main-logo

Loyiha yaratuvchi:

STQ "Temir yo'l transporti"

ID:

259

Muhokamaga chiqarish sanasi

24.07.2026

Yakunlanish sanasi

22.09.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

0

Barcha Izohlar

0


O ‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

_____________________________________________________________________________

«TEPLOVOZ ELEKTR DOMKRATI, DET-160A»

Umumiy texnik shartlar 

“Andijon yuk vagonlarini kurish va ta’mirlash zavodi” AJ

ANDIJON

SO‘Z BOShI

  1. “Andijon yuk vagonlarini kurish va ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan va kiritilgan.

  2. “Andijon yuk vagonlarini kurish va ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan tasdiqlangan.

  3. Ts 04868285-014:2016 o‘rniga

  4. O’zDSt 1.6:2013 «O‘zbekiston Davlat standartlatirish tizimi. Me’yoriy xujjatlar. Tuzishga. Bayonlashga va belgilanishga qo‘yilgan umumiy talablar». Talablariga muvofiq.

Mundarija

1.   Qo‘llanilishi sohasi                                                    ………………. . .. ...................1

2.   Me’yoriy xujjatlarga xavololar                                  ……………….. ...................... 1

3.   Texnikaviy talablar                                                       ………………..  ...................3

4.   Xavfsizlikka doir talablar                                              ……………..... ................... 4

5.   Qabul qilish qoidalari                                                  ………………......................  6

6.   Nazorat usullari                                                              ……………….................... 8

7.   Transportda tashish va saqlash                                      ………………..................   .8

8.   Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar                               ………………. .................  .9

9.   Ishlab chiqaruvchi kafolatlari                                        ………………......................9

10. Ilova A ................................................................ .................................................      10

11. Bibliografik ma’lumotlar                                     ................................................        11

10. O‘zgarishlarni qayd qilish varaqasi                               ………………....................  12

O ‘ZBEKISTON MILLIY STANDARTI

__________________________________________________________________________

«TEPLOVOZ ELEKTR DOMKRATI, DET-160A»

UMUMIY TEXNIK SHARTLAR

«ДОМКРАТ ЭЛЕКТРИЧЕСКИЙ ТЕПЛОВОЗНЫЙ, ДЭТ-160А»

ОБЩИЕ ТЕХНИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ

ELECTRIC LOCOMOTIVE JACK, DET-160A
 
GENERAL TECHNICAL SPECIFICATIONS

        Kiritilish sanasi «____» ________ 20   y.

                                                              Amal qilish muddati «____» _______  20    y.

1  Qo‘llanilish sohasi

Ushbu milliy standart (O‘zMSt) temir yo‘l korxonalarida, depolarda teplovozlarni, sisternalarni, platforma va refrejeratorlarni ta’mirlashda ko‘tarish va tushirish uchun mo‘ljallangan umumiy yuk ko‘tarishi 160 t, to‘rtta domkratdan tashkil topgan (har birini yuk ko‘tarishi 40 t dan, matnda – domkrat ) teplovoz elektr domkratlari,   DET-160A ga taalluqlidir.

Domkratlar GOST 15150 ga asosan, tayyorlanish toifasi U, joylashish toifasi ishlash sharoiti uchun 2, shartli guruhi 3 bo‘lishi kerak.

Ushbu milliy standart talablari majburiy hisoblanadi va sertifikatlashtirish uchun yaroqlidir. Mahsulotni boshqa hujjatlardagi  va (yoki) buyurtmada yozish misoli:          «Teplovoz elektr domkrati, DET-160A, O‘zMSt 04868285-014:2026».

  1. Me’yoriy xujjatlarga havolalar

              Ushbu standartda quyidagi normativ xujjatlarga havolalardan foydalanilgan.

МХ белгиланиши

МХ Номланиши

ГОСТ 9.014-78

ЕСЗКС. Временная противокоррозионная защита изделий. Общие требования

ГОСТ 9.402-2004

ЕСЗКС. Покрытия лакокрасочные. Подготовка металлических поверхностей перед окрашиванием

ГОСТ 12.1.003-2014

Система безопасности труда. Шум. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.1.012-2004

ССБТ. Вибрaционная безопасност. Общие требования

ГОСТ 12.1.030-81

Система стандартов безопасности труда. Электробезопасност. Защитное заземление, зануление

ГОСТ 12.2.003-91

ССБТ. Оборудование производственное. Общие требования безопасности

 

ГОСТ 12.3.002-75

ССБТ. Процессы производственные. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.3.005-75

ССБТ. Работы окрасочные. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.3.009-76

ССБТ. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности

ГОСТ 12.4.026-2015

ССБТ. Цвета сигналные и знаки безопасности

ГОСТ 15.309-98

СРПП. Испытания и приемка выпускаемой продукции. Основные положения

ГОСТ 400-80

Термометры стеклянные для испытаний нефтепродуктов. Технические условия

ГОСТ 977-88

Отливки сталные. Общие технические условия

ГОСТ 1033-79

Смазка, солидол жировой. Технические условия

ГОСТ 1759.0-87

Болты, винты, шпилки и гайки. Технические условия

ГОСТ 2930-62

Приборы измерителные. Шрифты и знаки

ГОСТ 2933-83

Аппараты электрические низковолтные. Методы испытаний

ГОСТ 3242-79

Соединения сварные. Методы контроля качества

ГОСТ 6465-76

Эмали ПФ-115. Технические условия

ГОСТ 7409-2009

Вагоны грузовые магистралных железных дорог колеи 1520 мм. Технические условия для разработки технологий получения лакокрасочных покрытий

ГОСТ 7502-98

Рулетки измерителные металлические. Технические условия

ГОСТ 14771-76

Дуговая сварка в защитном газе. Соединения сварные. Основные типы, конструктивные элементы и размеры

ГОСТ 15150-69

Машины, приборы и другие технические изделия. Исполнения для различных климатических районов. Категории, условия эксплуатaции, хранения и транспортирования в части воздействия климатических факторов внешней среды

ГОСТ 16523-97

Прокат тонколистовой из углеродистой стали качественного и обыкновенного качества общего назначения. Технические условия

ГОСТ 20799-88

Масла индустриалные. Технические условия

ГОСТ 23170-78

Упаковка изделий машиностроения. Общие требования

ГОСТ 24297-2013

Верификaция закупленной продукции. Организaция проведения и методы контроля

ГОСТ 26035-83

Счетчики электрической энергии переменного тока электронные.

Общие технические условия

ГОСТ 26272-98

Часы электронно-механические кварцевые наручные и карманные. Общие технические условия

Izoh: Yuqorida ko‘rsatilgan standartlarni qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy yilning 1-yanvar holatiga tuzilgan standartlar klassifikatori bo‘yicha tekshirish maqsadga muvofiq.

3 Texnikaviy talablar

3.1. Domkrat ushbu milliy standart talablariga va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan DET-160A.00.00.000SP spesifikatsiyaga asosan konstruktorlik hujjatlar to‘plamiga  mos kelishi kerak.

3.2 Asosiy ko‘rsatkichlar va xarakteristikalari

 3.2.1 Domkratni asosiy ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va tavsiflari 1-jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlarga va 1-rasmga mos kelishi kerak.

1-jadval

Ko‘rsatkichlar nomi 

Ko‘rsatkichlar qiymati

1.Domkrat jamlanma soni, dona

4

  2. Yuk ko ‘tarishi:  kN (kgf), ortiq emas

- jamlanmaning; 

- bir dona domkratning.

 

1600 (160000)

400 (40000)

  3. Suriluvchi balkaning yuk vintini o ‘qidan maksimal chiqishi, mm, ortiq emas

930±5,0

  4. Yuk maydonining minimal balandligi, mm                                   

800±5,0

  5. Yuk maydonining maksimal balandligi, mm

2600±5,0

  6. Yuk karetkasining yurishi, mm, ortiq emas

1800

  7. Ko ‘tarish tezligi, mm/min                

266 ±6

  8. Dvigatel turi:

-quvvati, kW

-kuchlanish,V           

tok chastotasi, Hz

aylanish chastotasi, r/min, ortiq emas           

Asinxron elektrli

7,5

220 / 380

50

1000

  9. Reduktor turi

 

Reduktor uzatishlar nisbati

Silindrli to‘rt pog‘onali

60

  10. Ish tartibi (ko‘tarish- tushirish)

1 soatda 1sikldan ko‘p emas

   11.Elektr energiya sarfi (1 sikl uchun), kW·h, ortiq emas 

0,8

   12. Bir dona domkratning gabarit o‘lchamlari, mm, ortiq emas:

      -uzunligi;                                              

      -kengligi;

      -balandligi.                                                  

 

1772

1050

3327

  13. Bir dona domkratning og ‘irligi, kg, ortiq emas 

2087   

  14. Jamlanma og ‘irligi, kg, ortiq emas            

8348

  15. Rad etishlar kelib chiqish ko ‘rsatkichi, %, ortiq emas

0,002

  16. Tayyorlik koeffitsienti, %, kam emas 

0,92

3.3 Konstruksiyaga talablar

3.3.1 Domkrat  konstruksiyasi ta’mir ishlari olib borilganda havfsizlikni ta’minlashi kerak.

3.3.2 Yuk  vinti to‘g‘ri burchakli rezbali qilib tayyorlanishi va og‘ir, to‘siqli podshipniklarda aylanishi kerak.

3.3.3 Asos qismi butun payvandlangan bo ‘lishi kerak.

3.3.4 Karetka va yuk maydonini chekka holatida avariya to ‘xtatish va yorug ‘lik signallari bilan ta’minlangan bo ‘lishi kerak.

3.3.5 To ‘rt domkrat jamlanmasi baravariga ishlashi kerak.

3.3.6 Domkratlarni boshqarish bitta boshqarish pultidan amalga oshirilishi kerak.

3.3.7 Konstruktorlik hujjatlariga domkrat sifatini pasayishiga ta’sir qilmaydigan, tarkibiy qismlari va detallarini o ‘zaro almashuvchanligi buzilmagan hollarda o ‘zgartirish kiritilishi mumkin.

3.3.8 Konstruktorlik hujjatdan vaqtinchalik chetga chiqish, uni mustahkamligiga ta’sir ko ‘rsatmaydigan, po ‘lat qismlarning markalarini o ‘zgarishi, mahsulotni mustahkamliligiga va chidamliligiga, tovar ko ‘rinishiga ta’sir etmaydigan o ‘zgartirishlar, xar bir holat uchun korxona rahbari yoki bosh muxandisining yozma buyrug ‘i bilan ruxsat etiladi.

3.3.9 Domkrat yuksiz o ‘z holiga ishlatib ko ‘rilib, chiniqtirilishi kerak.

3.3.10 Domkrat tayyor bo ‘lgandan so ‘ng 25 foiz ortiq yuk bilan yuk ko ‘tarishga statik va dinamik sinovdan o ‘tishi kerak.

3.4 Payvand birikmalarga talablar

3.4.1 Payvand birikmalar ushbu milliy standartga va chizmalar talablariga javob berishi kerak.

3.4.2 Payvand ishlaridan so ‘ng payvand choklari sachratma, kuyindilardan tozalangan bo ‘lishi kerak. Asosiy metall bilan payvandlangan joylarda sachratmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Hamma payvand birikmalar kuyiksiz va teshiksiz bo‘lishi kerak.

3.4.3 Xamma payvand choklari uzluksiz bo‘lishi kerak. Uzluksiz choklarni uzlukli choklarga almashtirish taqiqlanadi.

3.4.4 Og‘ir yuklanuvchi qismlarni payvandlash GOST 14771 bo‘yicha himoya gaz muhitida bajarilishi kerak.

3.5 Xom ashyo, materiallar va xarid mahsulotlariga talablar

3.5.1 Asosiy ishlab chiqarishdagi hamma materiallar texnik hujjatlarda ko ‘rsatilgan standartlar, texnikaviy shartlar talablarini qondirishi va ishlab chiqargan korxona sifatini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.

3.5.2 Hamma materiallar GOST 24297 ga asosan texnik nazorati bo ‘limi (TNB) tomonidan kirish nazoratidan o ‘tishi, hamda kuzatuvchi va qayd qilish xujjatlariga mos belgi qo ‘yilishi lozim.

3.5.3 Ko ‘rig qismda jamlanmani kuzatuvchi hujjat va unda belgilangan ko ‘rsatgichlar bo ‘yicha barcha sotib olingan mahsulotlar kirish nazoratidan o ‘tkaziladi.

3.6 Ishlov berishga talablar

3.6.1 Domkratni ishlov beriladigan detallarining o‘lchovlari, chetga chiqishlari va yuza silliqliklari chizmalarda ko‘rsatilganga mos kelishi kerakазмеры, допуски и шероховатость обрабатываемых поверхностей деталей  домкрата должны соответствовать указанным в чертежах.
 
ней,.

3.6.2 Ishlov berilgan yuzalarda qipiqlar, o ‘yilishlar va mexanik shikastlar bo ‘lmasligi kerak. Detallarda o‘tkir qirralari o‘tmas qilinishi kerak.

3.6.3 Termik ishlovdan so ‘ng detallar kuyindi va moydan tozalangan bo ‘lishi kerak. Notekis toblanish, yoriqlar va o‘ta kuydirish izlariga yul qo‘yilmaydi.

3.6.4 Domkratni quyma detallari GOST 977 va konstruktorlik hujjatlariga mos ravishda tayyorlanishi kerak.

3.6.5 Quyma detallarda yoriqlar ruhsat etilmaydi va to‘g‘rilashga jalb qilinmaydi.

3.7 Boltli birikmalarga talablar

3.7.1 Detallarning rezbalari GOST 1759.0 bo‘yicha silliq, qipiqlarsiz, yirtiqlar va boshqa mustahkamligiga salbiy ta’sir etuvchi nuqsonlarsiz bo‘lishi kerak 3.7.2 Boltli birikmalarda bolt uchlari 2 rezbadan kam bo‘lmagan, bolt diametridan ko‘p bo‘lmagan kattalikda chikib turishi kerak.

3.7.3 Shplintlar shohchalari 45-900 o‘zaro oraliqga ega bo‘lishi kerak.

3.8 Qoplamaga talablar

3.8.1 Metal yuzalarni bo‘yashdan oldin GOST 9.402 bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib boriladi, bunda tozalash darajasi 3 dan kam bo‘lmasligi kerak.

3.8.2 Qoplama GOST 7409 talablariga mos kelishi kerak.

3.8.3 Bo ‘yashni GOST 6465 bo ‘yicha sariq rangdagi PF-115 bo ‘yoq bilan bajarilishi kerak.

3.8.4 Ogohlantiruvchi signal bo ‘yog ‘i va ranglarni ishlovi GOST 12.4.026 ga asosan bajarilishi kerak.

3.8.5 Bo ‘yash ishlari texnologik jarayoni tugatilgandan so ‘ng qoplama sifati nazorat qilinadi.

3.9 Yig ‘ishga talablar

3.9.1 Mahsulotni, bajarilgan operatsiyalarni nazoratini oldindan ko ‘zlagan xolda, chizma va texnologik jarayon bo ‘yicha yig ‘ish kerak.

3.9.2 Hamma ishqalanuvchi detallar yuzasi yig ‘ish paytida GOST 1033 bo ‘yicha solidol bilan qoplanishi kerak.

3.9.3 Reduktor belgilangan sath bo ‘yicha industrial moy GOST 20799 bilan to ‘ldirilishi kerak.

3.9.4 Kuchli tok uzatuvchi zanjirlarni qarshilik izolyatsiyasi 0,5W kam bo ‘lmasligi kerak. Izolyatsiya qarshiligini o‘lchash GOST 2933 ga mos ravishda o‘tkaziladi.

3.10 Ishonchlilik talablari

3.10.1 Domkratni belgilangan xizmat muddati 3 yildan kam emas.

3.10.2 Kapital ta’mir o ‘tkazish muddatini iste’molchi tomonidan aniqlanadi.

3.11 Butligi

3.11.1 Yetkazib berish jamlanmasiga quyidagilar kirishi kerak:

            - DET-160A-00.00.000 spesifikatsiyaga asosan jamlangan 4 dona domkrat; 

            - pasport.

3.12 Tamg ‘alash

3.12.1 Tamg ‘alash mazmuni DET-160A-00.00.000.-01 “Tablichka” chizmaga mos kelishi kerak:

            - ishlab chiqaruvchi korxona nomi;

            - mahsulotning shartli belgisi;

            - tashkilot standarti belgisi;

            - O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan - O‘zbekistonda sotish uchun,

              Made in Uzbekistan – eksportga sotish uchun;

            - domkratni yuk ko‘tarishi;

            - domkratni ko‘tarish balandligi;

            - milliy muvofiqlik belgisi;

            - ishlab chiqarilgan oy va yil;

            - TNB tamg ‘asi;

            - domkrat tartib raqami;

            - kafolatli ishlatish  muddati.

3.12.2 Tamg‘alash DET-160A.00.00.000-01 chizmasiga muvofiq 0,8 mm 3 markali po‘lat  GOST 16523 markali po‘lat taxtachasiga urilishi va domkrat yon tomoni yuzasiga mahkamlanishi kerak.

3.12.3 Tamg ‘alashni zarb bilan urish usulida bajariladi.

3.12.4 Tamg ‘ani GOST 2930 bo ‘yicha PO-4 dan kam bo ‘lmagan shrift bilan tamg ‘alansin.

3.13 O ‘rab joylash

3.13.1 Domkrat DET-160A-00.00.000 o ‘ralmasdan yetkaziladi.

3.13.2 Kuzatuvchi xujjatlar GOST 23170 bo ‘yicha o ‘ralishi kerak.

  4 Havfsizlik talablari va atrof muhitni muhofaza qilish

4.1 Domkratlarni tayyorlashda, o‘rnatishda, sinov vaqtida va foydalanish jarayonida GOST 12.1.003-83, GOST 12.1.012-2004, GOST 12.1.030-81, GOST 12.2.003, GOST 12.3.002, GOST 12.3.005, GOST 12.3.009 talablariga to‘la mos ravishda va havfsizlik

talablari va ishlab chiqarish sanitariyasiga amaldagi qoidalarga javob bergan xolda bajarilishi kerak.

4.2 Domkrat konstruksiyasi xizmat qiluvchilar uchun qulay va havfsiz bo‘lishi, shuningdek jihozlarni ko‘zdan kechirish, ularni ta’mirlashda, qo‘yilishida va ajratishda qulay bo‘lishi lozim.

4.3 Domkrat staninasida yerga sim ulash uchun bolt va GOST 12.2.003 bo ‘yicha yerga ulash belgisi bo ‘lishi kerak.

4.4 Hamma tashqi elektr o ‘tkazgichlar quvur yoki metall yenglar ichidan o ‘tkazilishi lozim. Havo taglikka ruhsat etiladi.

4.5 Metall yenglar va quvurlar ichida simlarda  ulanish ruhsat etilmaydi.

4.6 Domkratni karetkasini ko‘tarish mexanizmi chekka holatlarda avtomatik to‘xtatish uchun chekka o‘chirgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

4.7 Ishga o ‘qishdan va tegishli instruktajdan o ‘tgan ishchilar jalb qilinishi kerak.

4.8 Taqsimlovchi to ‘siqda GOST 12.4.026 ga asosan “Ehtiyot bo ‘ling, elektr kuchlanish” ogohlantiruvchi belgi kiritilsin.

4.9 Domkrat ishlab chiqarishda atrof muhitni iflos qilmaydigan va uni saqlash maqsadda tadbirlarni oldindan ko ‘zlovchi texnologik jarayon qabul qilinishi kerak.

4.10 Domkrat konstruksiyasi foydalanish va ta’mirlash jarayonida o ‘rab turgan tabiat muhitini ifloslanishdan saqlashi lozim.

5 Qabul qilish qoidalari

5.1 Domkartni ushbu milliy standartga va DET-160A.00.00.000 spesifikatsiyaga asosan konstruktorlik hujjatlar jamlanmasiga mos kelishini ishlab chiqaruvchi korxona texnik nazorati xizmati (TNB) tomonidan GOST 15.309 ga mos ravishda qabul qilish-topshirish, davriy va sertifikatlashtirish sinovlari o ‘tkazilishi lozim.

5.2 Qabul qilish-topshirish sinovlariga har bir domkrat jalb qilinadi. Qabul kilishga domkratlar to‘pi bilan taqdim etiladi. To‘p to‘rtta domkratdan tashkil topgan bo‘lishi kerak.

5.3 Korxona TNB tomonidan GOST 24297 talablariga mos ravishda kelayotgan jamlanuvchi mahsulotlarni kirish nazoratini amalga oshiradi.

5.4 Qabul qilish-topshirish sinovini tarkibi va ketma-ketligi 2-jadvalda keltirilgan.

                                                                                                                2-jadval

Sinov turi

Texnik talablar

Sinov

usuli

Mahsulotni texnikaviy shartlar va konstruktorlik hujjatlarga mos kelishini tekshirish 

3.6; 3.7; 3.9

6.1; 6.2

Payvand birikmalarni tekshirish

3.3.3; 3.4

6.5

Yig‘ilishini tekshirish

3.9

6.9

Qoplama sifatini tekshirish 

3.8

6.6; 6.7

Butlovchi qismlar va materiallar

3.5

6.8

Domkratni chiniqtirish

3.3.5; 3.3.9

6.11

Yuk ko‘tarishiga sinov o‘tkazish

3.3.10

6.12; 6.13

Suriluvchi balkaning yuk vintini o‘qidan maksimal chiqishi

3.3.4

6.3

Yuk maydonining minimal balandligi                                  

3.3.4

6.4

Yuk maydonining maksimal balandligi

3.3.4

6.4

Ko‘tarish tezligi

3.3.10

6.14

Massasini tekshirish

3.2

6.10

Tamg‘alash

3.12

6.16

O‘rab joylash

3.13

6.17

5.5 Agar qabul qilish-topshirish sinovlari jarayonida domkratni ushbu milliy standartga, DET-160A 00.00.000 konstruktorlik hujjatga mos kelmasligi aniqlansa, unda aniqlangan nuqsonlar to‘g‘rilanishi lozim. Shundang so‘ng qabul qilish-topshirish sinoviga qayta jalb qilinishi lozim.

5.6 TNB tomonidan qabul qilingan domkratga pasport to ‘ldirilishi kerak.

5.7 Domkratni davriy sinovdan uch yilda bir marotaba o ‘tkaziladi.

Davriy sinovda domkratlarni ushbu milliy standartiga va konstruktorlik hujjatlarga mos kelishini tekshirish maqsadida qabul qilish-topshirish sinovidan o‘tgan bir komplekt domkrat jalb qilinadi.

5.8 Davriy sinovlarda 3.3.3, 3.9.4 bandlar, 1-jadval: 3, 4, 5, 6, 7, 11 bandlar talablariga domkratlarni mos kelishini nazorat qilinadi.

5.9 Davriy sinovlarda qoniqarsiz natija olinganda uni sabablari aniqlanadi va nuqsonlarni to ‘g ‘rilash ishlari o ‘tkazilishi kerak.

Davriy sinov to‘g‘rilangan yoki nuqson va uni kelib chiqish sabablari tadbirlari bajarilgandan so‘ng qayta tanlangan domkratlarda o‘tkaziladi.

5.10 Namunali sinovlari konstruksiyaga yoki tayyorlash texnologiyasiga istemolchi bilan kelishilgan dastur bo ‘yicha sezilarli o ‘zgarishlar kiritilsa uni samardorligini va maqsadga muvofiqliligi baholash uchun o ‘tkaziladi.

        Namunali sinovlari natijalari buyicha dalolatnoma yoki bayonnoma tuziladi.

5.11 Sertifikatlash sinovlari O ‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlash tizimining akkreditatsiyalangan laborotoriyada barcha ko ‘rsatgichlar bo ‘yicha o ‘tkaziladi.

6 Nazorat usullari

6.1 Mahsulotni ushbu tashkilotning milliy standartiga va konstruktorlik xujjatlar jamlanmasiga mos kelishini tashqi ko ‘rish orqali tekshiriladi.

6.2 Tashqi gabarit o ‘lchamlari GOST 7502 bo ‘yicha R20I2K yoki R30NK ruletka bilan o ‘lchash orqali amalga oshiriladi.

  6.3. Suriluvchi balkaning yuk vintini o‘qidan maksimal chiqishi GOST 7502 bo‘yicha  R20I2K yoki R30NK ruletka bilan maksimal chiqgan xolatda o‘lchash orqali amalga oshiriladi.

  6.4. Yuk maydonining yer sathidan minimal va  maksimal balandligi GOST 7502 bo‘yicha  R20I2K yoki R30NK ruletka bilan minimal pastga tushgan va maksimal ko‘tarilgan xolatda o‘lchash orqali amalga oshiriladi.

6.5 Payvand choklari nazorati tashqi ko ‘rish va GOST 3242 bo ‘yicha bajariladi. Katetlarni o‘lchash va payvand choklarini kuchaytirilganligi noaniqligi 1 mm dan ortiq bo‘lmagan o‘lchash asbobi bilan amalga oshiriladi.

6.6 Qoplamani tekshirish tashqi ko ‘rish orqali amalga oshiriladi.

6.7 Bo ‘yash sifatini GOST 7409 talablariga mos ravishda tekshiriladi.

6.8 Domkratni tayyorlash uchun materiallar va jamlanuvchi mahsulotlarni mos kelishini pasporti, sifat muvofiqligi, texnik yaroqliligi dalolatnomasi va boshqa ularni sifatini tasdiqlovchi xujjatlarga asosan tekshiriladi.

6.9 Yig ‘ilishini tekshirish tashqi ko ‘rish orqali amalga oshiriladi.

6.10 Domkrat massasini aniqlash GOST 23711 bo ‘yicha torozida tortish yo ‘li bilan aniqlanadi.

6.11 Domkratlarni chiniqtirishda o ‘z holiga yuksiz karetkani yuqori va pastki chekka o ‘chirgichlargacha uch marotabadan kam bo ‘lmagan siklda ko ‘tarib tushirish orqali amalga oshiriladi.    

6.12 Yuk ko ‘tarishga statik sinov o ‘tkazishda domkratga 50 tonna yuk qo ‘yib 10 min davomida elektron-mexanik yoki kvars soatidan GOST 26272 bo ‘yicha foydalanib ushlab turish bilan amalga oshiriladi.

6.13 Yuk ko‘tarishga dinamik sinov o‘tkazishda domkratga 50 tonna yuk qo‘yib, yuk karetkasini yuqori va pastki o‘chirgichgacha uch marotabadan kam bo‘lmagan holda ko‘tarib tushiriladi.

Bunda elektrodvigatelni, reduktorni, chekka o‘chirgichlarni va domkratni  umumiy ishlashi tekshiriladi.

           Domkrat sinovdan o‘tdi hisoblanadi, agarda statik va dinamik sinovdan so‘ng mexanizmlarni ishlashida rad etishlar, ezilish, yoriqlar bo‘lmasa, elektrodvigatel, reduktor qizib ketmasa va boshqa ziyonlar aniqlanmasa.

          Reduktor moy vannasidagi maksimal harorat 70 0S dan ortmasligi kerak.

          Moy vannasidagi  harorat GOST 400 bo‘yicha oynali termometr bilan tekshiriladi.

6.14 Ko ‘tarish tezligi (1-jadval,7 band) GOST 26272 bo ‘yicha elektron-mexanik soat yordamida tekshiriladi.

6.15 Elektr energiya sarfi (1-jadval, 11-band) GOST 26035 bo ‘yicha hisoblagich bilan tekshiriladi.

6.16 Tamg‘alash  tashqi ko‘rish orqali amalga oshiriladi.

6.17 O‘rab joylash tashqi ko‘rish orqali amalga oshiriladi.

7  Transportda tashish va saqlash

7.1 Domkratlarni tashish va saqlash ushbu milliy standartga, GOST 15150 talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.

7.2 Domkratlarni tashishda butligini, shikast yetkizmay va tashilganda yuklash-tushirish ishlarida iflos bo‘lmasligini ta’minlagan holda istalgan masofaga, istalgan transport turida tashish mumkin.

7.3 Domkratlarni joylashtirish va mahkamlash «Temir yo‘l platformalarda yuklarni joylashtirish va mahkamlash texnikaviy shartlar» ga mos ravishda amalga oshirilishi kerak. Tashishda faqat tik holatda ruhsat etiladi.

7.4 Domkratlar GOST 15150 ga asosan saqlash shartlari guruhi 3 bo‘yicha yopiq omborxonalarda saqlanishi kerak. Domkratlar saqlashdan oldin GOST 9.014 bo‘yicha konservatsiyaga duchor qilinadi.

7.5 Domkratlar saqlanganda yog‘och tagliklarga o‘rnatiladi.

8  Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

8.1 Domkratlar  ushbu milliy standartda va pasportida ko‘rsatilgan rejim va sharoitlarda foydalanishi kerak.

  8.2 Domkratlar GOST 15150 bo‘yicha ko‘rsatilgan foydalanish sharti guruhi 3 uchun harorat o‘zgarishi ta’sirchanligiga chidamli bo‘lishi kerak.

8.3 Foydanilganda «Yuk ko‘tarish mashinalardan havfsiz foydalanish va qurilma qoidasi», «Iste’molchini elektr qurilmalardan texnik foydalanishi qoidalari» talablari bajarilishi kerak.

9  Ishlab chiqaruvchi kafolatlari

9.1 Har bir domkrat ishlab chiqaruvchi korxona texnik nazorati bo‘limi (TNB) tomonidan qabul qilingan bo‘lishi kerak.

9.2 Ishlab chiqaruvchi korxona domkratlarni ushbu tashkilotning milliy standarti talablariga, texnik hujjatlar jamlanmasiga mos kelishini iste’molchi tomonidan texnikaviy shartlarda o‘rnatilgan foydalanish shartlari, tashish va saqlashga amal qilingan xolda kafolat beradi.

9.3 Mahsulotni foydalanish kafolat muddati foydalanishga kiritilgan kundan boshlab – 12 oy.

Ilova A

Bibliografik ma’lumotlar

SMT 45.060.20 

_____________________________________________________________________________

            Muhim so‘zlar: Asosiy so’zlar: domkrat, texnik talablar, qabul qilish qoidalari, nazorat qilish usullari, o’rash, tamg‘alash.

O‘ZGARTIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh ВAROG‘I

 

O‘zg.

Вaraqlar (betlar)tartib raqami

 

Hujjatdagi barcha вaraqlar (betlar)

Hujjat     №

Hujjatning kirish tartib raqami

Imzo

Sana

o‘zgartirilgan

almashtirilgan

yangi

Bekor qilingan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


© Standart ilova portali. All rights reserved.