main-logo

Loyiha yaratuvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirligi qoshida STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita

ID:

254

Muhokamaga chiqarish sanasi

21.07.2026

Yakunlanish sanasi

19.09.2026

Hujjatni umumiy izohlari

0

Bandlardagi izohlar

1

Barcha Izohlar

1


OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI

KERAMIK (KERAMIK GRANITLI) PLITALAR

TEXNIK SHARTLAR

Rasmiy nashr

Oʻzbekiston standartlar instituti

Toshkent

Soʻz boshi

1. STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan ISHLAB CHIQILDI.

2. O‘zbekiston standartlar institutining  ______yil____-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANDI.

3. O‘z DSt 3461:2020 OʻRNIGA AMALGA KIRITILDI

Ushbu milliy standartni va unga bo‘lgan o‘zgartishlarni O‘zbekiston hududida amalga

kiritish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish haqidagi axborot Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlarda chop etiladi.

Ushbu standartni Oʻzbekiston hududida rasmiy tarqatish mutlaq huquqi Oʻzbekiston standartlar institutiga tegishli.

II

Mundarija

1

Qoʻllanish doirasi

1

2

Standartlarga havolalar

1

3

Atamalar va taʼriflar

2

4

Asosiy parametrlari va o‘lchamlari

2

5

Texnik talablar

3

6

Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari

7

7

Qabul qilish qoidalari

7

8

Nazorat usullari

9

9

Transportda tashish va saqlash

10

10

Ishlab chiqaruvchining kafolatlari

11

 

A ilova (normativ) Sifat pasporti shakli

12

Bibliografik maʼlumotlar

13

III

OʻZBEKISTON MILLIY STANDARTI

Texnik shartlar

Плиты керамические (керамогранитные)

Технические условия

Ceramic (ceramic granite) plates

Specifications

Amalga kiritish sanasi ___ ________202_ yil.

1 Qoʻllanish doirasi

Ushbu standart 1180 °C va undan yuqori haroratda keyinchalik kuydirish bilan yarim quruq presslash usulida tayyorlangan keramogranit plitalar va plitkalarga (keyingi o‘rinlarda plitalar deb ataladi) tavsiya etiladi, ular quyidagi maqsadlarga mo‘ljallangan:

- turli maqsadlarga mo‘ljallangan binolar va inshootlarni yangi qurishda, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda qo‘llaniladigan binolarning shamollatiladigan fasadlarini o‘rnatish uchun;

- barcha turdagi bino va inshootlarning xonalari ichidagi, lodjiyalari va balkonlaridagi pol qoplamalari;

- barcha turdagi bino va inshootlar devorlarining ichki qoplamasi;

- barcha turdagi bino va inshootlarning poydevorlari, fasadlari, tashqi devorlarini qoplash.

Ushbu standart texnik talablarni, qabul qilish, saqlash qoidalarini va plitalarni sinash usullarini belgilaydi.

Ushbu standart yuqori harorat, agressiv muhit ta’siriga uchraydigan yuzalarni qoplash uchun mo‘ljallangan, shuningdek, konsentrlangan kislota va ishqorlar ta’siriga uchraydigan pollarni qoplash uchun mo‘ljallangan buyumlarga tavsiya etilmaydi.

2 Standartlarga havolalar

Ushbu standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi:

ГОСТ 12.3.009-76

Система стандартов безопасности труда. Работы погрузочно-разгрузочные. Общие требования безопасности

ГОСТ 9142-2014

Ящики из гофрированного картона. Общие технические условия

ГОСТ 9570-2016

Поддоны ящичные и стоечные. Общие технические условия

ГОСТ 14192-96

Маркировка грузов

ГОСТ 22225-76

Контейнеры универсальные массой брутто 0,625 и 1,25 т. Технические условия

ГОСТ 25951-83

Пленка полиэтиленовая термоусадочная. Технические условия

 

Пакеты транспортные. Формирование с применением средств пакетирования. Общие технические требования

Rasmiy nashr

 

 

ГОСТ 26663-85

Плитки керамические. Методы испытаний

ГОСТ 27180-2019

Материалы и изделия строительные. Определение удельной эффективной активности естественных радионуклидов

O'z DSt 3460:2020

Полы. Метод оценки скользкости покрытия

 

Izoh - Ushbu milliy standartdan foydalanishda Standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytlari va standartlarning yillik axborot ko‘rsatkichlariga muvofiq standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilinishi tekshirilishi kerak. Agar havola qilingan standart almashtirilgan (o‘zgartirilgan) bo‘lsa, unda ushbu standartdan foydalanishda almashtirilgan (o‘zgartirilgan) standartga amal qilish kerak. Agarda havola qilinayotgan standart almashtirilmasdan bekor qilingan bo‘lsa, unga havola qilingan qoida ushbu havolaga taalluqli bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.

3 Atamalar va taʼriflar

Ushbu milliy standartda quyidagi atamalar hamda ularning tegishli ta’riflari qo‘llanilgan.

3.1 rektifikatsiyalangan plitalar: Qirralari mexanik ishlovdan o‘tkaziladigan, kalibri bo‘yicha bir xil, chetlari tekis va minimal chok bilan yotqizilishi mumkin bo‘lgan plitalar.

3.2 kalibrlangan plitalar: Haqiqiy o‘lchamlari bo‘yicha saralangan plitalar.

3.3 nominal o‘lcham: Og‘ish hisobining boshi bo‘lgan plita o‘lchamining berilgan qiymati.

3.4 kalibr (ishlab chiqarish o‘lchami): Ushbu standart yoki texnik shartlar bilan belgilangan ruxsat etilgan chegaralar doirasidagi plitalarning haqiqiy o‘lchami. 

3.5 ton: Tayyorlangan buyumning yakuniy rangi yoki tusi.

3.6 qattiqlik: Materialning unga boshqa qattiqroq jismning kirishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati.

4 Asosiy parametrlari va o‘lchamlari

4.1 Turlari

4.1.1 Qo‘llanish sohasiga qarab plitalar fasad qoplamali, xonalar ichidagi devorlarni qoplash uchun va polbop plitalarga bo‘linadi.

4.1.2 Plitalar old yuzasining turiga qarab glazurlangan, qisman glazurlangan, glazurlanmagan, to‘liq yoki qisman sayqallangan, sayqallanmagan, silliq va bo‘rtma yuzali bo‘lishi mumkin.

4.1.3 Qirralarga ishlov berish darajasiga ko‘ra plitalar rektifikatsiyalangan va rektifikatsiyalanmagan bo‘lishi mumkin.

4.2 Plitalarning shartli belgisi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- mahsulotning nomi “Keramogranit plita”;

- texnologik hujjatlarga muvofiq millimetrlardagi o‘lchamlar (uzunligi, kengligi, qalinligi) va kalibr;

- harfli belgi: GS - glazurlangan sayqallangan plita; GY - glazurlangan yaltiramaydigan plita; GMS - glazurlanmagan sayqallangan plita; GMJ - glazurlanmagan yaltiramaydigan plita;

- tasdiqlangan etalon-namuna yoki ranglar katalogiga muvofiq rang (zarurat bo‘lganda) yoki “rangli” so‘zi;

- ushbu standartning belgilanishi.

O‘lchamlari 600 x 600 mm, qalinligi 9,5 mm, 01 kalibrli, - glazurlangan va sayqallangan keramogranit plitaning shartli belgilanishiga misol:

GS 601x601x9,5/01 rangli qoplamali plita

O‘zMSt ____:202_

4.3 Asosiy parametrlar va o‘lchamlar

4.3.1 Plitalar shakli bo‘yicha kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, uzunligi bo‘yicha nominal o‘lchamlari 200 dan 1200 mm gacha, kengligi bo‘yicha 300 dan 1200 mm gacha qilib tayyorlanadi.

Plitalarning nominal qalinligi - 7,0 mm dan kam emas.

4.3.2 Plitalarning yon qirralari yumaloqlashtirilmagan yoki yumaloqlashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Plitalarning yumaloqlashtirish radiusi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.

Yumaloqlashtirish radiusining qiymati yaroqsizlik belgisi hisoblanmaydi.

4.3.3 O‘lchamlar va shakllarning chegaraviy og‘ishlari

4.3.3.1 Plitalar o‘lchamlarining uzunligi va eni bo‘yicha nominal o‘lchamlardan chegaraviy chetlanishlari kalibrlar jadvaliga mos kelishi, qalinligi bo‘yicha esa ±0,5 mm dan oshmasligi kerak.

Bir to‘plamda faqat bir kalibrli plitalar bo‘lishi kerak.

4.3.3.2 Plitalar shaklining to‘g‘ri to‘rtburchakdan og‘ishi (qiyshiq burchaklilik), qirralarning qiyshayishi, sirt yuzasining tekislikdan og‘ishi (sirtning egriligi) 1,5 mm dan oshmasligi kerak.

4.3.4 Plitalarning montaj yuzasida g‘adir-budirliklar bo‘lishi kerak. G‘adir-budurliklarning o‘lchamlari, shakli va sonini ishlab chiqaruvchi korxona texnologik hujjatlarda belgilaydi, bunda g‘adir-budurliklarning balandligi (chuqurligi) 0,5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.

Binolarning poydevorlari, fasadlari va tashqi devorlarini qoplash uchun mo‘ljallangan plitalar maxsus yelimlarga yotqizilganda “qaldirg‘och dumi” profilining montaj yuzasida chuqurligi 2 mm dan kam bo‘lmagan g‘adir-budirliklar bo‘lishi kerak.

5 Texnik talablar

5.1.1 Plitalar ushbu standart talablariga mos kelishi va ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan tasdiqlangan texnologik hujjatlar bo‘yicha tayyorlanishi kerak.

5.1.2 Tashqi ko‘rinishga qo‘yiladigan talablar

5.1.2.1 Plitalar yuzasining rangli yechimi tasdiqlangan namuna-etalonlarga mos kelishi kerak.

Rang tuslari va faktura (rasm) dagi farqlar tartibga solinmaydi.

5.1.2.2 Plitalarning tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlar va ularga qo‘yiladigan talablar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Nuqson turi

Me’yor

Yuzasidagi siniq joylar

Ruxsat etilmaydi

Yuz tomonidagi qirralardagi o‘yiqlar, kemtiklar

Eni 1 mm dan, umumiy uzunligi esa 10 mm dan oshmasligi mumkin

Qoplamasiz joylar

Ruxsat etilmaydi

Dog‘lar

Ruxsat etilmaydi

Mayda nuqsonlar

1 m masofadan ko‘rinmaydiganlariga ruxsat etiladi.

Begona aralashmalar

1 m masofadan ko‘rinmaydiganlariga ruxsat etiladi.

Mayda teshikchalar

1 m masofadan ko‘rinmaydiganlariga ruxsat etiladi.

Glazuradagi pufakchalar, bo‘rtmalar va qaynatilish izlari

Ruxsat etilmaydi

Glazuraning to‘lqinsimonligi va chuqurchalari

Ruxsat etilmaydi

Yopishib qolgan joylar

Ruxsat etilmaydi

Yoriqchalar uzunligi, mm, ko‘p emas

-10 mm

Glazurani bo‘yashdagi notekisliklar, naqshning noaniqligi, bo‘yoqlarning yetarli kuymaganligi, erish izlari, glazuraning quruqligi

Ruxsat etilmaydi

Dekor buzilishlari (dekor bo‘yog‘ining uzilishi, dekorning siljishi, rang intensivligining buzilishi)

1 m masofadan ko‘rinmaydiganlariga ruxsat etiladi.

Izohlar

1 Dekorativ effektni yaratishda glazurning to‘lqinsimonligi, naqshning botiqligi yoki qavariqligi, xiraligi, rang tuslari va turli xil glazurlarning uyg‘unligiga ruxsat etiladi.

2 Silliqlangan plitalar uchun umumiy maydoni 2 santimetrdan oshmaydigan to‘liq silliqlanmagan joylar ruxsat etiladi.

3 Plitalarning silliqlangan yuzasida 1 t masofadan ko‘rinmaydigan bitta tirnalishdan ortiq bo‘lmagan joy bo‘lishiga ruxsat etiladi.

4 Ushbu jadvalda keltirilgan buyumlarning tashqi ko‘rinishi xususiyatlari plitalarning turi va qo‘llanilish sohasiga qarab texnologik hujjatlarda aniqlashtirilishi va to‘ldirilishi mumkin.

5.1.2.3 Plitadagi ruxsat etilgan nuqsonlarning umumiy soni uchtadan oshmasligi kerak.

5.1.3 Fizik-mexanik ko‘rsatkichlar

5.1.3.1 Barcha turdagi bino va inshootlarning poydevorlari, fasadlari, tashqi devorlarini qoplash va binolarning shamollatiladigan fasadlarini qurish uchun mo‘ljallangan plitalarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

2-jadval

Ko‘rsatkich nomi

Qiymati

Suv shimuvchanligi, %, ko‘pi bilan

0,5

Egilishga mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida

35

Glazuraning termik zarbalarga chidamliligi, sikllar, kamida

10

Sovuqqa chidamliligi, sikllar, kamida

150

Sovuqqa chidamlilik sinovlaridan so‘ng (150 sikl) egilishga mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida

25

Mooc shkalasi bo‘yicha qattiqligi, kamida*

6

* Relyefli yuzali plitalar uchun aniqlanmaydi.

5.1.3.2 Binolar ichidagi devorlarni qoplash uchun mo‘ljallangan plitalarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari 3-jadvalda keltirilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

3-jadval

Ko‘rsatkich nomi

Plitalar uchun qiymat

Glazurlanmagan

Glazurlangan

Suv shimuvchanligi, %, ko‘p emas

0,5

Egilishga mustahkamlik chegarasi, MPa, kam emas

35

Glazurning termik chidamliligi, °C, glazur bilan qoplangan plitalar uchun:

— oq rangli

— rangli

 

 

-

 

 

150

125

Mooc shkalasi bo‘yicha qattiqligi, kamida*

6

5

* Relyefli yuzaga ega plitalar uchun aniqlanmaydi.

5.1.3.3 Pollarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan plitalarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari 4-jadvalda keltirilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

4-jadval

Ko‘rsatkich nomi

Plitalar uchun qiymat

Glazurlanmagan

Glazurlangan

Suv shimuvchanligi, %, ko‘p emas

0,5

Egilishga mustahkamlik chegarasi, MPa, kam emas

35

Yedirilishga chidamliligi (kvars qumi bo‘yicha), g/cm, ko‘p emas

0,18

-

Yedirilishga chidamlilik darajasi

-

3 dan kam emas

Glazurning termik chidamliligi, °C, glazur bilan qoplangan plitalar uchun:

— oq rangli

— rangli

 

 

-

 

 

150

125

Mooc shkalasi bo‘yicha qattiqligi, kamida*

6

5

Ishqalanish koeffitsiyenti Kdinamik ishqalanish , Kstatik ishqalanish , kame mas **

0,35

* Relyefli yuzaga ega plitalar uchun aniqlanmaydi.

** Ishqalanish ko‘rsatkichi pol qoplamalarini barpo etish uchun mo‘ljallangan sayqallangan plitalar uchun iste’molchining talabiga ko‘ra aniqlanadi.

5.1.4 Glazur ГОСТ 27180 bo‘yicha N 1-3 eritmalari ta’siriga kimyoviy chidamli bo‘lishi kerak. Sinovlardan so‘ng glazur yaltiroqliligining yo‘qolishiga, rang tusi va dekorativ qoplama yaltiroqliligining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

5.2 Xomashyo va materiallarga qo‘yiladigan talablar

5.2.1 Xomashyo va materiallar plitalarni tayyorlash uchun yaroqli bo‘lishi, ularga qo‘yiladigan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Materiallarning sifati tegishli sifat hujjati yoki sertifikat bilan tasdiqlanishi kerak.

5.2.2 Xomashyo va materiallarning tabiiy radionuklidlarining Asam solishtirma samarali faolligi ГОСТ 30108 ga muvofiq 370 Bk/kg dan oshmasligi kerak.

5.2.3 Foydalanishdan oldin materiallar korxonada belgilangan tartibga muvofiq kirish nazoratidan o‘tkazilishi shart.

Plitalarni tayyorlash uchun sifatsiz materiallar va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5.3 Tamg‘alash

5.3.1 Har bir plitaning montaj yuzasiga ishlab chiqaruvchi korxonaning tovar belgisi tushirilishi lozim.

5.3.2 Plitalarni belgilash quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

- ishlab chiqaruvchi korxonaning savdo belgisi va manzili;

- nominal o‘lchamlar;

- qutidagi plitalar soni, dona (dona);

- sertifikatlangan mahsulotni yetkazib berishda tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- og‘irlik;

- mahsulotni identifikatsiyalovchi tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.

Zarur hollarda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni bir necha tilda yozishga ruxsat etiladi.

5.3.3 Tamg‘a bevosita o‘ramga yoki o‘ramga yopishtiriladigan yorliqqa tushirilishi mumkin.

5.3.4 Ishlab chiqaruvchi korxona qadoqqa ushbu standart talablariga zid bo‘lmagan va mahsulot hamda ishlab chiqaruvchini identifikatsiyalash imkonini beruvchi qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.

5.3.5 Transport paketini shakllantirishda qadoqlash birliklari tamg‘asi ko‘rinadigan tarzda joylashtirilishi kerak.

5.3.6 Transport qadoqlash - ГОСТ 14192 bo‘yicha.

5.3.7 Agar plitalar namlikdan himoyalanmagan karton idishga joylangan bo‘lsa, har bir yuk joyiga “Ehtiyot bo‘ling, mo‘rt,” “Namlikdan saqlang” manipulyatsiya belgilari qo‘yilishi kerak.

5.3.8 Yorliq va unga tushirilgan tamg‘a plitalarni saqlash va tashishning butun muddati davomida va yuklash-tushirish ishlarida saqlanishi kerak, bunda tamg‘alash oson o‘qiladigan bo‘lishi kerak.

5.4 O‘rab joylash

5.4.1 Bir xil turdagi, rangdagi va rasmdagi plitalar ГОСТ 9142 bo‘yicha karton qutilarga qadoqlanadi, yog‘och tagliklarga joylashtiriladi va ГОСТ 25951 bo‘yicha issiqlikka chidamli plyonka yoki cho‘zma plyonka bilan qadoqlanadi.

Mahsulotlarni boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tayyorlangan karton yashiklarga (qutilarga) joylashga ruxsat etiladi, bunda ularning mustahkamlik xususiyatlari ГОСТ 9142 talablaridan past bo‘lmasligi kerak. Plitalarni tashish va yuklash-tushirish ishlarida ularning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa turdagi qadoqlarni qo‘llashga ruxsat etiladi.

5.4.2 Yog‘och va karton yashiklarga plitalar vertikal ravishda bir-biriga zich qilib joylashtirilishi va zarurat bo‘lganda mixlab qo‘yilishi kerak.

5.4.3 Yashik tagliklarga oldindan taxlamlarga yig‘ilgan, qog‘ozga o‘ralgan plitalar joylashtiriladi. 

Plitalar vertikal holatda yotqizilishi kerak.

5.4.4 Yog‘och yoki karton yashiklarga qadoqlangan plitalar konteynerlarga yoki yassi tagliklarga joylanadi.

5.4.5 Transport paketlarini shakllantirish - ГОСТ 26663 bo‘yicha.

5.4.6 Qadoqlash saqlash, tashish va yuklash-tushirish ishlarida plitalarning saqlanishini ta’minlashi kerak. Qadoqning butunligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

6 Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari

6.1 Plitalar yong‘inga va portlashga xavfsiz.

6.2 Plitalarning gigiyenik xavfsizligi xom ashyo tarkibiy qismlariga sanitariya-epidemiologik xulosalarning mavjudligi bilan belgilanadi.

6.3 Plita chiqindilarini utilizatsiya qilish yoki yo‘q qilish atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

7 Qabul qilish qoidalari

7.1 Plitalarni qabul qilish to‘plar bilan amalga oshiriladi.

To‘plar bir xil turdagi, rangdagi, rasmdagi, bir xil texnologiya bo‘yicha tayyorlangan, bir xil materiallardan tayyorlangan va sifat to‘g‘risidagi bitta hujjat (pasport) bilan rasmiylashtirilgan plitalardan iborat bo‘lishi kerak. To‘plamning hajmi bitta texnologik liniyaning smenali ishlab chiqarishidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

7.2 Plitalarning sifati barcha texnologik parametrlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish jarayonida ta’minlanadi, jumladan:

- xomashyo va materiallarning kirish nazorati;

- operatsion ishlab chiqarish (texnologik) nazorati.

7.3 Plitalarning ushbu standart talablariga muvofiqligini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchi korxona qabul qilish-topshirish va davriy sinovlarni o‘tkazadi.

7.4 Sinovlarni tasodifiy tanlash usuli bilan o‘tkazish uchun to‘pning turli joylaridan 5-jadvalga muvofiq plitalar (namunalar) soni tanlanadi.

5-jadval - Sinovlar o‘tkazish uchun olinadigan plitalar (namunalar) soni

Ko‘rsatkich nomi

Olinadigan plitalar (namunalar) soni, dona.

Sinov turi

Nazoratning davriyligi

Qabul qilish-topshirish

Davriy

Tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari

25

+

-

Har bir to‘pda

Rifelli va montaj yuzasi balandligi

Nominal o‘lchamlar va shakldan chetlanishlar

Qalinliklar farqi

Qiyshiqlik (to‘g‘ri burchakdan chetlanish)

Old (yuzaki) sirtining egriligi

Suv shimuvchanligi

3

+

-

Egilishga mustahkamlik chegarasi

5

-

+

Har chorakda bir marta

Yedirilishga chidamliligi

5

-

+

Glazuraning termik chidamliligi

3

-

+

Glazuraning termik zarbalarga chidamliligi

3

-

+

Mooc shkalasi bo‘yicha qattiqligi

5

-

+

Glazurning kimyoviy chidamliligi

5

-

+

Sovuqqa chidamliligi

5

-

+

 

Sovuqqa chidamlilik sinovidan so‘ng egilishga mustahkamlik chegarasi

5

-

+

Bir yilda bir marta

Ishqalanish ko‘rsatkich

5

-

+

Iste’molchi (buyurtmachi) talabiga ko‘ra

5-jadvalga muvofiq tanlab olingan plitalar tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari va shaklining to‘g‘riligi bo‘yicha ushbu standart talablariga muvofiqligi tekshiriladi, so‘ngra sinaladi.

7.5 Qabul qilish-topshirish sinovlarida quyidagilar nazorat qilinadi:

- buyumlarning tashqi ko‘rinishi, shakli va o‘lchamlarining to‘g‘riligi;

- montaj yuzasidagi bo‘rtmalarning balandligi;

- suv shimuvchanlik;

- tamg‘alash;

- qadoqlash.

7.6 Agar to‘plamdan tanlab olingan plitalarning tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari, shaklining to‘g‘riligi va suv shimuvchanligini tekshirishda faqat bitta mahsulot ushbu standart talablariga mos kelmasa, to‘plam qabul qilinadi. Agar to‘plamdan tanlab olingan ikkita plita ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha ushbu standart talablariga javob bermasa, to‘plam qabul qilinmaydi.

7.7 Davriy sinovlar paytida quyidagilar nazorat qilinadi:

- egilishdagi mustahkamlik chegarasi;

- yedirilishga chidamlilik;

- glazurning termik chidamliligi;

- glazurning issiqlik zarbalariga chidamliligi;

- glazurning kimyoviy chidamliligi;

- Mooc bo‘yicha qattiqlik;

- sovuqqa chidamlilik;

- sovuqqa chidamlilik sinovlaridan so‘ng egilishdagi mustahkamlik chegarasi.

Ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning istalgani bo‘yicha qoniqarsiz natijalar olingan taqdirda, buyumlarning har bir to‘plamining ushbu ko‘rsatkichi bo‘yicha nazoratga o‘tish lozim.

Nazoratning ijobiy natijalari olinganda ketma-ket keladigan beshta to‘p yana davriy sinovlarga o‘tkaziladi.

7.8 Iste’molchi tomonidan buyumlarni sinovdan o‘tkazishda, inspeksiya nazorati va sertifikatlashtirish sinovlari vaqtida namunalarni tanlab olish hamda nazorat natijalarini baholash ushbu bo‘lim talablariga muvofiq, 8-bo‘limda belgilangan nazorat usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.

Bahsli hollarda nazorat tekshiruvi ishlab chiqaruvchi korxona vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati tekshiruv ishtirokchilari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

7.9 Plitalar va xom ashyoning radiologik nazorati akkreditatsiya qilingan laboratoriyada yiliga bir marta o‘tkaziladi.

Xom ashyoni radiatsion-gigiyenik baholashni boshlang‘ich mineral materiallar yetkazib beruvchining pasport ma’lumotlari asosida o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.

Dastlabki materiallarda tabiiy radionuklidlar miqdori to‘g‘risida yetkazib beruvchining ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda, plitalarni ishlab chiqaruvchi ushbu xom ashyoni qabul qilmaslik huquqiga ega.

7.10 Bir manzilga yetkazib beriladigan plitalarning har bir to‘pi yoki uning bir qismi quyidagilarni o‘z ichiga olgan kuzatuv hujjatlari to‘plamiga ega bo‘lishi shart:

- buyumlarning ushbu standart talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat (muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya);

- sanitariya-epidemiologik va radiatsiya-gigiyenik baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- partiya uchun sifat hujjati (pasporti).

Sifat pasporti shakli A ilovada keltirilgan.

8 Nazorat usullari

8.1 O‘lchamlar, shaklning to‘g‘riligi, suv shimuvchanligi, egilishdagi mustahkamlik chegarasi, Mooc bo‘yicha qattiqlik, yedirilishga chidamlilik, glazurning termik chidamliligi, glazurning kimyoviy chidamliligi, sovuqqa chidamlilik, sovuqqa chidamlilik sinovlaridan so‘ng egilishdagi mustahkamlik chegarasi ГОСТ 27180 bo‘yicha unda ko‘rsatilgan uskunadan yoki shunga o‘xshash texnik va metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa uskunadan foydalangan holda aniqlanadi.

Tashqi ko‘rinishi ГОСТ 27180 ga muvofiq nazorat qilinadi.

8.2 Sirpanuvchanlikni aniqlash bo‘yicha sinovlar O‘z DSt 3460 bo‘yicha o‘tkaziladi.

8.3 Glazurning issiqlik zarbalariga chidamliligini aniqlash

8.3.1 Sinov vositalari

Laboratoriya quritish shkafi perforatsiyalangan tokchalarga ega bo‘lib, haroratni ±5 °C xatolik bilan avtomatik ravishda 150 °C gacha ushlab turish imkonini beradi.

Namunalarni bir-biriga tegmaydigan qilib o‘rnatish uchun taglik (kasseta).

Namunalarni sovitish uchun suvli idish.

Yumshoq mato.

Organik bo‘yoq (siyoh) eritmasi.

8.3.2 Sinov uchun namunalar

Glazurning termik zarbalarga chidamliligini aniqlash uchun 300x300 mm o‘lchamdagi butun plitalar yoki 300x150 mm o‘lchamdagi namunalar ishlatiladi.

8.3.3 Sinov o‘tkazish

110 °C haroratda quritish shkafida doimiy massagacha quritilgan shixtalar (namunalar) kassetaga solinadi, 125 °C haroratgacha qizdirilgan quritish shkafiga joylashtiriladi va 20 daqiqa davomida ushlab turiladi.

So‘ngra plitalar (namunalar) quritish shkafidan olinib, sovitish uchun harorati (15±5) °C bo‘lgan oqar suvli idishga shunday joylashtiriladiki, bunda plitalar (namunalar) to‘liq suv bilan qoplanishi kerak va 15 daqiqa davomida ushlab turiladi. Sikl 10 marta takrorlanadi.

So‘ngra plitalar (namunalar) suvdan olinib, glazurlangan yuzasiga bir necha tomchi organik bo‘yoq tomiziladi va yumshoq mato bilan artib ko‘riladi.

8.3.4 Natijalarni qayta ishlash

Plitalar (namunalar), agar sinovdan so‘ng ularning glazurlangan yuzasi shikastlanmagan bo‘lsa, issiqlik zarbasiga chidamli deb hisoblanadi.

Agar barcha namunalar sinovdan o‘tgan bo‘lsa, plitalar partiyasi termik barqaror deb hisoblanadi.

8.4 Qadoqlash va tamg‘alash vizual nazorat qilinadi.

8.5 Tabiiy radionuklidlarning solishtirma samarali faolligi Asam ГОСТ 30108 bo‘yicha aniqlanadi.

9 Transportda tashish va saqlash

9.1 Tashish

9.1.1 Plitalar ushbu transport turida amal qiladigan yuk tashish qoidalariga muvofiq barcha transport turlari bilan ГОСТ 20435,  ГОСТ 22225 bo‘yicha universal konteynerlarda yoki
 
ГОСТ 9570 bo‘yicha yashiqli tagliklarda yopiq transport vositalarida yoki transport paketlarida tashiladi.

9.1.2 Mahsulotlarni transport vositalariga yuklash va tashish ushbu transport turida amal qiladigan yuk tashish qoidalariga va tayyorlovchi korxonaning texnik hujjatlarida yoki plitalarni yetkazib berish shartnomasida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

9.1.3 Yuklash-tushirish ishlarida ГОСТ 12.3.009 da belgilangan xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi shart.

9.1.4 Yuklash, tushirish, saqlash va tashishda mahsulotni zarbalar va boshqa shikastlanishlardan himoya qilish choralari ko‘rilishi shart.

9.2 Saqlash

9.2.1 5.4-bandga muvofiq qadoqlangan plitalarni bostirma ostidagi jihozlangan ochiq maydonlarda saqlashga ruxsat etiladi.

9.2.2 Transport paketlari va yashik tagliklarga qadoqlangan plitalarni saqlashda qavatlar soni ikkitadan, yog‘och va karton yashiklarda esa 10 tadan oshmasligi kerak.

9.2.3 Qadoqlash va saqlash shartlariga qo‘yiladigan talablar bajarilgan taqdirda, plitalarni saqlash muddati cheklanmagan.

10 Ishlab chiqaruvchining kafolatlari

Ishlab chiqaruvchi keramogranit plitalarning tashish va saqlash shartlariga rioya qilgan holda ushbu standart talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.


 
A ilova

(normativ)

Sifat pasporti shakli

Ishlab chiqaruvchi korxonaning tovar belgisi.

Keramogranit plitalar

 

 

____________

Sifat pasporti

Shartli belgilash

(plitalar turini ko‘rsatiladi) turidagi keramogranit plitalar O‘zMSt ____ talablariga muvofiq tayyorlangan

Ishlab chiqaruvchi korxona

_________________________________

- ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi;

- ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va/yoki tovar belgisi;

- ishlab chiqaruvchi korxonaning yuridik manzili;

- ishlab chiqaruvchi korxonaning haqiqiy manzili, bog‘lanish ma’lumotlari (telefon, telefaks, elektron pochta manzili); (telefon, faks, elektron pochta manzillari);

- asosiy vazifasi va qo‘llanish sohasi;

- partiya raqami va tayyorlangan sanasi;

- ishlab chiqaruvchi korxona plitalarining artikuli;

- shtrixli kod (mavjud bo‘lsa);

- partiya hajmi dona va/yoki kvadrat metrlarda;

- fizik-mexanik ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha sinov natijalari;

- ushbu standartning belgilanishi;

- ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik nazorat bo‘limi shtampi va mas’ul shaxsining imzosi (faqat guruh yorlig‘iga qo‘yish mumkin).

Bibliografik maʼlumotlar

SMT 91.100.25

Muxim so‘zlar: keramogranit plitalar va plitkalar, turlari va o‘lchamlari, texnik talablar, nazorat usullari, sovuqqa chidamliligi, egilishdagi mustahkamlik chegarasi, ishqalanishi, suv shimuvchanligi


© Standart ilova portali. All rights reserved.