali tashkil qilish uchun funksional imkoniyatlar;
loyihani ko‘rish va kelishish ishlarini nazorat qilish;
hujjatlarni saqlash va jo‘natishni tashkil qilish;
UMMda hujjat almashishni boshqarish;
jarayonlar sifatini va xavfsizligini nazorat qilish;
operativ boshqarish va hisobotlarni tayyorlash.
6.5. Qurilish jarayonining sifatini nazorat qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot quyidagi imkoniyatlarni ta’minlashi lozim:
qurilish nazoratini amalga oshirish (qurilish nazoratida robotlashtirilgan texnologiyalardan foydalangan holatda);
foydalanishga topshirish bo‘yicha vazifalarni bajarishni ta’minlash;
mualliflik nazoratini amalga oshirish;
mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablarini bajarilishini ta’minlash;
birgalikda ishlashni va ish jarayonlarini tashkil qilish;
hisobotlarni shakllantirish va analitik ishlarni olib borish.
6.6. Qurilish ma’lumotlarini modellash texnologiyalarini qо‘llash uchun dasturiy ta’minotlar ro‘yxati O‘z DSt ISO 19650-2:2021 talablariga rioya qilish orqali tuzilishi lozim.
7.1. Apparat ta’minoti lokal ish stantsiyalari, mobil qurilmalar, ma’lumotlarni saqlash serverlari va tarmoq infratuzilmasini o‘z ichiga olishi lozim.
7.2. Dasturiy ta’minotning to‘liq funksional ishlashini va qurilish modelidan foydalanib, qurilish jarayonini boshqarish funksiyalarini bajarishni ta’minlaydigan apparat ta’minoti tanlanishi lozim.
8.1. Loyiha modeli va uning komponentlari yagona masshtab va o‘lchov tizimida bajarilishi kerak.
8.2. Loyiha modelida elementlar atributlari to‘plamlari va ko‘rsatkichlarini tahrirlash hamda ularning ko‘rsatkichlarini loyihaning turli bosqichlarida to‘ldirish imkoniyati bo‘lishi kerak.
8.3. Loyiha modelining minimal tuzilmasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi lozim [4]:
arxitektura elementlari;
konstruktiv elementlar;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va texnik vositalari;
qurilish maydonchasi;
qurilish texnikasi va moslamalari.
8.4. Loyiha modeli quyidagi talablarga javob berishi kerak:
8.4.1. Kolliziyalarning yo‘qligi:
konstruktiv va arxitektura elementlari o‘rtasida;
konstruktiv elementlar va muhandislik-kommunikatsiya tizimlari o‘rtasida;
arxitektura elementlari va muhandislik-kommunikatsiya tizimlari o‘rtasida;
muhandislik-kommunikatsiya quyi tizimlari o‘rtasida;
har bir tizim uchun quyi tizimlar va elementlarning iyerarxiyasi belgilanishi kerak.
8.4.2. Loyiha modelining har bir elementi uchun quyidagilar belgilanishi lozim:
yetkazib beruvchi tashkilot haqidagi ma’lumotlar;
materiallarning narxi haqida ma’lumotlar;
ishlar qiymatini hisoblash haqida ma’lumotlar.
8.4.3. Har bir tizim va element uchun qurilish maydonchasida o‘rnatiladigan, montaj texnologiyasi aniqlanishi va qurilish maydonchasidan tashqarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish texnologiyasi aniqlanishi kerak.
8.5. Loyiha modelini tashkil etuvchi elementlar ularning turlariga mos funksional sinflarga ajratilishi kerak.
9 Qurilish modelini ishlab chiqish qoidalari va talablari
9.1. Qurilish modeli quyidagi vazifalarni hal qilishni ta’minlashi lozim [3]:
qaror qabul qilish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyati;
loyiha ishtirokchilari tomonidan loyiha vazifalarini bajarish imkoniyati;
loyihaviy yechimlarni vizualizatsiya qilish;
loyihaviy yechimlardagi o‘zgarishlarni tekshirish;
loyihalarni rejalashtirish va muvofiqlashtirishda zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash bo‘yicha yordam berish;
qurilish jarayonlarining samaradorligini oshirish;
qurilishda mehnat muhofazasi darajasini oshirish;
loyihaning ma’lumotlarini taqdim etish va ulardan foydalanish sifatini oshirish;
barcha ma’lumotlarni kiritish orqali loyiha ma’lumotlarini taqdim etish sifatini oshirish va ularni ekspluatatsiya vaqtida obyektni boshqarish uchun o‘tkazish;
ishlab chiqarish jarayoniga to‘sqinlik qiladigan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash
va ularni bartaraf etish uchun tezkor qarorlar qabul qilish.
9.2. Qurilish modelining minimal tuzilmasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi kerak [4]:
arxitektura elementlari;
konstruktiv elementlar;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va texnik visitalari;
qurilish maydonchasi;
qurilish texnikasi va moslamalari.
9.3. Qurilish modeli quyidagi talablarga javob berishi kerak:
9.3.1. Quyidagi elementlarning kolliziyalari yo‘qligi:
konstruktiv elementlar va arxitektura elementlari o‘rtasida;
konstruktiv elementlar va muhandislik-kommunikatsiya tizimlari o‘rtasida;
arxitektura elementlari va muhandislik-kommunikatsiya tizimlari o‘rtasida;
muhandislik-kommunikatsiya quyi tizimlari o‘rtasida;
har bir tizim uchun quyi tizimlar va elementlarning iyerarxiyasi belgilanishi lozim.
9.3.2. Qurilish modelining har bir elementi uchun quyidagilar belgilanadi:
yetkazib beruvchi haqidagi ma’lumotlar;
materiallarning narxi haqida ma’lumotlar;
qurilish ishlari qiymati haqida ma’lumotlar.
9.3.3. Qurilish maydonchasida o‘rnatiladigan har bir tizim va element uchun quyidagilar belgilanishi zarur [1]:
montaj texnologiyasi;
ishlab chiqarish texnologiyasi;
montaj muddatlari;
kiritilgan kapital mablag‘lar hajmi.
9.3.4. Qurilish modeli quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak [2]:
asosiy qurilish davri uchun bosh reja;
qurilishning tayyorgarlik davri uchun qurilish bosh rejasi;
montaj texnologiyalari va foydalaniladigan resurslar haqida ma’lumotlar.
9.3.5. Qurilish modeli quyidagilarni shakllantirish imkonini berishi kerak:
loyihani amalga oshirish rejasi bilan bog‘liq qurilish materiallari ehtiyojining to‘liq ro‘yxatini;
loyihani amalga oshirish rejasi bilan bog‘liq jihozlar ehtiyojining to‘liq ro‘yxatini;
loyihani amalga oshirish rejasi bilan bog‘liq asosiy qurilish mashinalari ehtiyojining to‘liq jadvalini;
loyihani amalga oshirish rejasi bilan bog‘liq quruvchi kadrlarga ehtiyojining to‘liq jadvalini asosiy kategoriyalar bo‘yicha;
loyihani amalga oshirish rejasiga va quyi tizimlarga bog‘langan holda qurilish materiallari bo‘yicha hujjatlar paketini;
loyihani amalga oshirish rejasi va quyi tizimlarga bog‘langan holda jihozlar bo‘yicha hujjatlar paketini;
har bir tizim va element uchun montaj va/yoki ishlab chiqarish texnologiyasi va loyihani amalga oshirish rejasi bilan bog‘liq holda ishlar bo‘yicha hujjatlar paketini;
har bir tizim va element uchun uskunalar va materiallarning ishlab chiqarish va yetkazib berilishini kutilayotgan muddatlariga muvofiq holda uskunalar yetkazib berish jadvalini shakllantirish imkonini berishi kerak.
9.3.6. Qurilish modeli quyidagi atributlarni o‘zida aks ettirishi kerak:
ishlarni amalga oshirish muddati;
ish bajaruvchi;
ishlarni amalga oshirishda mehnat xavfsizligi shartlari;
ishlarni bajarishni nazorat qilish usuli;
ishlarni bajarish bo‘yicha hisobot shakli;
ishlarni amalga oshirish uchun texnik vositalar;
ishlarni amalga oshirish texnologiyasi.
9.4. Qurilish modelini ishlab chiqish O‘z DSt ISO 29481-1:2021 qoidalari va talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10.1. UMM dan foydalangan holda loyihaviy ma’lumotlardagi barcha o‘zgarishlar qurilish modeliga kiritilishi lozim.
10.2. Montaj ishlari jarayoni haqidagi ma’lumotlar, qo‘shimcha ravishda foto va video materiallar, bajaruvchilar haqidagi ma’lumotlar UMMning ishchi bo‘limiga kiritilishi mumkin.
10.3. Materiallar va jihozlar saqlash joylarini aniqlash, saqlash joylari parametrlari, saqlash vaqti, bajaruvchilar haqidagi ma’lumotlar UMMning ishchi bo‘limiga kiritilishi shart.
10.4. Umumiy ma’lumotlar muhitini tashkil etishda UMMning ommaviy bo‘limiga quyidagi materiallar joylashtirilishi lozim:
qurilish uskunalari, mexanizmlar va jihozlarning raqamlashtirilgan ma’lumotli modellari bilan to‘ldirilgan katalogi, vizual reja va texnologik kartalar uchun foydalanishga yaroqli bo‘lgan holda;
vizual texnologik kartalar;
kasb va mutaxassislik darajasida batafsil ko‘rsatmalar bilan mehnat resurslari katalogi; (ba’zi hollarda soatlik narx ko‘rsatilgan holda)
qo‘llaniladigan qurilish ma’lumotlarni modellash texnologiyalari standarti;
obyektning dolzarb qurilish modeli.
10.5. Umumiy ma’lumotlar muhitini tashkil etishda UMMning ishchi bo‘limiga quyidagi materiallarni joylashtirilishi lozim [1]:
uzoq muddatli, o‘rta muddatli va operativ ish topshiriqlari;
ishlarning kalendar-reja jadvali bilan bog‘liq holda qurilish obyektlariga moddiy-texnik resurslar yetkazib berish jadvali;
kalendar-reja jadvali asosida shakllantirilgan moddiy-texnik resurslar, ishlar
va xizmatlar xaridlari jadvali;
kalendar-reja jadvali bilan mos ravishda kapital mablag‘lar va moliyalashtirishning o‘zlashtirish jadvali;
qurilish modelining ishchi versiyasi.
11 Qurilish ishlari tugagandan sо‘ng obyektning raqamlashtirilgan
ma’lumotlar modelini taqdim etish qoidalari
11.1. Qurilish jarayoni tugagandan so‘ng ijro modeli ITB tomonidan qurilish modeliga asoslanib shakllantirilishi lozim [4].
11.2. Ijro modeli faqat qurilish ishlarini bajarilishiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qurilish modelidan chiqarib tashlash yo‘li bilan shakllantirilishi kerak.
11.3. Qurilish ishlarini konservatsiya qilish yoki to‘xtatilishi holatida, qurilishning konservatsiya (to‘xtatilish) vaqtiga qadar bajarilgan barcha ishlarni inobatga olgan holda qurilish modeli shakllantirilishi lozim.
(ma’lumot uchun)
Qurilish jarayoni ishtirokchisining nomi | Funksiyalar tafsiloti (O‘z MSt bo‘yicha) | Yiriklashtirilgan funksiyalar | Funksiyaning belgilanishi |
Buyurtmachi | 1. Qurilish uchun ruxsat olish. 2. Qurilish davrida qo‘shni yer uchastkalaridan cheklangan foydalanish huquqini olish. 3. Shartnoma asosida ishlar bajarilgan taqdirda, binoni yoki inshootni barpo etish ishlarini amalga oshiruvchi sifatida pudratchini (bosh pudratchini) jalb qilish. 4. Ekspertizadan o‘tgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaviy hujjatlar bilan qurilishni ta’minlash. | Qurilishni boshlash uchun hujjatlarni tayyorlash | F1 |
5. Qurilish chiziqlarini joyiga chiqib belgilash va geodezik rejalashtirish asosini yaratishni ta’minlash. | Qurilish ishlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash | F2 | |
6. Mualliflik nazorati doirasida loyiha muallifini qurilish ishlarini nazorat qilishga jalb qilish. 7. Qurilish maydonchasida har qanday ishlar boshlanishi haqida mazkur obyekt bo‘ysunadigan davlat qurilish nazorati organini xabardor qilish. 8. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish nazoratini ta’minlash. | FЗ | ||
9. Qurilish ishlari shartnoma asosida bajarilganda, qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish. 10. Uskunalarni sozlash va sinovdan o‘tkazish, mahsulotning sinovli ishlab chiqarishini tashkil etish hamda obyektni foydalanishga tayyorlash bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish. 11. Qurilishni boshlash, to‘xtatish, konservatsiya qilish, tugatish hamda qurilishi tugallangan ko‘chmas mulk obyektini foydalanishga topshirish haqida qaror qabul qilish. | Buyurtmachi tomonidan qabul qilish | F4 | |
12. Qurilishi tugallangan obyektni davlat qurilish nazorati va ekologik nazorat organlariga taqdim etish (shaharsozlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda). 13. Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish uchun vakolatli organga taqdim etish. 14. Ijro va ekspluatatsiya hujjatlarini tayyorlash, saqlash va tegishli tashkilotlarga topshirish. 15. Qurilish maydonchasida ishlarning boshlanish muddati, to‘xtatilishi, konservatsiya qilinishi va (yoki) qurilishning tugatilishi, obyektni foydalanishga topshirishga tayyorligi haqida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va davlat qurilish nazorati organlariga xabar berish. | Nazorat qiluvchi organlarga topshirish | F5 | |
| 16. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxsda ishlatilayotgan materiallar, mahsulotlar va uskunalar uchun sifat hujjatlari (belgilangan hollarda sertifikatlar), kirish nazorati va laboratoriya sinovlari natijalari mavjudligini tekshirish. 17. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxs tomonidan ishlatilayotgan materiallar, mahsulotlar va uskunalarni saqlash va joylashtirish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish; ushbu qoidalarning buzilishi aniqlangan hollarda quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish nazorati vakili noto‘g‘ri saqlangan materiallarning ishlatilishi taqiqlanishi lozim. 18. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxs tomonidan bajarilayotgan operatsion nazoratning tegishli band talablariga muvofiqligini nazorat qilish. 19. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxs tomonidan ijro hujjatlarining mavjudligi va to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish, shu jumladan, bajarilgan konstruksiyalarning geodeziya ijro sxemalarining ishonchliligini baholash va elementlarning joylashuv aniqligini tanlab tekshirish. 20. Qurilish jarayonida aniqlangan loyiha hujjatlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish nazorati, nuqsonli hujjatlarni loyihachiga hujjatlashtirilgan holda qaytarish, tuzatilgan hujjatlarni nazorat qilish va hujjatlashtirilgan holda qabul qilish hamda ularni qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxsga topshirish. 21. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxs tomonidan davlat nazorati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘rsatmalarining bajarilishini nazorat qilish. | Buyurtmachi-ning qurilish nazorati | F6 |
| 22. Qurilish obyektida yuzaga kelgan avariya holatlari haqida davlat nazorati organlarini xabardor qilish. | Vakolatli organlarni xabardor qilish | F7 |
| 23. Bajarilgan ishlar, konstruksiyalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchastkalari muvofiqligini baholash (qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxs bilan birgalikda), muvofiqlikni tasdiqlovchi ikki tomonlama dalolatnomalarni imzolash; ushbu dalolatnomalar imzolanmasdan oldin keyingi ishlarning bajarilishiga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qilish. 24. Qurilishi tugallangan obyektning qonunchilik, normativ hujjatlar va loyiha hujjatlariga muvofiqligini yakuniy baholash (qurilish ishlarini amalga oshirayotgan shaxs bilan birgalikda). | Ish sifatini baholash | F8 |
Pudratchi (bosh pudratchi) | 1. Qurilish obyektining konstruksiyalarini, muhandislik kommunikatsiya texnik ta’minot tizimlarini loyihaviy va ishchi hujjatlarga muvofiq holda bajarish. 2. Tashkiliy-texnologik hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash. | Qurilish | F9 |
3. Qurilish jarayonini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan qurilish nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, qo‘llaniladigan qurilish materiallari va mahsulotlarining normativ hujjatlar, loyiha va ishchi hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish. 4. Ijro hujjatlarini yuritish. | Ichki qurilish nazorati | F10 | |
5. Qurilish maydonchasida mehnat xavfsizligini, qurilish ishlarining atrof-muhit va aholi uchun xavfsizligini ta’minlash. | Mehnat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi. | F11 | |
6. Qurilish maydonchasini boshqarish, shu jumladan, qurilish maydonchasini qo‘riqlash va obyektni buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinmaguncha saqlanishini ta’minlash. 7. O‘z vakolatlari doirasida qurilish maydonchasiga tutash hududda tartibni saqlash bo‘yicha mahalliy ma’muriyatning talablarini bajarish. | Boshqaruv | F12 | |
Loyihachi | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Qurilish boshlangandan so‘ng yer uchastkasining shaharsozlik rejasida yoki amaldagi normativ hujjatlarda o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini va ishchi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish (qo‘shimcha ish sifatida bajariladi). | Loyiha-smeta hujjatlarining mualliflik kuzatuvi | F13 |
3. Pudratchining texnologik imkoniyatlarini hisobga olish zarurati bilan bog‘liq holda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish. 4. Ishlab chiqarishni ta’minlash zarurati bilan bog‘liq holda qo‘shimcha loyiha yechimlarini ishlab chiqish. 5. Quruvchi (buyurtmachi) bilan tuzilgan shartnoma asosida mualliflik nazoratini yuritish, shu jumladan, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda. 6. Ishchi hujjatlardan chetga chiqishlarni kelishish, shu jumladan, muvofiq bo‘lmagan mahsulotni qo‘llash imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish. | Mualliflik nazorati | F14 | |
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish va davlat qurilish nazorati organlari | 1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq qurilish nazorati |
| F15 |
Qurilish nazoratini amalga oshiruvchi shaxs | 1. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan taqdim etilgan qurilish hujjatlarini kirish nazorati. 2. Mukammal qurilish obyektining geodezik rejalashtirish asosini ko‘rikdan o‘tkazilishi. 3. Qurilishda qo‘llaniladigan materiallar, mahsulotlar, konstruktsiyalar va uskunalarning kirish nazorati. 4. Qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida va ularni tugatgandan so‘ng operatsion nazorati. 5. Qurilish-montaj ishlarini keyingi bosqichlari boshlanishidan so‘ng nazorat qilish imkoniyati bo‘lmagan bajarilgan ishlarning ko‘rikdan o‘tkazilishi. 6. Muhim qurilish konstruktsiyalari va muhandislik-kommunikatsiya texnik ta’minot tizimlari uchastkalarini ko‘rikdan o‘tkazish. 7. Texnik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish va ishlatib ko‘rish. 8. Amaldagi qonunchilikka muvofiq quruvchining (buyurtmachining) qurilishga oid nazorat ishlari, qurilish pudrati shartnomasiga asosan bajariladigan ishlarning nazorati va monitoringi shaklida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. 9. Qurilish nazorati tarkibida loyiha hujjatlarini tayyorlagan shaxs (loyihachi) tomonidan mualliflik nazorati amalga oshiriladi. | Qurilish nazorati | F16 |
(ma’lumot uchun)
Qurilish jarayonining ishtirokchisi / funksiyasi | F1 | F2 | FЗ | F4 | F5 | F6 | F7 | F8 | F9 | F10 | F11 | F12 | F13 | F14 | F15 | F16 |
Buyurtmachi | X | X | X | X | X | X | X | X |
|
|
|
|
|
|
|
|
Loyihachi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| X | X |
|
|
Qurilish boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
|
| X | X | X |
|
|
|
|
Mukammal qurilish obyektlarini buzishni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Umumiy qurilish ishlarini olib boruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Elektr ta’minoti tizimlarini montaj qilish |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Suv ta’minoti hamda oqova suv tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash tizimlarini montaj qilish hamda sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Past kuchlanishdagi elektr toki tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Gaz ta’minoti tizimlarini montaj qilish |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Vertikal transport tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Tashqi suv ta’minoti hamda oqova suv tarmoqlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Tashqi issiqlik ta’minoti tarmoqlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Tashqi elektr ta’minoti va past kuchlanishdagi elektr toki tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Texnologik asbob-uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirishni amalga oshiruvchi tashkilot |
|
|
|
|
|
|
|
| X |
| X |
|
|
|
|
|
Atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| X |
|
|
|
|
|
Davlat yong‘in nazorati organlari |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| X |
|
|
|
|
|
Mahalliy hokimiyat organlari |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| X |
|
Davlat nazorat organlari |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| X |
(ma’lumot uchun)
Loyiha modelini qabul qilish | Loyiha ishlarini bajarish | Ishlar natijalarini topshirish va qabul qilish | Ijro modelini topshirish | |
Buyurtmachi | O‘qish | O‘qish | O‘qish | O‘qish |
Loyihachi | Tahrir qilish | Tahrir qilish | Tahrir qilish | O‘qish |
Qurilish boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilot | O‘qish | Tahrir qilish | Tahrir qilish | Tahrir qilish |
Mukammal qurilish obyektlarini buzishni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Umumiy qurilish ishlarini olib boruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Elektr ta’minoti tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Past kuchlanishdagi elektr toki tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Gaz ta’minoti tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Vertikal transport tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Tashqi suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Tashqi issiqlik ta’minoti tarmoqlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Tashqi elektr ta’minoti hamda past kuchlanishdagi elektr toki tizimlarini montaj qilish va sozlashni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Texnologik asbob-uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirishni amalga oshiruvchi tashkilot | - | O‘qish | - | - |
Atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar | - | O‘qish | O‘qish | - |
[1] ShNQ 3.01.01-22 | “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” |
[2] O‘z DSt ISO/TS 12911:2021 | Binolar va qurilish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil etish va raqamlashtirish, qurilish maʼlumotlarini modellashtirish (BIM) |
[3] O‘z DSt ISO 19650-2:2021 | Qurilish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil etish – qurilish maʼlumotlarini modellashtirish yordamida ma’lumotni boshqarish-2-qism. |
[4] O‘z DSt ISO 29481-1:2021 | Ma’lumot modellarini yaratish – ma’lumotni yetkazib berish boʻyicha qoʻllanma 1-qism. |
MUT 224519 SUT 83.140.10
Muhim so‘zlar: kolliziya, QMM, ITB, ma’lumot almashish ishlari, UMM, ishlab chiqish qoidalari, dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablar, tartibga soluvchi reglament.
© Standart ilova portali. All rights reserved.