main-logo

Loyiha yaratuvchi:

STQ "Temir yo'l transporti"

ID:

260

Muhokamaga chiqarish sanasi

24.07.2026

Yakunlanish sanasi

22.09.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O ‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

_____________________________________________________________________________

«TEPALIK SARALASH TORMOZ BOSHMOG ‘I 8739 V-00»

Umumiy texnik shartlar 

ANDIJON 

SO ‘ZBOSHI

  1.            «Andijon yuk vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJda ishlab chiqildi.

  1. «Andijon yuk vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJda  buyruq №       tasdiqlandi.       

  1. Ts 04868285-004:2016 o‘rniga

    4. DASTLABKI AMALGA KIRITILISHI. 

Ushbu milliy standartni va unga boʻlgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston hududida amalga kiritish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarda chop etiladi.

MUNDARIJA

1 QO‘LLANILISh SOXASI              .  .  .  .  .  .  .  .  .  .    ... ........................................1

2  STANDARTLARGA HAVOLALAR.  .  .  .  .  .  .  .  ...............................   .............1

3 TEXNIKAVIY  TALABLAR                      .  .  .  .  .  .  .  .  .  .   ..............................  2

4 XAVFSIZLIK TALABLARI VA ATROV MUXITNI

      MUXOFAZA QILISh                                 .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .    ..........................3

5  QABUL QILISh QOIDALARI                 .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .   ..  ..........................3

6 NAZORAT USULLARI                                   .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  . ......................... 4

7 IShLATISh BO‘YIChA KO‘RSATMALAR   .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  . .......................... 6

8 TRANSPORTDA TAShISh VA SAQLASh   .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  . ........................    5

9 IShLAB ChIQARUVChI KAFOLATLARI .  .  .  .  .  .  .  .  .  .  .   .......................... 5

   ILOVA А                                                              .  .  .  .   .   .    .    .   . ...................  6

   BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR        .  .  .  .  .  .  .   .  .  .  .....    ........................ 7

O‘ZGARTIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh VAROG‘I .  .  .     ..........................  8

O ‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

__________________________________________________________________________

UMUMIY TEXNIK SHARTLAR

«БАШМАК ТОРМОЗНОЙ ГОРОЧНЫЙ» 8739В-00

HUMP BRAKE SHOE 8739В-00

                                                 Kiritilish sanasi «____» ________ 2026y.

                                     Amal qilish muddati «____» _______20    y.

1 Qo‘llanilish sohasi

         Ushbu O ‘zbekiston milliy standarti tormozlash tapliklari, tepalik ostidagi yo ‘llar, manyovrli tortilgan yo ‘llar va yarimtepaliklarda yuk tashuvchi va boshka turdagi  vagonlarni tormozlash uchun ishlatiladigan, tepalik saralash tormoz boshmog‘i, 8739V-00 (keyinchalik - boshmog‘)ga taaluqlidir.

        Boshmoq minus  500  dan  plyus  500  gacha  havo  xaroratlari  diapazonida  ishlatish ishonchligini ta’minlash bilan GOST 15150 buyicha 1 joylashtirish toifasi uchun  U iklimiy bajarilishida ishlab chikarilgan bo‘lishi kerak.

     Ushbu texnikaviy shartlarning talablari majburiy hisoblanadi va sertifikatlashtirish uchun yaroqlidir.

         Maxsulotni boshqa xujjatlarda va (yoki) buyurtmada yozish misoli:

     « Tepalik saralash tormoz boshmog ‘i, 8739V-00» O‘zMSt 04868285-004: 2026.

2 Standartlarga havolalar 

Ushbu milliy standartda quyidagi normativ xujjatlarga havolalardan foydalanilgan.

МҲ белгиланиши

МҲ номланиши

ГОСТ 12.1.007-76

Вредные вещества. Классификatsiя и общие требования безопасности

ГОСТ 12.2.061-81

Оборудование производственное. Общие требования безопасности к рабочим местам

ГОСТ 12.2.062-81

Оборудование производственное. Ограждения защитные

ГОСТ 12.3.027-04

Работы литейные. Требования безопасности

ГОСТ 166-89

Штангенциркули. Технические условия

ГОСТ 977-88

Отливки из конструкционной нелегированной стали

ГОСТ 427-75

Рулетки измерительные металлические.

Технические условия

ГОСТ 14771-76

Дуговая сварка в защитном газе. Соединения сварные. Основные типы, конструктивные элементы и размеры

ГОСТ 15150-69

Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категории, условия эксплуататции, хранения и транспортирования

ГОСТ 19281-2014

Прокат из повышенной прочности.

Общие технические условия

ГОСТ 26645-85

Отливки из металлов и сплавов. Допуски размеров, массы и припуски на механическую обработку

Izoh: Ushbu standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (ozgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi. 

 3 Texnikaviy  talablar

        3.1  Tepalik saralash tormoz boshmog‘i  ushbu milliy standarti talablariga va 8739V-00 sonli konstruktorlik xujjatlari  to‘plamiga muvofiq bo‘lishi kerak.

        3.2  Asosiy parametrlari va tavsiflari 

        3.2.1 Boshmog‘ning asosiy o‘lchamlari va tavsiflari quyidagilarga muvofiq bo‘lishi kerak:

       a)  g‘ildiraklarning  yo‘l  qo‘yiladigan o‘q yuklanishi, t, ko‘p emas       28

       b)  uzunligi, mm                                                                                    495+5,0

           v)  kengligi, mm                                                                                    97+2.0

        g)  balandligi, mm                                                                                 148+1.5

        d)  og‘irligi, kg                                                                                      8,0+0.3

           ye) polozning ichki o‘lchami                                                                81+2,0 -1,0

Tepalik saralash tormoz boshmog‘ini umumiy ko‘rinishi ilovada keltirilgan.

        3.2.2 Polozning pastki yuzasi tekis bo‘lishi kerak. Tekislik qo ‘yimi – 2 mm dan ortiq emas.

        3.2.3 Boshmoq detallarida g‘udurlar tozalanishi va o‘tkir qirralari o‘tmastirilishi kerak.

        3.2.4 Parchinlash issiq usulda amalga oshirilsin.

        3.2.5Parchinlanadigan joylarida biriktiriladigan detallarning bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasligi ta’minlanishi kerak.

        3.2.6 Mixparchinlar sirg‘aluvchi qismning ishchi yuzasi bilan bir tekisda joylashgan yoki 1+1 mm chuqurlikka cho‘ktirilgan bo‘lishi kerak.

Parchilangan mixparchin metalining sirg ‘aluvchi qism yuzasiga chiqishiga yo ‘l qo ‘yilmaydi.

       3.2.7 Tayanch kolodkasi va sirg‘aluvchi qismning o‘zaro o‘qlilik quyimi – 2 mm dan ortik emas.

        3.2.8 Mixparchinlar orasidagi zonada tayanch kolodkasi va sirg‘aluvchi qism orasidagi ikki tomoni ochik tirqishlarga faqat o‘rta qismida yo‘l qo‘yiladi. Mixparchin boshchasi zonasidagi 0,5 mm shup mixparchin o‘zagigacha yetmasligi kerak.

       3.2.9 Kolodkaning qo‘yimlariga ega bo‘lmagan quyuv o‘lchamlari          GOST 26645 bo‘yicha qo‘yish aniqligi bilan bajarilgan bo‘lishi kerak.

       3.2.10 Kolodkaning yuzasida tuzatishsiz quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:

        -  6 mm gacha chukurlikdagi va 10 mm gacha maksimal o ‘lchamda yengillashtirish kamgaklarida kovaklar – ko ‘pi bilan beshta nuqson;

       -  4 mm gacha chuqurlikdagi va 6 mm gacha maksimal o ‘lchamda qolgan yuzalarida kavaklar – ko ‘pi bilan beshta nuqson;

       - quyma bo ‘linmasining yuzasi bo ‘ylab siljish- ko ‘pi bilan 2 mm;

       - butun yuzadan 10 % gacha 1sm2 maydonli uchtadan ortiq bo ‘lmagan nuqson chastotasi bilan gazli g ‘ovaklilik;

      - yengillashtirish kamgaklaridagi burchaklarda qirmoch mavjudligi.

   Ushbu milliy standartda o ‘rnatilgan chegaralardan chiqadigan nuksonlarni, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan tasdiqlangan, quyuv nuqsonlarini payvandlab yamashga yo ‘riqnomaga muvofiq payvandlab yamashga yo ‘l qo ‘yiladi.

        3.2.11 Payvandlash choklari GOST 14771 bo‘yicha bajarilishi kerak.

        3.2.12 Payvandlashdan keyin payvand choklari va chok atrofidagi zonalar toshqol,to‘pon va payvand katralaridan tozalanishi kerak.

       Asosiy metall bilan payvandlangan aloxida payvand katralariga yo ‘l qo ‘yiladi. Payvand birikmalari kuygan va teshilgan joylarsiz bo ‘lishi kerak.

        3.3      Xom ashyo, materiallar va xarid maxsulotlariga talablar

        3.3.1 Boshmog‘larni ishlab chiqarish uchun materiallar GOST 19281, GOST 1050 talablarini va ishlab chiqaruvchi  korxonalarning sifat muvofiqligi bilan tasdiqlanishi kerak.

        3.3.2 Barcha materiallar xisobga olish va ilova qilinadigan xujjatlarda tegishli belgi bilan GOST 24297 ga asosan texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan kirish nazoratida tekshirilishi kerak.

       3.3.3 Tayanch kolodkasining quymasi (1 bajarilish) GOST 977 buyicha 20L, 25L, 20GL, 20FL markalardagi po‘latdan tayyorlanishi kerak. 15L po ‘latdan tayyorlashga yo ‘l qo ‘yiladi.

       3.4 Butligi 

       3.4.1 Boshmog ‘ni yetkazib berish jamlanmasiga kiradi:

                 - tepalik saralash tormoz boshmog ‘i - 1 dona.                

        3.5 Tamg‘alash

        3.5.1 Xar bir boshmoqda TNB yakuniy qabulining belgisi va quyidagi tamg ‘a tushirilgan bo ‘lishi kerak:

                - ishlab chiqaruvchi zavodning shartli tartib raqami;

                - ishlab chiqarilgan yilining ikkita oxirgi raqami.

         3.5.2 Har bir boshmoqda TNB qabuli va tamg‘a– ishchi chizma 8739V-00 bo‘yicha bo‘lishi kerak.

        3.5.3 Boshmoqlarning tamg‘asi saqlash va ishlatish muddatlari davomida saqlanib qolishi kerak.

          3.6 O‘rab joylash

          3.6.1 Boshmog‘ o‘rab joylanmasdan ortib jo‘natiladi.

           4 Xavfsizlik talablari va atrov muxitni muxofaza qilish

            4.1 Boshmog‘ni  ishlab chiqarish jarayonida amal qilinishi kerak:

- ishlash xududidagi havoga sanitar-gigienik talab GOST 12.1.005 bo ‘yicha;

- zararli moddalarga GOST 12.1.007 bo ‘yicha;

- ishchi joylarga va jihozlarga havfsizlik talablari GOST 12.2.061 va GOST 12.2.062 bo‘yicha;

- ishlab chiqarish jarayonilariga havfsizlik talablari GOST 12.3.002 bo‘yicha;

- quyish ishlarini bajarish bo‘yicha havfsizlik talablari GOST 12.3.027 bo‘yicha;

 - atrof muhitni himoya qilish talablari GOST 17.2.3.02 bo ‘yicha.

5 Qabul qilish qoidalar

           5.1   Boshmog‘lar korxona  texnik nazorat bo‘limiga (TNB) to‘pi bilan qabul qilinadi. To‘pga bir materialdan, bir texnologik jarayon bo‘yicha qayddan o‘tgan boshmog‘lar soni qabul qilinadi.

          5.2 Boshmog‘lar GOST 15.309 bo‘yicha quyidagi tur sinovlarga jalb qilinadi.

     - qabul-qilish topshirish;

     - davriy;

    - namunali;

    - muvofiqlik.

         5.3. Qabul qilish – topshirish sinovlariga boshmog‘ 200 donadan ortiq bo‘lmagan hajm bilan to‘plarda taqdim etiladi. Sinovlarga to‘pdan 10% boshmoqlar qo‘yiladi.

      Qabul qilish – topshirish sinovlarining tarkibi va ketma- ketligi      1- jadvalda keltirilgan.

1 – jadval

Sinovlarning turi

Texnikaviy talablar

Sinov usullari

Asosiy parametrlari va tavsiflari

1.2

4.2

Xom ashyo, materiallar va xarid maxsulotlariga talablar

1.3

4.3

Butligi

1.4

4.6

Tamg‘alash

1.5

4.7

O‘rab joylash

1.6

4.8

5.4 Agar qabul qilish – topshirish sinovlari jarayonida 1-jadvalning bitta bo‘lsa xam talabi bo‘yicha qaysidir boshmog‘ning nomuvofiqligi aniqlansa, u bo‘yicha, o‘sha to‘pdan olingan, boshmog‘larning ikki xissa miqdorida sinovlar o‘tkazilishi kerak.

       Agar takroriy sinovlarda qoniqarsiz natija olinsa, ushbu to ‘pdagi barcha boshmoqlar sinaladi. Sinovlarga dosh bermagan boshmoqlar nuqsonlarini bartaraf qilish uchun qaytarib yuboriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish TP 04868285-11:2012 texnologik jarayonga asosan amalga oshiriladi.

       5.5 Boshmog‘ning davriy sinovlarida quyidagilarni tekshirish kerak:

og‘irligi,tashqi o‘lchamlari, yo‘l qo‘yiladigan o‘q yuklanishi.

       5.6 Davriy sinovlar qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tgan va tayyor maxsulot omboridan olingan,ixtiyoriy tanlab olingan uchta boshmog‘da  uch yilda  bir marotaba o‘tkaziladi.

       5.7 Davriy sinovlarni buyurtmachining ishtiroki bilan ishlab chiqaruvchi korxona o‘tkazadi. Davriy sinovlarning natijalari O ‘z. Dst 15.001 ga muvofiq. bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

       5.8 Namunali sinovlari tuzilshiga yoki tayyorlash texnologiyasiga iste’molchi bilan  kelishilgan dastur bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar kiritilsa uni samarodorligini va  maqsadga muvofiqliligi  baxolash uchun o‘tkaziladi.

       5.9 Boshmog ‘ni sertifikatlash sinovlari O ‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlash tizimining akkreditatsiyalangan labaratoriyasida milliy standartiga mos kelishi barcha ko ‘rsatkichlari bo ‘yicha o ‘tkaziladi.

            6 Nazorat usullari

         6.1 Ushbu milliy standart va konstruktorlik xujjatlari to‘plamiga maxsulotning muvofiqligini tekshirish ishlab chiqaruvchi korxonaning texnologik jarayoniga asosan tashqi ko‘rib tekshirish va tegishli o‘lchov asbobi bilan amalga oshiriladi.

        6.2 Boshmog ‘o ‘lchamlari (3.2.1 band) GOST 427 bo ‘yicha 0-500 mm bo ‘lgan jazvar bilan tekshiriladi.

        6.3 Sirpanma qism bilan tayanch kolodkasi orasidagi bo ‘shliq №T914.21.000 andoza bilan tekshiriladi.

        6.4 Payvand choklari va chok atrofidagi zonalar toshqol, to ‘pon va payvand qatralaridan tozalanishi (3.2.12 band) tashqi ko ‘rish orqali tekshiriladi.

        6.5 Parchinlangan birikmalarini sifatini (3.2.4,3.2.5 band) tashqi ko ‘rish orqali tekshiriladi.

        6.6 Boshmog ‘ni tayyorlash uchun materiallarning muvofiqligi (3.3 bandi) ishlab chiqaruvchi korxonalarning sertifikatlari yoki ularning sifatini tasdiqlovchi boshqa xujjatlar bo ‘yicha tekshiriladi.

       6.7 Boshmog ‘ni butligini (3.4 band) tashqi ko ‘rish orqali tekshiriladi.

       6.8 Boshmog ‘ni tamg ‘alashni va o ‘rashni (3.5, 3.6 band) tashqi ko ‘rish orqali tekshiriladi.

           7 Ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar

           7.1 Saralash tepaliklarida boshmog‘ni ishlatish ushbu milliy standart va stansiya boshliqlari tomonidan tasdiqlangan maxalliy yo‘riqnomalarga asosan quyidagicha  amalga oshiriladi:

             - vagonlarning boshmog ‘da yo ‘l qo ‘yiladigan kirish tezligi – 4,5 m/s, yo ‘l qo ‘yiladigan sirg ‘anish - 35 m;

     - tormozlanadigan vagonlar g ‘ildiraklarining diametri – 830-950 mm;

    -  boshmoqning ish zonasida  relslarning qo‘llanadigan turi – R50,R65,R75;

    - boshmoqni ishlatish zonasidagi yo ‘llarning qiyshik, joylarini maksimal yo ‘l qo ‘yiladigan radiusi- 140 m;

    -boshmoqni ishlatish zonasidagi yo‘llarning yo‘l qo‘yiladigan qiyaligi- 30%;

    - boshmoqning ish zonasidagi tutashgan joylarda relslar satxlarining maksimal yo‘l qo‘yiladigan  xar xilligi – 5 mm;

    - mixparchinlar zonasida sirg‘aluvchi qismning qalinlikdan 30% dan ortiq yeyilishiga ega bo‘lgan boshmoqni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi;

    - 75 mm dan oshadigan kattalikka yumalatib yurgizish oqibatida relslar boshchalarining kengayishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

      

          8 Transportda tashish va saqlash

           8.1  Boshmoqlar xarakatdagi yuk tashish qoidalariga mos ravishda  trasportning xar qanday turida tashiladi.

           8.2  Boshmoqni saqlash sharoitlari – omborxonalarda  GOST 15150  bo‘yicha EJ-2 guruxi bo‘yicha.

         9 Ishlab chiqaruvchi kafolatlar

      9.1 Iste’molchi  tomonidan trasportda tashish, ishlatish va saqlash shartlariga rioya qilinishida, ishlab chiqaruvchi ushbu tashkilot standarti talablariga boshmoqning muvofiqligini kafolatlaydi.

     9.2 Maxsulotni foydalanish kafolat muddati foydalanishga kiritilgan kundan boshlab  - 6 oy.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ilova А

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tormozlash gorka boshmog ‘i, 8739 V-00

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bibliografik ma’lumotlar

SMT 45.080 

_________________________________________________________________________________________

            Muhim so‘zlar: Asosiy so‘zlar: boshmoq, texnik talablar, qabul qilish qoidalari, nazorat qilish usullari, o‘rash, tamg‘alash

 

O‘ZGARTIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh ВAROG‘I

 

O‘zg.

Вaraqlar (betlar)tartib raqami

 

Hujjatdagi barcha вaraqlar (betlar)

Hujjat     №

Hujjatning kirish tartib raqami

Imzo

Sana

o‘zgartirilgan

almashtirilgan

yangi

Bekor qilingan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


© Standart ilova portali. All rights reserved.