main-logo

Kabinet

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirligi qoshida STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

56

Muhokamaga chiqarish sanasi

12.11.2025

Yakunlanish sanasi

11.01.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

QURILISH OBYEKTLARINING HAYOTIYLIK DAVRI. 1-QISM. UMUMIY TUSHUNCHALAR

Texnik shartlar

Rasmiy nashr

Ozbekiston standartlar instituti

Toshkent-2025


 
So‘z boshi

1. STQ 21 «Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi» Standartlashtirish boyicha texnik qomitasi tomonidan ISHLАB CHIQILDI.

2. Ozbekiston standartlar instituti tomonidan ____ yil _______ _____ -sonli buyrugi bilan TАSDIQLАNDI.

3. DАSTLАBKI АMАLGА KIRITILISHI.

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.

Ushbu standartni O‘zbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi O‘zbekiston standartlar institutiga tegishli.
 

Mundarija

O‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

Texnik shartlar

ЖИЗНЕННЫЙ ЦИКЛ СТРОИТЕЛЬНЫХ ОБЪЕКТОВ. ЧАСТЬ 1. ОБЩИЕ ПОНЯТИЯ

Технические условия

LIFE CYCLE OF CONSTRUCTION OBJECTS. PART 1. GENERAL CONCEPTS

Specification

Аmalga kiritish sanasi: __________ 

Mazkur milliy standart qurilish loyihalarini amalga oshirish jarayonida loyiha boshlanishidan qurilish obyektining ekspluatatsiyasigacha va uni utilizatsiya qilish (buzish) jarayonigacha bo‘lgan bosqichlarni qurilish ma’lumotlarini modellash (QMM) yordamida tizimlashtirishga oid bo‘lgan talablarni belgilaydi.

Izoh: Ushbu milliy standart talablari elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari, temir yol liniyalari, yollar, quvurlar va boshqa shunga oxshash inshootlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur O‘z MStda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:

ShNQ 1.04.03-23

“Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat kо‘rsatishni tashkil etish”;

ShNQ 2.01.16-21

“Turar-joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash”;

ShNQ 3.01.01-22

“Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish”;

QMQ 3.01.09-97

“Mukammal tamirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolari hamda inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari”;

SanQvaN 0022-22

“Qurilish ishlarini tashkil qilish bо‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;

O‘z DSt ISO 12006-2:2021

“Bino qurilishi – Qurilish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil etish. 2-qism: Tasniflash asoslari” (rasmiy manba: “Building construction — Organization of information about construction works. Part 2: Framework for classification”);

O‘z DSt ISO 15686-1:2021

“Binolar va qurilgan obyektlar - Xizmat muddatini rejalashtirish. 1-qism: Umumiy tamoyillar va asoslar” (rasmiy manba: “Buildings and constructed assets — Service life planning Part 1: General principles and framework”);

O‘z DSt ISO 22263:2021

“Qurilish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil etish - Loyiha ma’lumotlarini boshqarish uchun asos” (rasmiy manba: “Organization of information about construction works — Framework for management of project information”);

O‘z DSt ISO 29481-1:2021

“Qurilish axborot modellari – Axborotni yetkazib berish bo‘yicha qo‘llanma 1-qism: Metodologiya va format” (rasmiy manba: “Building information models — Information delivery manual. Part 1: Methodology and format”);

O‘z DSt ISO 16739-1:2018

“Qurilish va obyektlarni boshqarish sohalarida ma’lumotlar almashish uchun sanoat asoslari sinflari (IFC). 1-qism: Ma’lumotlar sxemasi” (rasmiy manba:  Industry Foundation Classes (IFC) for data sharing in the construction and facility management industriesPart 1: Data schema”).

3.1 Ushbu milliy standartda quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qo‘llanilgan:

Mukammal taʼmirlash

binoning ishonchliligini va unda qulay sharoitlarni taʼminlashga qaratilgan foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilagan holda qayta tiklash boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari majmui;

Ma’lumotlar konteynerlari (information container)

ilovaning fayl tizimi yoki maʼlumotlar ombori iyerarxiyasida taqdim etilgan, nomlangan va qayd etilgan maʼlumotlar toʻplami;

Kolliziya

ma’lumotlar modellaridagi bo‘limlar (tizimlar) obyektlarining/elementlarining rejalashtirilmagan kesishishi, shuningdek, elementlarning o‘zaro kesishmasdan yoki tegmasdan, bir-biriga nisbatan qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan joylashuvi;

Rekonstruksiya qilish

asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

3.2 Ushbu O‘z MStda quyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:

ABT

aktivni boshqarish tizimi;

AMM

aktivning ma’lumotli modeli;

ATXB

avtomatlashtirilgan texnik xizmat boshqaruvi;

BAT

binoning avtomatlashtirilgan tizimi;

BMT

buyurtmachining ma’lumotga oid talablari;

IFC

Industry foundation classes – QMMni taqdim etish uchun ochiq format;

KRR

korxona resurslarini rejalashtirish;

LAT

loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi;

LBR

loyihani bajarish rejasi;

LMM

loyihaning ma’lumotli modeli;

LOA – level of accuracy

QMM elementining aniqlik darajasi;

LOD – level of detail

Detallashganlik darajasi: LOD atamasi BIM elementidagi ma’lumotlar miqdorini bildiradi;

LOI – level of information

ma’lumotlar darajasi. Ushbu keng atama QMM elementi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni qamrab oladi;

OBAT

obyekt boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi;

QMM

qurilish ma’lumotlarini modellash (BIM: Building information modeling);

QOHD

qurilish obyektining hayotiylik davri.

4.1 QMM yordamida loyihalarni amalga oshirishda ma’lumot almashinuvi O‘z DSt ISO 12006-2:2021 talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.

4.2 Qurilish malumotlari uning kelajakda ishlatilishini hisobga olgan holda yaratilishi kerak. Bunda, qurilish ma’lumotlari quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi lozim [1], [8-10]: 

  • loyihalash;

  • qurilish;

  • ekspluatatsiya.

4.3 Qurilish obyektini yaratish bosqichida LMM, ekspluatatsiya bosqichida esa AMM yaratilishi kerak.

4.4 Malumotlar modeli strukturali va strukturasiz malumotlar konteynerlaridan iborat bo‘lishi kerak.

4.5 Ma’lumotga bolgan ehtiyoj darajasi har bir bosqichda elektron model bilan bogliq bolgan malumotning batafsil bayoni va hajmini belgilashi lozim.

4.6 Geometrik malumotlar boyicha elektron modelga qoyiladigan talablar LOD (detallash darajasi)da [6] belgilanish kerak.

4.7 Atributiv malumotlar boyicha elektron modelga qoyiladigan talablar LOI (malumot darajasi)da [6], [9] belgilanish kerak

4.8 Modelning aniqlik darajasi LOA (aniqlik darajasi) [9], [10] boyicha belgilanish kerak.

4.9 Qurilish ma’lumotlarni tashkil etish O‘z DSt ISO 22263:2021 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

5.1 Mazkur O‘z MStning 1-jadvalida keltirilgan qurilish obyektining hayotiylik davri bosqichlari qurilish obyektini yaratish tashabbusidan boshlab, qurilish obyektining mavjudligini tugatish (utilizatsiya qilish) vaqtigacha bolgan bosqichlarni oz ichiga olishi lozim [6]. 

1-jadval

Qurilish obyektining hayotiylik davri

QOHD davrlari:

QOHD bosqichlari:

1. Qurilish obyektini yaratish

Qurilishning loyiha oldi tayyorgarligi 

Qurilish loyihasini tayyorlash

Qurilish

2. Qurilish obyektini ekspluatatsiya qilish

Xizmat ko‘rsatish

Joriy ta’mirlash

Mukammal ta’mirlash

Rekonstruksiya

3. Qurilish obyektining mavjudligini tugatish

Likvidatsiya (yo‘q qilish)

6.1 Qurilishning loyiha oldi tayyorgarligi bosqichi quyidagilarni amalga oshirishdan boshlanadi [1]:

  • bo‘lajak qurilish obyekti joylashuvi va geologik muhitning hamda ekologik sharoitlarning tahlili [3];

  • arxitektura va shaharsozlik konsepsiyalarining variantlarini ishlab chiqish va taqqoslash;

  • qurilish investitsiyalarini asoslash maqsadida hajmiy-rejaviy yechimlarining texnik-iqtisodiy - ko‘rsatkichlarini aniqlash;

  • qurilish obyektiga qo‘yilgan talablarni yig‘ish, tahlil qilish va shakllantirish;

  • yer uchastkasini tanlash;

  • joyning tabiiy va texnogen sharoitlarini o‘rganish [5] uchun loyiha-qidiruv ishlari;

  • LAT orqali konseptual yechimlarni tasvirlash;

  • obyekt bo‘yicha ma’lumotlarni AMMga uzatish talablari tahlili va ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiyasi;

  • shu kabi obyektlar bo‘yicha xorijiy tajribasini hisobga olish.

6.2 Qurilishning loyiha oldi tayyorgarligi bosqichida QMM modeli kelajakdagi qurilish obyektining loyihaviy yechimlarini va joylashgan yer maydonini tasvirlash imkoniyatini taminlashi kerak. QMM modelidagi malumotlarn ushbu hayotiylik davr bosqichidagi belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lishi lozim.

6.3 QMM modeli quyidagi maqsadlar uchun ishlatilishi kerak [6]:

  • rejalashtirilayotgan qurilish obyekti hajmlarini, maydonlarini va orientatsiyasini [5] hisobga olgan holda umumiy samaradorlik mezonlari [3] asosida tahlil qilish;

  • hisoblangan maydon va hajmlar asosida taxminiy qiymatni baholash [1], [2];

  • qurilish obyektining malumotlar modellashtirish jarayonini rejalashtirish;

  • qabul qilingan eskiz yechimlarini vizualizatsiya qilish.

6.4 Qurilishga tayyorgarlikning loyiha oldi bosqichida quyidagi elektron hujjatlar shakllantirilishi mumkin:

  • BMT;

  • LBR;

  • eskiz loyiha;

  • texnik-iqtisodiy asoslash, qurilish loyihasini tayyorlash bosqichi uchun dastlabki ma’lumotlar.

6.5 Qurilish loyihasini tayyorlash bosqichi quyidagilardan tashkil topishi mumkin:

  • LMMni yangilash;

  • chizmalar va tasnifnomalarni chiqarish;

  • texnik yechimlarni tekshirish va baholash;

  • loyihalash bolimlarini ozaro fazoviy muvofiqlashtirish va kolliziyalarni tekshirish;

  • ish hajmini hisoblash va smeta qiymatini aniqlash;

  • muhandislik-texnik hisob-kitoblar;

  • qurilishni tashkil etish loyihasini (umumiy yirik tarmoq rejasini) ishlab chiqish [8];

  • qurilishning bosh rejasini ishlab chiqish [6];

  • loyihaviy yechimlarni tasvirlash [9];

  • umumiy yirik tarmoq rejasini ishlab chiqish;

  • QMM modelida loyihaviy yechimlarni tasvirlash.

6.6 LMMni ishlab chiqish jarayoni O‘z DSt ISO 15686-1:2021 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

6.7 LMMni yaratish quyidagilarni о‘z ichiga olishi mumkin:

  • hududni muhandislik jihatdan tayyorlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish shartlarini [5] o‘z ichiga olgan holda arxitekturaviy-rejalashtirish [8], [9];

  • qurilish rejalashtirilgan hududda muhandislik va kommunal taminot manbalariga ulanish.

6.8 Loyihalash bo‘limlarining tarkibi va matnli hamda grafik materiallarning hajmiga qo‘yiladigan talablar O‘z DSt ISO 29481-1:2021 ga muvofiq belgilanishi kerak.

6.9 Malumotlar modelidan foydalanish imkoniyatlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • loyiha hujjatlarini chiqarish;

  • ish hajmini oldindan hisoblash uchun uskunalar, mahsulotlar va materiallar bo‘yicha malumotlar olish;

  • kolliziyalarni tahlil qilish.

6.10 Ma’lumotlar modelidan foydalanishda olinadigan natijalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi [9]:

  • tarkibida qurilish obyektining elektron modeli mavjud bolgan loyihaning malumotli modeli (LMM);

  • loyiha hujjatlari.

6.11 QMM yordamida qurilishni tashkil etishda texnik xavfsizlik reglamentiga muvofiq qurilish obyektini yaratish uchun loyihaviy yechimlarni amalga oshirish, sinovlarni o‘tkazish kabi quyidagi jihatlarni oldindan belgilash lozim [6], [8]:

6.11.1 Amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar:

  • qurilishni rejalashtirish va boshqarish;

  • qurilish maydonini tayyorlash;

  • qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish;

  • qurilish maydonida mehnat va sanoat xavfsizligini monitoring qilish;

  • qurilish konstruksiyalari va mahsulotlarini ishlab chiqarish.

6.11.2 QMM modelidan foydalanish imkoniyatlari:

  • loyihaviy yechimlarni amaliy (faktik) natijalarga ko‘ra aniqlashtirish;

  • qurilishni rejalashtirish va boshqarish (ish hajmlari, texnologik ketma-ketlik va qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlarini aniqlash);

  • qurilish joyida tekshiruvlar o‘tkazish va qurilish jarayonini monitoring qilish;

  • qurilishning mualliflik va texnik nazoratini malumotlar bilan taminlash;

  • nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish, tizimlar va uskunalarni sinovdan otkazish;

  • muhandislik tizimlarini to‘g‘irlash va aniq sozlash;

  • loyihaning malumotli modelini (LMM) yangilanishi.

6.11.3 Natijalar:

  • qurilgan qurilish obyekti;

  • loyihaning malumotli modeli (LMM);

  • qurilish obyektining ijroiya elektron modeli (as-built model).

6.12 Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilishda ShNQ 3.01.01-22 hamda SanQvaN 0022-22 talablariga amal qilinishi lozim.

6.13 Qurilish obyektining ekspluatatsiya bosqichi uchun zarur bo‘lgan malumotlar LMMdan AMMga uzatilishi lozim [10].

6.14 Qurilish va obyektlarni boshqarish sohalarida ma’lumotlar almashish O‘z DSt ISO 16739-1:2018 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

6.15 Texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarish tizimi (ATXB, BAT, KRR) talablari va qurilish obyektining ma’lumotlarini boshqarish tizimiga (OBAT/ABT) integratsiya qilish vazifalariga muvofiq, aktivning ma’lumotli modeliga (AMM) IFC formatidagi ma’lumotlar va uch o‘lchovli modellar uzatilishi lozim [10].

6.16 Qurilish obyektining ekspluatatsiya bosqichida qurilish aktivini (obyektini) boshqarishga oid tizimlarni ishga tushirish amalga oshirilishi lozim.

6.17 Qurilish obyektining ekspluatatsiya muddatini rejalashtirish O‘z DSt ISO 15686-1:2021 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

7.1 AMMni tashkil qilish va uni kelgusidagi o‘zgarishlar (joriy ta’mirlash, mukammal ta’mirlash, qayta jihozlash va h.k.) uchun aktiv holatda saqlash UMM orqali amalga oshirilishi lozim.

7.2 Qurilish obyektining ekspluatatsiyasi davrida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va vazifalar quyidagicha belgilanishi kerak:

  • texnik xizmat ko‘rsatishni, joriy va mukammal tamirlash ishlarini rejalashtirish;

  • ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni monitoring qilish;

  • qurilish obyektining aktivlari (uskunalari)ni boshqarish.

7.3 Bino va uning elementlarini samarali foydalanishning hisobiy minimal davomiyligi ShNQ 1.04.03-23 ning 3-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.

7.4 QMM modelidan foydalanish imkoniyatlari quyidagicha belgilanishi lozim [7]:

  • ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni monitoring qilish natijasida olingan malumotlarni boshqarish;

  • aktivni o‘lchash jarayonida ma’lumotlarni muvofiqlashtirib va yangilab turish, shu jumladan, aktivning malumotli modelini (AMM) qayta ko‘rib chiqish jarayonlari;

  • avtomatlashtirilgan monitoring tizimi (mavjud bo‘lsa) yordamida qurilish obyektining holatini monitoring qilish;

  • favqulodda holatlarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida modellash va simulyatsiya qilish hamda ularga samarali javob berish ssenariylarini aniqlash (jumladan xavfsiz evakuatsiya yo‘llarini tanlash va boshqalar).

7.5 QMM yordamida mukammal ta’mirlashda quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • bino va inshootlarni tekshirish;

  • binoning eskirgan elementlarini tiklash yoki almashtirish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilash [7];

  • seysmik xavfli hududlarda binolar mustahkamligini oshirish, mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bilan bir vaqtda bino elementlarini seysmik mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;

  • eskirgan barcha konstruksiyalar va detallarni tuzatish, ularni qayta tiklash yoki almashtirish (tosh va beton poydevorlar, yuk kotaruvchi devorlar va karkaslarni toliq almashtirish bundan mustasno), ularni yanada uzoq muddatli va iqtisodiy jihatdan qulay bolgan, tamirlanayotgan binolarning ekspluatatsion korsatkichlarini yaxshilaydigan konstruksiyalarga almashtirish [2], [4]. Bunda, binoni yoki obyektni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq rekonstruksiya qilish, rejalashtirishni yaxshilash, xizmatlar soni va sifatini oshirish, zarur muhandislik uskunalari bilan jihozlash, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi [4], [7], [8];

  • binolarni termo-izolyatsiyalash (tashqi konstruksiyalarning issiqlik himoya xususiyatlarini oshirish boyicha ishlar);

  • ventilyatsiyasiz qoshma tomlarni ventilyatsiyali tomlarga ozgartirish [5];

  • davlat himoyasidagi yodgorliklarni tamirlash va restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirish;

  • binolardagi ichki xonalarni tamirlash.

7.6 Mukammal tamirlash ishlarini bajarish davrida bino yoki uning ayrim qismlari (agar ularning avtonomligi taminlanmagan bolsa) ekspluatatsiyasi vaqtincha toxtatilishi inobatga olinishi kerak [1]. 

7.7 Mukammal tamirlash ishlari ShNQ 1.04.03-23 ga muvofiq ikki asosiy turga bolinishi lozim:

  • kompleks mukammal tamir. Ushbu ishlar butun bino yoki inshootni (yoki alohida qismlarini – masalan, bir nechta qavatlarni) tamirlashni oz ichiga oladi;

  • tanlangan qismlarning mukammal tamiri. Bu holda binoning ayrim konstruksiyalari (poydevor, tom va h.k.) yoki muhandislik tizimlari (suv taminoti va isitish tarmoqlari, elektr taminoti va b.) tiklanadi.

7.8 Kompleks mukammal tamirlashda bir vaqtning ozida muhandislik tizimlarini almashtirish, poydevorni tiklash, yuk kotaruvchi konstruksiyalarni mustahkamlash, tomni almashtirish va hokazo ishlar amalga oshirilishi lozim.

7.9 Tanlangan qismlarning mukammal tamiri bino yoki inshootning umumiy texnik holati qoniqarli bolganda va faqat uning ayrim elementlarini almashtirish yoki tiklash talab qilinadigan holatlarda qollanilishi kerak.

7.10 Bino va inshootlarning mukammal tamiri boyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

  • texnik korikni otkazish, loyihalashtirilayotgan obyektlarning jismoniy va ma’nan eskirganligini aniqlash [2];

  • binolarni qayta rejalashtirish, funksional ozgarishlar, konstruksiya qismlarini, muhandislik tizimlarini almashtirish yoki yangidan o‘rnatish, atrof-muhitni obodonlashtirish va shu kabi boshqa loyiha yechimlari boyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash;

  • mukammal tamirning texnik-iqtisodiy asoslari;

  • mukammal tamirni tashkil etish loyihasini va ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqish [4].

7.11 QMM yordamida rekonstruksiya ishlarini tashkil etishda quyidagilarni ta’minlanishi kerak [1], [7]:

  • qurilish obyektining ichki rejasini o‘zgartirish va funksional maqsadini almashtirish;

  • obyektlarning funksional yuklamalarini oshirish;

  • bino va inshootlarning konstruktiv elementlarini mustahkamlash;

  • binolar hajmi va umumiy maydonlarini kengaytirish;

  • bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini optimallashtirish;

  • bino ichidagi turli funksional zonalarni ko‘chirish (kommunikatsiyalarni qayta yotqizish);

  • muhandislik imkoniyatlarini o‘zgartirish.

7.12 Binolarni (obyektlarni) rekonstruksiya qilishda quyidagilar amalga oshirilishi lozim:

  • bino mustahkamligiga ta’sir qilmaydigan xonalar rejasini o‘zgartirish;

  • tashqi tarmoqlarni o‘z ichiga olgan holda muhandislik uskunalari darajasini oshirish (magistral tarmoqlar bundan mustasno);

  • ijtimoiy-madaniy va kommunal maqsadlarda mavjud bino va inshootlarni kengaytirish yoki yangilarini qurish, shuningdek, loyiha doirasidagi asosiy bino va inshootlar bilan o‘rin almashuvchi yangi binolarni qurish.

7.13 Rekonstruksiya loyihasida quyidagilar inobatga olinishi lozim [1], [3]:

  • obyektning umumiy yoki qisman qayta tashkil etilishi hamda uning gabarit o‘lchamlari va texnik xususiyatlarini o‘zgartirish;

  • qo‘shimcha qurilish ishlarini (qavatlar qo‘shish va kengaytirish) bajarish;

  • muhandislik tarmoqlarini qayta qurish yoki to‘liq almashtirish;

  • ko‘taruvchi konstruksiyalarni mustahkamlash;

  • chordoqlarni mansardaga aylantirish.

7.14 Loyihalash ishlaridan avval binoning texnik holatini tekshirish ishlari amalga oshirilishi va konstruksiyalar, kommunikatsiyalar, muhandislik uskunalari holati haqida to‘liq ma’lumot olinishi kerak.

7.15 Ta’mirlash-qurilish ishlarining hajmi va turlari aniq bo‘lgandan so‘ng quyidagi barcha rekonstruksiya bosqichlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishi lozim [6], [8]:

  • konstruktiv elementlarni ishlab chiqish, ularni sinovdan o‘tkazish, mustahkamlash, xonalarni qayta rejalashtirish, ularning funksional maqsadini o‘zgartirish, konstruksiyalar va muhandislik uskunalarini almashtirish, hududni obodonlashtirish, bino fasadini bezatish va boshqalar.

7.16 Rekonstruksiya uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • texnik tekshiruv o‘tkazish, loyihalash obyektlarining jismoniy va ma’nan eskirish darajasini aniqlash;

  • loyiha yechimlariga asosan loyiha hujjatlarini tayyorlash, xonalarni qayta rejalashtirish, konstruksiyalarni almashtirish, yangi muhandislik tizimlarini o‘rnatish, hududni obodonlashtirish va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish;

  • rekonstruksiyani texnik-iqtisodiy asoslash;

  • rekonstruksiyani tashkil etish loyihasini va ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqish.

7.17 Bino va inshootlar rekonstruksiya qilinganidan keyin ularni ekspluatatsiyaga qabul qilish QMQ 3.01.09-97 talablari asosida amalga oshirilishi lozim.

8.1 QMM yordamida likvidatsiya jarayonini xavfsiz amalga oshirilishi maqsadida quyidagi jihatlarni inobatga olinishi lozim:

8.1.1 Amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar:

  • demontaj jarayonini tasvirlash;

  • ish joyida mehnat xavfsizligi va sanoat xavfsizligini monitoring qilish [5].

8.1.2 Buzish bo‘yicha texnik yechimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buzish usulining umumiy tavsifi;

  • QMM yordamida demontaj va buzish jarayonini modellash va tasvirlash;

  • muhandislik infratuzilmasiga, shu jumladan, foydalanishda bo‘lgan yerosti kommunikatsiyalariga zarar yetkazish ehtimolini baholash, zarurat tug‘ilganda esa infratuzilma obyektlari egalari bilan kelishilgan himoya yoki himoya moslamalari usullarini hisoblash va chizmalarini tuzish [2], [7];

  • xavfsizlik tadbirlarini ta’minlash;

  • chiqindilarni olib chiqish va ularni utilizatsiya qilish uchun yechimlar ishlab chiqish [8].

8.1.3 Natijalar:

  • qurilish obyektining xizmat muddati tugatilgandagi aktivning ma’lumotli modeli (AMM);

  • buzish ishlari bo‘yicha rejalar tuzishda QOEM ma’lumotlari.

8.2 Turar-joylarni QMM yordamida likvidatsiya jarayonini tashkil etishda SHNQ 2.01.16-21 talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.

(ma’lumot uchun)

Qurilish obyektlarining hayotiylik davri.
 1-qism. Umumiy tushunchalar

Qurilish obyekti hayotiylik davrining turli bosqichlaridagi jarayonlar kombinatsiyalari

1-jadval 

Qurilish obyekti hayotiylik davrlari

Qurilish obyekti hayotiylik davrining bosqichlari

Maqsadlari

QMM yordamida hal qilinadigan vazifalar

Qurilish obyektini yaratish

Qurilishning loyiha oldi tayyorgarligi (shu jumladan muhandislik izlanishlari)

Qurilayotgan obyektining aktiv sifatidagi maqsadga muvofiqligi, rentabelligi va samaradorligini aniqlash

1) Arxitektura va qurilish konsepsiyalari variantlarini ishlab chiqish va taqqoslash;

2) Qurilishga investitsiyalarni asoslash maqsadida texnik hajmiy-rejaviy yechimlarini aniqlash;

3) Bolajak qurilish obyektining joylashuvi, muhandislik-geologik va ekologik holatini tahlil qilish;

4) Qurilish uchun muhandislik izlanishlari;

5) Kontseptual yechimlarni tasvirlash.

Qurilish loyihasini tayyorlash

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va buyurtmachining talablariga hamda xavfsizlik boyicha texnik reglamentlarga javob berish

1) Chizmalar va tasnifnomalarni chiqarish;

2) Texnik yechimlarni tekshirish va baholash;

3) Loyihalash bo‘limlarini o‘zaro fazoviy muvofiqlashtirish va kolliziyalarni tekshirish;

4) Ish hajmlarini hisoblash va smeta qiymatini baholash;

5) Muhandislik-texnik hisob-kitoblar;

6) Keng qamrovli tarmoq grafigini ishlab chiqish;

7) QMM modelida loyihaviy yechimlarni tasvirlash.

Qurilish obyektini yaratish

 

Qurilish va montaj ishlari
 

Loyiha hujjatiga muvofiq qurilish obyektini yaratish

1) Qurilish konstruksiyalari va mahsulotlarini ma’lumotli modellash;

2) Qurilishning umumiy rejasini ishlab chiqish;

3) Geodezik taqsimlash (разбивка) ishlari;

4) Qurilishdagi geodezik nazorat;

5) Qurilishni rejalashtirish va boshqarish (hajmlar, texnologik ketma-ketlik va qurilish-montaj ishlari muddatlarini aniqlash).

Qurilish obyektini ekspluatatsiya  qilish. (rekonstruksiya / restavratsiya oz ichiga oladi)
 

Xizmat korsatish

Uzluksiz foydalanish samaradorligi va funksionalligini kafolatlash hamda foydalanish xarajatlarini kamaytirish

1) Texnik xizmat korsatish va tamirlashni rejalashtirish, sifat va tamir ishlari muddatlarini nazorat qilish;

2) Foydalanish xarakteristikalarini monitoring qilish natijasida olingan malumotlarni boshqarish;

3) Aktivlarni boshqarish;

4) Avtomatlashtirilgan monitoring tizimi yordamida qurilish obyektining holatini nazorat qilish;

5) Favqulodda vaziyatlarni modellash va ularga samarali javob berish ssenariylarini aniqlash (xavfsiz evakuatsiya yollarini tanlash va boshqalar).

Qurilish obyektining mavjudligini tugatish

 

Likvidatsiya

 

Ekologik talablar va inson hayoti xavfsizligi nuqtayi nazaridan qurilish obyektining xavfsiz likvidatsiyasini taminlash

 

1) Qurilish obyektini likvidatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va harakatlarga nisbatan ish hajmlarini hisoblash va smeta qiymatini baholash;

2) Demontaj jarayonini imitatsiya qilish va vizualizatsiya qilish;

3) Demontaj qilinayotgan inshoot maydonida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini monitoring qilish.

[1] ShNQ 1.04.03-23

“Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat kо‘rsatishni tashkil etish”;

[2] ShNQ 2.01.16-21

“Turar-joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash”;

[3] ShNQ 3.01.01-22

“Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish”;

[4] QMQ 3.01.09-97

“Mukammal tamirlanishi tugallangan turar joy va jamoat binolari hamda inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari”;

[5] SanQvaN 0022-22

“Qurilish ishlarini tashkil qilish bо‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;

[6] O‘z DSt ISO 12006-2:2021

“Bino qurilishi – Qurilish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil etish. 2-qism.

[7] O‘z DSt ISO 15686-1:2021

“Binolar va qurilgan obyektlar - Xizmat muddatini rejalashtirish. 1-qism.

[8] O‘z DSt ISO 22263:2021

“Qurilish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil etish - Loyiha ma’lumotlarini boshqarish uchun asos.

[9] O‘z DSt ISO 29481-1:2021

“Qurilish axborot modellari – Axborotni yetkazib berish bo‘yicha qo‘llanma 1-qism.

[10] O‘z DSt ISO 16739-1:2018

“Qurilish va obyektlarni boshqarish sohalarida ma’lumotlar almashish uchun sanoat asoslari sinflari (IFC). 1-qism.

MUT 224519 SUT 83.140.10

Muhim so‘zlar: axborotlar konteyneri, aktiv, ma’lumotli model, BIM, IFC, obyektning hayotiylik davri, ekspluatatsiya, mukammal taʼmirlash, kolliziya, rekonstruksiya.


© Standart ilova portali. All rights reserved.